Apteka.uz
SavatKirish

BISILLIN 5 suspenziya 1500000YeD

Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Rossiya Federatsiyasi
Kategoriya:Antibiotiklar
Ishlab chiqaruvchi:Sintez AKOMPiI,OAO ("Sintez" OAO)
ATX kodi:J01CE30
Barcha Benzilpenitsillin dorilari
Mavjud emas
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 0 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

BISILLIN 5 suspenziya 1500000YeD haqida qo'llanma

Farmakokinetikasi

Bitsillin®-5 uzaytirilgan ta'sirga ega preparat hisoblanadi, qonda antibiotikning yuqori kontsentratsiyasi 4 haftagacha saqlanib turadi.

Benzatin benzilpenitsillin.

Mushak ichiga in'ektsiyadan so'ng benzatin benzilpenitsillin juda sekin gidrolizlanib, benzilpenitsillinni ajratib chiqaradi. Qon zardobidagi maksimal kontsentratsiyaga in'ektsiyadan so'ng 12-24 soat o'tgach erishiladi. Uzoq yarim chiqarilish davri qonda preparatning barqaror va uzoq muddatli kontsentratsiyasini ta'minlaydi: 2400000 XB preparat yuborilgandan so'ng 14-kuni zardobdagi kontsentratsiya 0,12 mkg/ml ni tashkil qiladi; 1200000 XB Preparat yuborilgandan so'ng 21-kuni - 0,06 mkg/ml (1 XB = 0,6 mkg). Preparatning suyuqliklarga diffuziyasi to'liq, to'qimalarga diffuziyasi juda kuchsiz. Plazma oqsillari bilan bog'lanishi 40-60 %. Benzatin benzilpenitsillin oz miqdorda yo'ldosh to'sig'i orqali o'tadi, shuningdek ona sutiga kiradi. Preparatning biotransformatsiyasi arzimas darajada. Asosan buyraklar orqali o'zgarmagan holda chiqariladi. 8 sutka ichida yuborilgan dozaning 33 % gachasi chiqariladi.

Benzilpenitsillin.

Mushak ichiga yuborilganda qon plazmasidagi maksimal kontsentratsiyaga 20-30 daqiqadan so'ng erishiladi. Preparatning yarim chiqarilish davri 30- 60 daqiqani, buyrak yetishmovchiligida 4-10 soat va undan ko'proqni tashkil qiladi. Plazma oqsillari bilan bog'lanishi - 60 %. Likvor, ko'z to'qimalari va prostata bezidan tashqari organlar, to'qimalar va biologik suyuqliklarga kiradi. Meningeal qobiqlar yallig'lanishida gematoensefalik to'siq orqali o'tadi. Yo'ldosh orqali o'tadi va ko'krak sutiga kiradi. Buyraklar orqali o'zgarmagan holda chiqariladi.

Nojo'ya samaralari

Allergik reaksiyalar: anafilaktik shok, anafilaktoid reaksiyalar, eshakemi, isitma, artralgiya, angionevrotik shish, ko'p shaklli ekssudativ eritema, eksfoliativ dermatit.

Laboratoriya ko'rsatkichlari: anemiya, trombotsitopeniya, leykopeniya, gipokoagulyatsiya. Boshqalar: stomatit, glossit.

Maxsus ko‘rsatmalari

Teri ostiga, vena ichiga, endolyumbal, shuningdek tana bo'shliqlariga yuborish mumkin emas. Tasodifan tomir ichiga yuborilganda o'tkinchi tushkunlik hissi, xavotir va ko'rish buzilishi (uane sindromi) qayd etilishi mumkin. Preparatni tasodifan tomir ichiga yuborishdan saqlanish uchun mushak ichiga in'eksiya o'tkazishdan oldin ignaning tomirga tushish ehtimolini aniqlash maqsadida aspiratsiya qilish tavsiya etiladi.

Zaxmni davolashda terapiyani boshlashdan oldin va keyin 4 oy davomida mikroskopik va serologik tekshiruvlar o'tkazish zarur. Zamburug'li infeksiyalar rivojlanishi munosabati bilan bir vaqtda B guruhi vitaminlari va C vitaminini, zarurat tug'ilganda esa - tizimli qo'llash uchun zamburug'larga qarshi preparatlarni tayinlash maqsadga muvofiq. Shuni hisobga olish kerakki, yetarli bo'lmagan dozalarni qo'llash yoki davolashni juda erta to'xtatish ko'pincha qo'zg'atuvchilarning rezistent shtammlari paydo bo'lishiga olib keladi.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

Preparatga, benzilpenitsillinga va boshqa beta-laktam antibiotiklarga yuqori sezuvchanlik. Laktatsiya davri.

Ehtiyotkorlik bilan:

Homiladorlik, buyrak yetishmovchiligi, og'irlashgan allergik anamnez, bronxial astma, soxtamembranoz kolit.

Homiladorlik va laktatsiya:

Bitsillin®-5 oz miqdorda platsentar to'siq orqali va ona sutiga o'tadi. Homiladorlik davrida qo'llash faqat ona uchun kutilayotgan foyda homila uchun potensial xavfdan yuqori bo'lgan hollarda mumkin.

Preparatni tayinlash zarurati tug'ilganda emizishni to'xtatish tavsiya etiladi.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Bakteritsid antibiotiklar (shu jumladan sefalosporinlar, vankomitsin, rifampitsin, aminoglikozidlar) sinergik ta'sir ko'rsatadi; bakteriostatiklar (shu jumladan makrolidlar, xloramfenikol, linkozamidlar, tetratsiklinlar) - antagonistik. Bilvosita antikoagulyantlar samaradorligini oshiradi (ichak mikroflorasini bostirib, protrombin indeksini pasaytiradi); peroral kontratseptivlar, metabolizm jarayonida paraaminobenzoy kislotasi hosil bo'ladigan dori vositalari, etinilestradiol samaradorligini pasaytiradi - "yorib o'tuvchi" qon ketishlar rivojlanish xavfi. Diuretiklar, allopurinol, naychalar sekretsiyasi blokatorlari, fenilbutazon, nosteroid yallig'lanishga qarshi preparatlar naychalar sekretsiyasini kamaytirib, qon va to'qimalarda benzilpenitsillin konsentratsiyasini oshiradi. Allopurinol allergik reaksiyalar (teri toshmasi) rivojlanish xavfini oshiradi.

Dozirovkasi

DozalashMushak ichiga. Kattalarga - 1200000 XB + 300000 XB dan 4 haftada 1 marta.

Maktabgacha yoshdagi bolalarga - 480000 XB + 120000 XB 3 haftada 1 marta, 8 yoshdan katta bolalarga - 960000 XB + 240000 XB 4 haftada 1 marta.

Suspenziyani tayyorlash uchun in'ektsiya uchun steril suv, izotonik natriy xlorid eritmasi yoki 0,25-0,5% prokain (novokain) eritmasi ishlatiladi.

Bitsillin®-5 suspenziyasi aseptik sharoitda, bevosita ishlatishdan oldin (ex tempore) tayyorlanadi: preparatli flakonga bosim ostida sekin (20-25 soniyada 5 ml tezlikda) 5-6 ml erituvchi yuboriladi. Flakon ichidagisi aralashtiriladi va bir xil suspenziya hosil bo'lguncha flakonning uzunlamasi o'qi bo'ylab chayqatiladi. Flakon devorlarida suspenziya yuzasida pufakchalar bo'lishiga yo'l qo'yiladi. Bitsillin®-5 suspenziyasi tayyorlangandan so'ng darhol dumba mushagining yuqori tashqi kvadrantiga chuqur mushak ichiga yuboriladi. In'ektsiyadan keyin dumba mushagini ishqalash tavsiya etilmaydi. Tayyorlangandan so'ng darhol yuborish kechiktirilganda suspenziyaning fizik va kolloid xususiyatlari o'zgaradi, natijada uning shprits ignasi orqali harakati qiyinlashishi mumkin.
Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. BISILLIN 5 suspenziya 1500000YeD preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing

BISILLIN 5 suspenziya 1500000YeD o'xshash dorilari

AVIFLOKS infuziya uchun eritma 100ml 500mg/100ml N1
Retseptli
AVIFLOKS infuziya uchun eritma 100ml 500mg/100ml N1
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Avantika Medex Pvt. Ltd, Indiya proizvedeno: Abaris Healthcare Pvt. Ltd
•29 ta dorixonada bor
Narxi
44 000 so'm dan
AZIMED kapsulalar  250mg N6
Retseptli
AZIMED kapsulalar 250mg N6
Ukraina
Vakil:
Arterium
Ishlab chiqaruvchi:
OAO «Kievmedpreparat»
•1 ta dorixonada bor
Narxi
53 000 so'm dan
SEF-OD DS poroshok 200mg/5ml 30ml N1
Retseptli
SEF-OD DS poroshok 200mg/5ml 30ml N1
Pokiston
Ishlab chiqaruvchi:
CCL Pharmaceuticals (Pvt) Ltd
•103 ta dorixonada bor
Narxi
45 000 so'm dan
Analoglar BISILLIN 5 suspenziya 1500000YeD
Analoglari yo'q

BISILLIN 5 suspenziya 1500000YeD haqida savollar

BISILLIN 5 suspenziya 1500000YeD haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Ko‘rilgan mahsulotlar

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil