Apteka.uz
SavatKirish

Dermakompleks

Dermakompleks chiqarilish shakllari

DERMACOMPLEX kapsulalar  0,5g N20
DERMACOMPLEX kapsulalar 0,5g N20
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
BIOTACT DEUTSCHLAND
•3 ta dorixonada bor
Narxi
83 900 so'm dan
- Dermakompleks qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Dermakompleksning tarkibi
- Dermakompleks ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Dermakompleks narxi Toshkent dorixonalarida

Dermakompleks haqida qo'llanma

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

Preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik

Farmakodinamikasi

DERMACOMPLEX® – bu antioksidantlar, vitaminlar, minerallar (biotin, kversetin, bromelain, sink, selen, A, E, C, B3, B5 va B9 vitaminlari), shuningdek, probiotiklar va prebiotiklarni o'z ichiga olgan 13 xil tabiiy komponentdan iborat maxsus kompleks. Ushbu kompleks terini ichkaridan to'liq oziqlantirish va tiklanishini ta'minlaydi, uning mikrosirkulyatsiyasi va namlik darajasini yaxshilaydi, sog'lom tonus va rang beradi. U teri yog'liligini tartibga soladi, husnbuzar va akne paydo bo'lishining oldini oladi, ayniqsa balog’atga yetish davrida gormonal muvozanatni saqlashga yordam beradi. Kompleks terining regeneratsiyasini qo'llab-quvvatlaydi, kollagen sintezini rag'batlantiradi va bitish jarayonlarini tezlashtiradi, yallig'lanish va ta’sirlanishni kamaytiradi. U terining tabiiy himoyasini kuchaytiradi, immun hujayralarini faollashtiradi hamda zamburug'lar, bakteriyalar, viruslar va parazitlarga qarshi mikroblarga qarshi antitanachalar ishlab chiqarilishini rag'batlantiradi, infeksiya yuqishi xavfini kamaytiradi va teri infeksiyalarida sog’ayishni tezlashtiradi. DERMACOMPLEX® tarkibida antioksidantlar mavjud bo'lib, ular terining qarishini sekinlashtiradi va hujayralarning yallig'lanishni keltirib chiqaradigan erkin radikallarning shikastlashidan, ayniqsa, quyosh nurlari ta’siri, jarohatlanish, kuyish, allergik reaksiyalar va turli xil teri infeksiyalari ta'siridan himoya qiladi, ushbu holatlarda terapiya samaradorligini oshiradi.

Qolaversa, ushbu kompleks sochlarning sog'lom o'sishini ta'minlash uchun asosiy qurilish materiali bo'lgan keratin sintezini faollashtiradi. U sochlarni oziqlantiradi, soch follikulalarida qon aylanishini yaxshilaydi, ularni mustahkam, serhajm va sog'lom qiladi, sochlar sinishi va gullashining oldini oladi. DERMACOMPLEX® soch va bosh terisining yog'liligini normallashtiradi, ularga tabiiy jilo beradi va qazg’oq paydo bo'lish ehtimolini kamaytiradi. Fen, jingalak qiluvchi moslamalar, boshni tez-tez yuvish va quyosh ta'siridan keyin sochlarni tiklaydi.

Bundan tashqari, kompleks mustahkam va go’zal tirnoqlarni shakllantirish uchun zarur bo'lgan keratin va kollagen sintezini rag'batlantiradi. U tirnoqlarni oziqlantiradi, tirnoq matritsasi sohasidagi qon aylanishini yaxshilaydi, tirnoqlarning sog'lom o'sishiga yordam beradi va ularning sinishi, qavatlanishi va xiralashishining oldini oladi. DERMACOMPLEX® tirnoq va uning atrofidagi teri infeksiyalariga qarshi himoyani kuchaytiradi, zamburug’ va bakterial infeksiyalar xavfini kamaytiradi.

Maxsus ko‘rsatmalari

Qabul qilishdan oldin shifokor bilan maslahatlashish tavsiya etiladi. Biologik faol qo’shimcha. Dori vositasi bo’lib hisoblanmaydi.

Saqlash sharoitlari

Havoning nisbiy namligi 75 % dan yuqori bo’lmagan va +5 °С dan +25 °С gacha bo’lgan haroratda saqlansin.

Qo‘llash usuli va dozirovkasi

•       4 yoshdan oshgan bolalarga kuniga 1 kapsula;

•       kattalarga kuniga 1-2 kapsuladan.

8 yoshgacha bo’lgan bolalarga kapsula ochilib, ichidagi kukun ko’p bo’lmagan miqdordagi suv bilan aralashtirib berilsin.

Qabul qilish davomiyligi 20-30 kun.

Qabul qilish miqdori va davomiyligi mutaxassis tomonidan individual ravishda belgilanishi mumkin.

Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Dermakompleks preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing
Manbalar ro‘yxati:

Dermakompleks narxlari

Dorixonalar
Manzil
Ish vaqti
Sotib olish
GoPharm
Olmazor tumani, Адрес
24/7
83 900 so'm
Buyurtma berish
OxyMed
Mirobod tumani, Mehrjon ko'ch., 45 uy
24/7
89 520 so'm
Buyurtma berish
Top-Pharm №3
Bektemir tumani, Husayn Boyqaro ko'ch, 35
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-23:00
92 000 so'm

Dermakompleks haqida savollar

Dermakompleks haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil