BRONXIPRET tomchilar dlya priema vnutr 50ml

Balg‘am ko‘chiruvchi prepapatlar. Balg‘am ko‘chiruvchi preparatlarning majmuasi.
BRONXIPRET tomchilar dlya priema vnutr 50ml qo'llanmasi
Tarkibi
100 мл Бронхипрет® (бу 100 г га мувофиқ келади) қуйидагиларни сақлайди:
фаол моддалар: 50 г тоғжамбил ўтининг суюқ эктракти, 3 г печак баргларининг суюқ экстракти;
ёрдамчи моддалар: этанол, тозаланган сув, гидроксипропилбетадекс, натрий сахарини, лимон кислотаси моногидрати.
Этанол миқдори: 22-26% (ҳажм/ҳажм).
Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli
Tarkibi:
100 ml Bronxipret® (bu 100 g ga muvofiq keladi) quyidagilarni saqlaydi:
faol moddalar: 50 g tog‘jambil o‘tining suyuq ektrakti, 3 g pechak barglarining suyuq ekstrakti;
yordamchi moddalar: etanol, tozalangan suv, gidroksipropilbetadeks, natriy saxarini, limon kislotasi monogidrati.
Etanol miqdori: 22-26% (hajm/hajm).
Farmakodinamikasi
O‘simliklardan olinadigan majmuaviy preparat. Balg‘am ko‘chiruvchi, yallig‘lanishga qarshi, sekretolitik, bronxolitik ta’sir ko‘rsatadi. Balg‘amning yopishqoqligini pasayishiga va uni chiqarilishini tezlashishiga yordam beradi.
Farmakokinetikasi
Taqdim qilinmagan.
Farmakoterapevtik guruh
Balg‘am ko‘chiruvchi prepapatlar. Balg‘am ko‘chiruvchi preparatlarning majmuasi.
Dori shakli
Ichga qabul qilish uchun tomchilar
Nojo'ya samaralari
Barcha dori vositalari kabi Bronxipret® tomchilari ham nojo‘ya samaralarga ega bo‘lishi mumkin, ular har doim ham paydo bo‘lmaydi.
Nojo‘ya samaralarini baholashda asos sifatida ularni paydo bo‘lish tez–tezligi bo‘yicha quyidagi ma’lumotlar olinadi:Juda tez–tez: davolangan 10 patsiyentdan 1 nafaridan ko‘pida
Tez–tez: davolangan 100 patsiyentdan 10 nafaridan kamrog‘ida, lekin 1 nafaridan ko‘prog‘ida
Tez-tez emas: davolangan 1000 patsiyentdan 100 nafaridan kamrog‘ida, lekin 10 nafaridan ko‘prog‘ida
Kam hollarda: davolangan 10000 patsiyentdan 1000 nafaridan kamrog‘ida, lekin 100 nafaridan ko‘prog‘ida
Juda kam hollarda: davolangan 10000 patsiyentdan 1 nafaridan kamida, yoki noma’lum
Kuzatilishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya ta’sirlar:
Nojo‘ya samaralar paydo bo‘lganida Bronxipret tomchilarni qabul qilishni to‘xtatish va shifokorga murojaat qilish lozim. U nojo‘ya samaraning og‘irlik darajasi va keyingi zarur choralar yuzasidan qaror qabul qilishi mumkin.
Tez-tez emas me’da–ichak yo‘llari tomonidan spazmlar, ko‘ngil aynishi, qusish va diareya kabi shikoyatlar paydo bo‘lishi mumkin.
Juda kam hollarda hansirash, toshma, eshakemi, yuzni, og‘iz va/yoki og‘iz-halqumni shishi kabi o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari kuzatilishi mumkin.
O‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalarining birinchi belgilari paydo bo‘lganida preparatni qabul qilishni to‘xtatish kerak.
Agar ko‘rsatilgan nojo‘ya samaralaridan birontasi haddan ziyod kuchli bo‘lsa yoki Siz ushbu tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomada ko‘rsatilmagan nojo‘ya samaralarini kuzatsangiz, shifokoringizga yoki farmatsevtga murojaat qiling.
Maxsus saqlash sharoitlari
Bronxipret® tomchilarini 6 yoshdan kichik bolalar qabul qilishlari mumkin emas.
Muvofiq tadqiqotlarlarning yo‘qligi tufayli, preparatni homiladorlik va emizish davrida qabul qilish mumkin emas.Agar shikoyatlar preparat bir hafta qabul qilinganidan keyin yo‘qolmasa yoki nafas olishni qiyinlashishi, isitma, yiringli yoki qon aralash balg‘am paydo bo‘lganida, darhol shifokorga murojaat qilish kerak.
Gastrit yoki me’da yarasi bo‘lgan patsiyentlar tomonidan ehtiyotkorlik bilan qabul qilish tavsiya etiladi. Gastrit yoki me’da yarasi bo‘lgan patsiyentlarga preparatni qabul qilishdan oldin shifokor bilan maslahatlashish tavsiya etiladi.
Preparat 24% etanol saqlaydi (hajm nisbatida). Alkogolizm bilan xastalangan yoki alkogolizmdan davolanishni muvaffaqiyatli yakunlagan patsiyentlar preparatni qabul qilmasliklari kerak. Dori vositasini tavsiya etilgan dozadan yuqori dozada qabul qilayotgan bolalarni davolaganda, shuningdek yuqori xavf guruhiga mansub patsiyentlarni, masalan jigar kasalliklari va tutqanog‘i bo‘lgan patsiyentlarni davolaganda alkogolning miqdorini e’tiborga olish kerak.
Qandli diabeti bo‘lgan bemorlar uchun izoh:
Bronxipret® tomchilari kam miqdorda o‘zlashtiriladigan uglevodlar saqlaydi.
Avtotransportni haydash va mashinalarga xizmat ko‘rsatish qobiliyati:
hech qanday alohida ehtiyotkorlik choralari talab qilinmaydi.
Saqlash jarayonida preparat xiralashishi yoki cho‘kma tushishi mumkin, bu preparatning samaradorligiga ta’sir ko‘rsatmaydi.
Qo'llanilishi
Nafas yo‘llari va bronxlarning yo‘tal va balg‘amni hosil bo‘lishi bilan kechuvchi o‘tkir shamollash kasalliklari (traxeit, traxeobronxit, bronxit) ni davolashda balg‘am ko‘chiruvchi vosita sifatida qo‘llanadi.
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
Pechak, tog‘jambil, boshqa labgullilar (Lamiaceae) ga va selderdoshlar (Araliaceae) ga yoki Bronxipret® tomchilarining har qanday komponentlariga yuqori sezuvchanlik (allergiya) da qo‘llash mumkin emas.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Bronxipret® tomchilarini boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta’sirining hollari hozirgi vaqtgacha noma’lum. Bronxipret® tomchilari bilan bir vaqtda qabul qilinayotgan boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta’siri yuzasidan tadqiqotlar o‘tkazilmagan.
Bronxipret® tomchilarini yo‘talga qarshi preparatlar bilan, shuningdek balg‘amni xosil bo‘lishini kamaytiradigan dori vositalar bilan qabul qilish mumkin emas, chunki bu suyulgan balg‘amni yo‘talib chiqarilishini qiyinlashtiradi. Antibakterial dori vositalar bilan majmuada qo‘llash mumkin.
Ta'rifi
Och-jigarrang rangli, tiniq yoki biroz xira, tog‘jambil ta’mli suyuqlik. Saqlash jarayonida xiralishishi yoki cho‘kma tushishi mumkin
Dozirovkasi
|
Yoshi |
Bir martalik doza |
Sutkalik doza
|
|
Kattalar va 12 yoshdan boshlab o‘smirlar |
2,6 ml |
7,8 ml |
|
6-11 yoshdagi bolalar |
1,3 ml |
3,9 ml |
Bronxipret® tomchilarini o‘lchov stakanchadan foydalanib, kuniga uch marta yuqoridagi jadvalda ko‘rstilgan yoshga muvofiq dozada qabul qiling. Zarurati bo‘lganida Bronxipret® tomchilarini oz miqdordagi suyuqlik (masalan bir stakan suv) bilan qabul qilish mumkin.
Qo‘llash davomiyligi kasallikning kechishiga bog‘liq.
Har bir qo‘llashdan oldin chayqatilsin!
Dozani oshirib yuborilishi
Doza oshirib yuborilganida qorinda og‘riqlar, qusish va diareya bo‘lishi mumkin.
Bunday hollarda bu haqida shifokoringizga xabar bering, u zarur choralar to‘g‘risida qaror qabul qilishi mumkin.
Hajm/og'irlik
Dori shakli
Bronxipret boshqa chiqarish shakllari



BRONXIPRET tomchilar dlya priema vnutr 50ml narxlari va Toshkentdagi dorixonalardagi mavjudligi
{
"data": {
"id": 56991,
"stores_apteka_id": 344363,
"slug": "bronkhipret-kapli",
"stores_apteka_slug": "bronxipret-kapli-50ml",
"name": "BRONXIPRET tomchilar dlya priema vnutr 50ml",
"brand_name": "BRONXIPRET",
"image": "uploads/iblock/098/iiu84u0noh5tc1cvucj69zqxp52om87t.webp",
"atx_code": "R05CА10",
"drug_form_id": 10,
"over_the_counter": false,
"prescription_type": "non_prescription",
"availability": "available",
"reviews_count": 0,
"reviews_rating": 0,
"has_pickup": true,
"has_delivery": true,
"manufacturer": null,
"manufacturer_plain": "Bionorica SE",
"representative": {
"id": 14222,
"slug": "bionorica-se",
"name": "Bionorica SE"
},
"representative_plain": null,
"distributor": null,
"distributor_plain": null,
"is_manufacturer_advertiser": false,
"is_representative_advertiser": true,
"is_dietary_supplement": false,
"is_medical_device": false,
"category": {
"id": 495,
"slug": "preparaty-pri-prostudnykh-zabolevaniyakh-i-grippe",
"name": "Shamollash va gripp",
"external_link_title": "Terapevt maslahati",
"external_link": null
},
"drug_group": {
"id": 7390,
"slug": "bronkhipret",
"name": "Bronxipret"
},
"is_purchasable": true,
"country": {
"id": 2,
"slug": "germaniya",
"name": "Germaniya"
},
"active_ingredients": [
{
"id": 8520,
"slug": "plyushcha-listev-ekstrakt",
"name": "Plyusha listev ekstrakt"
},
{
"id": 9142,
"slug": "timyana-travy-ekstrakt",
"name": "Timyana travi ekstrakt"
}
],
"tags": []
}
}
BRONXIPRET tomchilar dlya priema vnutr 50ml haqida savollar
BRONXIPRET tomchilar dlya priema vnutr 50ml haqida fikr-mulohazalar
Ishlab chiqaruvchining dorilari











