Tendinit yoki soxta membranoz kolitning belgilari paydo bo'lganida davolashni darhol to'xtatish va shikastlangan payni muvofiq davolashni boshlash kerak.
Preparat bilan davolanish vaqtida anamnezida bosh miyani shikastlanishlari (insult yoki og'ir jarohatlar) bo'lgan pasientlarda tirishish xurujlari rivojlanishi mumkin.
Anamnezida tutqanoq bo'lgan bemorlarga preparatni qo'llash mumkin emas. Bundan tashqari tirishishlarga moyilligi bo'lgan pasientlarga preparatni qo'llash zarurati bo'lganida maksimal ehtiyotkorlik talab etiladi. Tirishishlar rivojlanganida levofloksasin bilan davolashni to'xtatish kerak.
Soxta membranoz kolitga shubha qilinganida levofloksasin bilan davolashni darhol to'xtatish, tutib turuvchi va spesifik davolashni zudlik bilan boshlash kerak.
Levofloksasin ba'zida birinchi dozasi yuborilgan zahoti jiddiy yuqori sezuvchanlik reaktsiyalarini, masalan, angionevrotik shish, anafilaktik shokkacha, hatto o'limni chaqirishi mumkin. Bunday holatlarda pasient darhol davolanishni to'xtatishi va shifokorga murojaat qilishi kerak.
Levofloksasin qo'llanganida odatda peroral gipoglikemik vositalarni qabul qilayotgan, qandli diabeti bo'lgan bemorlarda gipoglikemiya rivojlanishi mumkin. Bunday pasientlarga qondagi qand miqdorining qat'iy monitoringini o'tkazish tavsiya etiladi.
Levofloksasin anamnezida psixozlari yoki ruhiy kasalliklari bo'lgan pasientlarga levofloksasinni buyurish zarurati bo'lganida ehtiyotkorlik talab etiladi.
QT oralig'ini uzayishiga olib keluvchi ma'lum xavf omillari, masalan:
- QT oralig'ini tug'ma uzayish sindromi;
- QT oralig'ini uzaytirishi mumkin bo'lgan dori vositalar (masalan, IA va III sinf antiaritmik vositalar, trisiklik antidepressantlar, makrolidlar) ni bir vaqtda qo'llash;
- elektrolitlar muvozanatini korrektsiya qilinmagan buzilishi (masalan, gipokaliemiya, gipomagniemiya);
- keksa yoshdagi pasientlar;
- yurak kasalliklari (masalan, yurak etishmovchiligi, miokard infarkti, bradikardiya)
- bo'lgan pasientlarga levofloksasin qo'llanganida ehtiyotkorlik talab etiladi.
Qaytmas holat rivojlanishini oldini olish maqsadida sensor hamda sensomotor periferik nevropatiya simptomlari paydo bo'lganida levofloksasinni bekor qilish kerak.
Anoreksiya, sariqlik, siydikni to'q rangga bo'yalishi, qichishish va qorinda og'riq kabi, jigar kasalliklarini belgilari va simptomlari paydo bo'lganida davolashni to'xtatish va shifokorga murojaat qilish kerak.
Glyukoza-6-fosfatdegidrogenaza etishmovchiligi bo'lgan pasientlarda gemoliz rivojlanishi mumkin, shuning uchun bunday holatlarda levofloksasin bilan davolashni juda ehtiyotkorlik bilan o'tkazish kerak.
Pediatriyada qo'llanishi
Bo'g'im tog'aylarini shikastlanish ehtimoli borligi sababli, bolalar va o'smirlarni davolash uchun preparatni qo'llash mumkin emas.
Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Bosh aylanishi, uyquchanlik, ko'rishni buzilishi, kabi nojo'ya samaralari borligini hisobga olib, transport yoki boshqa potentsial havfli mexanizmlarni boshqarishda pasientlar ehtiyotkorlikka rioya qilishlari kerak.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va
yaroqlilik muddati tugaganidan so'ng ishlatilmasin.