Vitaminga kam hollarda (≥1/10 000 dan <1/1 000 gacha) kuzatiladigan yuqori sezuvchanlik yoki uzoq vaqt davomida yuqori dozalarda qoʼllanilganda D gipervitaminozi yoki А gipervitaminozi deb nomlanuvchi zaharlanish kuzatilishi mumkin.
D gipervitaminozi simptomlari:
Moddalar almashinuvi va oziqlanishni buzilishlari
Tana vaznini kamayishi.
Ruhiyatni buzilishi
Depressiya, ruhiy buzilishlar.
Nerv tizimi tomonidan buzilishlar
Bosh ogʼrigʼi.
Meʼda-ichak yoʼllari tomonidan buzilishlar
Ishtahani yoʼqolishi, koʼngil aynishi, qusish, qabziyat.
Skelet-mushak va biriktiruvchi toʼqima tomonidan buzilishlar
Mushak va boʼgʼimlarda ogʼriq.
Buyrak va siydik chiqarish yoʼllari tomonidan buzilishlar
Poliuriya, nefrolitiaz.
Shuningdek quyidagilar kuzatilishi mumkin: ogʼizni qurishi, qonda va/yoki siydikda kalьtsiy darajasini oshishi, toʼqimalar kalьtsinozi, bosh aylanishi, taʼsirchanlik, duduqlanish, sochlarni toʼkilishi, terini qurishi, qorinda ogʼriq, anemiya, teri osti toʼqimasi shishi va suyak-boʼgʼimda ogʼriq.
Vitaminlar bekor qilingandan keyin odatda ushbu simptomlar toʼliq oʼtib ketadi.
А vitaminini qoʼllashni davom ettirish jigarni shikastlanishi sababchisi boʼlishi mumkin.
Noxush nojoʼya taʼsir holatlari haqida xabar berish
Biron-bir nojoʼya ogʼirlashgan yoki ushbu yoʼriqnomada koʼrsatilmagan biron-bir nojoʼya taʼsirn paydo boʼlgan xolatlarda, ular haqida shifokor yoki farmatsevtga xabar berish kerak. Tibbiyot xodimlari gumon qilinayotgan barcha nojoʼya taʼsirlar haqida xabar berishlari kerak.
Nojoʼya taʼsirlar haqidagi bunday xabarlar tufayli, preparatni qoʼllashning xavfsizligi haqida toʼliq maʼlumot toʼplash mumkin boʼladi.