Apteka.uz
SavatKirish

AZIDIAR 500 tabletkalari 500mg N3

Retseptli
Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Hindiston
Kategoriya:Antibiotiklar
Faol modda:Azitromisin
Ishlab chiqaruvchi:Isshaan Healthcare Pvt. Ltd, Indiya proizvedeno: Lincoln Pharmaceuticals Ltd.
ATX kodi:J01FA10
Barcha AZIDIAR dorilari
8 ta dorixonada bor
Narxi 29 100 so'm dan
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 8 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

AZIDIAR 500 tabletkalari 500mg N3 haqida qo'llanma

Tarkibi

Plyonka qobiq bilan qoplangan har bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:

250 mg:

faol modda: azitromisin digidrati 250 mg azitromisinga to'g'ri keladi;

yordamchi moddalar: mikrokristall tsellyuloza, natriy lauril sulfati, qayta jelatinlangan kraxmal, natriy kroskarmelloza, natriya kraxmal glikolyati A turi, tozalangan talk, magniy stearati, SC-SP-3180 (Spraycel) oq bo'yovchisi (gidroksipropilmetilsellyuloza, polietilenglikol, tozalangan talk, titan dioksidi), tozalangan suv.

500 mg:

faol modda: azitromisin digidrati 500 mg azitromisinga to'g'ri keladi;

yordamchi moddalar: mikrokristall tsellyuloza, natriy lauril sulfati, qayta jelatinlangan kraxmal, natriy kroskarmelloza, natriya kraxmal glikolyati A turi, tozalangan talk, magniy stearati, SC-SP-3180 (Spraycel) oq bo'yovchisi (gidroksipropilmetilsellyuloza, polietilenglikol, tozalangan talk, titan dioksidi), tozalangan suv.

Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli

250 mg:

6 tabletka alyumin folga va PVX blisterda. Har bir blister tibbiyotda qo'llanilishiga doir yo'riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

500 mg:

3 tabletka alyumin folga va PVX blisterda. Har bir blister tibbiyotda qo'llanilishiga doir yo'riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

Farmakokinetikasi

So'rilishi

Preparat me'da-ichak yo'llaridan (miy) tez so'riladi, bu uni kislotali muhitga chidamliligi va lipofilligi bilan bog'liq. 500 mg dozasi ichga qabul qilinganidan keyin, azitromisin qon plazmasidagi maksimal kontsentrasiyasiga 2,5-2,96 soatdan keyin erishiladi va u
0,4 mg/l ni tashkil qiladi. Biokiraolishligi 37% ni tashkil qiladi.

Taqsimlanishi

Azitromisin nafas yo'llariga, urogenital yo'llarining a'zo va to'qimalariga (xususan prostata beziga), teri va yumshoq to'qimalarga yaxshi o'tadi. To'qimalardagi yuqori kontsentrasiyasi (qon plazmasidagiga nisbatan 10-50 marta yuqori) va yarim chiqarilish davrining davomiyligi azitromisinning qon plazmasi oqsillari bilan past darajada bog'lanishi, shuningdek uni eukariotik hujayralarga kiraolish qobiliyati va lizosomalar atrofidagi rn past bo'lgan muhitda ko'proq to'planishi bilan bog'liq. Bu o'z navbatida, kutilgan taqsimlanish hajmini kattaligi (31,1 l/kg) va plazma klirensini yuqoriligini belgilaydi. Azitromisinni ko'proq lizosomalarda to'planish qobiliyati, ayniqsa hujayra ichki qo'zg'atuvchilarining eliminasiyasi uchun muhim. Fagositlar azitromisinni infektsiya joyiga etkazib berishi, u erda uning fagositoz jarayonida ajralib chiqishi isbotlangan. Infektsiya o'chog'idagi azitromisinning kontsentrasiyasi, sog'lom to'qimalarga nisbatan (o'rtacha 24-34% ga) ishonarli darajada yuqori va yallig'lanish shishi darajasi bilan mos keladi. Fagositlardagi yuqori kontsentrasiyasiga qaramay, azitromisin ularning faoliyatiga sezilarli ta'sir ko'rsatmaydi. Azitromisin yallig'lanish o'choqida bakterisid kontsentrasiyalarda, oxirgi dozasi qabul qilingandan so'ng 5-7 kun davomida saqlanadi, bu qisqa (3-kunlik va 5-kunlik) davolash kurslarini ishlab chiqish imkonini beradi.

Metabolizmi

Jigarda metil guruhini yo'qotadi, hosil bo'lgan metabolit maxsulotlari faol emas.

Chiqarilishi

Azitromisin qon plazmasidan 2 bosqichda chiqariladi: yarim chiqarilish davri qabul qilingandan so'ng 8 dan 24 soat oralig'ida 14-20 soatni va 24 dan 72 soat oralig'ida - 41 soatni tashkil qiladi, bu preparatni sutkada 1 marta qo'llash imkonini beradi.

Farmakologik ta'siri

Keng ta'sir doirasiga ega antibiotik. Yangi makrolid antibiotiklarini kichik guruhi - azalidlarning birinchi vakili hisoblanadi. Yallig'lanish o'chog'ida yuqori kontsentrasiyasi hosil bo'lganida bakterisid ta'sir ko'rsatadi.

Preparatga grammusbat kokklar: Streptococcus pheumoniae, St. pyogenes, St.agalactiae, C, F va G guruhi streptokokklari, St. viridans; Staphylococcus aureus, grammanfiy bakteriyalar: Haemophilus influenzae, Moraxella catarrhalis, Bordetella pertussis, B.rarapertussis, Legionella pneumophila, H.ducrei, Campylobacter jejuni, Neisseria gonorrhoeae va Gardnerella vaginalis; ayrim anaerob mikroorganizmlar: Bacteroides bivius, Clostridim perfringens, Peptostreptococcus spp; shuningdek Chlamydia trachomatis, Mycoplasma pneumoniae, Ureaplasma urealyticum, Treponema pallidum, Borrelia burgdoferi sezgir. Eritromisinga chidamli grammusbat bakteriyalarga nisbatan faol emas.

Nojo'ya samaralari

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: diareya (5%), ko'ngil aynishi (3%), abdominal og'riqlar (3%), 1% va undan kam dispepsiya, meteorizm, qusish, melena, xolestatik sariqlik, "jigar" transaminazalari faolligini oshishi; bolalarda – qabziyatlar, anoreksiya, gastrit.

Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: yurak urishini his etish, ko'krak qafasida og'riq (1% va undan kam).

Nerv tizimi tomonidan: bosh aylanishi, bosh og'rig'i, uyquchanlik; bolalarda – bosh og'rig'i (o'rta quloq otitini davolashda); giperkineziya, xavotirlik, nevroz, uyquni buzilishi (1% va undan kam).

Siydik jinsiy tizimi tomonidan: vaginal kandidozi, nefrit (1% va undan kam).

Allergik reaktsiyalar: toshma, fotosezuvchanlik, Kvinke shishi.

Boshqalar: kuchli toliqish; bolalarda - kon'yunktivit, qichishish, eshakemi kuzatiladi.

Maxsus saqlash sharoitlari

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: diareya (5%), ko'ngil aynishi (3%), abdominal og'riqlar (3%), 1% va undan kam dispepsiya, meteorizm, qusish, melena, xolestatik sariqlik, "jigar" transaminazalari faolligini oshishi; bolalarda – qabziyatlar, anoreksiya, gastrit.

Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: yurak urishini his etish, ko'krak qafasida og'riq (1% va undan kam).

Nerv tizimi tomonidan: bosh aylanishi, bosh og'rig'i, uyquchanlik; bolalarda – bosh og'rig'i (o'rta quloq otitini davolashda); giperkineziya, xavotirlik, nevroz, uyquni buzilishi (1% va undan kam).

Siydik jinsiy tizimi tomonidan: vaginal kandidozi, nefrit (1% va undan kam).

Allergik reaktsiyalar: toshma, fotosezuvchanlik, Kvinke shishi.

Boshqalar: kuchli toliqish; bolalarda - kon'yunktivit, qichishish, eshakemi kuzatiladi.

Qo'llanilishi

Preparatga sezgir bo'lgan qo'zg'atuvchilar chaqirgan quyidagi infektsion-yallig'lanish kasalliklarida:

-    nafas yo'llarining yuqori bo'limlari va LOR-a'zolarining infektsiyalari (angina, sinusit, tonzillit, o'rta quloq otiti);

-    skarlatina;

-    nafas yo'llarining quyi bo'limlari infektsiyalari (bakterial va tipik pnevmoniyalar, bronxit);

-    teri va yumshoq to'qimalarning infektsiyalari (saramas, impetigo, ikkilamchi infektsiyalangan dermatozlar);

-    urogenital yo'llarining infektsiyalari (asoratlanmagan uretrit va/yoki tservisit);

-    Laym kasalligi (borrelioz), boshlang'ich bosqichini davolash uchun (erythema migrans).

-    me'da va o'n ikki barmoq ichakning, Helicobacter Pylori bilan assosiasiyalangan kasalliklarida qo'llanadi.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

-     makrolidlar guruhi antibiotiklariga yuqori sezuvchanlik;

- jigar va buyrak etishmovchiligi;

- 3 yoshgacha bo'lgan va tana vazni 25 kg dan kam bo'lgan bolalar;

- laktasiya.

Preparat yurak ritmini buzilishi bo'lgan pasientlarga (QT intervalini uzayishi bilan bo'lgan qorincha aritmiyalari), buyraklar va jigar faoliyatini yaqqol ifodalangan buzilishi bo'lgan bolalarga, homiladorlikda ehtiyotkorlik bilan buyuriladi.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Antasidlar (alyuminiy va magniy saqlovchi), etanol va ovqat preparatni so'rilishini sekinlashtiradi va kamaytiradi.

Varfarin va azitromisin birga buyurilganida (odatdagi dozalarda) protrombin vaqtini o'zgarishi aniqlanmagan, ammo makrolidlar va varfarinni o'zaro ta'sirida antikoagulyasion samarasi kuchayishi mumkin, pasientlarga protrombin vaqtini sinchkov nazoratini o'tkazish kerak.

Digoksin: digoksinning kontsentrasiyasi oshishi mumkin.

Ergotamin va digidroergotamin: ularning toksik ta'siri kuchayishi (vazospazm, dizesteziya) mumkin.

Triazolam: triazolamning klirensi pasayishi va farmakologik ta'siri oshishi mumkin.

Tsikloserin, bilvosita antikoagulyantlar, metilprednizolon, felodipin, shuningdek mikrosomal oksidlanishga uchraydigan dori vositalari (karbamazepin, terfenadin, Tsiklosporin, geksobarbital, shoxkuya alkaloidlari, valproat kislotasi, dizopiramid, bromokriptin, fenitoin, peroral gipoglikemik vositalar, teofilLin va boshqa ksantin hosilalari) – azitromisin tomonidan gepatositlarda mikrosomal oksidlanishni ingibitsiya bo'lishi hisobiga ularning chiqarilishini sekinlashtiradi va plazmadagi kontsentrasiyasini hamda toksikligini oshiradi.

Linkozaminlar preparatning samaradorligini susaytiradilar, tetrasiklin va Xloramfenikol esa kuchaytiradilar.

Geparin bilan farmasevtik jihatdan nomutanosibdir.

Ta'rifi

250 mg: dumaloq ikki tomonlama qavariq, oq yoki deyarli oq rangli, plyonka qobiq bilan qoplangan, ikki tomoni silliq tabletkalar.

500 mg: oq rangli, kapsula shaklli, qobiq bilan qoplangan, bir tomonida o'yiqchasi bilan va boshqa tomoni silliq tabletkalar.

Dozirovkasi

Preparat ovqatlanishdan 1 soat oldin yoki ovqatlangandan 2 soatdan keyin, sutkada 1 marta qabul qilinadi.

Kattalarga nafas yo'llarining yuqori va quyi bo'limlari infektsiyalarida sutkada 500 mg dan 3 kun davomida (kurs dozasi - 1,5 g) buyuriladi.

Asoratlanmagan uretrit va/yoki tservisitda bir marta 1 g buyuriladi;

Teri va yumshoq to'qimalarning infektsiyalarida: birinchi kuni bir qabulga sutkada 1 g dan; keyinchalik sutkada 500 mg dan, xar kuni 2 dan 5 kungacha buyuriladi. Kurs dozasi -     3 g.

Asoratlangan, davomli kechuvchi uretitda: Chlamydia trachowatis chaqirgan tservisitda 1 g dan 3 marta, 7 kunlik oraliq bilan (preparatni davolashning 1-7-14 kunlari qabul qilish) buyuriladi. Kurs dozasi - 3 g.

Laym kasalligida (borreliozda) boshlang'ich bosqichini davolash uchun (erythema migrans) birinchi kuni 1 g dan va 2 dan 5 kungacha 500 mg dan har kuni (kurs dozasi – 3 g) buyuriladi.

Me'da va o'n ikki barmoq ichakning Helicobacter Pylori bilan assosiasiyalangan kasalliklarida sutkada 1 g dan 3 kun davomida majmuaviy antixelikobakter davolash tarkibida buyuriladi.

3 yoshdan oshgan va/yoki tana vazni 25 kg dan katta bo'lgan bolalarga nafas yo'llarining yuqori va quyi bo'limlari, teri va yumshoq to'qimalarning infektsiyalarida tana vazniga 10 mg/kg hisobidan sutkada 1 marta 3 kun davomida (kurs dozasi - 30 mg/kg) yoki 1 kun -
10 mg/kg, so'ngra 4 kun davomida sutkada 5-10 mg/kg dan buyuriladi.

Laym kasalligi (borrelioz) ning boshlang'ich bosqichini (etyfhema migrans) davolashda preparat tana vazniga 20 mg/kg dozada kuniga 1 marta, so'ngra 2 kundan 5 kungacha 10 mg/kg dan buyuriladi.

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: ko'ngil aynishi, eshitishni vaqtinchalik yo'qolishi, qusish, diareya.

Davolash: me'dani yuvish, simptomatik davolashni o'tkaziladi.

Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. AZIDIAR 500 tabletkalari 500mg N3 preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing

AZIDIAR 500 tabletkalari 500mg N3 o'xshash dorilari

XIKONSIL kapsulalar  500mg N16
Retseptli
XIKONSIL kapsulalar 500mg N16
Sloveniya
Vakil:
KRKA
Ishlab chiqaruvchi:
KRKA d.d.
•123 ta dorixonada bor
Narxi
25 000 so'm dan
OMERZALON eritma 500mg/100ml 100ml N1
Retseptli
OMERZALON eritma 500mg/100ml 100ml N1
Hindiston
Vakil:
NUTRIMED
Ishlab chiqaruvchi:
KARBONPHARMAPVT.LTD.
•1 ta dorixonada bor
Narxi
35 000 so'm dan
MOLOKS-IN eritma 250ml 400mg/250ml N1
Retseptli
MOLOKS-IN eritma 250ml 400mg/250ml N1
Pokiston
Ishlab chiqaruvchi:
CCL Pharmaceuticals (Pvt) Ltd
Narxi
112 752 so'm dan

AZIDIAR boshqa chiqarish shakllari

AZIDIAR 250 tabletkalari 250mg N6
Retseptli
AZIDIAR 250 tabletkalari 250mg N6
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Isshaan Healthcare Pvt. Ltd, Indiya proizvedeno: Lincoln Pharmaceuticals Ltd.
•10 ta dorixonada bor
Narxi
14 100 so'm dan

AZIDIAR 500 tabletkalari 500mg N3 analoglari

AZITRUS kapsulalar  250mg N6
Retseptli
AZITRUS kapsulalar 250mg N6
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Sintez AKOMPiI,OAO ("Sintez" OAO)
•2 ta dorixonada bor
Narxi
10 000 so'm dan
AZITRAL kapsulalar  500mg N3
Retseptli
AZITRAL kapsulalar 500mg N3
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Shreya Layf Saensiz Pvt Ltd
•1 ta dorixonada bor
Narxi
36 600 so'm dan
SUMAMED tabletkalari 500 mg N3
Retseptli
SUMAMED tabletkalari 500 mg N3
Xorvatiya
Ishlab chiqaruvchi:
Pliva Xrvatska d.o.o
•29 ta dorixonada bor
Narxi
59 200 so'm dan
SUMAMED tabletkalari 125 mg N6
Retseptli
SUMAMED tabletkalari 125 mg N6
Xorvatiya
Ishlab chiqaruvchi:
Pliva Xrvatska d.o.o
•1 ta dorixonada bor
Narxi
58 000 so'm dan
AZITROMISIN tabletkalari 500mg N3
Retseptli
AZITROMISIN tabletkalari 500mg N3
Makedoniya/Rossiya
Ishlab chiqaruvchi:
Replek Farm OOO Skope/Berezovskiy farmasevticheski
•85 ta dorixonada bor
Narxi
8 000 so'm dan
AZITROMISIN kapsulalar  250mg N6
Retseptli
AZITROMISIN kapsulalar 250mg N6
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
PROIZVODSTVO MEDIKAMENTOV, OOO
•15 ta dorixonada bor
Narxi
8 000 so'm dan
AZITROMISIN kapsulalar  500mg N3
Retseptli
AZITROMISIN kapsulalar 500mg N3
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
PROIZVODSTVO MEDIKAMENTOV, OOO
•12 ta dorixonada bor
Narxi
7 000 so'm dan
AZITROMISIN kapsulalar  250mg N6
Retseptli
AZITROMISIN kapsulalar 250mg N6
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
OOO «Ozon»
•15 ta dorixonada bor
Narxi
8 000 so'm dan
AZITROMISIN tabletkalari 500mg N3
Retseptli
AZITROMISIN tabletkalari 500mg N3
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Farmstandart-Leksredstva, OAO
•85 ta dorixonada bor
Narxi
8 000 so'm dan
AZITROMISIN tabletkalari 500mg N3
Retseptli
AZITROMISIN tabletkalari 500mg N3
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Verteks Aksionernoe Obshestvo
•85 ta dorixonada bor
Narxi
8 000 so'm dan
AZITRAL kapsulalar  250mg N6
Retseptli
AZITRAL kapsulalar 250mg N6
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Shreya Life Sciences PVT. LTD.
•4 ta dorixonada bor
Narxi
20 000 so'm dan
SUMAMOKS tabletkalari 500mg N3
Retseptli
SUMAMOKS tabletkalari 500mg N3
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Oxford Laboratories Pvt. Ltd
•22 ta dorixonada bor
Narxi
13 000 so'm dan

AZIDIAR 500 tabletkalari 500mg N3 narxlari va Toshkentdagi dorixonalardagi mavjudligi

GoPharm
Olmazor tumani, Адрес
24/7
29 100 so'm
Buyurtma berish
Ibrohim Farm
Chilonzor tumani, 20 daha, 6 uy, 110 xonadon
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-23:00
30 000 so'm
Top-Pharm №7
Sergeli tumani, Yangi sergeli, 2A uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-23:30
37 500 so'm
Top-Pharm №14
Olmazor tumani, Qoraqamish 2/4 ko'ch., 8A uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-23:00
37 500 so'm
Top-Pharm №4
Chilonzor tumani, 9 kvartal, Cho'pon ota ko'ch., 17 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-00:00
37 500 so'm
Top-Pharm №16
Mirzo Ulug'bek tumani, Sayram ko'ch., 35 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-23:00
37 500 so'm
+03 №13
Yunusobod tumani, M5, Sharof Rashidov ko'ch. 67-uy
24/7
37 500 so'm
Evo Med
Yunusobod tumani, Binkat ko'ch., 14 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 06:30-00:00
39 900 so'm

AZIDIAR 500 tabletkalari 500mg N3 haqida savollar

AZIDIAR 500 tabletkalari 500mg N3 haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Ko‘rilgan mahsulotlar

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil