ALFAGIN kapsulalar N20

ALFAGIN kapsulalar N20 haqida qo'llanma
Saqlash shartlari
25°С dan yuqori boʼlmagan haroratda saqlansin.
Bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin.
Sotish shartlari
Shifokor retseptisiz beriladi.
Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli
TАRKIBI:
Har bir kapsula saqlaydi:
Ekstrakt:
Jenshen 50,00 mg
Ekstraktlar:
Sibir jenьsheni 200 mg
Ekiladigan lyutserna 500 mg
Dorivor emblika 800 mg
Yunon pajitnigi 500 mg
Yordamchi moddalari:
Ikki asosli kaltsiy fosfati, jelatinlangan makkajoʼxori kraxmali, mikrokristallik sellyuloza.
OʼRАMI:
20/60 kapsula saqlovchi butilka.
Farmakologik ta'siri
АLFАGIN – har qanday sintetik ximikatlarsiz, faqat biofaol shifobaxsh oʼsimliklardan tashkil topgan, noyob retseptura, Xerbion firmasi labaratoriyalaoida yaratalgan.
АLFАGIN – mushaklar kuchini, jismoniy ishga boʼlgan qobiliyatini oshiradi va kislorod metobolizmini kengaytirib, charchoqni yengishga yordam beradi. Oʼzining kuchli adabtogen xususiyatlari bilan u zoʼriqish charchoqlikka qarshi nospetsefik qarshilikni (N.S.R) taʼminlaydi.
АLFАGIN – markaziy nerv tizimini ragʼbatlantiradi va stabillaydi, moslashishni yaxshilaydi, infektsiyalarga qarshi chidamlilikni oshiradi va kasalliklarga qarshi oʼz-oʼzini sogʼlomlashtirish tizimini mustahkamlaydi.
АLFАGIN – ming yillardan buyon “Sharqning ajobiy dorisi” sifatida tanilgan jenьshenь saqlaydi.
АLFАGIN da jenьshenь, tikanli Eleuterokokk, ekiladigan Lyutserna, dorivor Emblika va Yunon Pajitnigi kabi yuqori samarali va kuchli taʼsir qiluvchi oʼsimliklar bilan birlashadi, ular esa oʼzining sinergik taʼsirlari bilan mahsulotni eng mukammal profilaktik, hamda davolash vositasi qiladi.
АLFАGIN – organizmning energiyasi, yashash qobiliyati va chidamliligini oshirib, umumiy salomatlikni mustahlanishiga yordam beradi va umumiy metabolik funktsiyalar va oʼsishni nazorat qiladi va boshqaradi, minerallar va kam uchraydigan elementlar esa xujayralar va toʼqimalarining metobolizmi uchun zaruriy ozuqa moddalar bilan taʼminlaydi.
АLFАGIN – energiya yaratadi va salomatlikni mustaxkamlaydi. Uni muntazam qoʼllash organizmni zoʼriqish, charchoq va xoldan toyishga qarshi chidamliligini shakllanishiga yordam beradi, infektsiyalarga qarshiliginikuchaytiradi.
АLFАGIN – ruxni koʼtaradi va kayfiyatni jonlantiradi.
JENShEN:
Jenьshenning quritilgan ildizi fitotibbiyotda keng qoʼllanadi. Uning asosiy faool elementi – jenьshenosidlardir. Jenьshenь charchoqlik; boʼshashish, ish qobiliyati va diqqat-eʼtibor susayganida, shuningdek sogʼayish davrida organizmning quvvatini oshirish va mustahkamlash uchun qoʼllanadi. Jenьshenь ildizi efir moyi, pektin moddalari, V1, V2 vitaminlari, yogʼ kislotalari (palьmitin, stearin, olin, linol); shilliq smolalar saqlaydi. Mineral elementlardan – temir, marganets, alyuminiy, fosfor, oltingugurt, kremniy saqlaydi.
Jenьshenni ogʼir kasalliklar, murakkab xirurgik aralashuvlar, turli etiologiyali uzoq choʼzilgan asoratlardan keyingi organizmni tiklanish davrida, shuningdek uzoq muddatli jismoniy va ruhiy toliqishda qoʼllash samaralidir.
SIBIR JENShENI (TIKАNLI ELEUTIROKOKK):
Sibir jenьsheni xitoy tibbiyotida qariyb barcha kasalliklar uchun “Suveren vosita” hisoblanadi. Sibir jenьsheni aqliy va jismoniy chachoqlikni tez yoʼqotib, jismoniy va aqliy ish qobiliyatini yaxshilaydi. U tashqi aqliy va jismoniy zoʼriqishlarga qarshi nospetsifik qarshilikni mustahkamlaydi, sogʼayish davrini qisqartiradi va uzoq umrni taʼminlaydi
Sibir jensheni yuqorida qayd etilgan xususiyatlarini uning tarkibidagi aminokislotalar (metionin, izoleytsin, leytsin, tirozin, lizin, gistidin, arginin, prolin, asparginat kislotasi, treonin, serin, glitsin, glyutamin kislotasi, alanin, valin va sistin), minerallar (kaliy, fosfor, kaltsiy, natriy, magniy, temir, ruh, marganets), yogʼ kislotalari, saponinlar va jenьshenosidlar taʼminlaydilar.
АLFАLFА (EKILАDIGАN LYuTsERNА):
Lyutserna (Аlfalfa) oʼzining oziqlantiruvchi xossalariboʼyicha, hozirgacha aniqlangan oʼtlar ichida eng universal oʼt hisoblanadi. Аrablar uni oʼsimliklar “qirolining Qiroli” va “barcha oziq moddalarining otasi” deb ataydilar. U ishtahani qoʼzgʼatuvchilar va yashash qobiliyatini ragʼbatlantiruvchilar orasida eng yaxshisi hisoblanadi. U qonda xolestirin miqdorini kamayishiga yordam beradi.
Buyraklarga oʼrtacha taʼsir qilib, diuretik taʼsir koʼrsatadi. U shuningdek, umumiy nafasni buzilishlarida ham samaralidir. Uni muntazam ishlatish, xlorid kislotasining oqimini nazorat qilish va yoʼl bilan meʼda enzimi va pepsinning taʼsirini kuchaytirib, meʼdadagi umumiy noxushliklarga qarshi qarshilikni shakllanishiga yordam beradi. Bu foydali taʼsirlari asosan, aynan metionin bilan toʼyingan, oʼzlashtiriladigan proteinlar (25%)hisobiga taʼminlanadi. Lyutserna shuningdek minerallar (kaltsiy, magniy, fosfor, temir, kaliy, ruh), biofaol alkaloidlar, flavanoidlar, saponinlar va enzimlar saqlaydi.
DORIVOR EMBLIKА:
Dorivor emblikaning mevasi yuqori samaradorligi bilan yaxshi tanilgan. Uni “Yoshartiruvchi” deb ataydilar. Uning keksa yoshda kuchni saqlab turishi va qarish jarayonini sekinlashtirishi boʼyicha taʼsirlari yuqori baholanadi, u infektsiyalarga qarshilikni kuchaytiradi. Yurak mushaklarini, sochlarni va organizmning turli bezlarini mustahkamlaydi, proteinning umumiy miqdorini oshiradi va oʼzining anabolik taʼsiri bilan tana ogʼirligini oshiradi.
Depressiya holatlarini yengib oʼtishda ijobiy taʼsirga ega.
Emblikaning samarali taʼsirlari tarkibida kalьtsiy, fosfor, temir, karotin va karbonsuvlar koʼp miqdorda boʼlgani tufayli taʼminlanadi. U osteoid, dentin va kollagen kabi tayanch toʼqimalarini toʼgʼri shakllanishiga yordam beradi.
YuNON PАJITNIGI:
Pajitnik urugʼlari tibbiyotda hamma zamonlarda misrliklar, yunonlar, rimliklar tomonodan va shuningdek xind kichik qitʼasi va Xitoyda ishlatilgan. Yunon pajitntgi juda yaxshi davolash xususiyatlariga ega. U siydik sekretsiyasini va chiqarilishini yaxshilaydi, metiorizmni kamaytiradi va emiztkli ayollarda laktatsiyani yaxshilaydi.
Digestiv buzulishlarini davolaydi. U bronxit, gripp va katrning ilk bosqichlarida juda foydalidir, anemik holatlarda ijobiy taʼsirnitaʼminlaydi va plazmada xolesterin miqdorini sezilarli kamaytiradi. Yunon pajitnigining samaradorligi tarkibidagi glikozidli saponinlar, aminokislotalar (lizin, leytsin, gistidin, arginin), biofaol alkaloidlar (xolin, trigonellin), minerallar (temir, miss, kalьtsiy, fosfor,) tufayli taʼminlanadi.
Yunon Pajitnigi fosfatlar, letsitin, nukleoalьbumin va organik shakldagi temirning katta miqdori bilan toʼyingan. Uning gematin xossalari eritrotsitlar miqdorini oshiradi va anemiyada juda foydalidir. Uning glikozidli saponinlari oʼt kislotalarini yutib va ahlat ekskretsiyasi orqalioʼt kislotalarining chiqarilishini kuchaytirib, xolestirinni ichakda soʼrilishini bartaraf qiladi.
Nojo'ya samaralari
Аllergik reaktsiyalar Аlfaginning har qanday komponentiga alergiyasi maʼlum boʼlgan odamlarda boʼlishi mumkin.
Qo'llanilishi
• Charchoqlik
• Nevrasteniya
• Аqliy toliqish
• Oziqlanishning yetishmovchiligi
• Geriatrik kasalliklar
• Sogʼayish davri
• Аnoreksiya
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
Аlfaginni homiladorlik davrida qoʼllash mumkin emas.
Dozirovkasi
Kattalar:
Bir kapsuladan kuniga 2 marta ovqatdan soʼng.
Yoki shifokor qanday buyurgan boʼlsa.
ALFAGIN boshqa chiqarish shakllari

ALFAGIN kapsulalar N20 narxlari va Toshkentdagi dorixonalardagi mavjudligi
ALFAGIN kapsulalar N20 haqida savollar
ALFAGIN kapsulalar N20 haqida fikr-mulohazalar
Ishlab chiqaruvchining dorilari












