Apteka.uz
SavatKirish

ELEVIT

ELEVIT chiqarilish shakllari

ELEVIT PLANIROVANIE I PERVIY TRIMESTR tabletkalari N30
Retseptsiz
ELEVIT PLANIROVANIE I PERVIY TRIMESTR tabletkalari N30
Germaniya
Ishlab chiqaruvchi:
Bayer Consumer Care AG
•75 ta dorixonada bor
Narxi
98 500 so'm dan
ELEVIT PRONATAL tabletkalari N30
Retseptsiz
ELEVIT PRONATAL tabletkalari N30
Germaniya
Ishlab chiqaruvchi:
Bayer Consumer Care AG
•60 ta dorixonada bor
Narxi
75 000 so'm dan
ELEVIT PRONATAL tabletkalari N100
Retseptsiz
ELEVIT PRONATAL tabletkalari N100
Germaniya
Ishlab chiqaruvchi:
Bayer Consumer Care AG
•109 ta dorixonada bor
Narxi
175 000 so'm dan
- ELEVIT qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- ELEVITning tarkibi
- ELEVIT ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- ELEVIT narxi Toshkent dorixonalarida

ELEVIT haqida qo'llanma

Umumiy ma'lumot

ELEVIT® PRONATAL

Ilova–varaqa

(pasientlar uchun)

 

Savdo nomi

Elevit Pronatal

 

Dori shakli

Qobiq bilan qoplangan tabletkalar

 

Ta‘rifi

Kulrang-sariq rangli, bir tomonida riskasi bo‘lgan uzunchoq tabletkalar.

 

Tarkibi

1 tabletka quyidagilarni saqlaydi

Ta‘sir etuvchi  moddalar:

Vitaminlar:

A vitamini (palmitat)                                                                             3600 XB

D3 vitamini (xolekalsiferol)                                                                500 XB

Ye vitamini (alfa-tokoferil asetati)                                                    15 mg

S vitamini (kalsiy askorbat digidrati)                                              100 mg

Folat kislotasi (V9 vitamini)                                                                 0,8 mg

V1 vitamini (tiamin nitrati)                                                                   1,6 mg

V2 vitamini (riboflavin)                                                                                      1,8 mg

V6 vitamini (piridoksin gidroxloridi).                                                2,6 mg

V12 vitamini(sianokobalamin)                                                                              4 mkg

Nikotinamid (RR vitamin )                                                                       19 mg

Biotin                                                                                                            200 mkg

Kalsiy pantotenati (V5 vitamini)                                                         10 mg

Mineral moddalar va mikroelementlar:

Kalsiy (suvsiz kalsiy gidrofosfati,

kalsiy pantotenati, kalsiy askorbat digidrati)                              125 mg

Magniy (engil magniy oksidi,

magniy gidrofosfat trigidrati, magniy stearati)                               100 mg

Fosfor (suvsiz kalsiy gidrofosfati,

magniy gidrofosfat trigidrati)                                                              125 mg

Temir (temir fumarati)                                                                              60 mg

Rux (rux sulfat monogidrati)                                                                  7,5 mg

Mis (suvsiz mis sulfati )                                                                        1 mg

Marganes (marganes sulfat monogidrati,

temir fumarati)                                                                                            1 mg

Yordamchi moddalar: laktoza monogidrati, mannitol (Ye421), makrogol 400, gliserol distearati (Ye472), jelatin (Ye441), mikrokristal sellyuloza (Ye460), etilsellyuloza, natriy kraxmala glikolyati, magniy stearati (Ye572) , povidon K90, povidon K30.

Qobig‘i: gipromelloza, etilsellyulozaning suvli dispersiyasi, makrogol 6000, talk (Ye553b), titan dioksidi (Ye171), temir II oksidi (Ye172).

 

Farmakoterapevtik guruhi

Polivitamin–mineral kompleksi. ATC kodi: A11AA03

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Elevit Pronatal homiladorlikni rejalashtirish, homiladorlik va laktasiya davrida  qo‘llaniladigan vitaminlar, minerallar va mikroelementlar kompleksidan iborat. Bu komponentlarning dozalari homilador va emizikli ayollarning ovqatlanish rasioni uchun tavsiya qilingan dozalarga to‘g‘ri keladi. Elevit Pronatal homiladorlikni normal kechishi uchun zarur bo‘lgan vitaminlar va mikroelementlarga bo‘lgan ehtiyojning o‘rnini qoplaydi.

Vitaminlar va minerallar homilani to‘g‘ri rivojlanishi va o‘sishi uchun, metabolizmni normal kechishi (lipidlar, nuklein kislotalari va proteinlarning shakllanishi; aminokislotalar, kollagen va neyromediatorlarning sintezi) uchun zarurdir.

Preparatning farmakologik xususiyatlari uning tarkibiga kiruvchi komponentlari bilan bog‘liq.

A vitamini turli moddalarning (oqsillar, lipidlar, mukopolisaxaridlar) sintezida ishtirok etadi va terining, shilliq qavatlarning, shuningdek ko‘rish a‘zolarining normal faoliyati ko‘rsatishiga yordam beradi.

V1 vitamini va nerv tizimining normal faoliyat ko‘rsatishiga yordam berib; yurak faoliyatini normallashishida ishtirok etadi.

V2 vitamini to‘qimalarning, shu jumladan teri xujayralarining regenerasiya jarayonlariga, yordam beradi.

V6 vitamini suyaklarni, tishlarni, milkni strukturasi va funksiyasini quvvatlab turishga yordam beradi, eritropoezga ta‘sir ko‘rsatadi, nerv tizimini normal faoliyat ko‘rsatishga yordam beradi.

V12 vitamini eritropoezda ishtirok etadi, nerv tizimini normal faoliyat ko‘rsatishga yordam beradi.

V guruhi vitaminlari organizmda turli modda almashinuvini yo‘lga soluvchi turli fermentlarning hosil bo‘lishida ishtirok etadi, boshqaradi, homilador ayollardagi toksikozda ko‘ngil aynishi va qusish xurujlarini pasayishiga yordam beradi.

S vitamini qator biologik faol moddalarning oksidlanishida, biriktiruvchi to‘qimani almashinuvida, uglevodlar almashinuvida, qon ivishida va to‘qimalarning regenerasiyasida ishtirok etadi, steroid gormonlarni hosil bo‘lishini rag‘batlantiradi, kapillyarlar o‘tkazuvchanligini normallashtiradi.

S vitamini organizmning infeksiyalarga nisbatan qarshiligini oshiradi, yallig‘lanish reaksiyalarini pasaytiradi.

D3 vitamini homilador ayolning organizmida kalsiy va fosforning muvozanatini saqlab turishida muhim rol o‘ynaydi. Uning yetishmovchiligida bolalarda raxit, kattalarda suyak to‘qimasida kalsiy miqdorini kamayishi (osteoporoz) yuz beradi.

Ye vitamini – tabiiy antioksidan bo‘lib, qonning yuqori ivuvchanligini bartaraf etadi va periferik qon aylanishiga ijobiy ta‘sir ko‘rsatadi. Oqsillar va gemoglobin sintezida, xujayralarning o‘sish jarayonida, skelet mushaklari, yurak va qon tomirlarning, jinsiy bezlarning faoliyatida ishtirok etadi. Homiladorlikning ilk bosqichida Ye vitamini yetishmovchiligi bola tashlashning sababi bo‘lishi mumkin.

Biotin moddalar almashinuv jarayonlarida ishtirok etadi, oqsilni o‘zlashtirilishiga yordam beradi.

Kalsiy pantotenati yog‘lar, oqsillar va uglevodlarning metabolizmi jarayonida ishtirok etadi.

Folat kislotasi aminokislotalarning metabolizmida, purin va pirimidin asoslari sintezida ishtirok etadi. Folat kislotasining tanqisligi DNK biosintezini kamayishiga va xujayra replikasiyasini buzilishiga olib keladi. Buning natijasida qon yaratish jarayonlari va homiladorlik vaqtida homilada nerv nayining rivojlanishi buzilishi mumkin.

Nikotinamid oksidlanish-qaytarilish jarayonlarida ishtirok etadi, vodorod va fosfatning tashib o‘tkazilishini ta‘minlaydi.

Kalsiy suyak to‘qimasining shakllanishida, qon ivishida, nerv impulslarini o‘tkazilishida, skelet va silliq mushaklarni qisqarishida, yurakni normal faoliyat ko‘rsatishida ishtirok etadi. U shuningdek temirni so‘rilishiga yordam beradi.

Magniy mushak va suyak to‘qimasini shakllanishida qatnashadi, shuningdek oqsil sintezida ishtirok etadi.

Temir gemoglobin molekulasining bir qismi bo‘lib, organizmda kislorodni tashilishida ishtirok etadi va homilador ayollarda, ayniqsa homiladorlikning II va III uch oyliklarida anemiyani rivojlanishini oldini oladi.

Marganes suyaklarning to‘g‘ri mineralizasiyasida ishtirok etadi.

Mis eritrositlarning noral funksiyasini va temir almashinuvi uchun zarurdir.

Rux homila skeletini normal shakllanishi va to‘qimalar regenerasiyasi uchun zarur bo‘lib, ayrim gormonlar, shu jumladan insulinning tarkibiga kiradi, ona qornidagi qator anomaliyalarni yuz berishi ehtimolini pasaytiradi.

Fosfor nerv tizimi faoliyatini normallashtiradi, organizmning energetik tizimida asosiy komponent hisoblanadi. Suyak to‘qimasini o‘sishi va rivojlanishini rag‘batlantiradi, qon yaratilishini faollashtiradi.

Farmakokinetikasi

Ta‘sir etuvchi moddalarning farmakokinetik xususiyatlari adabiyotlarda keng ta‘riflangan.

Ushbu preparatning ta‘sir etuvchi moddalari – vitaminlar, minerallar va mikroelementlar – inson organizmida keng tarqalgan almashtirib bo‘lmaydigan ozuqa elementlari hisoblanadi.

Plazmada va to‘qimalarda ozuqa elementlarining tarkibi gomeostatik tarzda boshqariladi va sutkalik o‘zgarishlar, ovqatlanish holati, bo‘y, homiladorlik va laktasiya kabi turli omillarga bog‘liq bo‘ladi.

 

Qo‘llanilishi

Homiladorlikni rejalashtirish va homiladorlik vaqtida, emizish davrida muvozanatlanmagan va/yoki to‘liq bo‘lmagan ovqatlanishda vitamin va minerallarga ehtiyojni oshib ketishi sababli, vitamin va minerallar  etishmovchiligini oldini olish va davolashda qo‘llaniladi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Qo‘llashdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.

Ayollarga homiladorlikdan oldin (rejalashtirilganida, homila paydo bo‘lishidan bir oy oldin), homiladorlik davrida, tug‘ruqdan keyin va emizish davrida ichga, sutkada 1 tabletkadan ovqat bilan, butunligicha va bir stakan (250 ml) suv bilan birga qabul qilish tavsiya etiladi. Ertalabki ko‘ngil aynishida preparatni kunduzi yoki kechqurun qabul qilish tavsiya qilinadi.

Bolalar va o‘smirlar

12 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan homilador bo‘lgan yoki homiladorlikni rejalashtirgan yoki emizayotgan qizlar-o‘smirlar: sutkada 1 tabletkadan buyuriladi.

Buyrak funksiyasini buzilishi bo‘lgan pasientlar:

Buyrak funksiyasini buzilishigan bo‘lgan pasientlarda qo‘llash mumkin emas.

Jigar funksiyasini buzilishi bo‘lgan pasientlar

Elevit Pronatalni ehtiyotkorlik bilan va shifokor kuzatuvi ostida qo‘llash lozim.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Preparat yaxshi o‘zlashtiriladi, lekin kam hollarda me‘da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar bo‘lishi mumkin: epigastral sohasida diskomfort, qabziyat, meteorizm, qusish, diareya, ko‘ngil aynishi.

Ayrim hollarda allergik reaksiyalar bo‘lishi mumkin: eshakemi, yuzni shishi, hansirash, terini ta‘sirlanishi, terida toshmalar, pufakchali toshma, anafilaktik shok. Bunday vaziyatlarda preparatni qabul qilishni to‘xtatish va shifokor bilan maslahatlashish lozim.

Siydik sariq rangga bo‘yalishi mumkin (preparatda V2 vitaminining mavjudligi bilan bog‘liq bo‘lgan va klinik ahamiyatga ega bo‘lmagan holat). Preparat temir saqlaydi, bu ahlatni qora rangga bo‘yalishiga olib kelishi mumkin. Ushbu samara zararsiz va klinik ahamiyatga ega emas.

S vitamini glyukoza-6-fosfat degidrogenaza yetishmovchiligi hollarida gemolitik anemiya chaqirishi mumkin.

Kam hollarda giperkalsiuriya, bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, uyqusizlik, yuqori qo‘zg‘aluvchanlik bo‘lishi mumkin.

Sanab o‘tilgan nojo‘ya reaksiyalar, shuningdek ushbu yo‘riqnomada ko‘rsatilmagan reaksiyalar paydo bo‘lganida dori vositasini qabul qilishni to‘xtatish va shifokorga murojaat qilish lozim.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparatning komponentlariga yuqori shaxsiy sezuvchanlik, A va/yoki D vitaminining gipervitaminozi, A vitamini yoki sintetik izomerlari – izotretinoin va etretinat bilan yondosh davolash (beta-karotin A vitaminini qo‘shimcha tushishining manbai sifatida qaraladi), giperfosfatimiya, gipermagniemiya, giperkalsiemiya, kalsiyni siydik bilan chiqarilishini kuchayishi, buyrak funksiyasini buzilishi, temir va misning metabolizmini buzilishida qo‘llash mumkin emas.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Elevit Pronatalni tavsiya qilingan dozalarda qabul qilinganida vitaminlar va minerallarning dozasini oshirib yuborilishidan dalolat beruvchi ma‘lumotlar yo‘q.

Dozani oshirib yuborilishining ko‘pchilik hollari vitamin saqlovchi preparatlarning katta dozalarini bir vaqtda qabul qilish oqibatida yuz beradi. O‘tkir va dozani oshirib uzoq vaqt yuborilishi A va D gipervitaminozlariga, giperkalsiemiyaga, temir va misning toksikligiga olib kelishi mumkin.

Dozani oshirib yuborilishining simptomlari: bosh og‘rig‘i, ongning chalkashishi, MIY buzilishlari – qabziyat, diareya, ko‘ngil aynishi va qusish.

Bunday hollarda preparatni qabul qilishni to‘xtatish va shifokorga murojaat qilish lozim.

 

Ehtiyotkorlik choralari

Ko‘rsatilgan dozadan oshirilmasin. Ayrim komponentlarining, ayniqsa A vitamini, D vitamini, temir va misning juda yuqori dozalari, sog‘liq uchun xavfli bo‘lishi mumkin. Folat kislotasi, V12 vitamini va temirning yuqori dozalari anemiyaning ayrim shakllarini niqoblashi mumkin.

Boshqa vitamin saqlovchi preparatlarni qabul qiluvchi pasientlar, Elevit Pronatalni qo‘llashdan oldin davolovchi shifokor bilan maslahatlashishlari lozim.

Preparat laktoza saqlaydi, buni galaktozani o‘zlashtiraolmaslikda, laktoza yetishmovchiligida yoki glyukoza-galaktozani so‘rilishini buzilishida hisobga olish lozim.

Preparat yod saqlamaydi. Yodning qo‘shimcha manbaining zarurligi shifokor bilan kelishilgan bo‘lishi.

Laktasiya davrida qabul qilinayotgan vitaminlar va minerallar ona suti bilan chiqariladi, agar bola boshqa vitamin-mineral majmualarni qabul qilayotgan bo‘lsa, buni hisobga olish kerak.

Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta‘siri

Preparat temir saqlaydi, shuning uchun ichakda tetrasiklinlar guruhi antibiotiklarini so‘rilishini kechiktiradi va bu antibiotik hamda temirning zardobdagi konsentrasiyasini pasayishiga olib keladi. Agar bu preparatlarni bir vaqtda buyurish zarur bo‘lsa,  unda pasientlar tetrasiklinni, preparatni qo‘llashdan ikki soat oldin yoki keyin qabul qilishlari kerak.

Antasidlar va temir saqlovchi preparatlarni bir vaqtda qo‘llash temirning so‘rilishini pasaytirishi mumkin, shuning uchun bu preparatlarni qabul qilish orasida uch soatlik intervalga amal qilish kerak.

Kalsiy, magniy, mis yoki rux saqlovchi preparatlar antibiotiklar va viruslarga qarshi preparatlarni so‘rilishini yomonlashtirishi va buning natijasi sifatida, ularning tizimli konsentrasiyasini pasaytirishi mumkin. Ikkala preparatni qabul qilayotgan pasientlar, ularni qabul qilishni vaqt jihatidan 1-2 soatga vaqtga cheklashlari kerak.

Ye vitaminini saqlovchi preparatlar, antikoagulyantlar yoki trombositlarning agregasiyasiga ta‘sir qiluvchi dorilarni qabul qilayotgan pasientlarda ehtiyotkorlik bilan ishlatilish kerak.

Parafin moyi kabi surgi moddalar bilan bir vaqtda qo‘llash, me‘da-ichak yo‘llarida D vitaminini so‘rilishini kamaytirishi mumkin.

Folat kislotasining yuqori dozalari karbamazepin, fenitoin, primidon va barbituratlar kabi tutqanoqqa qarshi/tirishishga qarshi vositalarni samarasini kamaytirish qobiliyatiga ega.

Tiazidli diuretiklar bilan birgalikda qo‘llash giperkalsiemiyaning ehtimolini oshiradi, chunki tiazidli diuretiklar siydik bilan kalsiyni chiqarilishini kamaytiradi.

Ayrim dori vositalari bilan bir vaqtda qo‘llashda ularning terapevtik ta‘sirini kamayishi kuzatilishi mumkin: levodopa, bifosfonatlar, ftorxinolonlar, penisillamin, tiroksin, angishvonagul preparatlari.

Bu preparatni shovul (shpinat va rovochdagi) va fitin kislotalarining (butun dukkaklilar), ular kalsiyning so‘rilishini bostirishi mumkin, yuqori darajasini saqlovchi ovqat qabul qilinganidan keyin ikki soat davomida qo‘llash tavsiya qilinmaydi.

Homiladorlik va laktasiya

To‘plangan tajriba homiladorlikning birinchi uch oyligi davomida A vitaminini sutkada 10000 XB dan ortiq dozalarda qabul qilish, homilani rivojlanishining tug‘ma nuqsonlarni chaqirishi mumkin deb taxmin qilishga asos bo‘la oladi.

Elevit Pronatalning 1 tabletkasi 3600 XB yoki 1080 mkg A vitamini saqlaydi.

A va D vitaminining manba‘lari bo‘lgan mahsulotlar (masalan, jigar va uning mahsulotlari A vitaminiga juda boydir) va ushbu vitaminlarni ko‘p saqlovchi sharbatlarni hisobga olish lozim.

D vitaminini surunkali dozani oshirib yuborilishi homila uchun zararli bo‘lishi mumkin. D vitaminini va kalsiy ko‘krak suti bilan chiqariladi. Emizikli bolaga ularning ta‘sirini istisno etib bo‘lmaydi, agar bola har qanday boshqa ovqat qo‘shimchalarini qabul qilayotgan bo‘lsa, buni e‘tiborga olish lozim.

Emizikli ayollar uchun Tibbiyot Instituti (AQSH) D vitaminini xavfsiz bo‘lgan yetarli miqdori sutkada 2000 XB (500 mkg) ekanligini aniqladi.

Elevit Pronatal bir tabletkada 500 XB (12,5 mkg) D vitaminini saqlaydi.

Transport yoki mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri

Ta‘sir qilmaydi.

Caqlash sharoiti

25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda, bolalar ololmaydigan joyda.

 

Yaroqlilik muddati

2 yil. O‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tganidan so‘ng ishlatilmasin.

 

O‘rami

10 tabletkadan blisterda.

3 yoki 10 blister ilova-varaqasi bilan birga karton qutiga joylangan.

Berish tartibi

Reseptsiz.

Ulashish:

Qo‘llash ko‘rsatmalari

  • Homiladorlik davrida, tug'ruqdan keyin va emizish davrida, oldini olish va davolash uchun: - gipovitaminoz va avitaminoz; - mineral moddalar va mikroelementlar yetishmovchiligi

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

  • Preparat komponentlariga yuqori individual sezuvchanlik. Quyidagi hollarda uzoq muddat foydalanish tavsiya etilmaydi: A va/yoki D vitamini gipervitaminozi; qonda kalsiy miqdorining oshishi; siydik bilan kalsiy ajralishining oshishi va siydik tosh kasalligida; temir o‘zlashtirilishining buzilishlarida.

Tarkibi

  • 1 tab. retinol (vit. A) 3600 XB tokoferol (vit. E) 15 mg kolekalsiferol (vit. D3) 500 XB askorbin kislotasi (vit. S) 100 mg tiamin (vit. V1) 1.6 mg riboflavin (vit. B2) 1.8 mg kaltsiy pantotenati (vit. B5) 10 mg piridoksin (vit. B6) 2.6 mg foliy kislotasi (vit. Bc) 800 mkg sianokobalamin (vit. B12) 4 mkg nikotinamid (vit. PP) 19 mg biotin (vit. H) 200 mkg kaltsiy (fosfat va pantotenat shaklida) 125 mg magniy (oksid, fosfat, stearat shaklida) 100 mg fosfor (kaltsiy va magniy fosfati shaklida) 125 mg temir (fumarat shaklida) 60 mg mis (sulfat shaklida) 1 mg rux (sulfat shaklida) 7.5 mg marganets (sulfat shaklida) 1 mg Yordamchi moddalar: polietilenglikol 6000, pretsirol Ato 5, jelatin, mikrokristall tsellyuloza, natriy kraxmal glikolati, povidon, laktoza monogidrati, mannitol, magniy stearati, polietilenglikol 400, etiltsellyuloza, gipromelloza, talk, titan dioksidi (E171), temir oksidi sariq (E172).

Farmakodinamikasi

Inozitol muntazam menstrual siklini, ovulyatsiyani va sog'lom tuxum hujayralarini yetilishi jarayonini qo'llab-quvvatlaydi, bu esa bolani urug’lanishi imkoniyatini oshiradi va homiladorlikning muddati boshlanishini tezlashtiradi.

Inozitol ikkita faol shaklda - metabolizmni faollashtiradigan mio-inozitol va jinsiy gormonlar darajasini normallashtiradigan D-xiro-inozitol. Ular 40:1 nisbatda saqlanadi, bu ularning odam qon plazmasidagi fiziologik nisbatiga mos keladi. Aynan shunday majmua normal menstrual siklni eng yaxshi qo'llab-quvvatlaydi.

Metafolin® folat kislotasining zamonaviy formulasi bo'lib, folat almashinuvi fermentlarining genetik xususiyatlaridan qat'i nazar, barcha ayollar organizimida o’zlashtiriladi. Organizmning folatlar bilan to'yinganligi tuxum hujayralari yetilishi jarayonini va sifatini yaxshilaydi va shu bilan sog'lom bolani urug’lanishi imkoniyatini oshiradi. Folatning yetarli miqdori homilani erta bosqichida beixtiyor tushishi va homilani o’sishidan to’xtashi xavfini kamaytirishga yordam beradi.

B vitamin guruhlari folatlarning to'liq so'rilishi uchun muhim hisoblanadi. Ushbu vitaminlar yetarli darajada ta'minlanmasligi, folatlarni qabul qilishda samaraga erishilmaydi.     

Farmakokinetikasi

Elevit Pronatal preparatining ta'siri uning tarkibiy qismlarining umumiy ta'siridir, shuning uchun farmakokinetik kuzatuvlarni amalga oshirish mumkin emas: markerlar yoki biologik tadqiqotlar yordamida barcha tarkibiy qismlarni kuzatib bo'lmaydi.

Farmakologik ta'siri

Vitaminlar va mineral moddalar tanqisligini to'ldiruvchi.

Nojo'ya ta'sirlar

  • OHT tomonidan: preparatni bekor qilishni talab qilmaydigan oshqozon-ichak buzilishlari (qabziyat) kuzatilishi mumkin. Allergik reaktsiyalar: preparat tarkibiy qismlariga allergik reaktsiyalar bo'lishi mumkin.

Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi

Homiladorlik va laktatsiya davri

Preparat homiladorlik va emizish davrida qo'llaniladi; ammo tavsiya etilgan sutkalik dozadan oshirib yuborilmasligi kerak.

Elevit Pronatalning bir tabletkasida kunlik ehtiyojga mos keladigan A vitamini mavjud.

Vitaminlarni yuborish bilan asab naychalari nuqsonlari profilaktikasini o'rganish bo`yicha 2100 dan ortiq ayollarda nazorat ostida o'tkazilgan klinik tadqiqotda Elevit Pronatal ta`minovchi dozalar har kuni qabul qilinganda homila uchun homiladorlikning birinchi trimestrda xavf tug'dirmasligi aniqlandi. Homiladorlikning keyingi trimestrlarida preparatni qo'llash bilan bog'liq xavf mavjudligini ko'rsatadigan ma'lumotlar mavjud emas va homilaga salbiy ta'sir ko'rsatishi ehtimoldan yiroq.

A vitaminiga bo'lgan kunlik ehtiyoj (asosan jigar, jigar mahsulotlari, pishloq va tuxum tarkibida mavjud) muvozanatli ovqatlanish bilan qondirilishi yoki hatto oshirib yuborilishi mumkin.

Homiladorlik paytida A vitaminining yuqori dozalarini qabul qilish (kuniga 10 000 XB dan ortiq) teratogen shikastlanish xavfini oshirishi mumkin. Shuning uchun birinchi trimestrdagi homilador ayollar va homilador bo'lishni rejalashtirayotgan ayollar uchun A vitaminining kunlik dozasi 10000 XB oshmasligi kerak.

Surunkali ravishda D vitamin dozasining oshirib yuborilishi homila uchun zararli bo'lishi mumkin. D vitamini va kalsiy ona suti bilan ajraladi. Ularning chaqaloqqa ta'sir qilish xavfini istisno qilish mumkin emas, agar chaqaloq boshqa oziqaviy qo'shimchalar olayotgan bo'lsa, buni inobatga olish kerak.

Emizikli ayollar uchun D vitaminini qabul qilishning xavfsiz ruxsat etilgan chegara miqdori sutkasiga 4000 XB (100 mkg) ni tashkil qiladi. Elevit Pronatalning bitta tabletkasida 500 XB (12,5 mkg) D vitamini mavjud.

Dozani oshirib yuborilishi

Tavsiya etilgan dozada qabul qilinganda, Elevit® Pronatal tarkibidagi vitaminlar va minerallarning dozasi oshib ketish ehtimoli yo‘q.

Dori shaklining ta'rifi

  • Kulrang-sariq rangli qobiq bilan qoplangan tabletkalar, cho'zinchoq, ikki tomonlama qavariq, bir tomonida sindirish uchun chiziqchasi bor; hidi yo'q yoki biroz seziladi.

Maxsus ko‘rsatmalari

Tavsiya etilgan sutkalik doza oshirilmasin.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Preparat temir va kalsiy saqlaydi, shuning uchun ichakda tetrasiklinlar guruhidan antibiotiklar, shuningdek mikroblarga qarshi vositalar — ftorxinolon hosilalarining so‘rilishini ushlab turadi. C vitamini sulfanilamidlar guruhidan mikroblarga qarshi vositalarning ta’siri va nojo‘ya samaralarini (shu jumladan siydikda kristallar paydo bo‘lishi) kuchaytiradi. Alyuminiy, magniy, kalsiy saqlovchi antatsid preparatlar, shuningdek kolestiramin temir so‘rilishini kamaytiradi. Tiazidlar guruhidan siydik haydovchi vositalar bir vaqtda tayinlanganda giperkalsemiya ehtimoli ortadi. Elevit® Pronatal bilan kombinatsiyada boshqa dori preparatlarini qabul qilish zarurati bo‘lganda, qabul qilish orasida taxminan 2 soatlik intervalga rioya qilish kerak.

Qo‘llash usuli va dozirovkasi

Homilador ayollarga - 13-haftadan boshlab homiladorlik oxirigacha ovqat vaqtida kuniga 1 kapsuladan.


Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. ELEVIT preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing
Manbalar ro‘yxati:

ELEVIT narxlari

Dorixonalar
Manzil
Ish vaqti
Sotib olish
CITY PHARM Virusologiya 24
Yunusobod tumani, Yangishaxar, 24 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-00:00
85 000 so'm
Bron qilish
Target Farm №9
Mirzo Ulug'bek tumani, Sayram ko'ch., 2 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-22:00
87 000 so'm
Bron qilish
CITY PHARM Parket bozori 30
Mirzo Ulug'bek tumani, Parket ko'ch., 9 uy, 2 xonadon
24/7
95 000 so'm
Bron qilish
Eco Pharm №6
Bektemir tumani, Suvsoz 2 mavzesi, 29/3 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-00:00
99 000 so'm
Bron qilish

ELEVIT haqida savollar

ELEVIT haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil