Apteka.uz
SavatKirish

Infidol

Infidol chiqarilish shakllari

5
1 отзывов
INFIDOL granuli 3,5g N5
Retseptsiz
INFIDOL granuli 3,5g N5
Pokiston
Ishlab chiqaruvchi:
Herbion Pakistan (PVT) Ltd
•3 ta dorixonada bor
Narxi
8 000 so'm dan
- Infidol qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Infidolning tarkibi
- Infidol ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Infidol narxi Toshkent dorixonalarida

Infidol qo'llanmasi

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

Preparat tarkibiy qismlariga yuqori sezuvchanlik.

Farmakologik ta'siri

Infidol – chaqaloqlar va bolalarda ovqat hazm qilishni rag‘batlantiruvchi va gaz hosil bo‘lishini kamaytiruvchi majmuaviy fitopreparat. Yel haydovchi, spazmolitik va antiseptik ta’sir ko‘rsatadi. Me’da shirasi sekretsiyasini va ichak peristaltikasini kuchaytirib, ovqat hazm qilishni rag‘batlantiradi. Ichakda gazlar to‘planishining oldini oladi va kamaytiradi hamda ularning chiqib ketishiga yordam beradi, shu tariqa ichak meteorizmi chaqirgan spazmlarni yo‘qotadi. Tish chiqishida paydo bo‘ladigan og‘riqli sezgilarni kamaytiradi. Preparat inert, me’da-ichak traktidan qonga so‘rilmaydi, alkogol, aromatizatorlar va bo‘yoqlar saqlamaydi.

Ukrop moyi karvon, limonen, alfa-fellandren, shuningdek ftalidlar, yog‘ kislotalari, furankokumarinlar, gidroksikumarinlar saqlaydi. Ovqat hazm qilish bezlari sekretsiyasini oshiradi, me’da-ichak trakti silliq mushaklariga spazmolitik ta’sir ko‘rsatadi. Yel haydovchi xususiyatlarga, bakteriostatik faollikka ega, ichakda gazlar to‘planishining oldini oladi va ularning chiqib ketishiga yordam beradi.

Anis moyi anetol (80-90 gacha), metilxavikol (10 gacha), anis aldegidi, yog‘ moylari va oqsil moddalar saqlaydi. Ichak silliq mushaklari spazmlarini kamaytiradi, yallig‘lanishga qarshi, spazmolitik va antiseptik xususiyatlarga ega. Yel haydovchi ta’sir ko‘rsatadi, ovqat hazm qilish traktining sekretor va motor funksiyasini kuchaytiradi, me’da va jigar sekretsiyasini oshirishga yordam beradi.

Kardamon moyi terpineol, terpinilasetat, tsineol, oqsil, yog‘ moyi (10 foizgacha) saqlaydi. Yel haydovchi xususiyatlarga ega, me’da shirasi sekretsiyasini rag‘batlantiradi. Ovqat hazm qilishni yaxshilaydi, ishtahani oshiradi.

Natriy gidrokarbonati antatsid xususiyatlarga ega, kislota-ishqor holatini normallashtiradi, me’da shirasining haddan tashqari yuqori kislotaliligini pasaytiradi. Ovqat hazm qilish shiralari ajralishini kuchaytiradi.

Dozirovkasi

0 dan 6 oygacha: 1 choy qoshiqdan kuniga 3-4 marta.
6 dan 12 oygacha: 2 choy qoshiqdan kuniga 3-4 marta.
1 yoshdan 5 yoshgacha: 3 choy qoshiqdan kuniga 3-4 marta.

Bitta sashe-paket tarkibini 50 ml iliq qaynatilgan suvda eritish va granulalar to'liq eriguncha chayqatish kerak.

Preparat ovqatdan keyin yoki ovqatlanishlar oralig'ida qabul qilinadi.

Tayyorlangan eritmani 1-2 kun ichida ishlatish kerak.

Tayyorlangan eritmani ishlatguncha muzlatgichda saqlash kerak.

Davolash kursi shifokor tomonidan individual ravishda belgilanadi va kasallikning namoyon bo'lishiga bog'liq.

Maxsus saqlash sharoitlari

Granulalar tarkibiga saxaroza kiradi, buni qandli diabeti bo'lgan bemorlar hisobga olishlari kerak.

Nojo'ya samaralari

Preparat komponentlariga allergik reaksiyalar bo'lishi mumkin.

Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Infidol preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing

Infidol barcha rasmlari

Barcha rasmlar

Infidol haqida savollar

Infidol haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil