TONZIPRET tomchilar 50ml

Og‘iz-halqumning yallig‘lanish kasalliklarini davolash uchun gomeopatik dori vositasi.
TONZIPRET tomchilar 50ml qo'llanmasi
Sotish shartlari
Retseptsiz.
Tarkibi
10 g (10,9 ml mos keladi) preparat quyidagilarni saqlaydi: Faol moddalar: Capsicum annuum D4 4 g, Guaiacum D4 4 g, Phytolacca americana D1 2 g. Ushbu dori vositasi 53-57% etanol (x/x) saqlaydi.
Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli
10 g (10,9 ml mos keladi) preparat quyidagilarni saqlaydi:
Faol moddalar:
Capsicum annuum D4 4 g,
Guaiacum D4 4 g,
Phytolacca americana D1 2 g.
Ushbu dori vositasi 53-57% etanol (x/x) saqlaydi.
Ichga qabul qilish uchun gomeopatik tomchilar
50 ml dan vertikal dozalovchi tomchilagich moslamali va buraladigan qopqoqli to‘q shisha flakonlarda.
Flakonga o‘z yopishadigan etiketka yopishtiriladi. Bitta flakondan tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomasi bilan karton qutiga joylanadi.
Farmakodinamikasi
Ta’siri uning tarkibiga kiruvchi komponentlar bilan bog‘liq bo‘lgan majmuaviy gomeopatik preparatdir.
Farmakokinetikasi
Taqdim etilmagan.
Farmakoterapevtik guruh
Og‘iz-halqumning yallig‘lanish kasalliklarini davolash uchun gomeopatik dori vositasi.
Dori shakli
Ichga qabul qilish uchun gomeopatik tomchilar
Nojo'ya samaralari
Barcha dori vositalari kabi, preparat noxush reaksiyalar chaqirishi mumkin, ular har bir holatda ham namoyon bo‘lmasligi mumkin.
Noxush reaksiyalar tez-tezligining miqdoriy mezonlari va a’zolar-tizimi sinfi va ularni yuzaga kelish tez-tezligiga muvofiq noxush reaksiyalar tasnifi (Nojo‘ya ko‘rinishlar tez-tezligini aniqlash quyidagi mezonlar asosida amalga oshiriladi: juda tez-tez (≥ 1/10), tez-tez (≥ 1/100 dan < 1/10 gacha), tez-tez emas (≥ 1/1000 dan < 1/100 gacha), kam xollarda (≥ 1/10000 dan < 1/1000 gacha), juda kam xollarda (< 1/10000), noma’lum (mavjud ma’lumotlar asosida baholab bo‘lmaydi)Noma’lum:
- ko‘ngil aynishi, me’da tomonidan buzilishlar kabi me’da-ichak yo‘llari buzilishlari
- mahalliy allergik reaksiyalar.
Izoh: sanab o‘tilgan nojo‘ya samaralar paydo bo‘lganida preparatni qabul qilishni to‘xtatish va shifokorga murojaat etish kerak.
Gomeopatik preparatlarni qabul qilish mavjud shikoyatlarni yomonlashishini (boshlang‘ich yomonlashishni) chaqirishi mumkin. Bunday holatda preparatni qabul qilishni to‘xtatish va shifokorga murojaat etish kerak.
Maxsus saqlash sharoitlari
Doimiy, noaniq simptomlar bo‘lganida yoki yangi simptomlar paydo bo‘lganida, shuningdek uch kundan ortiq saqlanadigan yoki 39°C dan yuqoriga oshadigan yuqori tana haroratida shifokorga murojaat etish kerak.
Ushbu tibbiy preparat 53-57 % (x/x) etanol saqlaydi. Alkogolizmi bo‘lgan yoki alkogolizmdan davolashni muvaffaqiyatli yakunlagan patsiyentlar preparatni qabul qilmasliklari kerak. Dori vositasini tavsiya etilgandan yuqoriroq dozalarda qabul qilgan bolalarda va jigar kasalliklari yoki tutqanog‘i bo‘lgan patsiyentlar kabi yuqori xavf guruhidagi patsiyentlarda alkogol saqlashini e’tiborga olish kerak.Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanishi
Homilador ayollarda Tonzipret® preparatini qo‘llash haqida ma’lumotlar mavjud emas. Xavfsizlik maqsadida homiladorlik vaqtida Tonzipret® preparatini qo‘llash mumkin emas (“Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar” bo‘limiga qarang).
Tonzipret® preparatining faol komponentlari ko‘krak suti bilan ajralishi noma’lum. Emizikli bola uchun xavfni inkor etish mumkin emas. Emizish davrida Tonzipret® preparatini qo‘llash mumkin emas (“Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar” bo‘limiga qarang).
Bolalar
1 yoshdan kichik bolalarda preparatni qabul qilish bo‘yicha yetarli tadqiqotlar mavjud emasligi tufayli, ushbu yoshdagi bolalar guruhida Tonzipret® tomchilarini qo‘llash mumkin emas.
Qandli diabeti bo‘lgan bemorlar uchun izoh: Tonzipret® tomchilari o‘zlashtiriladigan uglevodlarning (SЕU) ahamiyatli miqdorini saqlamaydi.
Avtomobil va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri
Preparat avtomobilni boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta’sir qilmaydi.
Qo'llanilishi
Og‘iz-halqumning yallig‘lanishli kasalliklarini davolash uchun gomeopatik dori vositasidir. Gomeopatik qo‘llash doirasi sohasi tomoq yoki bodomsimon bezlarini o‘tkir yallig‘lanishi (tonzillit)ni o‘z ichiga oladi.
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
Preparatning ta’sir etuvchi yoki yordamchi komponentlariga o‘ta yuqori sezuvchanlik.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llash mumkin emas.Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Hozirgi vaqtda boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta’sir holatlari noma’lum.
Umumiy izoh:Nosog‘lom turmush tarzi, shuningdek chekish, kimyoviy stimulyatorlar, kofe va alkogolni iste’mol qilish gomeopatik dori vositalarining samaradorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Qo‘shimcha preparatlarni qabul qilganda shifokor bilan maslahatlashish zarur.
Ta'rifi
Tiniq, biroz sarg‘ish rangli suyuqlik. Saqlash jarayonida xiralashishi va cho‘kma tushishi mumkin.
Dozirovkasi
Agar shifokor tomonidan boshqacha buyurilmagan bo‘lsa, tavsiya etilgan dozasi quyidagicha hisoblanadi:
Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalar:
Kasallikning o‘tkir davrida 5 tomchidan har 30-60 minutda, ammo sutkada 6 martagacha,
Va dastlab shifokor bilan maslahatlashgandan keyin kasallik bir xaftadan ortiq davom etganida 5 tomchidan kuniga 1-3 marta buyuriladi.
6 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar:
Kasallikning o‘tkir davrida har 30-60 minutda 3-4 tomchidan, ammo sutkada 6 martagacha (maksimum sutkada 20 tomchi),
Va dastlab shifokor bilan maslahatlashgandan keyin kasallik bir xaftadan ortiq davom etganida 3-4 tomchidan (maksimum sutkada 10 tomchi) kuniga 1-3 marta buyuriladi.
1 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalar:
Kasallikning o‘tkir davrida har 30-60 minutda 2-3 tomchidan (maksimum sutkada 15 tomchi), ammo sutkada 6 martagacha,
Va dastlab shifokor bilan maslahatlashgandan keyin kasallik bir xaftadan ortiq davom etganida 2-3 tomchidan (maksimum sutkada 7 tomchi) kuniga 1-3 marta buyuriladi.
Simptomlar yaxshilanganda qabul qilish tez-tezligini kamaytirish kerak.
Tomchilarni og‘izda bir muncha vaqt tutib turib suyultirilmagan ko‘rinishda yoki oz miqdordagi suvda suyultirib qabul qilish kerak.
Bolalarga preparatni suv bilan suyultirilgan holda qabul qilish tavsiya etiladi.
Har qanday dori preparati kabi, gomeopatik vositalarni dastlab shifokor bilan maslahatlashmasdan uzoq vaqt davomida qabul qilish mumkin emas.
Dozani oshirib yuborilishi
Dozani oshirib yuborilishi holatlari haqida xabar berilmagan.
Davolash simptomatik.Bolalar uchun qo'llanilishi
1 yoshdan kichik bolalarda preparatni qabul qilish bo‘yicha yetarli tadqiqotlar mavjud emasligi tufayli, ushbu yoshdagi bolalar guruhida Tonzipret® tomchilarini qo‘llash mumkin emas.
Qandli diabeti bo‘lgan bemorlar uchun izoh: Tonzipret® tomchilari o‘zlashtiriladigan uglevodlarning (SЕU) ahamiyatli miqdorini saqlamaydi.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi
Homilador ayollarda Tonzipret® preparatini qo‘llash haqida ma’lumotlar mavjud emas.
Hajm/og'irlik
Dori shakli
Tonzipret boshqa chiqarish shakllari
TONZIPRET tomchilar 50ml narxlari va Toshkentdagi dorixonalardagi mavjudligi
{
"data": {
"id": 57785,
"stores_apteka_id": 343002,
"slug": "tonzipret-kapli",
"stores_apteka_slug": "tonzipret-kapli-50ml-1",
"name": "TONZIPRET tomchilar 50ml",
"brand_name": "TONZIPRET",
"image": "uploads/iblock/3d4/4h8gnscdqjwtcusxhf5p83zwgc328uft.webp",
"atx_code": "R02AH20",
"drug_form_id": 10,
"over_the_counter": false,
"prescription_type": "non_prescription",
"availability": "available",
"reviews_count": 0,
"reviews_rating": 0,
"has_pickup": true,
"has_delivery": true,
"manufacturer": null,
"manufacturer_plain": "Bionorica SE",
"representative": {
"id": 14222,
"slug": "bionorica-se",
"name": "Bionorica SE"
},
"representative_plain": null,
"distributor": null,
"distributor_plain": null,
"is_manufacturer_advertiser": false,
"is_representative_advertiser": true,
"is_dietary_supplement": false,
"is_medical_device": false,
"category": {
"id": 1088,
"slug": "preparaty-ot-zabolevaniy-gorla",
"name": "Tomoq kasalliklari",
"external_link_title": "Otolaringolog maslahati",
"external_link": "https://med24.uz/uz/doctors/otolaringolog"
},
"drug_group": {
"id": 6940,
"slug": "tonzipret",
"name": "Tonzipret"
},
"is_purchasable": true,
"country": {
"id": 2,
"slug": "germaniya",
"name": "Germaniya"
},
"active_ingredients": [
{
"id": 6825,
"slug": "gvayakum",
"name": "gvayakum"
},
{
"id": 7482,
"slug": "kapsikum",
"name": "kapsikum"
},
{
"id": 9382,
"slug": "fitolakka",
"name": "fitolakka"
}
],
"tags": []
}
}
TONZIPRET tomchilar 50ml haqida savollar
TONZIPRET tomchilar 50ml haqida fikr-mulohazalar
Ishlab chiqaruvchining dorilari












