Pikovit
Pikovit chiqarilish shakllari
Pikovit qo'llanmasi
- Preparat bolalarda qo'llaniladi: — vitaminlarga ehtiyoj oshishi bilan kechuvchi holatlarda profilaktik vosita sifatida: maktab yoshidagi bolalarda toliqish, yuqori jismoniy va asabiy-ruhiy yuklama; ishtaha bo'lmaganda va nomuntazam, to'laqonli bo'lmagan yoki bir xil ovqatlanish ratsionida; o'tkazilgan kasalliklardan keyin tuzalish davrida, infektsion va shamollash kasalliklariga organizm qarshiligini oshirish uchun; — kimyoterapevtik vositalar qo'llanilganda majmuaviy terapiya tarkibida.
- — A gipervitaminozi; — D gipervitaminozi; — 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar; — fenilketonuriya (preparat tarkibida fenilalanin saqlovchi aspartam mavjudligi sababli) — preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik.
- 1 tab. chaynash uchun (1150 mg) vitaminlar aralashmasi — premikslar askorbin kislotasi; vitamin E; nikotinamid; piridoksin gidroxloridi; kaltsiy pantotenati; vitamin A; tiamin mononitrati; riboflavin; vitamin D; vitamin V12; foliy kislotasi minerallar aralashmasi magniy oksidi; temir fumarati; kaltsiy fosfati digidrati; rux oksidi; mis glyukonati; kaliy yodidi; natriy selenati yordamchi moddalar: fruktoza; kaltsiy fosfati digidrati; qand; ksilitol; yertut aromatizatori (tabiiyga o‘xshash); povidon; magniy stearati; dioksid kremniy; malina aromatizatori (tabiiyga o‘xshash); stearin kislotasi; MKTs; limon kislotasi (E 330); bo‘yoqchi jozibali qizil (E129); xinolin sariq (E104); indigokarmin (E132) 1 tab. chaynash uchun (1150 mg) Fruktoza (ingredient), qand (ingredient), dekstroza, vitaminli premiks (askorbin kislotasi, vitamin E, nikotinamid, piridoksin gidroxloridi, kaltsiy pantotenati, vitamin A, tiamin mononitrati, riboflavin, mikrokristall tsellyuloza, vitamin D, vitamin V12, foliy kislotasi), mineral premiks (magniy oksidi, temir fumarati, kaltsiy fosfati digidrati, rux oksidi, mis glyukonati, kaliy yodidi, natriy selenati), povidon (quyuqlashtiruvchi), malina aromatizatori (tabiiy), qulupnay aromatizatori (tabiiy), magniy stearati (emulgator), kolloid kremniy dioksidi (to‘planishga qarshi agent), stearin kislotasi (stabilizator), limon kislotasi (kislotalilik regulyatori). Kaltsiy 124 mg, Fosfor 96 mg, Vitamin S 40 mg, Magniy 16 mg, Niatsin 9 mg, Vitamin E 4 mg, Temir 4 mg, Rux 4 mg, Pantoten kislotasi 3 mg, Vitamin V6 1,0 mg, Vitamin V2 0,8 mg, Vitamin V1 0,7 mg, Vitamin A 0,4 mg, Mis 0,28 mg, Foliy kislotasi 50 mkg, Yod 16 mkg, , Selen 8 mkg, Vitamin D 5 mkg, askorbin kislotasi, nikotinamid, DL-alfa-tokoferol atsetati, dekspantenol, riboflavin natriy fosfati. oligofruktoza, tiamin g/x, piridoksin g/x, retinol palmitati, sianokobalamin,, kolekalsiferol; Yordamchi moddalar: agar, natriy benzoat, ananas aromatizatori Vitamin A 400 mkg, Vitamin D3 2,5 mkg, Vitamin E 5 mg, Vitamin S 30 mg, Vitamin V1 0,7 mg, Vitamin V2 0,8 mg, Vitamin V6 1 mg, Vitamin V12 0,5 mkg, Vitamin RR 6 mg, Vitamin V5 1,35 mg, Vitamin V9 70 mkg, Vitamin N 25 mkg, Rux 5 mg, Temir 5 mg, Yod 40 mkg, Kaltsiy 100 mg; retinol (palmitat shaklida) (vit. A) 900 XB kolekalsiferol (vit. D3) 100 XB askorbin kislotasi (vit. S) 50 mg tiamin gidroxloridi (vit. B1) 1 mg riboflavin (natriy fosfati shaklida) (vit. V2) 1 mg dekspantenol (D-pantenol) (vit. V5) 2 mg piridoksin gidroxloridi (vit. B6) 600 mkg sianokobalamin (vit. B12) 1 mkg nikotinamid (vit. PP) 5 mg Yordamchi moddalar: qand, sun'iy oziq-ovqat bo‘yoqlari (0.0015%), tabiiy aromatik moddalar (0.05%), natriy benzoat (0.11%). retinol palmitati (vit. A) 600 XB kolekalsiferol (vit. D3) 80 XB askorbin kislotasi (vit. S) 10 mg tiamin mononitrati (vit. B1) 250 mkg riboflavin (vit. B2) 300 mkg kaltsiy pantotenati (vit. B5) 1.2 mg piridoksin gidroxloridi (vit. B6) 300 mkg foliy kislotasi (vit. Bc) 40 mkg sianokobalamin (vit. B12) 0.2 mkg nikotinamid (vit. PP) 3 mg kaltsiy (Ca2+) 12.5 mg fosfor (P5+) 10 mg Yordamchi moddalar: laktoza monogidrati, apelsin moyi 05073 aromatizatori, polisorbat 80 (tvin 80), glitserol, tozalanmagan kanakunjut moyi, suvsiz limon kislotasi, sorbitol, suyuq dekstroza (quruq modda), magniy stearati, emulsion mum, vazelin moyi, povidon, ko‘pik so‘ndiruvchi 1510, saxaroza. 1 pushti rangli tabletka qo‘shimcha ravishda saqlaydi: bo‘yoqchi qirmizi Ponso 4 R (E124), titan dioksidi (E171). 1 sariq rangli tabletka qo‘shimcha ravishda saqlaydi: bo‘yoqchi quyosh botishi sariq 06080 (E110), bo‘yoqchi xinolin sariq (E104), titan dioksidi (E1 retinol palmitati (vit. A) 600 XB kolekalsiferol (vit. D3) 80 XB askorbin kislotasi (vit. S) 10 mg tiamin mononitrati (vit. B1) 250 mkg riboflavin (vit. B2) 300 mkg kaltsiy pantotenati (vit. B5) 1.2 mg piridoksin gidroxloridi (vit. B6) 300 mkg foliy kislotasi (vit. Bc) 40 mkg sianokobalamin (vit. B12) 0.2 mkg nikotinamid (vit. PP) 3 mg kaltsiy (gidrofosfat shaklida) 12.5 mg fosfor (gidrofosfat shaklida) 10 mg Yordamchi moddalar: mannitol, malina aromatizatori, polisorbat 80, glitserol, kanakunjut moyi, maltitol (75% er-ma ko‘rinishida), magniy stearati, emulsion mum (Kapol 600 pharma), povidon, suvsiz kolloid kremniy dioksidi, maltitol, butilgidroksianizol va butilgidroksitoluo (retinol palmitati tarkibida), D,L-alfa-tokoferol va o‘rta zanjirli triglitseridlar (kolekalsiferol tarkibida). 1 sariq rangli tabletka qo‘shimcha ravishda saqlaydi: titan dioksidi (E171) va betakaroten 1% CWS (E 160a). retinol palmitati kontsentrati* (vit. A) 2.94 mg alfa-tokoferol atsetati 50% granulyat** (vit. E) 30 mg kolekalsiferol kontsentrati*** (vit. D3) 400 mkg askorbin kislotasi (vit. S) 60 mg tiamin mononitrati (vit. B1) 1.5 mg riboflavin (vit. B2) 1.7 mg kaltsiy pantotenati (vit. B5) 10 mg piridoksin gidroxloridi (vit. B6) 2 mg foliy kislotasi (vit. Bc) 400 mkg sianokobalamin 0.1% mannitol ichida (vit. B12) 6 mg nikotinamid (vit. PP) 20 mg Yordamchi moddalar: mannitol, aspartam, Mandarin aromatizatori, polisorbat 80, glitserol, kanakunjut moyi, maltitol (ishlab chiqarish jarayonida 75% eritma ko‘rinishidagi maltitoldan foydalaniladi), magniy stearati, emulsion mum (Kapol Farma 600), povidon, suvsiz kolloid kremniy dioksidi, titan dioksidi (E171), betakaroten (E160a). baliq moyi /Omega-3 yog‘ kislotalarini saqlaydi/, askorbin kislotasi, DL-alfa-tokoferol atsetati, dekspantenol, riboflavin natriy fosfati, tiamin g/x, retinol palmitat, sianokobalamin, kolekalsiferol, foliy kislotasi; Yordamchi moddalar: glitserol, suyuq dekstroza, natriy benzoat, shaftoli aromatizatori vitaminlar aralashmasi - premikslar: askorbin kislotasi, vitamin E, nikotinamid, piridoksin gidroxloridi, pantotenat kaltsiy, vitamin A, tiamin monogidrat, riboflavin, vitamin D, vitamin V12, foliy kislotasi; Minerallar aralashmasi: magniy oksidi, temir fumarati, kaltsiy fosfati digidrati, kinka oksidi, mis glyukonati, kaliy yodidi, natriy selenati; Yordamchi moddalar: fruktoza, kaltsiy fosfati digidrati, qand, ksilitol, yertut aromatizatori, povidon, iagniy stearati, kremniy dioksidi, malina aromatizatori, MKTs, limon kislotasi,
- Bo'lishi mumkin: allergik reaktsiyalar. Bunday hollarda preparatni qo'llashni to'xtatish va shifokor bilan maslahatlashish kerak. Pikovit® forte tabletkalari tarkibida 0.6 g maltitol borligi sababli, tavsiya etilgandan yuqori dozalarda qo'llanilganda diareya rivojlanishi mumkin.
- chaynash tabletkalari Dumaloq, ikki tomonlama qavariq, intensiv pushti, sariq, yashil va zarg'aldoq rangli qobiq bilan qoplangan tabletkalar. Dog'lar bo'lishiga yo'l qo'yiladi. sirop Bolalar uchun sirop chaynash tabletkalari Qobiq bilan qoplangan tabletkalar
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
PIKOVIT®
PIKOVIT
Preparatning savdo nomi: Pikovit®
Dori shakli: sirop, 150 ml
Tarkibi:
5 ml sirop quyidagilarni saqlaydi:
faol moddalar:
retinol palmitati (1,7 mln XB/g) (A vitamini) 900 XB
xolekalsiferol (1 mln XB/g) (D3 vitamini) 100 XB
askorbin kislotasi (S vitamini) 50,00 mg
tiamin gidroxloridi (V1 vitamini) 1,00 mg
riboflavin natriy fosfati (V2 vitamini) 1,00 mg
piridoksin gidroxloridi (V6 vitamini) 0,60 mg
sianokobalamin (V12 vitamini) 1,00 mkg
nikotinamid (RR vitamini) 5,00 mg
dekspantenol (D – pantenol) 2,00 mg
yordamchi moddalar: agar, tragant kamedi, saxaroza, suyuq dekstroza (glyukoza), apelsin moyi, greypfrut aromatizatori, apelsin aromatizatori, polisorbat 80, limon kislotasi monogidrati, Ponceau 4R bo‘yovchisi (Ye124), natriy benzoati, tozalangan suv.
Ta‘rifi: och-sariqdan to jigarrangsimon-to‘q sariq rangligacha bo‘lgan quyuq qovushqoq, arang ko‘rinadigan kiritmalar bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi. Yoqimli hid va biroz nordon ta‘mga ega.
Farmakoterapevtik guruhi: Vitaminlar. Polivitaminlar.
ATX kodi: A11VA
Farmakologik xususiyatlari
Farmakokinetikasi
Pikovit® siropi yuzasidan farmakokinetik ma‘lumotlar yo‘q. Alohida vitaminlarning organizmdagi o‘rni ma‘lum va adabiyotlarda ta‘riflangan. Suvda eruvchi vitaminlar (V guruhi va S vitaminlari), organizmning sutkalik ehtiyojlariga to‘g‘ri keluvchi miqdorlarda juda yaxshi so‘riladi. To‘qimalarning to‘yinish darajasidan yuqori miqdorlari siydik bilan va ba‘zida ahlat bilan chiqariladi. Ular organizmda faqat cheklangan miqdorlarda to‘planadi. Shuning uchun bu vitaminlarni muntazam qabul qilish to‘qimalarda kerakli konsentrasiyalarini saqlab turish uchun muhim.
Peroral qabul qilingandan keyin yog‘da eruvchi A va D vitaminlari, yog‘lar ishtirokida ingichka ichakda yaxshi so‘riladi. Yog‘da eruvchi vitaminlarning ancha yuqori miqdorlari jigarda to‘planadi.
Farmakodinamikasi
Pikovit® siropi to‘qqizta asosiy vitaminlarni saqlaydi, ular organizmda ko‘pchilik biokimyoviy jarayonlarni boshqarishda ishtirok etadi. Vitaminlarning organizmdagi samaralari, farmakodinamik emas, balki ular asosan fiziologikdir. Hayotiy muhim faoliyatlarni va yaxshi ruxiy jismoniy holatni saqlab turishda muhim rol o‘ynaydi.
A vitamini turli moddalarning (oqsillar, lipidlar, mukopolisaxaridlar) almashinuvida ishtirok etadi va teri, shilliq qavatlar, shuningdek ko‘ruv a‘zosining normal faoliyatini ta‘minlaydi.
D3 vitamini organizmda kalsiy va fosfor balansini saqlab turishida muhim rol o‘ynaydi. Uning yetishmovchiligida suyak to‘qimasida kalsiy miqdori kamayadi (osteoporoz).
V1 vitamini yurak faoliyatini normallashtiradi va nerv tizimining normal faoliyatiga yordam beradi.
V2 vitamini to‘qimalar, shu jumladan teri xujayralarining regenerasiyasi jarayonlariga yordam beradi.
V6 vitamini suyaklar, tishlar, milklarning strukturasi va faoliyatini saqlab turilishiga yordam beradi; eritropoezga yordam beradi, nerv tizimining normal faoliyatiga yordam beradi.
V12 vitamini eritropoezda ishtirok etadi, nerv tizimining normal faoliyatiga yordam beradi. V guruhi vitaminlari organizmda moddalar almashinuvini boshqaruvchi turli fermentlarni hosil bo‘lishida ishtirok etadi.
S vitamini qator biologik faol moddalarni oksidlanishida, biriktiruvchi to‘qimadagi almashinuvni boshqarilishida, uglevodlar almashinuvida, qon ivishida va to‘qimalarning regenerasiyasida ishtirok etadi, steroid gormonlarning xosil bo‘lishini rag‘batlantiradi, kapillyarlarning o‘tkazuvchanligini normallashtiradi. S vitamini organizmni infeksiyalarga chidamliligini oshiradi, yallig‘lanish reaksiyalarini pasaytiradi.
RR vitamini va D-pantenol – oqsillar metabolizmida, yog‘ kislotalari va xolesterinni sintezida, energiya xosil bo‘lishida ishtirok etuvchi kofermentlar va markaziy nerv tizimining normal faoliyati uchun zarur.
Qo‘llanilishi
Pikovit® siropi profilaktik vosita sifatida bolalar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, quyidagilarda:
- ishtaha bo‘lmaganda;
- organizmni infeksion va shamollash kasalliklariga qarshiligini oshirish uchun;
- o‘tkazilgan kasalliklardan keyingi tuzalish davrida;
- jismoniy rivojlanish yetarli bo‘lmaganda (o‘sishni orqada qolishida);
- kundalik ovqat rasionida vitamin preparati sifatida, ayniqsa qishki va bahorgi davrlarda;
- maktab yoshidagi bolalarda yuqori jismoniy va nerv-psixik yuklamalarda;
- antibiotiklar qo‘llanganda majmuaviy davolashda qo‘llaniladi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Pikovit® sirop ichga qabul qilinadi.
1 yoshdan 3 yoshgacha bo‘lgan bolalar: 1 o‘lchov qoshiqdan (5 ml) sirop sutkada 2 marta buyuriladi.
4 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalar: 1 o‘lchov qoshiqdan (5 ml) sirop sutkada 3 marta buyuriladi.
7 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar: 1 o‘lchov qoshiqdan (5 ml) sirop sutkada 3 marta buyuriladi, maksimal – sutkada 4 marta.
Siropni qoshiqchada yoki choy, sharbat yoki meva pyuresi bilan aralashtirib berish mumkin. Tavsiya etilgan sutkalik dozani oshirish mumkin emas.
Ishtaha bo‘lmaganda siropni har kuni 1 oy davomida berish kerak.
Takroriy qabul qilish kursi 1-3 oydan keyin o‘tkaziladi.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Allergik reaksiyalar bo‘lishi mumkin.
Allergik reaksiyalar paydo bo‘lganda davolashni to‘xtatish va shifokor bilan maslahatlashish kerak.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- faol moddalarga va preparatning yordamchi komponentlariga yuqori sezuvchanlik.
- qandli diabetda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Sulfanilamidlar bilan davolanganda, kristalluriya rivojlanishini oldini olish uchun, S vitaminini yuqori dozalarda qo‘llashdan saqlanish kerak.
Maxsus ko‘rsatmalar
Yuqori sezuvchanlik reaksiyalar paydo bo‘lgan holda, preparatni qabul qilishni bekor qilish kerak.
Boshqa vitaminli va vitaminli-mineralli preparatlar bilan bir vaqtda qo‘llashdan oldin, shifokor yoki farmasevt bilan maslahatlashish kerak.
Riboflavin saqlanishi tufayli, siydik sariq rangli bo‘lishi mumkin. Bu samara xavfsiz hisoblanadi.
Pikovit® siropini qandli diabeti bo‘lgan pasientlarda qo‘llash tavsiya etilmaydi, chunki 5 ml sirop (1 o‘lchov qoshig‘i) 3 g qand saqlaydi.
1 yoshgacha bo‘lgan bolalarga siropni faqat shifokorning tavsiyasi va kuzatuvi ostida berish mumkin.
Ayrim ingredientlari xaqida maxsus ma‘lumotlar
Pikovit® siropi saxaroza, glyukoza va azobo‘yovchi Ye124 saqlaydi.
Fruktozani o‘zlashtiraolmaslik, glyukoza/galaktozani kam so‘rilishi yoki saxaroza-izomaltoza tanqisligini kam uchraydigan nasliy shakllari bo‘lgan pasientlarga bu preparatni buyurish mumkin emas.
Ponceau 4R Ye124 bo‘yovchi allergik reaksiyalar rivojlanishini chaqirishi mumkin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari: nojo‘ya samaralarini kuchayishi.
Davolash: faollashtirilgan ko‘mir, me‘dani yuvish; zarurati bo‘lganda simptomatik davolash o‘tkaziladi.
Chiqarilish shakli
100 yoki 150 ml dan sirop suyuqlikni ajratuvchi plastmassa tiqin va birinchi ochish nazorati bo‘lgan plastik qopqoq bilan berkitilgan to‘q shisha flakonda.
1 flakon dozalovchi qoshiq va qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.
Saqlash sharoiti
25oS dan yuqori bo‘lmagan xaroratda, yorug‘likdan himoyalangan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Flakon ochilganidan keyin siropni 2 oy davomida ishlatish kerak.
Dorixonalardan berish tartibi
Shifokor reseptisiz beriladi.
Pikovit narxlari
Pikovit barcha rasmlari













