Akvadetrim
Akvadetrim chiqarilish shakllari


Akvadetrim qo'llanmasi
D vitamini va uning analoglari
Qo‘llash ko‘rsatmalari
- D vitamini tanqisligining oldini olish va davolash. Raxit, raxitsimon kasalliklar, gipokaltsiemik tetaniya, osteomalyatsiya va metabolik asosli suyak kasalliklarining (masalan, gipoparatireoz va psevdogipoparatireoz) oldini olish va davolash. Osteoporozni, shu jumladan postmenopauzal osteoporozni kompleks davolashda
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
- Preparat komponentlariga, ayniqsa benzil spirtiga yuqori sezuvchanlik. D gipervitaminozi, qonda kalsiy kontsentratsiyasining oshishi (giperkalsemiya), siydik bilan kalsiy ajralishining oshishi (giperkalsiuriya), siydik tosh kasalligi (kalsiy oksalat toshlarining hosil bo‘lishi), sarkoidoz, jigar va buyraklarning o‘tkir va surunkali kasalliklari, buyrak yetishmovchiligi, o‘pka tuberkulyozining faol shakli. Hayotining 4 haftasigacha bo‘lgan bolalar yoshi. Ehtiyotkorlik bilan: immobilizatsiya holati, tiazidlar, yurak glikozidlari (ayniqsa angishvonagul glikozidlari) qabul qilinganda; homiladorlik va ko‘krak suti bilan boqish davrida. Chaqaloqlarda liqildoqlar erta bitishiga moyillik bo‘lganda (agar tug‘ilgandan oldingi liqildoq o‘lchamlari kichikligi aniqlangan bo‘lsa).
Tarkibi
- kolekalsiferol (vitamin D3) 15 000 XB yordamchi moddalar: makrogol glitserilritsinoleat, saxaroza, natriy gidrofosfati dodekagidrati, limon kislotasi monogidrati, arpabodiyon aromatizatori, benzil spirti, tozalangan suv.
Farmakodinamikasi
D vitaminining asosiy roli kalьtsitonin va paratgormon bilan birgalikda kalьtsiy metabolizmi va fosfatlar almashinuvini boshqarishdir.
D3 vitamini antiraxit omil hisoblanib, qalqonsimon oldi bezlarning normal faoliyat yuritishi uchun muhimdir. D vitamini taʼsir koʼrsatuvchi eng muhim aʼzolar va tizimlar boʼlib ichak, buyraklar va suyak-mushak tizimi hisoblanadi. Ichakda D vitamini Ca2+ ioni va fosfatlar soʼrilishini faollashtiradi, buyraklarda ionlarning qayta soʼrilishiga yordam beradi, suyak toʼqimasida mobilizatsiya qiladi va mineral tuzlarning yigʼilishiga yordam beradi. Kalьtsiy ionlarining miqdori muvofiq mushak tonusi, nerv impulьslarining uzatilishi va qonning quyilishini taʼminlovchi muhim biokimyoviy jarayonlarga taʼsir koʼrsatadi.
Ovqatda D vitaminining tanqisligi, uning soʼrilishining buzilishi, kalьtsiy ionlarininng yetishmovchiligi, jigar kasalliklari, ayrim dori preparatlarini qabul qilish, shuningdek quyosh nurlari taʼsirining boʼlmasligi bolalar organizmning jadal oʼsish davrida raxit, kattalarda esa osteomalyatsiya rivojlanishiga olib keladi.
Raxit profilaktikasi uchun D vitaminini qabul qilish koʼpchilik goʼdaklar va kichik yoshdagi bolalar uchun zarurdir. Osteoporoz tez-tez kuzatiladigan postmenopauzadagi ayollar, gormonal oʼzgarishlar tufayli, D vitaminining sutkalik dozasini oshirishlari kerak.
D3 vitamini ishqoriy fosfatazani faollashtiradi. Raxitni davolash davrida ishqoriy fosfataza faolligining pasayishi D vitaminini toʼgʼri qoʼllanayotganligining koʼrsatkichi boʼlishi mumkin. D vitaminiga shaxsiy ehtiyojni taʼminlashda, organizmga vitamin tushishining barcha manbalarini inobatga olish kerak.
Farmakokinetikasi
Farmakologik ta'siri
Nojo'ya ta'sirlar
- Preparat tarkibiy qismlariga yuqori sezuvchanlik, D gipervitaminozi (gipervitaminoz belgilari: ishtaha yo'qolishi, ko'ngil aynishi, qusish; bosh, mushak va bo'g'im og'riqlari; qabziyat; og'iz qurishi; poliuriya; holsizlik; ruhiyatning buzilishi, shu jumladan depressiya; tana vaznining yo'qolishi; uyqu buzilishi; harorat ko'tarilishi; siydikda oqsil, leykotsitlar, gialin tsilindrlar paydo bo'lishi; qonda kaltsiy darajasining oshishi va uning siydik bilan ajralishi; buyraklar, qon tomirlar, o'pka kaltsinozi bo'lishi mumkin). D gipervitaminozi belgilari paydo bo'lganda preparatni bekor qilish, kaltsiy tushishini cheklash, A, C va B vitaminlarini tayinlash kerak.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi
Qoʼllashdan oldin shifokorni homiladorlik yoki shubhalanayotgan homiladorlik toʼgʼrisida xabardor qilish kerak, dorini homiladorlik va laktatsiya davrida qoʼllashga nisbatan shifokorning maslahati zarur.
Homila uchun potentsial xavfi tufayli, homilador ayollarda А va D3 vitaminlarining yuqori dozalaridan saqlanish kerak. Homiladorlik va emizish davrida ayollarda А vitaminining sutkada 4000 XB dan yuqori dozalarini qoʼllash mumkin emas.
Teratogen xavfga taʼsir koʼrsatuvchi ahamiyatli omil boʼlib faqatgina doza emas, balki preparatni qoʼllash davrida ham hisoblanadi. А vitaminining teratogen xususiyatlari haqidagi maʼlumotlar homiladorlik yoki laktatsiya davrida ayollarda А vitaminini yetishmovchiligini faqatgina juda zarur boʼlgan, ushbu vitamin tanqisligi aniqlangan, tegishli parhezni qoʼllash esa vitaminga boʼlgan ehtiyojni qondirmagan xolatda, shuningdek organizmda А vitaminining almashinuvi xolatini sinchkovlik bilan baholagandan keyin toʼldirish qoidalariga qatʼiy rioya qilish kerakligini koʼrsatadi.
Dozirovkasi
- 15000 XB/ml
Dozani oshirib yuborilishi
Dori shaklining ta'rifi
- Ichish uchun tomchilar Ichish uchun tomchilar rangsiz, tiniq yoki biroz tovlanuvchi, anis hidli.
Maxsus saqlash sharoitlari
Preparat koʼrsatilgan dozaga muvofiq qoʼllanishi kerak, quyidagi hollarda ehtiyotkorlikka rioya qilish zarur:
• Patsient immobilizatsiyasida;
• Patsient tomonidan tiazid diuretiklar qabul qilinganda;
• Patsientda yurak xastaliklari mavjud boʼlganda;
• Patsient tomonidan angishvonagul glikozidlari qabul qilingan holatda;
• Аgar patsient ayol homilador yoki emizayotgan boʼlsa;
• Аgar patsient bir vaqtda kalьtsiyning yuqori dozalarini qabul qilayotgan boʼlsa; bolalarga D vitaminining sutkalik ehtiyoji va yuborish usuli shaxsiy tarzda tanlanadi va, ayniqsa, hayotining ilk oylarida davriy tekshiruvlarda tekshirib turiladi;
• Tugʼma kichik oʼlchamdagi old liqildoqli goʼdaklarda.
D vitamini 1000 XB dan yuqori boʼlgan sutkalik dozada uzoq vaqt qabul qilinganda, qon zardobi va siydikda kalьtsiy miqdorini nazorat qilib turish kerak.
D3 vitaminining uzoq vaqt davomida qoʼllanilgan juda yuqori dozalari yoki zarba dozalari surunkali gipervitaminoz sababi boʼlishi mumkin.
Preparatni qabul qilishda, qon zardobi va siydikda kalьtsiy va fosfatlar kontsentratsiyasini davriy ravishda nazorat qilib turish tavsiya etiladi.
Preparat benzil spirti (15 mg/ml) saqlaydi, bu 1 tomchida 0,5 mg ga toʼgʼri keladi. Preparat allergik reaktsiyalar chaqirishi mumkin.
Ushbu preparat fruktozani oʼzlashtirolmaslik, glyukoza-galaktoza malьabsorbtsiyasi sindromi yoki saxaraza-izomalьtaza yetishmovchiligi bilan bogʼliq boʼlgan kam uchraydigan nasliy buzilishlari boʼlgan patsientlarga buyurilishi mumkin emas.
Homiladorlik va laktatsiya davri.
D3 vitamin homiladorlik davrida faqat shifokor koʼrsatmasiga binoan qoʼllanishi mumkin. Homiladorlik davrida D3 vitaminini doza oshirib yuborilgan taqdirda teratogen taʼsirning paydo boʼlish ehtimoli tufayli yuqori dozalar qoʼllash mumkin emas (homiladorlik davrida D vitamini dozasini oshirib yuborish bolani aqliy rivojlanishining buzilishi va yurak tugʼma nuqsonlarining ehtimoliy sababi hisoblanadi).
D3 vitamin laktatsiya davrida faqat shifokor koʼrsatmasiga koʼra qoʼllanishi mumkin. Preparatni emizayotgan ayollarda qoʼllashda, bolada dozani oshirib yuborish simptomlari paydo boʼlish xavfi tufayli, ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
Transport vositalarini haydash va mexanik qurilmalarga xizmat koʼrsatish qobiliyatiga taʼsiri.
Taʼsir qilmaydi.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli
1 ml (taxminan 30 tomchi) eritma quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: 15 000 XB kolekalьtsiferol
yordamchi moddalar: makrogol glitserilritsinoleat, saxaroza, dinatriy fosfat dodekagidrat, limon kislotasi monogidrati, arpabodiyon xushboʼyi, benzil spirti, tozalangan suv.
Chiqarilish shakli
10 ml preparatdan kafolat halqasiga ega buraluvchi qopqoqcha bilan berkitilgan va tomchi dozatori boʼlgan toʼq shisha flakonlarda. Flakonga yorliq yopishtirilgan.
1 flakon tibbiyotda qoʼllanilishiga doir yoʼriqnoma bilan birga karton qutiga joylangan.
Farmakoterapevtik guruh
D vitamini va uning analoglari
Dori shakli
ichga ichish uchun tomchilar, eritma
Nojo'ya samaralari
Preparatning tavsiya qilingan dozalari qabul qilinganda nojoʼya taʼsirlar deyarli paydo boʼlmaydi. Kam hollarda (≥ 1/10 000 dan <1/1000 gacha) kuzatiladigan D3 vitaminiga yuqori sezuvchanlikda yoki uzoq vaqt davomida juda yuqori dozalar qabul qilinganda gipervitaminoz D deb ataluvchi zaharlanish yuzaga kelishi mumkin.
Gipervitaminoz D simptomlari:
Qon va limfatik tizim tomonidan buzilishlar:
- Qonda kalьtsiy kontsentratsiyasining oshishi
Moddalar almashinuvi va ovqatlanishning buzilishlari:
- giperxolesterinemiya, tana vaznining yoʼqotilishi, kuchli chanqoq, koʼp terlash.
Ruhiyatning buzilishi:
- libidoning pasayishi, depressiya, psixotik buzilishlar
Nerv tizimi tomonidan buzilishlar:
- bosh ogʼrigʼi, letargik uyqu
Koʼrish aʼzosi tomonidan buzilishlar:
- konʼyunktivit, yorugʼlikdan qoʼrqish
Yurak tomonidan buzilishlar:
- yurak ritmining buzilishi
Qon-tomirlar tomonidan buzilishlar:
- arterial gipertenziya
Meʼda-ichak yoʼllari tomonidan buzilishlar:
- ogʼiz qurishi, ishtaha yoʼqolishi, koʼngil aynishi, qusish, qabziyat, pankreatit
Jigar va oʼt chiqarish yoʼllari tomonidan buzilishlar:
- transaminazalar faolligining ortishi
Skelet-mushak va birlashtiruvchi toʼqimalar tomonidan buzilishlar:
- mushak va boʼgʼimlarda ogʼriq, mushaklar kuchsizlanishi
Buyraklar va siydik chiqarish yoʼllari tomonidan buzilishlar:
- uremiya, poliuriya, buyrak-tosh kasalligi, siydikda kalьtsiy kontsentratsiyasining oshishi
Umumiy va kiritish joyidagi buzilishlar:
- teri qichishishi, burundan suvli ajralma ajralishi, gipertermiya, toʼqimalar kalьtsinozi.
Nojoʼya reaktsiyalar holatlari haqida xabarlar
Dori preparati muomalaga chiqarilgan soʼng gumon qilinayotgan nojoʼya taʼsirlar holatlari haqida xabar berish kerak. Bu dori preparatining foyda/xavf nisbatini monitoring qilish imkonini beradi. Tibbiyot xodimlari gumon qilinayotgan barcha nojoʼya reaktsiya holatlari haqida xabar berishlari shart.
Qo'llanilishi
• Bolalar va kattalarda raxit va osteomalyatsiya profilaktikasi.
• Muddatidan oldin tugʼilgan bolalarda raxit profilaktikasi.
• Bolalar va kattalarda D3 vitamini tanqisligi xavfi tasdiqlangan holatda kasallik profilaktikasi.
• Bolalar va kattalarda D3 vitamini soʼrilishining buzilishida, D3 vitamini tanqisligi profilaktikasi
• Bolalar va kattalarda raxit va osteomalyatsiyani davolash
• Kattalarda osteoporozda yordamchi davolash
• Kattalarda gipoparatireozni davolashda qoʼllanadi.
Ta'rifi
Аrpabodiyon hidli va taʼmli, tiniq, rangsiz suyuqlik. Suyuqlik opalestsentsiyasiga yoʼl qoʼyiladi.
Akvadetrim narxlari
Akvadetrim barcha rasmlari














