Apteka.uz
SavatKirish

Tonzilgon N

Tonzilgon N chiqarilish shakllari

TONZILGON N tomchilar dlya priema vnutr 100ml
Retseptsiz
TONZILGON N tomchilar dlya priema vnutr 100ml
Germaniya
Ishlab chiqaruvchi:
Bionorica SE
•120 ta dorixonada bor
Narxi
103 500 so'm dan
TONZILGON N draje N50
Retseptsiz
TONZILGON N draje N50
Germaniya
Ishlab chiqaruvchi:
Bionorica SE
•128 ta dorixonada bor
Narxi
80 000 so'm dan
- Tonzilgon N qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Tonzilgon Nning tarkibi
- Tonzilgon N ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Tonzilgon N narxi Toshkent dorixonalarida

Tonzilgon N qo'llanmasi

Farmakoterapevtik guruh

Og‘iz-halqum kasalliklarini davolash uchun o‘simliklardan olinadigan dori preparati.

Ishlab chiqarilish joyi
Germaniya
Nimaga qarshi

Qo‘llash ko‘rsatmalari

  • — nafas yo'llari yuqori bo'limlarining o'tkir va surunkali kasalliklari (tonzillitlar, faringitlar, laringitlar); — respirator virusli infektsiyalarda asoratlarning oldini olish va bakterial infektsiyalarda antibiotiklar bilan terapiyaga qo'shimcha sifatida.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

  • — alkogolizm (ichish uchun tomchilar uchun); — 6 yoshgacha bo‘lgan bolalar (draje uchun); — preparat komponentlariga (xususan, murakkabguldoshlar oilasi o‘simliklariga) yuqori sezuvchanlik. Ichish uchun tomchilar shaklidagi preparatni surunkali alkogolizmni muvaffaqiyatli davolashdan keyin tayinlash tavsiya etilmaydi. Ichish uchun tomchilar shaklidagi preparatni jigar kasalliklarida ehtiyotkorlik bilan tayinlash kerak (qo‘llash faqat shifokor bilan maslahatlashgandan keyin mumkin).

Tarkibi

  • suv-spirtli ekstrakt* 29 g * 100 ml suv-spirtli ekstrakt tayyorlash uchun foydalaniladi gulxayri ildizlari (Altheae officinalis, Malvaceae) 400 mg moychechak gullari (Chamomilla recutita, Asteraceae) 300 mg qirqbo‘g‘in o‘ti (Equisetum arvense, Equisetaceae) 500 mg yong‘oq barglari (Juglandis regia, Juglandeae) 400 mg bo‘ymodaron o‘ti (Achillea millefolium, Asteraceae) 400 mg eman po‘stlog‘i (Quercus robur, Fagaceae) 200 mg momaqaymoq o‘ti (Taraxacum officinale, Asteraceae) 400 mg Yordamchi moddalar: etanol 16.0-19.5 hajm.%, tozalangan suv. Tarkibi (1 drajeda). Faol komponentlar: gulxayri ildizlari (Althaea officinalis L., Malvaceae) 8,0 mg moychechak gullari (Chamomilla recutita, Asteraceae) 6,0 mg qirqbo‘g‘in o‘ti (Equisetum arvense, Equisetaceae ) 10,0 mg yong‘oq barglari (Juglandis regia L, Juglandeae) 12,0 mg bo‘ymodaron o‘ti (Achillea millefolium, Asteraceae) 4,0 mg eman po‘stlog‘i (Quercus robur, Fagaceae) 4,0 mg dorivor momaqaymoq o‘ti (Taraxacum officinale, Asteraceae) 4,0 mg Yordamchi moddalar: laktoza, makkajo‘xori kraxmali, kartoshka kraxmali, stearin kislotasi, glyukoza monogidrati, yuqori dispersli kremniy ikki oksidi, kaltsiy karbonat, glyukoza siropi, indigotin, modifikatsiyalangan makkajo‘xori kraxmali, montan glikol mum, poli (1-vinil-2-pirrolidon) K 25, poli (1-vinil-2-pirrolidon) K 30, kanakunjut moyi, saxaroza, shellak, talk, titan ikki oksidi.

Farmakokinetikasi

Tonzilgon® N preparatining farmakokinetikasi to‘g‘risida ma'lumotlar taqdim etilmagan.

Farmakologik ta'siri

O'simlikdan olingan majmuaviy preparat. Farmakologik xususiyatlari preparat tarkibiga kiruvchi biologik faol moddalar bilan belgilanadi. Yallig'lanishga qarshi va mikroblarga qarshi ta'sir ko'rsatadi. Preparat tarkibiga kiruvchi moychechak, gulxayri va qirqbo'g'imning faol komponentlari organizm himoyasining nospetsifik omillari faolligini oshirishga yordam beradi. Moychechak, gulxayri, bo'ymodaron polisaxaridlari, efir moylari va flavonoidlari va eman taninlari yallig'lanishga qarshi ta'sir ko'rsatadi va nafas yo'llari shilliq qavati shishini kamaytiradi.

Nojo'ya ta'sirlar

  • Bo'lishi mumkin: allergik reaktsiyalar.

Dozani oshirib yuborilishi

Preparat tavsiya etilgan dozalash rejimiga muvofiq qo‘llanilganda dozani oshirib yuborish holatlari noma’lum.

Dori shaklining ta'rifi

  • Ichish uchun tomchilar Och-havorang rangli, dumaloq, ikki tomonlama qavariq draje.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Tonzilgon® N preparatining boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta’siri ta’riflanmagan.

Umumiy ma'lumot

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

TONZILGON® N

TONSILGON® N

Preparatning savdo nomi: Tonzilgon® N

Dori shakli: ichga qabul qilish uchun tomchilar

Tarkibi:

100 g Tonzilgon® N tomchilari quyidagi o‘simliklarning 29 g suvli­spirtli ajralmalarini saqlaydi:

Althaeae radix (Gulhayri ildizi)                          0,4 g

Chamomillae flores (Moychechak gullari)                0,3 g

Equiseti herba (Qirqbo‘g‘im o‘ti)                              0,5 g

Joglandis folia (Yong‘oq bargi)                                  0,4 g

Millefolium herba (Bo‘ymadaron o‘ti)                       0,4 g

Quercus cortex (Eman po‘stlog‘i)                             0,2 g

Taraxaci herba (Dorivor momoqaymoq o‘ti)           0,4 g

Etanol tarkibi: 19% (hajm nisbatida)

Qo‘shimcha ingredientlar: tozalangan suv.

Ta‘rifi: ichga qabul qilish uchun tomchilar: tiniq yoki biroz xira sariq­jigarrang rangli, o‘ziga xos xidli va moychechak ta‘mli suyuqlik. Saqlash jarayonida ozgina miqdorda cho‘kmalar bo‘lishi mumkin.

Farmakoterapevtik guruhi: og‘iz-halqum kasalliklarini davolash uchun o‘simliklardan olinadigan dori preparati.

ATX kodi: R02AR30.

Farmakologik xususiyatlari

Eksperimental tadqiqotlarning natijalari Tonzilgon® N fagositlar va tabiiy killer hujayralarini oshishi hisobiga immun tizimiga modulyator ta‘sir qilishini ko‘rsatdi. Bundan tashqari, tadqiqotlar Tonzilgon® N yallig‘lanishga qarshi, antioksidant, antibakterial va antiviral ta‘sirga ega ekanini ko‘rsatdi.

Farmakokinetikasi

Farmakokinetikasi va biologik kiraolishligi bo‘yicha tekshiruv ma‘lumotlari preparatning barcha faol moddalari haqidagi ma‘lumotlar yetarli bo‘lmaganligi sababli mavjud emas.

 

Qo‘llanilishi

– yuqori nafas yo‘llarining o‘tkir va surunkali kasalliklari (tonzillit, faringit, laringit);

– respirator virusli infeksiyalardagi asoratlarning profilaktikasi va bakterial infeksiyalarda antibiotiklar bilan davolashga qo‘shimcha sifatida.

Qo‘llash usuli va dozalari

Kasallikni rivojlanishining o‘tkir davrida: Kattalar va 12 yoshdan oshgan o‘smirlar 25 tomchidan kuniga 5-6 marta qabul qiladilar. Maktab yoshidagi 6 yoshdan 11 yoshgacha bo‘lgan bolalar 15 tomchidan kuniga 5-6 marta qabul qiladilar. Maktab yoshigacha bo‘lgan 2­5 yoshli bolalar 10 tomchidan kuniga 5­6 marta qabul qiladilar. 1 yoshdan oshgan bolalar 5 tomchidan kuniga 5­6 marta qabul qiladilar. Kasallik yengillashganidan keyin davolanishni yana 1 hafta davom ettirish kerak.

O‘tkir simptomlar yengillashganidan keyin: Kattalar va 12 yoshdan oshgan o‘smirlar 25 tomchidan kuniga 3 marta qabul qiladilar. Maktab yoshidagi 6 yoshdan 11 yoshgacha bo‘lgan bolalar 15 tomchidan kuniga 3 marta qabul qiladilar. Maktab yoshigacha bo‘lgan 2­5 yoshli bolalar 10 tomchidan kuniga 3 marta qabul qiladilar. 1 yoshdan oshgan bolalar 5 tomchidan kuniga 3 marta qabul qiladilar. Tomchilar suyultirilmagan xolda qabul qilinadi, yutishdan oldin biroz vaqt davomida og‘izda tutib turiladi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Allergik reaksiyalar va me‘da­ichak buzilishlari bo‘lishi mumkin.

Moychechak gullarini saqlovchi preparatlar boshqa murakkab guldoshlar oilasiga mansub o‘simliklariga (masalan, oddiy shuvoq, bo‘ymadaron o‘ti, xrizantema, dastorgulga) yuqori sezuvchanligi bor odamlarda kesishgan reaksiyalar tufayli allergik reaksiyalarni chaqirishi mumkin.

Yuqori sezuvchanlikning birinchi belgilari paydo bo‘lganida, preparatni qabul qilishni to‘xtatish kerak.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik, xususan murakkab guldoshlar oilasi o‘simliklariga. 1 yoshgacha bo‘lgan bolalar.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Antibakterial vositalar bilan birga ishlatilishi mumkin va maqsadga muvofiqdir.

Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta‘siri haqida ma‘lumotlar mavjud emas.

Maxsus ko‘rsatmalar

Agar simptomlar yo‘qolmasa, shuningdek tana harorati oshganida, hansirash, yiringli yoki qonli balg‘am paydo bo‘lganida shifokorga murojaat qilish zarur.

Ichga qabul qilish uchun tomchilar alkogol saqlaganligi sababli, ularni alkogolizm bilan kasallangan bemorlar, shuningdek alkogolizmni muvaffaqiyatli davolashdan so‘ng qabul qilish mumkin emas. Alkogolni saqlanishi jigar kasalliklari, tutqanog‘i va bosh miya kasalliklari bo‘lgan pasientlar kabi yuqori xavf guruhi pasientlarida qo‘llanganida e‘tiborga olinishi kerak.

Flakonni ishlatishda uni vertikal xolatda ushlang. Saqlash jarayonida ozgina miqdorda cho‘kmalar va xiralashish bo‘lishi mumkin, bu preparatning samaradorligiga ta‘sir qilmaydi.

Tonzilgon® N tomchilarini qabul qilishdan oldin uni chayqatish kerak!

Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi

Preparat homiladorlik va emizish davrida faqat shifokorning ko‘rsatmasi bo‘yicha qo‘llanishi mumkin.

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Hozirgi vaqtgacha preparatning dozasi oshirib yuborilishi haqida ma‘lumotlar yo‘q.

Davolash simptomatik.

Chiqarilish shakli

Ichga qabul qilish uchun tomchilar: 50 va 100 ml.

 

 

Saqlash sharoiti

Quruq va yorug‘likdan himoyalangan, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

Tegishli sharoitlarda saqlash ta‘minlansa, ichga qabul qilish tomchilar 2 yil yaroqlilik muddati ega.

Ochilgan flakonlar 6 oy davomida ishlatilishi mumkin.

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptciz

Ulashish:
Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Tonzilgon N preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing

Tonzilgon N narxlari

Dorixonalar
Manzil
Ish vaqti
Sotib olish
Vaksina Med №11
Yunusobod tumani, Yunusota ko'ch., 15 daha, uy 43
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-00:00
110 700 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №8
Chilonzor tumani, Cho'ponota ko'ch., 1A uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-18:00
110 700 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №25
Chilonzor tumani, Qizil Sharq ko'ch., 24 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:30-23:30
110 700 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №26
Chilonzor tumani, Muqumiy ko'ch., 4 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:30-23:30
110 700 so'm
Bron qilish

Tonzilgon N barcha rasmlari

Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar

Tonzilgon N haqida savollar

Tonzilgon N haqida fikr-mulohazalar

Reyting 5.0, 5 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil