Apteka.uz
SavatKirish

LINKAS BEZ SAXARA sirop 90ml

Retseptsiz
Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Pokiston
Farmakoterapevtik guruh:

Nafas olish tizimi. Yo‘talga qarshi preparatlar va shamollashni davolash uchun vositalar. Balg‘am ko‘chiruvchi preparatlar.

Ishlab chiqaruvchi:Herbion Pakistan (PVT) Ltd
Teglar:Yo'taldan
ATX kodi:R05CA
Barcha Linkas dorilari
84 ta dorixonada bor
Narxi 24 000 so'm dan
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 84 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

LINKAS BEZ SAXARA sirop 90ml haqida qo'llanma

Saqlash shartlari

25 C dan yuqori bo‘lmagan haroratida saqlansin.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.

Sotish shartlari

Retseptsiz.

Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli

Tarkibi:
Har 10 ml sirop quyidagi ekstraktlarni saqlaydi:

Tomirli adxatoda 600 mg
Yalang‘och Chuchukmiya 75 mg
Qizil achchiq qalampir 100 mg
Hushbo‘y gunafsha 25 mg
Dorivor Issop 50 mg
Katta Kalgan 50 mg
Keng bargli kordiya 100 mg
Dorivor gulxayri 100 mg
Haqiqiy chilonjiyda 100 mg
Gulyonbargli onosma 100 mg
yordamchi moddalar: propilenglikol, natriy saxarin, 70% li sorbit eritmasi, glitserin, limon kislotasi, metilparaben, propilparaben, qalampir yalpiz moyi, qalampirmunchoq moyi, deionizatsiya qilingan suv.

Chiqarilish shakli
Sirop 90, 120 va 150 ml sig‘imli flakonda.
Tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomasi bilan birga.

Farmakodinamikasi

Linkas bez saxara - bu uning tarkibiy qismlari xususiyatlari bilan bog‘liq bo‘lgan majmuaviy dori vositasidir.
Tomirli adxatoda efir yog‘lari, vitaminlar va alkaloidlar, jumladan, vazitsin, vazitsinol va vazitsinon moddalarini o‘z ichiga oladi. Bu yuqori faol moddalar mukolitik (sekretning quyuqligi va qovushqoqligini kamaytiradi), yallig‘lanishga qarshi, bronxolitik (bronxlar spazmini bartaraf etib, nafas olishni yengillashtiradi) va balg‘am ko‘chiruvchi (alveolar hujayralari faoliyatini yaxshilaydigan surfaktant moddasining ishlab chiqarilishini rag‘batlantiradi, epiteliy shilliq qavatidagi kirpikchalar harakatchanligini oshiradi va balg‘am ko‘chishini tezlashtiradi) xususiyatlarga ega. Bundan tashqari, Tomirli adxatoda bronxial astmaga qarshi ta’sir ko‘rsatadi va gistamin ta’siri bilan yuzaga keladigan bronxospazmdan muhofaza qiladi.
Qizil achchiq qalampir piperin alkaloydini saqlaydi ; antiseptik, yallig‘lanishga qarshi va balg‘am haydovchi ta’sirga ega.
Keng bargli kordiya antiseptik, og‘riq qoldiruvchi va spazmga qarshi ta’sir ko‘rsatadi.
Dorivor gulxayri tarkibida polisaxaridlar, kraxmal, pektin, shakarlar, asparagin, karotin, letsitin, fitosterin, mineral tuzlar va yog‘li moylar mavjud. Protektor sifatida ta’sir qilib, yallig‘langan zich qoplamani (masalan, ovoz bog‘lamalari shilliq qavatidagi qoplamani) yumshatadi, balg‘am haydovchi va yallig‘lanishga qarshi ta’sir ko‘rsatadi.
Yalang‘och Chuchukmiyaning ildiz va ildizpoyalarida glitsirrizin, glitsirrizin kislotasi, uning kaliy va kalsiy tuzlari, flavon glikozidlari, vitaminlar, efir moyi, achchiq moddalar va boshqa birikmalar mavjud. Ular antioksidant, balg‘am haydovchi, spazmga qarshi, yallig‘lanishga qarshi va allergiyaga qarshi va immunitetni ko‘chaytiradigang xususiyatlarga ega.
Katta Kalgan kuchli balg‘am ko‘chiruvchi vosita hisoblanadi. Uning tarkibida efir moylari, kamferid, galangin va alpinin mavjud.
Dorivor Issop tarkibida diosmin mavjud bo‘lib, u balg‘am ko‘chiruvchi, terlatuvchi, allergiyaga qarshi, spazmga qarshi va siydik xaydovchi xususiyatlarga ega.
Hushbo‘y gunafsha mikroblarga qarshi ta’sir ko‘rsatadi. U harorat tushiruvchi (metilsalitsilat saqlaydi), tinchlantiruvchi, spazmga qarshi va yallig‘lanishga qarshi xususiyatlarga ega. Yo‘talni yumshatadi, ta’sirlanishni kamaytiradi va balg‘amning tez chiqishiga yordam beradi.
Haqiqiy chilonjiyda tarkibida vitaminlar (A, V, S, β-karotin), aminokislotalar, mikroelementlar, yog‘lar, organik kislotalar mavjud. U balg‘am ko‘chiruvchi, tonus oshiruvchi va bakteriyalarga qarshi xususiyatlarga ega bo‘lib, tomoqdagi og‘riqni kamaytiradi. Yuqori nafas yo‘llari yallig‘lanishida (laringit, traxeit, bronxit) yumshatuvchi va yo‘talga qarshi ta’sir ko‘rsatadi.
Gulyonbargli onosma isitma tushiruvchi va tonus oshiruvchi ta’sirga ega bo‘lib, xansirashni kamaytiradi.
Linkas bez saxara- o‘simlik asosida tayyorlangan preparat bo‘lib, shamollash va gripp davridagi yo‘talni bartaraf etishga yordam beradi. Balg‘am ko‘chiruvchi va mukolitik vosita sifatida ta’sir qiladi. U yallig‘lanishga qarshi, spazmga qarshi va bronxni kengaytiruvchi xususiyatlarga ega. Intoksikatsiya simptomlarini kamaytiradi, allergiyaga qarshi ta’sir ko‘rsatadi. Yaxshi ta’mga ega, spirt saqlamaydi.

Farmakokinetikasi

Linkas bez saxara preparatining ta’siri uning tarkibiy qisimlarining umumiy ta’siri xisoblanadi, shuning uchun kinetik kuzatuvlarni o‘tkazish mumkin emas; barcha komponentlarni birgalikda markerlar yoki biologik tadqiqotlar yordamida kuzatib bo‘lmaydi. Shu sababli preparatning metabolitlarini aniqlash mumkin emas.

Farmakoterapevtik guruh

Nafas olish tizimi. Yo‘talga qarshi preparatlar va shamollashni davolash uchun vositalar. Balg‘am ko‘chiruvchi preparatlar.

Dori shakli

sirop

 

 

Nojo'ya samaralari

- ovqat hazm qilish tomonidan: ko‘ngil aynish, diareya.
- preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik bo‘lgan patsiyentlarda allergik reaksiyalar kuzatilishi mumkin.

Maxsus ko‘rsatmalari

Preparat tarkibida qand yo‘q, shuning uchun uni qandli diabet bilan kasallangan bemorlar hamda kam kaloriyali parhezda bo‘lgan patsiyentlar qabul qilishi mumkin.
Agar nafas yo‘llari kasalliklari qiyinlashgan nafas olish, isitma, yiringli yoki qonli balg‘am bilan namoyon bo‘lsa, darhol shifokorga murojaat qilish lozim.
Linkas bez saxarani yo‘talga qarshi preparatlar bilan birga qabul qilish tavsiya etilmaydi.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanilishi
Homiladorlik va emizish davrida preparatni faqat shifokor maslahati bilan qabul qilish mumkin.
Avtomobilni va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri
Hech qanday ta’sir ko‘rsatmaydi.

Qo'llanilishi

- Yo‘tal va shamollash.
- Quruq va ta’sirlovchi yo‘tal.
- Astma va bronxit (o‘tkir va surunkali) bilan bog‘liq bo‘lgan yo‘tal.
- Faringit, traxeit, anginada qo‘llanadi.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

– preparatning tarkibidagi moddalarga individual yuqori sezuvchanlik;
– 6 oygacha bo‘lgan bolalar;
– fruktoza nasliy o‘zlashtirolmaslik yoki glyukozi, galaktozani malabsorbsiyasida qo‘llash mumkin emas.

Ta'rifi

o‘ziga xos hidli, jigarrang rangli sirop

Dozirovkasi

Kattalar: 2 choy qoshiq (10 ml) dan kuniga 4 marta qabul qilinadi.
Bolalar: 6 oydan – 3 yoshgacha: 1/2 choy qoshiq (2,5 ml) dan kuniga 3 marta
3 yoshdan - 8 yoshgacha: 1 chay qoshiq (5 ml) kuniga 3 marta
8 yoshdan - 18 yoshgacha: 2 chay qoshiq (10 ml) kuniga 3 marta qabul qilinadi.
Davolash kursi: 5–7 kun.
Qo‘llashdan oldin yaxshilab chayqatish kerak.

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: ko‘ngil aynish va diareya. Dozani oshirib yuborish ehtimoli kam.
Davolash: simptomatik o‘tqaziladi.

Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi

Homiladorlik va emizish davrida preparatni faqat shifokor maslahati bilan qabul qilish mumkin.

Yaroqlilik muddati (oy)

3 yil.
Qadoqda ko‘rsatilgan yaroqlik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. LINKAS BEZ SAXARA sirop 90ml preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing

LINKAS BEZ SAXARA sirop 90ml xususiyatlari

Linkas boshqa chiqarish shakllari

Narxi
18 000 so'm dan
LINKAS BALZAM maz 25g
Retseptsiz
LINKAS BALZAM maz 25g
Pokiston
Ishlab chiqaruvchi:
Herbion Pakistan (PVT) Ltd
Narxi
18 900 so'm dan
Narxi
17 000 so'm dan
LINKAS PLYUSh BEZ SAXARA pastilkalar N16
Retseptsiz
LINKAS PLYUSh BEZ SAXARA pastilkalar N16
Pokiston
Ishlab chiqaruvchi:
Herbion Pakistan (Pvt) Ltd
Narxi
20 000 so'm dan

LINKAS BEZ SAXARA sirop 90ml narxlari va Toshkentdagi dorixonalardagi mavjudligi

CITY PHARM Bunyodkor 08
Chilonzor tumani, 6 mavze, 63 uy
24/7
25 000 so'm
Bron qilish
CITY PHARM Universam 20
Yunusobod tumani, Amir Temur shoh ko'ch., 41/3 uy
24/7
25 000 so'm
Bron qilish
CITY PHARM Kadisheva bozor 37
Yashnobod tumani, 3 mavze, 45/3 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-00:00
25 000 so'm
Bron qilish
CITY PHARM Axmad Donish 21
Yunusobod tumani, 13 mavze, 3 uy
24/7
25 000 so'm
Bron qilish
CITY PHARM Sergeli 42
Sergeli tumani, 7 mavze, Mirzo Tursunzoda ko'ch., 29 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-00:00
25 000 so'm
Bron qilish
CITY PHARM Askiya 1
Yakkasaroy tumani, Shota Rustaveli ko'ch., 53A uy
24/7
26 500 so'm
Bron qilish
CITY PHARM Parket bozori 30
Mirzo Ulug'bek tumani, Parket ko'ch., 9 uy, 2 xonadon
24/7
26 500 so'm
Bron qilish
CITY PHARM Sergeli 41
Sergeli tumani, 8A mavze, 12 uy
24/7
26 500 so'm
Bron qilish
CITY PHARM Algoritm 19
Chilonzor tumani, Sharq dahasi, 24 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-00:00
26 500 so'm
Bron qilish
CITY PHARM Virusologiya 24
Yunusobod tumani, Yangishaxar, 24 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-00:00
26 500 so'm
Bron qilish

LINKAS BEZ SAXARA sirop 90ml haqida savollar

LINKAS BEZ SAXARA sirop 90ml haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Ishlab chiqaruvchining dorilari

Narxi
15 400 so'm dan
NOVEKS SETIRIZIN sirop 60ml 5mg/5ml N1
Retseptsiz
NOVEKS SETIRIZIN sirop 60ml 5mg/5ml N1
Pokiston
Ishlab chiqaruvchi:
Herbion Pakistan (PVT) Ltd
•3 ta dorixonada bor
Narxi
23 364 so'm dan
Narxi
17 000 so'm dan
EVIKA kapsulalar  N60
Retseptsiz
EVIKA kapsulalar N60
Pokiston
Ishlab chiqaruvchi:
Herbion Pakistan (PVT) Ltd
Narxi
69 000 so'm dan
LINKAS BALZAM maz 25g
Retseptsiz
LINKAS BALZAM maz 25g
Pokiston
Ishlab chiqaruvchi:
Herbion Pakistan (PVT) Ltd
Narxi
18 900 so'm dan
Narxi
18 000 so'm dan

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil