Femion
Femion chiqarilish shakllari


Femion haqida qo'llanma
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
• Bachadon, sut bezi va qin raki.
• Fibroleyomioma
• Homiladorlik va laktatsiyada qo‘llash mumkin emas.
Farmakologik ta'siri
To‘shalgan Yakorsi
(Tribulus terrestris) Ayollar bepushtligini, impotensiyani davolashda va uzoq muddatli kasalliklardan keyingi tiklanish uchun keng qo‘llanadi. Libidoni oshiradi va zardobda follikulalarni rag‘batlantiruvchi (FRG) gormoni va estradiolning darajasini oshishi hisobiga jinsiy faoliyatni yaxshilaydi.
Qishki olcha
(Withania somnifera)
Qishki olcha jinsiy va umumiy holsizlikni bartaraf qilish qobiliyati bilan baholanadi. U xavotirlik rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi, stress bilan kurashishga yordam beradi va hotirjamlik hissini ta’minlaydi. Hayotga chidamlilik, energiya zahirasi, jinsiy chidamlilikni oshirish qobiliyatiga ega. Qishki olcha erkaklar uchun ham ayollar uchun ham teng samaralidir, umumiy asteniyani davolash uchun qo‘llanishi mumkin. Jismoniy kuchsizlik bilan bog‘liq dismenoreyada samaralidir.
Dorivor zanjabil
(Zinqiber officinalls) Zanjabil reproduktiv faollikni va bachadonning ish faoliyatini rag‘batlantirib, katalizator kabi ta’sir qiladi. Bunga qo‘shimcha u mushak tonusini tutib turishga yordam beradi va reproduktiv tizimining faoliyatini me’yorlashtiradi. Zanjabil hayz siklini me’yorlashtirish qobiliyatiga ega va qon aylanishini yaxshilaydi. Ayollarda zanjabil preparatlari hayz kelishi va ovulyatsiyada mushak spazmlarini yo‘qotish va og‘riqlarni yengillashtirish uchun qo‘llanadi.
Qizdiruvchi Mukuna
(Mucuna Pruriens) Ushbu o‘simlik jinsiy hohishni oshiradi va organizmni quvvatlaydi. Ayollar bepushtligini davolashda qo‘llanadi. Kuchli afrodiziak hisoblanadi va yoqimli jinsiy qo‘zg‘alish tuyg‘usi yuz berishini rag‘batlantiradi.
Sparja ekmasi
(Asparaqus racemosus)
Sparja-ayollar sog‘lig‘ini mustahkamlovchi, eng kuchli tonusni oshiruvchi vositalardan biri sanaladi. U ayollar reproduktiv tizimining tonusini oshiradi, tozalaydi, oziqlantiradi va mustahkamlaydi, va ko‘pincha klimakterik sindromi, amenoreya, dismenoreya, menopauza davridagi buzilishlari va kichik chanoq a’zolarining yallig‘lanish kasalliklarni davolash uchun qo‘llanadi. Bu o‘simlik shuningdek, biriktiruvchi to‘qimani mustahkamlaydi, qon yaratilishini yaxshilaydi, bachadonni homiladorlik uchun tayyorlaydi va tug‘ruqdan keyingi tonik kabi ta’sir qiladi. Shuningdek laktatsiyani rag‘batlantiradi va organizmning gormonal fonini boshqaradi.
Hind Sarakasi
(Saraca indica) Dismenoreya bilan birga kechuvchi, menorragiya kabi xayz siklining buzilishlarini davolash uchun juda qimmatbaho o‘simlik hisoblanadi. Ushbu o‘simlikning po‘stlog‘i endometriy va tuxumdon to‘qimalariga rag‘batlantiruvchi ta’sir ko‘rsatadi va leykoreya va ichki qon ketishlarni davolash uchun qo‘llanadi.
Xardvika valerianasi
(Valeriana hardwicki) Tinchlantiruvchi vosita sifatida, asosan nerv zo‘riqishlarini yo‘qotish uchun qo‘llanadi. Valeriana uyquni yaxshilaydi va yuqori arterial bosimni kamaytiradi. Dismenoreyada, gipertenziyada, ta’sirlangan ichak sindromi va boshqalarni davolash uchun qo‘llanadi.
Oddiy Fenxel
(Foenicufum vulqare) Bu o‘simlikning mevalari venerik kasalliklarni davolashda va hayz siklini boshqarish uchun qo‘llanadi.
Ekma kariandr
(Coriandrum sativum)
Kariandrning urug‘lari isitmani tushiradi, tinchlantiruvchi ta’sirga ega va hayz siklini boshqaradi.
Afraam daraxti
(Vitex fqnus castus) Avraam daraxti (prutnyak) tez ta’sir qiluvchi afrodiziak hisoblanmaydi, reproduktiv tizimning ishini me’yorlashtirishga yordam beradi. Bu o‘simlik lyuteinlovchi gormon sekretsiyasini oshishi bilan gipofizning ishini rag‘batlantiradi, u jinsiy gormonlarning faoliyatini nazorat qiladi. Bu o‘simlikning ekstrakti oligomenoreya va ikkilamchi amenoreyani, giperprolaktinemiya va sariq tananing yetishmovchiligi tufayli, hayz siklining buzilishlarini davolash uchun samarali qo‘llanadi.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi
Homiladorlik yuz bergan holda preparat qabul qilishni to‘xtatish kerak.
Dozani oshirib yuborilishi
Ta’riflanmagan.
Maxsus ko‘rsatmalari
Femion bilan davolashni boshlashdan oldin to‘liq umumiy va ginekologik tekshirish o‘tkazish kerak.
Davolash jarayonida quyidagi gormonlarning darajasini monitoringini o‘tkazish tavsiya etiladi:
- Lyuteinlovchi gormon
- Folekulalarni rag‘batlantiruvchi gormon
- Estrogen
- Progesteron
- Prolaktin
Homiladorlik yuz bergan holda preparat qabul qilishni to‘xtatish kerak.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanmasin.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Aniqlanmagan.
Qo‘llash usuli va dozirovkasi
| Qo‘llanishi | Davolash kursi | Doza |
| Ayollardagi psixogen jinsiy buzilishlar |
2 oy – shifokorning maslahati bilan uzaytirish mumkin. |
2 kapsuladan kuniga 2 marta ovqatdan keyin. Yoki shifokor buyurganidek. |
| Libidoni pasayishi. | ||
| Ikkilamchi bepushtlik | 3 oy - shifokorning maslahati bilan uzaytirish mumkin. |
- 1. Dori vositalari va tibbiy buyumlar Davlat reestri (O‘zbekiston Respublikasi)
- 2. Ishlab chiqaruvchining rasmiy yo‘riqnomasi
- 3. Anatomik-terapevtik-kimyoviy tasnif (ATX)












