Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Seraksonga yoki har qanday yordamchi moddalarga allergiya bo'lgan hollarda qo'llash mumkin emas.
Parasimpatik nerv tizimining tonusi oshganida qo'llash mumkin emas.
Sitikolin neyronlar membranasining struktur fosfolipidlarning biosintezini rag'batlantiradi, bu magnit-rezonans spektroskopiya ma'lumotlari bilan tasdiqlanadi. Ta'riflangan ta'sir mexanizmi tufayli, sitikolin ion almashinuvchi nasoslar va retseptorlarning ishi kabi membranadagi jarayonlarni faoliyatini yaxshilaydi, ularning modulyatsiyasi esa, nerv impulьslarini normal o'tkazilishi uchun zarur hisoblanadi. Neyronlar membranasiga barqarorlashtiruvchi ta'siri tufayli, bosh miyani shishini reabsorbtsiyasiga (qayta so'rilishiga) yordam beruvchi shishga qarshi xususiyatlarini amnoyon etadi.
Ekspermental tadqiqotlar, sitikolin ayrim fosfolipazalar (A1, A2, C va D) faollashuvini ingibitsiya qilib, erkin radikallarni hosil bo'lishini kamaytirishini, membrana tizimlarini parchalanishini oldini olishini va glutation kabi antioksidant himoya tizimini saqlab turishini ko'rsatdi.
Sitikolin neyronlarning energiya zahirasini saqlabturadi, apoptozni ingibitsiya qiladi va atsetilxolin sintezini rag'batlantiradi.
Sitikolin shuningdek boshmiyaning fokal ishemiyasi modellarida profilaktik neyroprtektor ta'sir namoyon etishi eksperimental tarzda isbotlangan.
Klinik tadqiqotlar, sitikolin bosh miyada qon aylanishining o'tkir ishemik buzilishlari bo'lgan patsiyentlarda funktsional sog'ayish ko'rsatkichlarini ishonchli darajada oshirishini ko'rsatgan, bu, neyro vizualizatsiya ma'lumotlariga ko'ra, bosh miyaning ishemik shikastlanishini oshishini sekinlashishi bilan mos kelgan.
Bosh-miya jarohati bo'lgan patsiyentlarda sitikolin tiklanishni tezlashtiradi va posttravmatik sindromning jadalligi va davomiyligini kamaytiradi.
Sitikolin diqqat va ong darajasini oshiradi, bosh miyaning ishemiyasi bilan bog'liq bo'lgan kognitiv va nevrologik buzilishlar yaqqolligini kamaytiradi, amneziyani namoyon bo'lishini kamayishiga yordam beradi.
Sitikolin peroral qabul qilinganida yaxshi so'riladi. Qabul qilinganidan keyin qon plazmasida xolinning kontsentratsiyasini sezilarli oshishi aniqlanadi. Peroral qo'llanganidan keyin preparat deyarli to'liq so'riladi. Tadqiqotlar, peroral yuborish va vena ichiga yuborish yo'llarida biokiraolishligi deyarli bir xil ekanligini ko'rsatgan.
Preparat xolin va sitidinni hosil bo'lishi bilan ichakda va jigarda metabolizmga uchraydi.
Yuborlganidan keyin sitikolin xolin fraktsiyalarini struktur fosfolipidlarga va sitidin fraktsiyalarini sitidin nukleotidlari va nuklein kislotalariga tez kirishi bilan bosh miya strukturalarida keng taqsimlanadi. Bosh miyada sitikolin hujayra, sitoplazmatik va mitoxondrial membranalarga tizilib olib, fosfolipidlarning fraktsiyasini hosil bo'lishida ishtirok etadi.
Yuborilgan dozaning juda oz qismigina (<3%) siydik va ahlatda aniqlanadi. Taxmian 12% - nafas bilan chiqarilayotgan SO2 bilan chiqariladi. Preparatni siydik bilan chiqarilishida 2 fazani ajratish mumkin: I faza - 36 soat, unda chiqarilish tezligi tez kamayadi va II faza, unda chiqarilish tezligi ancha sekinroq kamayadi. Aynan shunday fazalarga bo'linib chiqarilishi, nafas yo'llari orqali chiqarilganda ham qayd etiladi. Nafas bilan chiqariladigan SO2 ni chiqarilish tezligi taxminan 15 soat davomida tez pasayadi, so'ngra – ancha sekinroq pasayadi.
Serakson paketchalarining tavsiya etilgan dozasi, simptomlarning og'irlik darajasiga qarab, sutkada 1 yoki 2 ta paketchani tashkil etadi.
Serakson ichga qabul qilish uchun eritmaning tavsiya etilgan dozasi, simptomlarning og'irlik darajasiga qarab, sutkada 500 mg dan 2000 mg gacha dozani tashkil etadi. Seraksonni tayyor holda qabul qilish mumkin yoki yarim stakan (120 ml yoki ½ stakan) suvda eritib, ovqat vaqtida yoki ovqat qabul qilishlar orasida qabul qilish mumkin. Keksa patsiyentlar:
Bu yosh guruhi patsiyentlari uchun Seraksonning dozasiga tuzatish kiritish zarurati yo'q.
Bolalar:
Bolalarda qo'llash tajribasi cheklangan, shuning uchun preparat faqat kutilayotgan terapevtik foyda, yuz berishi mumkin bo'lgan xavfdan ustun bo'lsagina buyurilishi mumkin.
Paketchalardagi Serakson preparatini qo'llash bo'yicha tavsiyalar:
1. Bir paketchani boshqasidan ajratish choki bo'ylab ajrating. Paketchani vertikal ushlab turib, uning burchagini “Shu yerdan oching” belgisi bo'ylab ehtiyotkorlik bilan yirting.
2. Paketchaning ichidagisini bevosita ochilganidan keyin ichish mumkin, yoki qabul qilishdan oldin ½ stakan (120 ml) suvda suyultirish mumkin.
Flakonga ilova qilingan dozalovchi shpritsni ishlatish bo'yicha yo'riqnoma:
Preparat dozalovchi shprits yordamida quyidagi sxema bo'yicha yuboriladi:
1. Dozalovchi shpritsni flakonga kiriting (shpritsning porsheni to'liq tushirilgan bo'lishi kerak).
2. Dozalovchi shpritsning porshenini, eritmaning darajasi shpritsdagi muvofiq belgiga teng bo'lmagunicha ehtiyotkorlik tortish kerak.
3. Qabul qilishdan oldin eritmaning kerakli miqdorini ½ stakan (120 ml) suvda suyultirish mumkin.
Har gal ishlatgandan keyin dozalovchi shpritsni suv bilan yuvish tavsiya qilinadi.
Kam uchraydigan nasliy kasalliklari - fruktozani o'zlashtira olmasligi bo'lgan patsiyentlar ushbu dori vositasini qabul qilmasliklari kerak. Dori vositasi propilparagidroksibenzoat va metilparagidroksibenzoat saqlaydi, ular allergik reaktsiyalar (ehtimol, sekin avj oluvchi reaktsiyalar) chaqirishi mumkin.
Homiladorlik va emizish davrida qo'llanishi
Sitikolinni homilador ayollarda qo'llash bo'yicha yetarli ma'lumotlar yo'q.
Agar yaqqol zarurat bo'lmasa, homiladorlik davrida Seraksonni qo'llamaslik kerak. Ya'ni uni faqat kutilayotgan terapevtik foyda, har qanday bo'lishi mumkin bo'lgan xavfdan ustun bo'lgandagina qo'llash mumkin.
Avtomobilni va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobilyatiga ta'siri SERAKSON avtomobilni boshqarish va mexanizmlarni ishlatish qobiliyatiga ta'sir ko'rsatmaydi.
Juda kam hollarda (<1/10000) (shu jumladan individual xabarlar):
Ruhiy buzilishlar: gallyutsinatsiyalar,
Nerv tizimi buzilishlari: kuchli bosh og'rig'i, bosh aylanishi.
Qon tomir buzilishlari: arterial gipertenziya, arterial gipotenziya.
Respirator, ko'krakdagi va mediastinal buzilishlar: hansirash.
Me'da-ichak buzilishlari: ko'ngil aynishi, qusish, ba'zida diareya.
Teri va teri osti kletchatkasi tomonidan buzilishlar: terini qizarishi, eshakemi, ekzantema, purpura.
Umumiy buzilishlar va yuborish joyidagi buzilishlar: et uvishishi, shishlar.
Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil