SINUPRET draje N50

Burunning yondosh bo‘shliqlarini yallig‘lanish kasalliklarini davolash uchun o‘simliklardan olingan preparat.
SINUPRET draje N50 qo'llanmasi
Sotish shartlari
Рецептсиз.
Tarkibi
Qobiq bilan qoplangan 1 tabletka maydalangan dorivor o‘simlik xomashyosini (kukun) saqlaydi: faol moddalar: Gentianae radix (gajak o‘t ildizi) 6 mg Primulae flos (navro‘zgul gullari) 18 mg Rumicis herba (shovul o‘ti) 18 mg Sambuci flos (marjon guli) 18 mg Verbenae herba (tizimgul o‘ti) 18 mg yordamchi moddalar: kalsiy karbonati (Ye 170), kanakunjit moyi, suvsiz kolloid kremniy dioksidi, asosiy butilizatsiya qilingan metakrilat sopolimeri, jelatin, glyukoza siropi, laktoza monogidrati, magniy oksidi, makkajo‘xori kraxmali, dekstrin, tog‘ glikol mumi, kartoshka kraxmali, xlorofill (Ye 141), tozalangan suv, shellak, sorbitol, stearin kislotasi, saxaroza, talk, titan dioksidi (Ye 171), indigokarmin (alyumin) (Ye 132), riboflavin (Ye 101).
Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli
faol moddalar:
Gentianae radix (gajak o‘t ildizi) 6 mg
Primulae flos (navro‘zgul gullari) 18 mg
Rumicis herba (shovul o‘ti) 18 mg
Sambuci flos (marjon guli) 18 mg
Verbenae herba (tizimgul o‘ti) 18 mg
yordamchi moddalar: kalsiy karbonati (Ye 170), kanakunjit moyi, suvsiz kolloid kremniy dioksidi, asosiy butilizatsiya qilingan metakrilat sopolimeri, jelatin, glyukoza siropi, laktoza monogidrati, magniy oksidi, makkajo‘xori kraxmali, dekstrin, tog‘ glikol mumi, kartoshka kraxmali, xlorofill (Ye 141), tozalangan suv, shellak, sorbitol, stearin kislotasi, saxaroza, talk, titan dioksidi (Ye 171), indigokarmin (alyumin) (Ye 132), riboflavin (Ye 101).
Chiqarilish shakli
Har birida qobiq bilan qoplangan 25 tabletkadan 2 yoki 4 blister.
O‘ram o‘lchami: qobiq bilan qoplangan 50 yoki 100 tabletka.
Farmakodinamikasi
O‘simliklardan olinadigan majmuaviy preparatdir.
Farmakologik xususiyatlari preparatning tarkibiga kiruvchi biologik faol moddalarga bog‘liqdir. Sinupret® sekretolitik, sekretomotor va yallig‘lanishga qarshi ta’sir ko‘rsatadi. Burunning yondosh bo‘shliqlaridan va yuqori nafas yo‘llaridan shilliq sekretni chiqarilishiga yordam beradi. Shu bilan birga preparat antiviral va antibakterial hususiyatlariga ega va infeksiyalarda yordam beradi.
Farmakokinetikasi
Taqdim qilinmagan.
Farmakoterapevtik guruh
Burunning yondosh bo‘shliqlarini yallig‘lanish kasalliklarini davolash uchun o‘simliklardan olingan preparat.
Nojo'ya samaralari
Me’da–ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar (masalan, me’dada og‘riq, ko‘ngil aynishi) kam hollarda namoyon bo‘ladi.
Ayrim hollarda terida toshma, qichishish, qizarish kabi teri allergik reaksiyalari kuzatilishi mumkin.Shuningdek, Kvinke shishi, hansirash, yuzni shishi kabi allergik reaksiyalar ham yuzaga kelishi mumkin. Nojo‘ya samaralar, shu jumladan ushbu yo‘riqnomada ko‘rsatilmagan nojo‘ya samaralar paydo bo‘lganida preparatni qabul qilishni to‘xtatish va shifokorga murojaat qilish kerak.
Maxsus saqlash sharoitlari
Agar simptomlar 7-14 kundan ortiq davom etsa, yomonlashsa yoki vaqti-vaqti bilan takrorlansa va/yoki patsiyentda davomli isitma, kuchli og‘riq yoki noaniq shikoyatlar paydo bo‘lsa shifokorga murojaat etish kerak.
Gastrit kuzatilganda, shuningdek me’dani sezgirligi mavjud bo‘lgan patsiyentlarda ushbu dori vositasini qabul qilganda ehtiyotkorlik talab etiladi. Sinupret® ni bir stakan suv bilan ovqatdan keyin qabul qilgan afzal.Sinupret® qobiq bilan qoplangan tabletkalari glyukoza, laktoza, saxaroza va sorbit saqlaydi. Ayrim qandlarni o‘zlashtiraolmasligi bo‘lgan patsiyentlar dori preparatini qabul qilishdan oldin shifokorga murojaat etishlari kerak.
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi
Sinupret® dori vositasini homiladorlik va laktatsiya davrida faqat davolovchi shifokor tomonidan foyda/xavf nisbatini sinchkovlik bilan baholagandan keyingina qo‘llash mumkin.
Emizish davrida qo‘llash yuzasidan ma’lumotlar yo‘qligi tufayli, preparatni ushbu davrda qabul qilish tavsiya etilmaydi.
Qandli diabeti bo‘lgan bemorlar uchun ma’lumot: qobiq bilan qoplangan bitta tabletka o‘rtacha 0,1 “non birligi” (NB) saqlaydi. Qandli diabeti bo‘lgan bemorlarda qo‘llash mumkin.
Avtomobil yoki mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri
Preparat transportni boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta’sir ko‘rsatmaydi.
Qo'llanilishi
Yopishqoq sekret hosil bo‘lishi, burunni bitishi bilan kechuvchi o‘tkir va surunkali rinosinusitlarda qo‘llanadi.
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik.
6 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Boshqa antibakterial dori vositalari bilan majmuada ishlatilishi mumkin.
Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta’siri hozirgi paytgacha ma’lum emas.
Ta'rifi
Dumaloq shaklli, yashil rangli, ikkiyoqlama qavariq va silliq yuzali, qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Dozirovkasi
Kattalar va o‘smirlar 12 yoshdan boshlab: 2 tabletkadan kuniga 3 marta.
Davolash kursi 7-14 kunni tashkil qiladi.
Tabletkani butunligicha, chaynamasdan ko‘p bo‘lmagan miqdordagi suv bilan yutiladi.
Agar kasallikning simptomlari 7-14 kun saqlansa yoki vaqti-vaqti bilan takrorlansa, shifokor bilan maslahatlashish lozim.
Dozani oshirib yuborilishi
Doza oshirib yuborilgan holatlarda yuqorida ko‘rsatilgan nojo‘ya ta’sirlarning ko‘rinishlari kuchayishi mumkin. Davolash simptomatik
Bolalar uchun qo'llanilishi
6 yoshgacha bo'lgan bolalarga qollash mumkin emas (klinik ma'lumotlar etarli emasligi sababli).
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi
Homiladorlik vaqtida Sinupret® siropni faqat davolovchi shifokor tomonidan foyda va xavfni sinchkov baholagandan keyin qo‘llash mumkin.
Laktatsiya (emizish) davrida preparatni qo‘llash tajribasi yo‘qligi sababli, bu davrda preparatni qo‘llash tavsiya etilmaydi.Sinupret boshqa chiqarish shakllari



SINUPRET draje N50 narxlari va Toshkentdagi dorixonalardagi mavjudligi
{
"data": {
"id": 57136,
"stores_apteka_id": 344304,
"slug": "sinupret-drazhe",
"stores_apteka_slug": "sinupret-tab-drazhe-n50",
"name": "SINUPRET draje N50",
"brand_name": "SINUPRET",
"image": "uploads/iblock/82f/sxcses2zwj810sp8zljhl9k4hyi637x8.webp",
"atx_code": "R05CA10",
"drug_form_id": 27,
"over_the_counter": false,
"prescription_type": "non_prescription",
"availability": "available",
"reviews_count": 0,
"reviews_rating": 0,
"has_pickup": true,
"has_delivery": false,
"manufacturer": null,
"manufacturer_plain": "Bionorica SE",
"representative": {
"id": 14222,
"slug": "bionorica-se",
"name": "Bionorica SE"
},
"representative_plain": null,
"distributor": null,
"distributor_plain": null,
"is_manufacturer_advertiser": false,
"is_representative_advertiser": true,
"is_dietary_supplement": false,
"is_medical_device": false,
"category": {
"id": 495,
"slug": "preparaty-pri-prostudnykh-zabolevaniyakh-i-grippe",
"name": "Shamollash va gripp",
"external_link_title": "Terapevt maslahati",
"external_link": null
},
"drug_group": {
"id": 5846,
"slug": "sinupret",
"name": "Sinupret"
},
"is_purchasable": true,
"country": {
"id": 2,
"slug": "germaniya",
"name": "Germaniya"
},
"active_ingredients": [
{
"id": 7621,
"slug": "koren-gorechavki",
"name": "koren gorechavki"
},
{
"id": 9192,
"slug": "trava-verbeny",
"name": "trava verbeni"
},
{
"id": 9206,
"slug": "trava-shchavelya",
"name": "trava shavelya"
},
{
"id": 9524,
"slug": "tsvetki-buziny",
"name": "svetki buzini"
},
{
"id": 9526,
"slug": "tsvetki-pervotsveta",
"name": "svetki pervosveta"
}
],
"tags": []
}
}
SINUPRET draje N50 haqida savollar
SINUPRET draje N50 haqida fikr-mulohazalar
Ishlab chiqaruvchining dorilari










