Apteka.uz
SavatKirish

LEVIM

LEVIM chiqarilish shakllari

LEVIM tabletkalari N30
LEVIM tabletkalari N30
•16 ta dorixonada bor
Narxi
137 000 so'm dan
- LEVIM qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- LEVIMning tarkibi
- LEVIM ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- LEVIM narxi Toshkent dorixonalarida

LEVIM haqida qo'llanma

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

Preparat tarkibiy qismlariga yuqori sezuvchanlik

Farmakologik ta'siri

L-karnitin V guruxi vitaminlariga tegishli moddadir. U yog‘ kislotalarini hujayra membranalari orqali sitoplazmadan mitoxondriyalargacha tashuvchi sifatida metabolik jarayonlarda ishtirok etadi,ular oksidlanib ko‘p miqdorda metabolik energiya -ATF hosil qiladi. L-karnitin nerv sistemasiga zarar beruvchi omillarga   (ya’ni gipoksiya, travma, intoksikatsiyalarga )chidamlilikni oshiradi, ketokislotalar va anaerob glikolizni parchalaydi laktat-atsidoz miqdorini pasaytiradi. Bosh miyada qon aylanishini yaxshilaydi va zararlangan qismlarida avtoregulyatsiyani yaxshilaydi.Uzoq muddatli miya faoliyati davomida kelib chiqqan charchoqni kamaytiradi,organizmni ishlash qobilyatini oshiradi,tiklanish uchun ketgan vaqtni qisqartiradi va tetiklikni ta’minlaydi.

Koenzim Q10 (koferment Q10, ubixinon) —har bir hujayrada mavjud bo‘lgan va organizmni energiya bilan ta’minlab beruvchi oqsil tabiatli katalizatordir. Koferment Q10 —tana hujayralarini zarur kimyoviy moddalar bilan ta’minlash zanjiridagi muxim bo‘g‘in bo‘lib, kislarodni yanada ko‘proq organizmga kirishiga yordam beradi.U antioksidant xususiyatga ega bo‘lib radiatsiya,stress va kimyoviy moddalar ta’sirida inson organizmida hosil bo‘lgan erkin radikallarni zararsizlantiradi.Koferment Q10 yurakka ximoya ta’siriga ega shuningdek immun sistemani mustaxkamlashga yordam beradi,AB normallashtiradi,qarish jarayonlarini oldini oladi. Taxminan 30 yoshgacha organizmimiz koenzima Q10 kerakli miqdorda ishlab chiqaradi. Yillar davomida ,shuningdek,ba’zi kasalliklarda to‘qimalarda uning miqdori kamayadi. Bu organizmdagi energiya balansini buzadi. Buning yetishmovchiligi natijasida umumiy holsizlik,apatiya,depressiya, yurak muskullarining ish qobilyatining pasayishi,jigar va buyraklarning ish qobilyatining pasayishiga sabab bo‘ladi.Shuning uchun ayniqsa 30 yoshdan oshgan insonlar uchun dietaga kiritish lozim. Ubixinon organizmni hujayra darajasida qarishini oldini oladi.

Kversetin — bioflavanoiddir. Qon tomirlarni tiklovchi,kardioprotektor, regenerativ modda,shuningdek antioksidant, yallig‘lanishga qarshi, spazmolitik, antiulserogen, antisklerotik xususiyatga ega.Yallig‘lanish va allergik jarayonni keltirib chiqaruvchi faktorlarni sintezini pasaytiradi,biriktiruvchi to‘qimani mustaxkamlaydi,xolesterin miqdorini kamaytiradi,ko‘plab foydali moddalar(vitamin S va vitamin Ye)ta’siri kuchaytiradi. Qon tomirlar va kapilyarlarni mustaxkamlaydi,qonning mikrosirkulyatsiyasini yaxshilaydi,immunitetni oshiradi,oshqozon shilliq qavatini regeneratsiyasini yaxshilaydi. Qondagi ortiqcha qand miqdoriga organizm to‘qimalarini chidamliligini oshiradi.Diabet bilan kasallanish xavfini kamaytiradi.Nerv sistemasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, nerv jarayonlarini aktivlashtiradi.

Qo‘llash usuli va dozirovkasi

Ichish uchun: kuniga 1 tabletkadan 2-3maxal

Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. LEVIM preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing
Manbalar ro‘yxati:

LEVIM narxlari

Dorixonalar
Manzil
Ish vaqti
Sotib olish
Vaksina Med №24
Yakkasaroy tumani, Qushbegi massiv, 3 uy, 72 xonadon
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:30-23:30
137 000 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №25
Chilonzor tumani, Qizil Sharq ko'ch., 24 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:30-23:30
143 900 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №23
Mirzo Ulug'bek tumani, Feruza ko'ch., 1 uy, 36 xonadon
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:30-23:30
143 900 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №28
Yashnobod tumani, Birlashgan ko'ch., 51 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:30-23:30
143 900 so'm
Bron qilish

LEVIM haqida savollar

LEVIM haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil