Apteka.uz
SavatKirish

INSTI BEZ SAXARA granuli 5,6g N5

Retseptsiz
Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Pokiston
Farmakoterapevtik guruh:

Shamollash va yo‘tal belgilarini bartaraf etish uchun dorilar.
Shamollash alomatlarini yo‘qotish uchun boshqa dorilar kombinatsiyasi.

Ishlab chiqaruvchi:Herbion Pakistan (PVT) Ltd
ATX kodi:R05X
Barcha Insti dorilari
100 ta dorixonada bor
Narxi 10 000 so'm dan
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 100 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

INSTI BEZ SAXARA granuli 5,6g N5 haqida qo'llanma

Saqlash shartlari

25ºC dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlang.
Bolalar qo‘li etmaydigan joyda saqlang!

Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli

Tarkib:
Har bir sashe-paketda quyidagi ekstraktlar mavjud:

faol moddalar:
Oq tol 750,00 mg
Tomirli adxatoda 300,00 mg
Yalang‘och qizilmiya 550,00 mg
Xitoy choyi 125,00 mg
Xushbo‘y binafsha 100,00 mg
Dorivor valeriana 100,00 mg
Oddiy arpabodiyon 75,00 mg.
Yordamchi moddalar: mentol, aspartam, makkajo‘xori kraxmal, laktoza.

Chiqarish shakli va qadoqlash
5,6 g granulalar sashe-paketlarda.
5 ta paket tibbiy vositadan foydalanish bo‘yicha ko‘rsatmalar bilan birga karton qutiga joylashtirilgan.

Farmakodinamikasi

Insti bez saxara - balg‘am ko‘chiruvchi, mukolitik, bronxolitik, yallig‘lanishga qarshi, isitma tushiruvchi va spazmolitik ta’sirga ega kompleks fitopreparat.
Oq tol tarkibida salitsin va tremulatsin glikozidlari mavjud. Isitma tushiruvchi, yallig‘lanishga qarshi, og‘riq qoldiruvchi ta’sir ko‘rsatadi. Tomirli adxatoda vazitsinon alkaloidlarini saqlaydi. Bronxlarni kengaytiruvchi, balg‘am ko‘chiruvchi ta’sirga ega, balg‘amning qovushqoqligini pasaytiradi va bronxlar epiteliy kiprikchalari harakat faolligini oshiradi, bu esa balg‘am ajralishini yaxshilashga yordam beradi. Nafas mushaklarining “nafas olish/nafas chiqarish” siklini to‘liq bajarish imkoniyatini ta’minlovchi surfaktantni ishlab chiqilishini kuchaytiradi. Gistamin ta’sirida kelib chiqadigan bronxospazmdan himoya qiladi, ya’ni astmaga qarshi ta’sir ko‘rsatadi.
Xushbo‘y binafshada violin, fridelin va efir moylari mavjud. antigistamin, balg‘am ko‘chiruvchi, isitma tushiruvchi, terlatuvchi ta’sir ko‘rsatadi.
Yalang‘och qizilmiya glikozid glitsirrizin, flavonoid, asparginni o‘z ichiga oladi. Yallig‘lanishga qarshi va ekspektoran xususiyatlarga ega. Qizilmiya tarkibidagi glitsirrizin kislota mahalliy va umumiy immunitetni oshirib, immunstimullovchi ta’sir ko‘rsatadi.
Xitoy choyi tarkibida tanin, kofein va teofillin mavjud. Burishtiruvchi, tetiklashtiruvchi, siydik haydovchi ta’sirga ega.
Oddiy arpabodiyon tarkibida efir moylari, dipentin mavjud. bronxlar sekretor funksiyasini kuchaytiradi va mukolitik ta’sir ko‘rsatadi, shuningdek, antiseptik va yallig‘lanishga qarshi xossalarga ega.
Sharsimon evkalipt tarkibida efir moylari (sineol, pinen, mirtenol, pinokarvon, eidesmol)mavjud. Ayniqsa, streptokokklar va stafilokokklarga qarshi antiseptik ta’sirga ega yallig‘lanishga qarshi samara chaqiradi. Regeneratsiya jarayonini kuchaytiradi, to‘qimalarning gipoksiyaga chidamliligini oshiradi.
Dorivor valeriana tarkibida efir moylari (izovaler kislotasi, valerenal, borneol, a-pinen), alkaloidlar (valerian, hatinin), saponinlar, ketonlar mavjud. Markaziy asab tizimi qo‘zg‘aluvchanligini pasaytiradi, silliq mushakli organlar spazmini kamaytiradi.

Insti bez saxara - bemorlarning ahvolini yaxshilaydi, isitma va yo‘talning intensivligini pasaytiradi. Foydalanishdan keyin 24 soat ichida rinit, faringit, traxeit belgilarini tezda yo‘q qilishga yordam beradi. Uyquchanlik yoki giyohvandlikka olib kelmaydi. Issiq suvda tezda eriydi.

Farmakokinetikasi

Insti bez saxara ta’siri uning tarkibiy qismlarining kombinatsiyalangan ta’siridir, shuning uchun farmakokinetik tadqiqotlar o‘tkazish mumkin emas: barcha komponentlarni markerlar yoki biotadqiqotlar yordamida birgalikda kuzatib bo‘lmaydi. Xuddi shu sababga ko‘ra, dori metabolitlarini aniqlash mumkin emas.

Farmakoterapevtik guruh

Shamollash va yo‘tal belgilarini bartaraf etish uchun dorilar.
Shamollash alomatlarini yo‘qotish uchun boshqa dorilar kombinatsiyasi.

Dori shakli

Granulalar

Nojo'ya samaralari

Nojo‘ya ta’sirlarning chastotasi quyidagi mezonlar bo‘yicha aniqlanadi: juda tez-tez ( 1/10), tez-tez ( 1/100 dan < 1/10), kamdan-kam ( 1/1000 dan < 1/100), kamdan kam hollarda ( 1/10000 dan < 1/1000 gacha), juda kam (< 1/10000), noma’lum (mavjud ma’lumotlar bo‘yicha baholab bo‘lmaydi).

Kamdan kam
- preparatning tarkibiy qismlariga allergik reaksiyalar
- qon ivish tezligining pasayishi

Maxsus ko‘rsatmalari

Preparat tarkibida shakar yo‘q, shuning uchun uni diabet bilan og‘rigan bemorlar va past kaloriyali diyetada bo‘lgan bemorlar qo‘llashlari mumkin. Preparat tarkibida laktoza mavjud.
Preparat tarkibida aspartam mavjud, shuning uchun uni fenilketonuriya bilan og‘rigan bemorlarga qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Agar nafas olish kasalliklari nafas olish qiyinlishuvi, isitma, yiringli yoki qonli balg‘am bilan birga bo‘lsa, shifokorga murojaat qilishingiz kerak.
Agar sizda ba’zi shakarlarni ko‘tara olmaslik holati mavjud bo‘lsa, ushbu preparatni qabul qilishdan oldin shifokoringiz bilan maslahatlashing.

Keksa bemorlar. Keksa bemorlarda ehtiyotkorlik bilan foydalaning.

Pediatriyada foydalanish
Bolalarga Insti dlya detey preparatidan foydalanish tavsiya etiladi.

Homiladorlik va laktatsiya
Homilador ayollarda va laktatsiya davrida preparatning samaradorligi va xavfsizligini tasdiqlovchi klinik tadqiqotlar ma’lumotlari yo‘q.

Dori vositalarining transport vositalarini va potensial xavfli mexanizmlar boshqarish qobiliyatiga ta’sirining xususiyatlari.
Ta’sir qilmaydi

Qo'llanilishi

Gripp, shamollash, tumov, tomoq qichishi, yo‘tal, isitma, bosh og‘rig‘i va boshqa jismoniy og‘riqlar.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

- preparatning tarkibiy qismlariga individual sezgirlikni oshishi
- aspirinli astma
- tug‘ma laktoza ko‘tara olmaslik, Lapp laktaza yetishmovchiligi, glyukoza-galaktoza so‘rish buzilishi

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Yo‘talga qarshi preparatlar, shuningdek, balg‘am hosil bo‘lishini kamaytiradigan preparatlar bilan bir vaqtda foydalanish tavsiya etilmaydi.
Bir vaqtning o‘zida qabul qilinganda, antikoagulyantlar va atsetilsalitsil kislotasi ta’sirini kuchaytiradi.

Ta'rifi

Ezilgan holda mentol hidli jigarrang granulalar.

Dozirovkasi

1 sashe-paketdan kuniga 2-3 marta.
Foydalanish bo‘yicha ko‘rsatmalar
Bitta paketni bir stakan issiq suv yoki choyda eritib, asta-sekin iching.
Davolash kursi 7-8 kun.

Dozani oshirib yuborilishi

Insti bez saxara preparati dozasini oshirib yuborish holatlari qayd etilmagan.

Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi

Homilador ayollarda va laktatsiya davrida preparatning samaradorligi va xavfsizligini tasdiqlovchi klinik tadqiqotlar ma’lumotlari yo‘q.

Yaroqlilik muddati (oy)

3 yil
Yaroqlilik muddati tugaganidan keyin foydalanmang.

Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. INSTI BEZ SAXARA granuli 5,6g N5 preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing

INSTI BEZ SAXARA granuli 5,6g N5 narxlari va Toshkentdagi dorixonalardagi mavjudligi

D5 №4
Shayxontoxur tumani, Samarqand Darvoza ko'ch., 1 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-18:00
22 500 so'm
Bron qilish
CITY PHARM Axmad Donish 21
Yunusobod tumani, 13 mavze, 3 uy
24/7
22 500 so'm
Bron qilish
D5
Olmazor tumani, Sag'bon ko'ch., 246 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-18:00
22 500 so'm
Bron qilish
CITY PHARM Kadisheva bozor 37
Yashnobod tumani, 3 mavze, 45/3 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-00:00
22 500 so'm
Bron qilish
CITY PHARM Sergeli 41
Sergeli tumani, 8A mavze, 12 uy
24/7
22 500 so'm
Bron qilish
CITY PHARM Parket bozori 30
Mirzo Ulug'bek tumani, Parket ko'ch., 9 uy, 2 xonadon
24/7
23 000 so'm
Bron qilish
CITY PHARM Bunyodkor 08
Chilonzor tumani, 6 mavze, 63 uy
24/7
23 000 so'm
Bron qilish
CITY PHARM Askiya 1
Yakkasaroy tumani, Shota Rustaveli ko'ch., 53A uy
24/7
23 000 so'm
Bron qilish
CITY PHARM Sergeli 42
Sergeli tumani, 7 mavze, Mirzo Tursunzoda ko'ch., 29 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-00:00
23 000 so'm
Bron qilish
CITY PHARM Universam 20
Yunusobod tumani, Amir Temur shoh ko'ch., 41/3 uy
24/7
23 000 so'm
Bron qilish

INSTI BEZ SAXARA granuli 5,6g N5 haqida savollar

INSTI BEZ SAXARA granuli 5,6g N5 haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Ishlab chiqaruvchining dorilari

NOVEKS SETIRIZIN tabletkalari 10mg N10
Retseptsiz
NOVEKS SETIRIZIN tabletkalari 10mg N10
Pokiston
Ishlab chiqaruvchi:
Herbion Pakistan (PVT) Ltd
•6 ta dorixonada bor
Narxi
19 500 so'm dan
Narxi
17 000 so'm dan
Narxi
27 500 so'm dan
INTELLAN sirop 90ml
Retseptsiz
INTELLAN sirop 90ml
Pokiston
Ishlab chiqaruvchi:
Herbion Pakistan (PVT) Ltd
Narxi
28 000 so'm dan
LINKAS PLYUSh sirop 120ml 35mg/5ml
Retseptsiz
LINKAS PLYUSh sirop 120ml 35mg/5ml
Pokiston
Ishlab chiqaruvchi:
Herbion Pakistan (PVT) Ltd
Narxi
25 000 so'm dan
5
1 отзывов
INFIDOL granuli 3,5g N5
Retseptsiz
INFIDOL granuli 3,5g N5
Pokiston
Ishlab chiqaruvchi:
Herbion Pakistan (PVT) Ltd
Narxi
8 000 so'm dan
Narxi
15 400 so'm dan
Narxi
18 000 so'm dan

Ko‘rilgan mahsulotlar

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil