Ташкент
logo
SavatKirish

BRENAKS

BRENAKS chiqarish shakllari

BRENAKS inyeksiya uchun eritma 4ml 1000mg/4ml N5
Retseptli
BRENAKS inyeksiya uchun eritma 4ml 1000mg/4ml N5
Turkiya
Ishlab chiqaruvchi:
GM Pharmaceuticals Ltd, LLC, Gruziya proizvedeno: Idol Ilac Dolum San. Ve Tic. A.S.
•45 ta dorixonada bor
Narxi
152 800 so'm dan
BRENAKS inyeksiya uchun eritma 4ml 500mg/4ml N5
Retseptli
BRENAKS inyeksiya uchun eritma 4ml 500mg/4ml N5
Turkiya
Ishlab chiqaruvchi:
GM Pharmaceuticals Ltd, LLC, Gruziya proizvedeno: Idol Ilac Dolum San. Ve Tic. A.S.
•2 ta dorixonada bor
Narxi
100 800 so'm dan
- BRENAKS qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- BRENAKSning tarkibi
- BRENAKS ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- BRENAKS narxi Toshkent dorixonalarida

BRENAKS qo'llanmasi

Ishlab chiqarilish joyi
Turkiya
Kategoriya
Faol modda
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Maxsus saqlash sharoitlari

Kalla suyagi - bosh miyaning jarohatlarida miyaning ichki bosimini pasaytirish uchun Mannitol yoki kortikosteroidlarni buyurish lozim. Bosh miyaga qon quyilishida sitikolinning dozasi bir marta qabul qilishda 500 mg dan oshmasligi lozim. Ushbu holatda dozani ikkiga boʻlish kerak (100-200 mg dan kuniga 2-3-marta).

Umumiy ma'lumot

ILOVA-VARAQA: PASIENT UCHUN MA‘LUMOT

BRENAKS, mushak ichi/vena ichi in‘eksiyasi uchun eritma

Steril, apirogen

Mushak ichiga yoki vena ichiga  in‘eksiya

  • Faol modda: har bir ampula 500 mg sitikolinga ekvivalent bo‘lgan 52 mg sitikolin natriy saqlaydi.
  • Faol modda: har bir ampula 1000 mg sitikolinga ekvivalent bo‘lgan 05 mg sitikolin natriy saqlaydi.
  • Yordamchi moddalar: natriy gidroksidi, konsentrasiyalangan xlorid kislotasi (pH ni boshqarish uchun), in‘eksiya uchun suv.

 

Preparatni qabul qilishni boshlashdan avval, ushbu ilova-varaqani oxirigacha diqqat bilan o‘qib chiqing, chunki unda Siz uchun muhim ma‘lumot saqlanadi.

 

  • Ushbu ilova-varaqani saqlang. U Sizga yana kerak bo‘lib qolishi mumkin.
  • Agar Sizda qo‘shimcha savollar paydo bo‘lsa, davolovchi shifokoringizga yoki farmasevtga murojaat qiling.
  • Ushbu preparat shaxsan Sizga buyurilgan. Uni boshqa shaxslarga berish mumkin emas.
  • Agar davolanish vaqtida shifokorga yoki kasalxonaga borsangiz, shifokoringizga preparatni qabul qilayotganiz xaqida xabar bering.
  • Iltimos, yo‘riqnomaga aniqlik bilan yondoshing. Preparatning yuqori yoki past dozalarini tavsiyalarsiz qabul qilmang.

 

 

Ushbu ilova-varaqada quyidagi ma‘lumotlar saqlanadi:

  1. Brenaks o‘zi nima va u qanday holatlarda qo‘llaniladi
  2. Brenaksni qabul qilishni boshlashdan oldin
  3. Brenaksni qanday qabul qilish kerak
  4. Kuzatish mumkin bo‘lgan nojo‘ya ta‘sirlari
  5. Brenaksni qanday saqlash kerak

  1. BRENAKS O‘ZI NIMA VA U QANDAY HOLATLARDA QO‘LLANILADI?

BRENAKSNING har bir ampulasi  500 mg sitikolinga yoki 1000 mg sitokolinga ekvivalent bo‘lgan sitikolin natriy saqlaydi. Har bir karton qutida 5 ta ampulali bitta kontur-uyali plastik o‘ram saqlanadi.

Qo‘llanilishi

Brenaks  quyidagi holatlarda qo‘llanadi:

  • Tomirlarning okklyuziyasi chaqirgan insultning o‘tkir davri;
  • Ishemik va gemorragik insultlardan keyin tiklanish davri;
  • Bosh-miya jarohatlari, o‘tkir va tiklanish davri.
  • Bosh-miyaning degenerativ va qon-tomirli kasalliklaridagi kognitiv buzilishlarida qo‘llaniladi.

 

 

 Maxsus ko‘rsatmalar

Bosh miyaning jarohatlarida bosh miya ichki bosimini pasaytirish uchun  Mannitol yoki kortikosteroidlarni buyurish lozim.

Bosh miyaga qon quyilishida sitikolinning dozasi bir marta qabul qilganda 500 mg dan oshmasligi lozim. Ushbu holatda dozani ikkiga bo‘lish kerak (100-200 mg  dan kuniga 2-3 marta).

  1. BRENAKSNI QABUL QILISHDAN OLDIN

Brenaks  preparatini qanday holatlarda qo‘llash mumkin emas

  • Preparatga yoki uning har qanday komponentlariga yuqori sezuvchanlik;
  • vagotoniyada (yurak ritmini buzilishi, qabziyat, kuchli terlash bilan kechuvchi vegetativ nerv tizimining parasimpatik qismning tonusini ustunligi);
  • homiladorlik va laktasiya vaqtida, chunki ushbu davrda preparatni qo‘llash bo‘yicha yetarli ma‘lumotlar yo‘q.
  • preparatni alkogol bilan qo‘llash mumkin emas.

 

Agar Sizga yuqorida sanab o‘tilganlardan birontasi ta‘luqli bo‘lsa, Brenaksni qabul qilmang.

Agar Sizda gumon bo‘lsa, Brenaksni qabul qilishdan oldin shifokoringiz yoki farmasevt bilan maslahatlashing.

 

Brenaksni qabul qilganda quyidagi holatlarda   ayniqsa ehtiyot bo‘ling:

– keksalik yoshida

– transport vositalarini boshqarishda va mexanizmlarni ishlatishda

Agar ilgari yuqorida sanab o‘tilganlar kuzatilgan bo‘lsa, shifokor bilan maslahatlashing.

BRENAKS ni ovqat va ichimliklar bilan qabul qilish

Preparatni qabul qilish boshqa usul bilan amalga oshirilishi tufayli, preparatni ovqat va ichimliklar bilan o‘zaro ta‘siri aniqlanmagan.

Homiladorlik

Preparatni qabul qilishni boshlashdan avval, shifokor yoki farmasevt bilan maslahatlashing.

Agar ona uchun kutilayotgan foyda homila uchun potensial xavfdan yuqori bo‘lsa, preparatni homiladorlik vaqtida qo‘llash mumkin.

Agar davolanish vaqtida Siz homiladorlikni aniqlagan bo‘lsangiz, darhol shifokor yoki farmasevtga murojaat qiling.

Laktasiya davri

Preparatni qabul qilishni boshlashdan avval, shifokor yoki farmasevt bilan maslahatlashing.

Agar laktasiya davrida preparatni qabul qilishni zarurati bo‘lsa, emizishni to‘xtatish lozim.

Avtotransportni xaydash va  mexanizmlarni boshqarish

Davolash vaqtida transport vositalarini boshqarish va yuqori psixomotor faollikni talab etadigan faoliyat bilan shug‘ullanishda ehtiyotkorlikka rioya qilish lozim.

  

Brenaks tarkibidagi ayrim yordamchi moddalar xaqida ma‘lumot

Brenaksning har bir dozasida kamida 1 mmol (23 mg) miqdorda natriy saqlaydi, buni preparat natriy saqlamaydi deb ham hisoblash mumkin.

Boshqa preparatlarni qabul qilish

  • Sitikolin levodopaning samarasini kuchaytiradi.
  • Meklofenoksat saqlovchi dori vositalari bilan bir vaqtda qo‘llash mumkin emas.
  • Brenaksni qonni to‘xtatuvchi vositalar, bosh miya ichki antigipertenziv vositalari va oddiy perfuzion suyuqliklar bilan bir vaqtda qo‘llash mumkin.

Siz qanday preparatlar qabul qilayotganligini yoki yaqinda qabul qilgan bo‘lsangiz, hatto ushbu preparatlar shifokor reseptisiz chiqarilsa ham, shifokoringiz yoki farmasevtga doimo xabar bering.

 

  1. BRENAKSNI  QANDAY QABUL QILISH KERAK

Maxsus qo‘llash uchun ko‘rsatma va dozalash/foydalanish tez-tezligi

Siz uchun mos keladigan Brenaksning dozasi shifokor tomonidan belgilanadi.

Oddiy doza Brenaksning 1 ampulasini tashkil etadi, bu mushak ichiga yoki sekin vena ichiga in‘eksiyasi yo‘li bilan har 12 soatda yuboriladi.

Qo‘llash usuli

Brenaksni ham mushak ichiga ham vena ichiga yuborish mumkin.

In‘eksiya uchun eritmaning ampulasini ochgandan so‘ng shprisga tortiladi va uzunchoq in‘eksion nina yordamida mushakka chuqur qilib yuboriladi. Eritmani yuborishdan oldin qon tomirlar shikastlanmaganligiga ishonch hosil qilish uchun shpris porsheni yengil orqaga tortiladi.

Bundan tashqari preparat vena ichiga yuboriladi.

 

Turli yosh guruhlari

Pediatriya populyasiyasida buyurilishi:

Bolalarda va 18 yoshdan kichik o‘smirlarda preparatning xavfsizligi va samarasi baholanmagan.

 

Keksa pasientlarga buyurilishi:

Brenaksni keksa pasientlarda qo‘llashning xavfsizligi va samarasi bo‘yicha yetarli ma‘lumotlar yo‘q.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Homiladorlik

Agar ona uchun kutilayotgan foyda homila uchun potensial xavfdan oshsa, preparatni homiladorlik vaqtida qo‘llash mumkin.

Agar Brenaksning ta‘siri juda kuchli yoki juda kuchsiz bo‘lsa, shifokor yoki farmasevt bilan maslahatlashing.

Agar Siz Brenaksni tavsiya etilgan miqdordan ko‘p qabul qilgan bo‘lsangiz:

Agar Siz Brenaksni ko‘p qabul qilgan bo‘lsangiz shifokor yoki farmasevtga murojaat qiling.

Agar Siz Brenaks preparatini qabul qilishni unutgan bo‘lsangiz

Unutilgan dozani o‘rnini to‘ldirish uchun dozani ikki marta qabul qilmang.

Agar Siz BRENAKS ni qabul qilishni to‘xtatsangiz:

Brenaksni qabul qilish to‘xtatilganida noxush reaksiyalar kuzatilmaydi.

 

  1. KUZATILISHI MUMKIN BO‘LGAN NOJO‘YA TA‘SIRLARI

Boshqa barcha preparatlar kabi, Brenaks preparatining komponentlariga yuqori sezuvchanligi bo‘lgan insonlarda nojo‘ya reaksiyalarni chaqirishi mumkin.

Agar Sizda quyidagi nojo‘ya reaksiyalardan birontasi kuzatilsa, Brenaksni qabul qilishni to‘xtating va darxol shifokorga murojaat qiling. Sizga shoshilinch tibbiy yordam kerak bo‘lishi mumkin:

MNT va periferik nerv tizimi: uyqusizlik, bosh og‘riqlari, bosh aylanishi, qo‘zg‘aluvchanlik,  tremor, falajlangan oyoq-qo‘llarni oqarishi.

Me‘da-ichak yo‘llari: ko‘ngil aynishi, ishtahani pasayishi, jigar fermentlari faolligini o‘zagirishi.

Allergik reaksiyalar: toshma, terini qichishishi, anafilaktik shok (yuzni, til va tomoqni shishi, teri toshmasi, xushtaksimon nafas olish, nafas olishni qiyinlashishi, issqlik yoki shok holati chaqirgan allergik reaksiyalar).

Boshqalar: issiqlik hissi; alohida hollarda – qisqa muddatli gipotenziv ta‘siri (arterial bosimni pasayishi), parasimpatik nerv tizimining rag‘batlantirish (yurak ritmini buzilishi, qabziyat, kuchli terlash) kuzatilishi mumkin.

Agar Siz quyidagi nojo‘ya reaksiyalardan birontasini sezsangiz, darhol o‘zingizni shifokoringiz yoki farmasevtga xabar bering.

Ushbu jiddiy nojo‘ya reaksiyalar kam hollarda uchraydi.

Agar Siz quyida sanab o‘tilgan reaksiyalardan birontasini sezsangiz o‘zingizni shifokoringizga xabar bering:

 Yuzni, til va tomoqni shishi, teri toshmasi, xushtaksimon nafas olish, nafas olishni qiyinlashishi, issqlik yoki shok holati chaqirgan allergik reaksiyalar.

Bular yengil nojo‘ya samaralardir.

Agar nojo‘ya samaralar jiddiy xarakterga ega bo‘lsa yoki Siz ushbu ilova-varaqada ta‘riflangan nojo‘ya samaralarni sezsangiz, bu haqida shifokoringiz yoki farmasevtga xabar bering.

 

  1. BRENAKS  PREPARATINI QANDAY SAQLASH KERAK

25ºS dan past haroratda saqlansin.

Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.

Iltimos yaroqlilik muddatiga yaxshilab  e‘tibor qiling.

Brenaksni yaroqlilik muddati o‘tganidan so‘ng qo‘llanmasin.

Agar Siz mahsulotni yoki o‘ramini shikastlanganligini aniqlagan bo‘lsangiz, preparatni qabul qilmang.

Ulashish:
Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli

Faol modda: har bir ampula 500 mg sitikolinga ekvivalent boʻlgan 522.52 mg sitikolin natriy saqlaydi.
Yordamchi moddalar: natriy gidroksidi, konsentrlangan xlorid kislotasi (pH ni boshqarish uchun), inyeksiya uchun suv.

Qo'llanilishi

Brenaks quyidagi holatlarda qoʻllanadi:

Tomirlarning okklyuziyasi chaqirgan insultning oʻtkir davri;
Ishemik va gemorragik insultlardan keyin tiklanish davri;
Bosh-miya jarohatlari, oʻtkir va tiklanish davri.
Bosh-miyaning degenerativ va qon-tomirli kasalliklaridagi kognitiv buzilishlarida qoʻllaniladi.

BRENAKS narxlari

BRENAKS barcha rasmlari

Barcha rasmlar
Barcha rasmlar

BRENAKS savollari

BRENAKS fikr-mulohazalari

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil