Amoksitsillin
Amoksitsillin chiqarilish shakllari







Amoksitsillin qo'llanmasi
Antibiotik (penitsillin guruhi)
- Preparatga sezgir mikroorganizmlar chaqirgan bakterial infektsiyalar: — nafas yo'llari quyi bo'limlari infektsiyalari (surunkali bronxit zo'rayishi, bo'lakli pnevmoniya va bronxopnevmoniya); — LOR-a'zolari infektsiyalari (o'rta otit, sinusit, qaytalanuvchi tonzillit); — siydik chiqarish yo'llari infektsiyalari (sh.j. tsistit, uretrit, pielonefrit); — kichik tos a'zolari infektsiyalari (sh.j. salpingit, salpingooforit, endometrit, septik abort, pelvioperitonit, tug'ruqdan keyingi sepsis); — teri va yumshoq to'qimalar infektsiyalari (flegmona, yara infektsiyasi, saramas, impetigo, xo'ppozlar); — suyak va bo'g'imlar infektsiyalari (sh.j. surunkali osteomielit); — jinsiy yo'l bilan yuqadigan infektsiyalar (gonoreya, yumshoq shankr); — boshqa infektsion kasalliklar: septitsemiya, peritonit, intraabdominal sepsis, operatsiyadan keyingi infektsiyalar. Operatsiyadan keyingi infektsiyalarning oldini olish, MTY, kichik tos a'zolari, bosh va bo'yin, yurak, buyrak, o't yo'llaridagi jarrohlik aralashuvlarida, shuningdek...
- Yuqumli mononukleoz, limfoleykoz, diareya yoki qusish bilan kechadigan og‘ir OIT (oshqozon-ichak trakti) infeksiyalari, respirator virusli infeksiyalar, allergik diatez, bronxial astma, pichan isatmasi, penitsillinlar va/yoki sefalosporinlarga yuqori sezuvchanlik. Metronidazol bilan kombinatsiyada qo‘llash uchun: nerv tizimi kasalliklari; qon yaratishning buzilishi, limfoleykoz, yuqumli mononukleoz; nitroimidazol hosilalariga yuqori sezuvchanlik. Klavulan kislotasi bilan kombinatsiyada qo‘llash uchun: anamnezda amoksitsillinni klavulan kislotasi bilan kombinatsiyada qabul qilish bilan bog‘liq jigar funksiyasi buzilishi va sariqlik ko‘rsatilganligi.
- 1 tabletka saqlaydi: Ta'sir etuvchi modda - amoksitsillin trigidrati (amoksitsillinga qayta hisoblanganda) - 250 mg Yordamchi moddalar: Talk - 3,70 mg (250 mg uchun), Magniy stearati - 3,70 mg (250 mg uchun) Kartoshka kraxmali - 370 mg massali tabletka olinguncha 1 tabletka saqlaydi: Ta'sir etuvchi modda - amoksitsillin trigidrati (amoksitsillinga qayta hisoblanganda) - 500 mg; Yordamchi moddalar: Talk - 7,00 mg (500 mg uchun); Magniy stearati - 7,00 mg (500 mg uchun); Kartoshka kraxmali - 700 mg massali tabletka olinguncha (500 mg uchun) Amoksitsillin (trigidrat ko‘rinishida) ; 500 mg Amoksitsillin (trigidrat ko‘rinishida) 250 mg; 500 mg amoksitsillin (natriy tuzi shaklida) 1 g klavulan kislotasi (kaliy tuzi shaklida) 200 mg amoksitsillin (natriy tuzi shaklida) 500mg klavulan kislotasi (kaliy tuzi shaklida) 100 mg amoksitsillin (trigidrat shaklida) 250 mg Yordamchi moddalar: magniy stearati, mikrokristall tsellyuloza PH 102. Kapsula qobig‘i tarkibi: titan dioksidi (E171), bo‘yoqchi xinolin sariq (E104), bo‘yoqchi azorubin (E122), bo‘yoqchi patentlangan ko‘k V (E131), bo‘yoqchi qora yaltiroq (E151), jelatin amoksitsillin (trigidrat shaklida) 250 mg Yordamchi moddalar: natriy saxarinat, simetikon S 184, guar yelimi, natriy benzoat, natriy sitrat, saxaroza, passiflora mevasi aromatizatori, malina aromatizatori, qulupnay aromatizatori amoksitsillin (trigidrat shaklida) 500 mg Yordamchi moddalar: magniy stearati, mikrokristall tsellyuloza. Kapsula qobig‘i tarkibi: titan dioksidi (E171), bo‘yoqchi xinolin sariq (E104), bo‘yoqchi azorubin (E122), bo‘yoqchi qirmizi (Ponso 4R) (E124), bo‘yoqchi temir oksidi sariq (E172), jelatin. amoksitsillin 0,5g; Yordamchi moddalar: kartoshka kraxmali, talk, magniy stearati amoksitsillin 1,0g, klavulan kislotasi 200mg amoksitsillin 1,0g, klavulan kislotasi 500mg Amoksitsillin 500mg; Yordamchi moddalar: magniy stearati amoksitsillin trigidrat 0,25; Yordamchi moddalar: kartoshka kraxmali, talk, magniy amoksitsillin trigidrat 0,25; Yordamchi moddalar: kartoshka kraxmali, talk, magniy amoksitsillin trigidrati (amoksitsillinga qayta hisoblanganda) 500mg; Yordamchi moddalar: kartoshka kraxmali amoksitsillin trigidrati 1.148 g, bu amoksitsillin 1 g ga ekvivalent Yordamchi moddalar: magniy stearati, polividon, natriy kraxmal glikolati, mikrokristall tsellyuloza. Plyonka qobiq tarkibi: titan dioksidi, talk, gipromelloza. amoksitsillin trigidrati 574 mg, bu amoksitsillin 500 mg ga ekvivalent Yordamchi moddalar: magniy stearati, polividon, natriy kraxmal glikolati, mikrokristall tsellyuloza. Plyonka qobiq tarkibi: titan dioksidi, talk, gipromelloza Amoksitsillin trigidrati, suvsiz Amoksitsillinga qayta hisoblanganda - 250mg. Yordamchi moddalar: magniy stearati Amoksitsillin trigidrati, suvsiz Amoksitsillinga qayta hisoblanganda - 500 mg. Yordamchi moddalar: magniy stearati
- Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: diareya, ko'ngil aynishi, qusish, dispeptik buzilishlar, kolit (shu jumladan soxtamembranoz va gemorragik). Jigar va o't yo'llari tomonidan: AST va ALT faolligining o'rtacha oshishi, gepatit, xolestatik sariqlik (boshqa penitsillinlar va tsefalosporinlar bilan birga qo'llanilganda), ishqoriy fosfataza faolligi va/yoki bilirubin kontsentratsiyasining oshishi. Buyrak va siydik yo'llari tomonidan: interstitsial nefrit, kristalluriya, gematuriya. Asab tizimi tomonidan: bosh aylanishi, bosh og'rig'i, tirishishlar (buyrak funktsiyasi buzilgan bemorlarda preparat yuqori dozalarda qabul qilinganda namoyon bo'lishi mumkin), uyqusizlik, qo'zg'alish, xavotir, xulq-atvorning o'zgarishi, qaytuvchan giperfaollik. Qon yaratish va limfa tizimi tomonidan: qaytuvchan leykopeniya (shu jumladan neytropeniya), trombotsitopeniya, qaytuvchan agranulotsitoz va gemolitik anemiya, protrombin vaqti va qon ketish vaqtining uzayishi, eozinofiliya, trombotsitoz, anemiya. Superinfektsiya: teri va shilliq qavatlar kandidozi. Mahalliy reaktsiyalar: ayrim hollarda - v/i yuborilgan joyda flebit. Allergik reaktsiyalar: teri toshmasi, qichishish, eshakemi, ko'p shaklli ekssudativ eritema, angionevrotik shish, anafilaktik reaktsiyalar, zardob kasalligiga o'xshash sindrom, allergik vaskulit, Stivens-Djonson sindromi, toksik epidermal nekroliz, bullyoz eksfoliativ dermatit, o'tkir tarqalgan ekzantematoz pustulyoz.
- 0,5 g 0,5 g+0,1 g 1,0 g 1,0 g+0,2 g 250 mg 250 mg, 500 mg 250 mg/5 ml 250mg 500 mg 500mg
- Ichish uchun suspenziya tayyorlash uchun granulalar oqdan sarg'ish tusli oq ranggacha; suv qo'shilganda o'ziga xos meva hidli sarg'ish rangli suspenziya hosil bo'ladi. Kapsulalar Jelatin kapsulalar, o'lchami №0, qopqoqchasi qizil rangli va korpusi sariq rangli; kapsula ichidagisi - oqdan och-sariq ranggacha bo'lgan donador kukun Jelatin kapsulalar, o'lchami №2, qopqoqchasi to'q-yashil rangli va korpusi sarg'ish tusli oq rangli; kapsula ichidagisi - oqdan och-sariq ranggacha bo'lgan donador kukun. Kapsulalar Vena ichiga yuborish uchun eritma tayyorlash uchun kukun Tabletkalar Oq yoki deyarli oq rangli, kapsulasimon shaklli, bir tomonida chiziqchasi bo'lgan tabletkalar. Oq yoki deyarli oq rangli, kapsulasimon, chiziqchali tabletkalar. Oq yoki deyarli oq rangli, kapsulasimon shaklli, bir tomonida chiziqchasi bo'lgan tabletkalar. Oqdan biroz sarg'ish ranggacha bo'lgan, oval, ikki tomonlama qavariq, har ikki tomonida kertiklari bo'lgan qobiq bilan qoplangan tabletkalar. Oqdan biroz sarg'ish ranggacha bo'lgan, cho'zinchoq, ikki tomonlama qavariq, har ikki tomonida kertiklari bo'lgan qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
AMOKSISILLIN
AMOXICILLIN
Preparatning savdo nomi: amoksisillin
Ta‘sir etuvchi modda (XPN): amoksisillin
Dori shakli: kapsula.
Tarkibi:
har bir amoksisillin 500 mg kapsula quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: 500 mg amoksisillin amoksisillin trigidratiga ekvivalent;
yordamchi moddalar: magniy stearati, talk.
har bir amoksisillin 250 mg kapsula quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: 250 mg amoksisillin amoksisillin trigidratiga ekvivalent;
yordamchi moddalar: magniy stearati, talk.
Ta‘rifi: qopqog‘i olcha rangli, korpusi sariq rangli qattiq jelatin kapsulalar. Kapsula tarkibi – oqdan biroz sarg‘ish ranggacha bo‘lgan kukun.
Farmakoterapevtik guruhi: Antibiotik (penisillinlar guruhi).
ATX kodi: J01CA04
Farmakologik hususiyatlari
Amoksisillin – keng ta‘sir doirali antibiotik bo‘lib, aminopenisillin kislotasining hosilasidir. Antabakterial, bakterisid ta‘sir ko‘rsatadi. Transpeptidazani ingibirlaydi, petidoglikainning sintezini bo‘linish va o‘sish davrida buzadi, mikroorganizmlarning lizisini chaqiradi.
Grammusbat va grammanfiy kokklar, ba‘zi grammanfiy tayoqchalarga nisbatan faol. β-laktamazalar tomonidan parchalanadi, shuning uchun r-laktamaza ishlab chiqaruvchi mikroorganizmlar amoksisillinning ta‘siriga chidamli.
Farmakokinetikasi
Ichga qabul kilinganida tez va deyarli to‘liq (93%) so‘riladi. 250 mg amoksisillin ichga qabul qilinganidan so‘ng plazmadagi maksimal konsentratщyasiga (3,5-5 mkg/ml) 1-2 soatdan keyin erishiladi. Nordon muxitda barqaror, ovqat qabul qilish so‘rilishiga ta‘sir qilmaydi. Turli to‘qima va a‘zolarga kiradi, gistogematik to‘siqlardan oson o‘tadi (o‘zgarmagan gematoensefalik to‘siq bundan mustasno). Yarim chiqarilish davri 1-1,5 soatni tashkil qiladi, buyraklarning faoliyati buzilganida yarim chiqarilish davri A– 12,6 soatgacha uzayadi. Nofaol metabolitlarni hosil qilib, qisman metabolizmga uchraydi. O‘zgarmagan ko‘rinishda (50-70%) buyraklar orqali chiqariladi. Ko‘p bo‘lmagan miqdorda ko‘krax suti bilan chiqariladi.
Qo‘llanilishi
Preparatta sezgar mikroorganizmlar chaqirgan infeksion-yallig‘lanish kasalliklari:
– nafas azolarining infeksiyalari;
– siydik-jinsiy tizimi a‘zolarining infeksiyalari;
– MIY a‘zolarining infeksiyalari;
– teri va yumshok to‘qimalarning infeksiyalari.
Qo‘llash usuli va dozalari
Preparat ichga qabul qilinadi. Dozalash tartibi kasallikning og‘irligi, qo‘zg‘atuvchining preparatta sezgirligi, pasientning yoshini hisobga olib shaxsiy belgilanadi. Kattalar uchun bir martalik doza 0,5 g kuniga uch marta. Kasallikning og‘ir kechishida doza 1,0 g gacha, sutkada 3 marta oshiriladi. 5 yoshdan 10 yoshgacha bo‘lgan bolalarga 0,25 g dan kuniga 3 marta buyuriladi;
– 2 yoщdan 5 yoshgacha – 0,125 g dan kuniga 3 marta;
– 2 yoshgacha – kg tana vazniga 0,02 g hisobidan, hisoblangan sutkalik doza 3 qabulga bo‘linadi. Davolash kursi 5-12 kun. Asoratlanmagan gonoreyani davolash uchun 3 g preparat qabulga buyuriladi; amoksisillin bilan bir vaqtda 1,0 g probenisid buyurish maqsadga muvofiq. Buyraklar faoliyati buzilgan pasientlarda preparatning dozasi 15-50% ga kamaytiriladi yoki qabullar orasidagi interval 24 soatgacha oshiriladi.
Nojo‘ya ta‘sirlari
MIY tomonidan: kam – diareya, anus soxasida qichishish; dispepsiya bo‘lishi mumkin; ayrim xollarda — psevdomembranoz va gemorragik kolitlar.
Siydik-chiqarish tizimi tomonidan: kam — interstisial nefrit rivojlanishi;
Qon yaratish a‘zolari tomonidan: kam – agranulositoz, trombositopeniya.
Allergik reaksiyalar: teri reaksiyalari, asosan spesifik makulopapulyozli toshma ko‘rinishida; kam – ko‘pshaklli eritma, Stivens-Djonson sindromi; ayrim kollarda — anafilaktik shok, angionevrotik shish.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatga va boshqa beta-laktam antibiotiklarga yuqori sezuvchanlik; infeksion mononukleoz va limfatik turdagi leykemoid reaksiyalar.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Probenisid, fenilbutazon, oskifenbutazon, kamrok, darajada – asetilsalisil kislotasi va sulfinpirazon penisillinlar qatori preparatlarning naychalar sekresiyasini bostiradi, bu yarim chiqarilish davrining va plazmada amoksisillinning konsentrasiyasini oshishiga olib keladi. Amoksisillin faqat ko‘payayotgan mikroorganizmlarga ta‘sir qiladi, shuning uchun uni bakteriostatik ta‘sir qiluvchi, mikroblarga qarshi preparatlar bilan bir vaqtda buyurish mumkin emas. Qo‘zg‘atuvchining amoksisillinga sezgirligini musbat sinamalari bo‘lganida, boshqa bakterisid antibiotiklar (sefalospirinlar, aminogikozidlar) bilan majmuada qo‘llash mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalarBuyraklarning og‘ir buzilishlarida (kreatinin klirensi 10 ml/min dan kam) yuborishlar orasidagi intervalni 12-24 soatgacha oshirish kerak. Eshakemi va toshmali isitmada extiyotkorlik bilan qo‘llanadi. Uzoq muddat davolash jarayonida jigar, buyraklar faoliyatini va gemopoezni vaqti-vaqti bilan nazorat qilish kerak.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari: ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, suv-elektrolit muvozanatini buzilishi.
Davolash: medani yuvish, faollashtirilgan ko‘mir, tuzli surgilarni buyurish, suv- elektrolit muvozanatini to‘g‘rilash, gemodializ.
Chiqarilish shakli
10 kapsuladan PVX plyonka va alyumin folga blisterda.
10 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan xaroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Resept bo‘yicha.
Amoksitsillin narxlari
Amoksitsillin o'xshash dorilari
Amoksitsillin barcha rasmlari
































