Apteka.uz
SavatKirish

INSTI granuli so vkusom limona 5,6g N5

Retseptsiz
Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Pokiston
Farmakoterapevtik guruh:

Nafas olish tizimi. Yo‘tal va shamollashga qarshi dori vositalari. Yo‘tal va shamollashga qarshi boshqa dori vositalari.

Ishlab chiqaruvchi:Herbion Pakistan (PVT) Ltd
ATX kodi:R05X
Barcha Insti dorilari
94 ta dorixonada bor
Narxi 5 000 so'm dan
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 94 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

INSTI granuli so vkusom limona 5,6g N5 haqida qo'llanma

Saqlash shartlari

25 C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.

Sotish shartlari

Retseptisiz

Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli

Tarkibi:
Har bir paket-sashe quydagilarni saqlaydi:

Faol moddalar:
Oq tol                      750mg
Tomirli Adxotoda   300 mg
Yalong‘och chuchukmiya    550 mg
Xitoy choyi              125 mg
Xushbo‘y gunafsha     100 mg
Dorivor valeriana  100 mg
Oddiy arpabodiyon     75 mg
Sharsimon evkalipt  35 mg
Yordamchi moddalar: saxaroza, makkajo‘xori kraxmali, limon-laym xushbo‘yi

Chiqarilish shakli 
5,6 g dan sasheda
5 yoki 10 sashe tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.

Farmakodinamikasi

INSTI – haroratni pasaytirishda, yallig‘lanishni kamaytirishda va spazmolitik, mukolitik, bronxolitik ta’siriga ega bo‘lgan o‘simlik eksraktlarining kombinatsiyasi.  
Oq tol – salitsin va tremulatsin glikozidlarini saqlaydi. Og‘riqni qoldiruvchi, isitmani tushiruvchi va antiseptik hususiyatlariga ega.
Tomirli adhatoda   - achchiq bug‘lanmaydigan alkaloid vazitsin va vazitsinon saqlaydi.  Bronxolitik hususiyatlariga ega, kipriksimon epiteliy hujayralarni faollashtirib va balg‘amning qovushqoqligini pasaytirib, mukotsiliar transportni  yaxshilaydi. Surfaktantni hosil bo‘lishini faollashtiradi va bu nafas olish mushaklariga “nafas olish/nafas chiqazish” toliq siklini bajarish imkoniyatini beradi. Gistamin ta'siri tufayli yuzaga kelgan bronxospazimdan ximoya qilib, astmaga qarshi ta'sir ko‘rsatadi.
Xushbo‘y gunafsha   - violin, fridelin, efir moylarini saqlaydi. Antigistamin, balg‘am ko‘chiruvchi va haroratni tushuruvchi hususiyatlariga ega.
Yalong‘och chuchukmiya  - glikozid glitsirrizin, asparagin, flavonoidlar saqlaydi. Traxeya shilliq qavati sekretsiyasini rag‘batlantirish yo‘li bilan  demulьgirlovchi va balg‘am ko‘chiruvchi ta'sir ko‘rsatadi. Yallig‘lanishga qarshi xusuiyatlarga ega. Glitsirrizin kislotasi mavjudligi xam maxalliy, xam umumiy immunitetni oshirib, immunostimulyattsiya qiluvchi ta'sirni ta'minlaydi.
Xitoy choyi  - tanin, kofein, teofillin  saqlaydi. Bog‘lovchi, tonus kuchaytiruvchi va siydik xaydash ta'siriga ega.
Oddiy arpabodiyon - efir moyini va dipentin saqlaydi. Bronxlarning sekretor funktsiyasini kuchaytiradi va mukolitik ta'sir ko‘rsatadi, shuningdek antiseptik va yallig‘lanishga qarshi xususiyatlarga ega.
Sharsimon evkalipt – tarkibida efir moylari(tsineol, pinen, mirtenol, pinokarvon, eydesmol), bog‘lovchi moddalar mavjud. Antiseptik xususiyatiga ega, ayniqsa streptokokklarga va stafilokokklarga nisbatan, yallig‘lanishga qarshi ta'sir ko‘rsatadi.
Dorivor valeriana  - tarkibida efir moylari( izovalerian kislotasi, valerenalь, borneol, a-pinen), alkaloidlar( valerian, xatinin), saponinlar, ketonlar mavjud. Markaziy asab tizimining qozg‘aluvchanligini pasaytiradi, silliq mushak a'zolarning spazmlarini kamaytiradi. 
Insti- bemorlarning xolatini yaxshilaydi, yuqori xarorat va yotal intensivligini pasaytiradi. Rinit, faringit, traxeit alomatlarini 24 soat ichida tezda bartaraf yetishga ko‘maklashadi. Uyqusizlik va dori vositasiga ko‘nikishni keltirib chiqarmaydi. Issiq suvda tez eriydi.

Farmakokinetikasi

INSTI preparatining ta'siri uning tarkibiy qisimlarining umumiy ta'siri xisoblanadi, shuning uchun kinetik kuzatuvlarni o‘tkazish mumkin yemas; barcha komponentlarni birgalikda markerlar yoki biologik tadqiqotlar yordamida kuzatib bo‘lmaydi. Shu sababli preparatning metabolitlarini aniqlash mumkin yemas.

Farmakoterapevtik guruh

Nafas olish tizimi. Yo‘tal va shamollashga qarshi dori vositalari. Yo‘tal va shamollashga qarshi boshqa dori vositalari.

Farmakologik ta'siri

Oq tol salitsin va tremulatsin saqlaydi, bu esa isitmani tushiruvchi, yallig'lanishga qarshi va og'riq qoldiruvchi samaralarni belgilaydi. Adxatoda tarkibiga balg'am ko'chiruvchi va bronxlarni kengaytiruvchi ta'sir ko'rsatuvchi vazitsinon va vazitsin alkaloidlari kiradi. Shu tufayli preparat balg'am ko'chishiga yordam beradi, kiprikchalar harakatchanligini oshiradi, oksitotsinsimon va ekspektoral ta'sirga ega.

Binafsha balg'am ko'chiruvchi, isitmani tushiruvchi, terlatuvchi va antigistamin ta'sirni ta'minlovchi efir moylari va fridelinni o'z ichiga oladi. Qizilmiya flavonoidlar, asparagin va glitsirrizin glikozidini saqlaydi, bu esa Instining yallig'lanishga qarshi, balg'am ko'chiruvchi va mukolitik samaradorligini ta'minlaydi. Xitoy choyi tarkibida tonuslovchi, siydik haydovchi va burishtiruvchi ta'sirga ega teofillin, tanin va kofein aniqlangan. Fenchel balg'am ko'chiruvchi, antiseptik va yallig'lanishga qarshi samaralar uchun javobgar bo'lgan efir moylari va dipentenni o'z ichiga oladi.

Evkaliptda asosan streptokokk va stafilokokklarga nisbatan antiseptik va yallig'lanishga qarshi ta'sir ko'rsatuvchi efir moylari (pinokarvon, pinen, eydesmol, tsineol, mirtenol) va oshlovchi moddalar mavjud. Valeriana tarkibiga MNS qo'zg'aluvchanligini pasaytiruvchi va mushak spazmlarini bartaraf etuvchi saponinlar, efir moylari, ketonlar va alkaloidlar kiradi.

Insti bemorning holatini sezilarli darajada yaxshilashga yordam beradi, yuqori harorat va yo'tal intensivligini pasaytiradi. Uni qo'llashda faringit, traxeit va rinit simptomatikasi juda tez yo'qoladi. Preparatni qabul qilish uyquchanlik va o'rganib qolishni keltirib chiqarmaydi, uning ta'siri esa 24 soat ichida namoyon bo'ladi. Shuningdek, Insti ko'pincha nafas yo'llarining yallig'lanish kasalliklari bilan birga keladigan intoksikatsiya ko'rinishlarini (kuchli holsizlik, gipertermiya, terlash) kamaytiradi, antiseptik sifatida ta'sir qiladi, yo'tal xurujlarining mahsuldorligini oshiradi va intensivligini pasaytiradi, shuningdek kasallikning o'tkir bosqichi regressiyasini 3-4 sutkagacha qisqartiradi.

Dori shakli

granulalar

Nojo'ya samaralari

Nojo‘ya ta'sirlar chastotasini aniqlash quyidagi mezonlarga muvofiq amalga oshiriladi: juda tez-tez (≥ 1/10), ko‘pincha (≥ ot 1/100 do < 1/10), kam xollarda (≥ ot 1/1000 do < 1/100), kamdan-kam xollarda (≥ 1/10000 do < 1/1000), juda kam xollarda (< 1/10000), ma'lum emas ( mavjud ma'lumotlar asosida baxolash mumkin emas). 
Juda kam xollarda
- preparatning komponentlariga allergik reaktsiyalar bo‘lishi mumkin.

Maxsus ko‘rsatmalari

Granulalar saxaroza saqlaydi, buni qandli diabet bilan kasallangan patsiyentlar, hisobga olishi kerak.
Agar og‘ir nafas olish, isitma, yiringli yoki qonli balg‘am bilan kuzatilsa, shifokorga murojat qilish kerak. 
Geriatriyada ko‘llanishi
Keksa yoshli patsiyentlar uchun ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.
Pediatriyada qo‘llanishi
6 yoshgacha bo‘lgan bolalarda “Insti dlya detey” ko‘llanish tavsiya yetiladi.
Homiladorlik va laktatsiya davrida  qo‘llanishi 
Homiladorlik va laktatsiya davrida preparatni ehtiyotkorlik bilan yoki shifokor nazorati ostida qo‘llash lozim
Avtomobilni va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Ta'sir qilmaydi.

Qo'llanilishi

Gripp, shamollash, burunning bitishi, tomoqning ta'sirlanishi, yo‘tal, isitma, bosh va jismoniy og‘riq.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

- Preparat komponentlarini shaxsiy o‘zlashtiraolmaslik.
- 6 yoshgacha bo‘lgan bolalar (6 yoshgacha bo‘lgan bolalarga «Insti dlya detey» preparatini qo‘llash tavsiya etiladi).

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Preparatni boshqa yo‘talga qarshi vositalar, shuningdek balg‘am hosil bo‘lishini kamaytiruvchi dori vositalar bilan bir vaqtda qabul qilish tavsiya qilinmaydi.
Bir vaqtning o‘zida qabul qilishda qon aylanishiga qarshi vositalar va atsetilsalitsil kislotasini ta'sirini kuchaytiradi.

Ta'rifi

 Jigarrang rangli, ishqalaganda limon hidga ega granulalar.

Dozirovkasi

Bir sashe paket bir piyola qaynoq suv yoki choyda eritiladi va sekin xo‘plab ichiladi.
Dozalash usuli:
Kattalarga: 1 sashe-paketdan kuniga 3 marta. Maksimal doza kuniga 6 ta sashe – paket.
6 yoshdan oshgan bo‘lgan bolalarga: 1 sashe – paketdan kuniga 2 marta.
Davolash kursi 7-8 kunni tashkil qiladi.

Dozani oshirib yuborilishi

Insti dozasini oshirib yuborilishi holatlari haqida ma'lum qilinmagan.

Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi

Homiladorlik va laktatsiya davrida preparatni ehtiyotkorlik bilan yoki shifokor nazorati ostida qo‘llash lozim

Yaroqlilik muddati (oy)

Chiqarilgan sanasidan boshlab 3 yil.
O‘ramda ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tganidan so‘ng preparat ishlatilmasin.

Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. INSTI granuli so vkusom limona 5,6g N5 preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing

INSTI granuli so vkusom limona 5,6g N5 narxlari va Toshkentdagi dorixonalardagi mavjudligi

Vaksina Med №24
Yakkasaroy tumani, Qushbegi massiv, 3 uy, 72 xonadon
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:30-23:30
5 000 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №11
Yunusobod tumani, Yunusota ko'ch., 15 daha, uy 43
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-00:00
5 000 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №23
Mirzo Ulug'bek tumani, Feruza ko'ch., 1 uy, 36 xonadon
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:30-23:30
5 000 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №26
Chilonzor tumani, Muqumiy ko'ch., 4 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:30-23:30
5 000 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №31
Shayxontoxur tumani, Ko'kcha Darboza ko'ch., 7 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:30-23:30
5 000 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №6
Yunusobod tumani, 7 Mavzesi, 48 uy, 3 xonadon
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-23:30
5 000 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №1
Shayxontoxur tumani, Farobiy ko'ch., 29 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-22:00
5 000 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №21
Chilonzor tumani, 2 mavze, 1 uy, 2 xonadon
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:30-23:30
5 000 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №22
Chilonzor tumani, Kichik xalqa yo'li ko'ch., 41uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:30-23:30
5 000 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №20
Mirzo Ulug'bek tumani, TTZ 2 daha, Gulsanam ko'ch., 12A uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-22:00
5 000 so'm
Bron qilish

INSTI granuli so vkusom limona 5,6g N5 haqida savollar

INSTI granuli so vkusom limona 5,6g N5 haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Ishlab chiqaruvchining dorilari

EVIKA kapsulalar  N60
Retseptsiz
EVIKA kapsulalar N60
Pokiston
Ishlab chiqaruvchi:
Herbion Pakistan (PVT) Ltd
Narxi
69 000 so'm dan
5
1 отзывов
INFIDOL granuli 3,5g N5
Retseptsiz
INFIDOL granuli 3,5g N5
Pokiston
Ishlab chiqaruvchi:
Herbion Pakistan (PVT) Ltd
Narxi
8 000 so'm dan
Narxi
15 400 so'm dan
ENTOBAN kapsulalar  N20
Retseptsiz
ENTOBAN kapsulalar N20
Pokiston
Ishlab chiqaruvchi:
Herbion Pakistan (PVT) Ltd
Narxi
27 000 so'm dan
Narxi
24 000 so'm dan
Narxi
17 000 so'm dan
NOVEKS SETIRIZIN tabletkalari 10mg N10
Retseptsiz
NOVEKS SETIRIZIN tabletkalari 10mg N10
Pokiston
Ishlab chiqaruvchi:
Herbion Pakistan (PVT) Ltd
•6 ta dorixonada bor
Narxi
19 500 so'm dan
NOVEKS DOMPERIDON suspenziya 120ml 1mg/ml
NOVEKS DOMPERIDON suspenziya 120ml 1mg/ml
Pokiston
Ishlab chiqaruvchi:
Herbion Pakistan (PVT) Ltd
•3 ta dorixonada bor
Narxi
28 100 so'm dan
LINKAS PLYUSh sirop 120ml 35mg/5ml
Retseptsiz
LINKAS PLYUSh sirop 120ml 35mg/5ml
Pokiston
Ishlab chiqaruvchi:
Herbion Pakistan (PVT) Ltd
Narxi
30 000 so'm dan
NOVEKS SETIRIZIN sirop 60ml 5mg/5ml N1
Retseptsiz
NOVEKS SETIRIZIN sirop 60ml 5mg/5ml N1
Pokiston
Ishlab chiqaruvchi:
Herbion Pakistan (PVT) Ltd
•3 ta dorixonada bor
Narxi
23 364 so'm dan

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil