Amoksiklav
Amoksiklav chiqarilish shakllari


Amoksiklav haqida qo'llanma
Umumiy ma'lumot
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
AMOKSIKLAV®
AMOXIKLAVUM
Preparatning savdo nomi: Amoksiklav®
Ta‘sir etuvchi moddalar (XPN): amoksisillin, klavulanat kislotasi (amoxicillin, clavulanic acid)
Dori shakli: in‘eksion eritma tayyorlash uchun kukun
Tarkibi:
faol moddalar: amoksisillin va klavulanat kislotasi;
Amoksiklav 1000 mg, 200 mg: har bir flakon natriyli tuzi shaklida 1000 mg amoksisillin va kaliyli tuzi shaklida 200 mg klavulanat kislotasi saqlaydi. Nisbati 5:1 ni tashkil qiladi.
yordamchi moddalar: mavjud emas.
Ta‘rifi: oqdan sarg‘ish rangligacha bo‘lgan kukun.
Farmakoterapevtik guruhi: tizimli qo‘llash uchun antibakterial preparatlar; penisillinlarni beta-laktamaza ingibitorlari bilan majmuasi.
ATX kodi: J01CR02.
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
Amoksisillin bakteriyalarning hujayra devorini integral struktur komponenti hisoblangan peptidoglikan biosintezi jarayonida ishtirok etuvchi bir yoki undan ortiq fermentlarni (ko‘pincha penisillinni bog‘lovchi oqsillar deb nomlanuvchi) ingibisiya qiluvchi yarim sintetik penisillin (beta-laktam antibiotik) hisoblanadi. Peptidoglikanning sintezini ingibisiya qilinishi hujayra devorining butunligini buzadi, bu odatda hujayrani lizisi va nobud bo‘lishiga olib keladi.
Amoksisillin unga rezistent bakteriyalar ishlab chiqaruvchi beta-laktamazalar ta‘sirida parchalanadi, shuning uchun ushbu fermentlarni ishlab chiqaruvchi mikroorganizmlarga nisbatan faol emas.
Klavulanat kislotasi tuzilishi jihatidan penisillinlarga o‘xshash beta-laktam hisoblanadi. U ayrim beta-laktamazalarni susaytiradi, shu bilan amoksisillinning faolsizlanishini oldini oladi. Klavulanat kislotasining o‘zi klinik jihatdan antibakterial samara ko‘rsatmaydi.
Minimal bostiruvchi konsentrasiya (MBK) dan yuqori konsentrasiyada saqlab turish vaqti (T > MBK) amoksisillinning asosiy determinant samaradorligi sifatida qabul qilingan.
Rezistentlikni rivojlanish mexanizmlari
Amoksisillin/klavulanat kislotasiga nisbatan rezistentlikni rivojlanishining ikkita asosiy mexanizmi mavjud:
- klavulanat kislotasining ingibisiya qiluvchi ta‘siriga sezgir bo‘lmagan bakterial beta-laktamazalar, shu jumladan V, S va D sinfiga mansub beta-laktamazalar tomonidan ularni faolsizlanishi;
- antibakterial preparatlarni nishonli strukturalarga yaqinligini pasayishi natijasida penisillinni bog‘lovchi oqsillarni o‘zgarishi.
Bakteriyalarning devori antibiotikni o‘tkazmasligi yoki bakteriyalarning hujayrasidan preparatni faol tashilishi mexanizmlari rezistentlikni bevosita sababi bo‘lishi yoki ayniqsa, grammanfiy bakteriyalarda uni rivojlanishiga yordam berishi mumkin.
Sezuvchanlikning chegaralari
Amoksisillin/klavulanat kislotasining minimal bosuvchi konsentrasiyasi Yevropa qo‘mitasi tomonidan o‘rnatilgan antibiotikka sezuvchanlikni baholash (EUCAST) mezoni bo‘yicha sezuvchanlik chegaralariga mos keladi.
| Mikroorganizm | Sezuvchanlik chegaralari (mkg/ml) | ||
| Sezuvchanlik | Oraliq sezuvchanlik | Rezistentlik | |
| Haemophilus influenzae1 | ≤ 1 | – | > 1 |
| Moraxella catarrhalis1 | ≤ 1 | – | > 1 |
| Staphylococcus aureus2 | ≤ 2 | – | > 2 |
| Koagulazo-negativ stafilokokklar2 | ≤ 0,25 | > 0,25 | |
| Enterococcus1 | ≤ 4 | 8 | > 8 |
| Streptococcus A, B, C, Gb | ≤ 0,25 | – | > 0,25 |
| Streptococcus pneumoniae3 | ≤ 0,5 | 1-2 | > 2 |
| Enterobakteriyalar1,4 | – | – | > 8 |
| Grammanfiy anaeroblar1 | ≤ 4 | 8 | > 8 |
| Grammusbat anaeroblar1 | ≤ 4 | 8 | > 8 |
| Bakteriyalarning turga xos bo‘lmagan chegaralar1 | ≤ 2 | 8 | > 8 |
|
1 Olingan ko‘rsatmalar amoksisillinning konsentrasiyalariga mos keladi. Sezuvchanlikni baholash maqsadida klavulanat kislotasining fiksasiyalangan – 2 mg/l konsentrasiyasi ishlatiladi.
2 Olingan ko‘rsatkichlar oksasillinning konsentrasiyalariga mos keladi. 3 Jadvaldagi eng yuqori ko‘rsatkichlar ampisillinga nisbatan sezuvchanlik chegaralariga asoslangan. 4 Rezistentlik chegarasi, R > 8 mg/l, rezistentlik mexanizmlari bo‘lgan barcha ajratib olingan shtammlarning antibiotiklarga nisbatan rezistentligini kafolatlaydi. 5 Jadvaldagi eng yuqori ko‘rsatkichlar benzilpenisillinga nisbatan sezuvchanlik chegaralariga asoslangan. |
|||
Mikroorganizmlarning ayrim turlari uchun rezistentlikni tarqalishi geografik va vaqt bog‘liqligi bilan xarakterlanadi, shu sababli davolashni boshlashdan oldin, ayniqsa og‘ir infeksiyalarda antibiotikka chidamlilik bo‘yicha mahalliy ma‘lumotlarni olish maqsadga muvofiqdir. Antibiotiklarga rezistentlik xususidagi mahalliy ko‘rsatkichlari hech bo‘lmaganda ba‘zi turdagi infeksiyalarda preparatning foydasi shubha ostida bo‘lgan hollarda yordam uchun tegishli mutaxassislarga murojaat qilish kerak.
Odatdagi sezgir turlar
Grammusbat aeroblar: Enterococcus faecalis, Gardnerella vaginalis, Staphylococcus aureus (metisillinga chidamli shtammlari)£, Streptococcus agalactisae, Streptococcus pneumonia1, Streptococcus pyogenes va boshqa beta-gemolitik streptokokklar, Streptococcus viridans guruhi.
Grammanfiy aeroblar: Actinobacillus actinomycetemcomitans, Capnocytophaga spp., Eikenella corrodens, Haemophilus influenza2, Moraxella catarrhalis, Neisseria gonorrhoeae§, Pasteurella multocida.
Anaeroblar: Bacteroides fragilis, Fusobacterium nucleatum, Prevotella spp.
Orttirilgan chidamlilik rivojlanishi mumkin bo‘lgan turlar
Grammusbat aeroblar: Enterococcus faecium$
Grammanfiy aeroblar: Escherichia coli, Klebsiella oxytoca, Klebsiella pneumonia, Proteus mirabilis, Proteus vulgaris
Tabiiy chidamliligi bo‘lgan turlar
Grammanfiy aeroblar: Acinetobacter spp. Citrobacter freundii, Enterobacter spp., Legionella pneumopnila, Morganella morganii, Providencia spp., Pseudomonas spp., Serratia spp., Stenotrophomas maltophilia
Boshqa mikroorganizmlar: Chlamydia pneumonia, Chlamydia psittaci, Caxiella burnetti, Mycoplasma pneumoniae.
$ Orttirilgan chidamlilik mexanizmi yo‘qligida, tabiiy oraliq sezuvchanlik.
£ Metisillinga chidamli barcha stafilokokklar amoksisillin/klavulanat kislotasiga ham chidamlidir.
- Beta-laktamazalarga bog‘liq bo‘lmagan, amoksisillinga chidamliligi bo‘lgan barcha shtammlar amoksisillin/klavulanat kislotasiga chidamlidir.
1 Streptococcus pneumonia ning penisillinga chidamli shtammlari chaqirgan infeksiyalarni, preparatning ushbu dori shakli bilan davolash mumkin emas (“Qo‘llash usuli va dozalari” va “Maxsus ko‘rsatmalar” ga qarang).
2 Yevropa Ittifoqining ayrim mamlakatlarida 10% dan yuqori tezlikda uchraydigan, sezuvchanligi past shtammlari aniqlangan.
Farmakokinetikasi
Sog‘lom ko‘ngillilarga amoksisillin/klavulanat kislotasini 500 mg/100 mg yoki 1000 mg/200 mg dozalarda vena ichiga bolyus ravishda yuborilganida, zardobda o‘rtacha maksimal konsentrasiyasi muvofiq ravishda amoksisillin uchun 32,2 va 105,4 mkg/ml ni va klavulanat kislotasi uchun 10,5 va 28,5 mkg/ml ni tashkil qilgan. T1/2 ko‘rsatkichlari muvofiq ravishda amoksisillin uchun 1,07 va 0,9 soatni va klavulanat kislotasi uchun 1,12 va 0,9 soatni tashkil qilgan. AUC qiymati muvofiq ravishda amoksisillin uchun 25,5 va 76,3 soat mg/l va klavulanat kislotasi uchun 9,2 va 27,9 soat mg/l ni tashkil qilgan. Siydik bilan chiqarilishi esa (%, 0 soatdan 6 soatgacha) muvofiq ravishda amoksisillin uchun 66,5 va 77,4 ni va klavulanat kislotasi uchun 46,0 va 63,8 ni tashkil qilgan.
Qon plazmasidagi klavulanat kislotasining umumiy miqdorini taxminan 25% va amoksisillinning umumiy miqdorini taxminan 18% oqsillar bilan bog‘langan holda bo‘ladi. Taxminiy taqsimlanish hajmi amoksisillin uchun taxminan 0,3-0,4 l/kg va klavulanat kislotasi uchun taxminan 0,2 l/kg ni tashkil qiladi.
Vena ichiga yuborilganidan so‘ng amoksisillin va klavulanat kislotasi qovuq, qorin devori to‘qimalari, teri, yog‘ to‘qimasi, mushak to‘qimalari, sinovial va peritoneal suyuqliklarda, safro va yiringda aniqlanadi. Amoksisillin orqa miya suyuqligiga yetarli darajada kirmaydi.
Klinik oldi tadqiqotlarida har ikkala faol moddalarning hosilalarini ahamiyatli darajada tutilishi xususida hech qanday dalillar olinmagan. Amoksisillin ko‘pchilik penisillinlar kabi ko‘krak sutiga o‘tadi. Klavulanat kislotasining juda oz miqdori ham ko‘krak sutida aniqlanadi (“Homiladorlik va emizish” bo‘limiga qarang).
Amoksisillin dastlabki dozasining maksimum 10-25% ga ekvivalent bo‘lgan hajmlarda nofaol penisil kislotasi shaklida siydik bilan qisman chiqariladi. Klavulanat kislotasi odam organizmida jadal metabolizmga uchraydi, siydik va axlat bilan, shuningdek nafas bilan karbonat angidridi holida chiqariladi.
Amoksisillin/klavulanat kislotasining majmuasi sog‘lom ko‘ngillilarda o‘rtacha yarim chiqarilish davri taxminan bir soat va o‘rtacha umumiy klirensi taxminan 25 l/soat bilan ifodalanadi. Preparat 500/100 mg yoki 1000/200 mg dozalarda vena ichiga bolyus holda bir marta yuborilganidan so‘ng amoksisillinning taxminan 60-70% va klavulan kislotasining taxminan 40-65% birinchi 6 soat davomida siydik bilan o‘zgarmagan holda chiqariladi. Turli tadqiqot natijalariga muvofiq 24 soatlik davr davomida siydik bilan chiqarilish darajasi amoksisillin uchun 50-85% va klavulanat kislotasi uchun 27-60% ni tashkil qiladi. Klavulanat kislotasining maksimal hajmi preparat yuborilganidan keyin birinchi 2 soat davomida chiqariladi.
Yosh
3 oylikdan 2 yoshgacha bo‘lgan bolalar, kattaroq yoshdagi bolalar va kattalarda amoksisillinning yarim chiqarilish davri bir xil. Juda kichik yoshdagi bolalarga (shu jumladan, chala tug‘ilgan chaqaloqlarga) hayotining birinchi haftasida buyraklar orqali chiqarish yo‘li yetilmaganligi sababli preparatni kuniga ikki martadan ortiq yuborish mumkin emas. Keksa yoshdagi shaxslarda buyraklar funksiyasini pasayish ehtimoli oshganligi sababli, preparatning dozasini ehtiyotkorlik bilan tanlash kerak, shuningdek buyraklar funksiyasini monitoring qilish talab qilinishi mumkin.
Buyraklar funksiyasini buzilishi
Amoksisillin/klavulanat kislotasining plazmadan umumiy klirensi buyraklar funksiyasini pasayishiga proporsional ravishda pasayadi. Klirensini pasayishi klavulanat kislotasiga nisbatan amoksisillinda yaqqolroq kechadi, chunki amoksisillinning ko‘proq qismi buyraklar orqali chiqariladi. Shunday qilib, buyrak yetishmovchiligida ishlatiladigan dozalari klavulanat kislotasini adekvat darajada tutib turishda amoksisillinni haddan tashqari ko‘p to‘planishiga to‘sqinlik qilishi kerak (“Qo‘llash usuli va dozalari” ga qarang).
Jigar yetishmovchiligi
Jigar yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarga preparat ehtiyotkorlik bilan buyuriladi va jigar funksiyasini muntazam monitoring talab etiladi.
Qo‘llanilishi
Amoksiklav kattalar va bolalarda quyidagi infeksiyalarni davolash uchun qo‘llanadi:
- og‘ir otolaringologik infeksiyalar (masalan, mastoidit, peritonzillyar abssess, epiglottit, kasallikning tizimli ko‘rinishlarini og‘ir belgilari bo‘lgan sinusit);
- surunkali bronxitni zo‘rayishi (muvofiq ravishda tashhis qo‘yilganida);
- kasalxonadan tashqari pnevmoniya;
- sistit;
- pielonefrit;
- teri va yumshoq to‘qimalarning infeksiyalari, xususan teri osti yog‘ kletchatkasini yallig‘lanishi, hayvonlar tishlashi oqibatidagi jarohatlar, tishlarning tarqalgan flegmonali og‘ir abssesslari;
- suyak va bo‘g‘imlarning infeksiyalari, xususan osteomielit;
- intraabdominal infeksiyalar;
- ayollarda jinsiy a‘zolar infeksiyalari.
Katta yoshdagi shaxslarda yirik jarrohlik aralashuvlari, shu jumladan quyidagi sohalarda o‘tkazilgan operasiyalar bilan bog‘liq infeksiyalarni oldini olish:
- me‘da-ichak yo‘llari;
- chanoq bo‘shlig‘i;
- bosh va bo‘yin;
- o‘t chiqarish yo‘llari.
Antibakterial preparatlarni muvofiq ravishda qo‘llash bo‘yicha rasmiy qo‘llanmalarni hisobga olish kerak.
Qo‘llash usuli va dozalari
Agar dozasi alohida komponentining miqdoriga mos kelishi ko‘rsatilmagan bo‘lsa, dozalar amoksisillin/klavulanat kislotasining miqdorini ko‘rsatadi.
Alohida infeksiyalarni davolash uchun Amoksiklavning dozasini tanlash quyidagi omillarga asoslanishi kerak:
- taxmin qilingan qo‘zg‘atuvchilar va ularni antibakterial preparatlarga sezuvchanligi;
- infeksiyaning og‘irligi va joylashishi;
- yoshi, tana vazni va buyraklar funksiyasi, keyinroq ko‘rsatilgan.
Amoksiklavning boshqa dori shakllarini (masalan, amoksisillinning yuqoriroq dozalari va/yoki amoksisillin/klavulanat kislotasining boshqacha nisbati) qo‘llash mumkinligi zaruratga qarab ko‘rib chiqiladi.
Amoksiklavni ushbu dori shakli quyida keltirilgan tavsiyalarga muvofiq qo‘llanganida amoksisillinning umumiy sutkalik dozasi 3000 mg va klavulanat kislotasiniki 600 mg bo‘lishini ta‘minlaydi. Amoksisillinning yuqori sutkalik dozalarini qo‘llash zarurati bo‘lganida, klavulanat kislotasining ko‘zda tutilmagan yuqori sutkalik dozalarini yuborishni oldini olish maqsadida, amoksisillin/klavulanat kislotasining vena ichiga yuboriladigan boshqa dori shaklini tanlash tavsiya qilinadi.
Davolash davomiyligi pasientning davolashga javob reaksiyasiga qarab aniqlanadi. Ayrim infeksiyalar (masalan, osteomielit) uzoqroq davolashni talab etadi. Davolash davomiyligi o‘zgartirishsiz 14 kundan oshmasligi kerak (“Maxsus ko‘rsatmalar” bo‘limidagi davolash davomiyligi haqidagi ma‘lumotga qarang).
Amoksisillin/klavulanat kislotasini yuborish tez-tezligi bo‘yicha mahalliy qo‘llanmalarni hisobga olish kerak.
Kattalar va tana vazni ≥ 40 kg bolalar
“Qo‘llanilishi” bo‘limida keltirilgan infeksiyalarni davolash: 1000 mg/200 mg dan har 8 soatda yuboriladi.
Intraoperasion profilaktika
Davomiyligi 1 soatdan kam bo‘lgan jarrohlik aralashuvlarida narkozga kirish vaqtida tavsiya qilingan 1000 mg/200 mg dan 2000 mg/200 mg gacha dozalarda yuboriladi (vena ichiga yuboriladigan boshqa dori shakllari hisobiga 2000 mg/200 mg dozaga erishish mumkin). Davomiyligi 1 soatdan ortiq bo‘lgan jarrohlik aralashuvlarida narkozga kirish vaqtida tavsiya qilingan 1000 mg/200 mg dan 2000 mg/200 mg gacha dozalarda, 24 soat davomida 1000 mg/200 mg dozada maksimum uch marta yuboriladi. Operasiya vaqtida infeksiyaning aniq klinik belgilarini aniqlash operasiyadan keyingi davrda antibiotiklarni vena ichiga yuborish yoki og‘iz orqali qabul qilishni odatdagi kursini o‘tkazish zarurati bilan ifodalanadi.
Tana vazni < 40 kg bo‘lgan bolalar
Tavsiya qilingan dozalari:
- 3 oylik va undan katta bolalar: tana vazniga 25 mg/5 mg dan har 8 soatda yuboriladi.
- 3 oylikkacha yoki tana vazni 4 kg dan kam bo‘lgan bolalar: tana vazniga 25 mg/5 mg dan har 12 soatda yuboriladi.
Keksa yoshdagi pasientlar
Dozaga tuzatish kiritish talab qilinmaydi.
Buyrak yetishmovchiligi
Dozaga tuzatish kiritish amoksisillinni tavsiya qilingan maksimal darajasidan kelib chiqib amalga oshiriladi.
Kreatinin klirensi ko‘rsatkichlari minutiga 30 ml dan yuqori bo‘lgan pasientlarga dozaga tuzatish kiritish talab qilinmaydi.
Kattalar va tana vazni ≥ 40 kg bo‘lgan bolalar
| KK: minutiga 10-30 ml | Boshlang‘ich doza 1000 mg/200 mg, so‘ngra 500 mg/100 mg dan kuniga ikki marta yuboriladi. |
| KK: <10 ml/min | Boshlang‘ich doza 1000 mg/200 mg, so‘ngra 500 mg/100 mg dan har 24 soatda yuboriladi. |
| Gemodializ | Boshlang‘ich doza 1000 mg/200 mg, so‘ngra 500 mg/100 mg dan har 24 soatda, dializni yakunida qo‘shimcha 500 mg/100 mg doza (zardobda amoksisillin va klavulanat kislotasining konsentrasiyasi pasayganligi sababli) yuboriladi. |
Tana vazni < 40 kg bo‘lgan bolalar
| KK: minutiga 10-30 ml | Tana vazniga 25 mg/5 mg dan har 12 soatda yuboriladi. |
| KK: <10 ml/min | Tana vazniga 25 mg/5 mg dan har 24 soatda yuboriladi. |
| Gemodializ | Tana vazniga 25 mg/5 mg dan har 24 soatda, dializni yakunida tana vazniga qo‘shimcha 12,5 mg/2,5 mg doza (zardobda amoksisillin va klavulan kislotasining konsentrasiyasi pasayganligi sababli) yuboriladi. |
Jigar yetishmovchiligi
Davolash ehtiyotkorlik bilan olib boriladi. Jigar funksiyasini muntazam ravishda monitoring qilish shart (“Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar” va “Maxsus ko‘rsatmalar”ga qarang).
Qo‘llash usuli
Vena ichiga yuborish uchun mo‘ljallangan.
Preparat venaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri 3-4 minut davomida vena ichiga sekin in‘eksiya ko‘rinishida yoki tomchilagich orqali 30-40 minut davomida infuziya ko‘rinishida yuboriladi.
Amoksiklav mushak ichiga yuborish uchun mo‘ljallanmagan.
3 oylikdan kichik bo‘lgan bolalarga Amoksiklavni faqat infuziya holida yuborish mumkin. Amoksiklav bilan davolashni vena ichiga yuboriladigan dori shakli bilan boshlash mumkin, agar konkret bir pasient uchun maqsadga muvofiq deb hisoblansa, peroral dori shakli bilan tugatish mumkin.
Vena ichiga in‘eksiya uchun
Amoksiklav 1000 mg/200 mg: flakonning ichidagisi in‘eksiya uchun 20 ml hajmdagi suv bilan suyultiriladi.
Suyultirilgan eritma och-sariq rangda bo‘ladi.
Vena ichiga yuboriladigan in‘eksiyalar suyultirilgandan so‘ng 20 minut davomida sekin yuboriladi. Vena ichiga yuborish uchun faqat tiniq eritma yaroqlidir.
Vena ichiga infuziya uchun
Amoksiklavni 1000 mg/200 mg suyultirilgan eritmasi (20 ml in‘eksiya uchun suvda) 100 ml infuzion eritmaga qo‘shiladi.
Suyultirilgan eritma och-sariq rangda bo‘ladi.
Tayyorlangan eritmani kimyoviy va fizikaviy turg‘unligi 250 S haroratda 3-4 soat, 50 S haroratda 8 soat davomida saqlanadi. Mikrobiologik nuqtai nazaridan vena ichiga infuziya uchun tayyorlangan eritmani darhol qo‘llash kerak. Infuziyani davomiyligi taxminan 30-40 minutni tashkil etadi.
Nomutanosibligi
Dori vositasini qon va uning hosilalari, oqsil gidrolizatlari yoki vena ichiga yuboriladigan lipid emulsiyalariga o‘xshash boshqa oqsil suyuqliklari bilan aralashtirish mumkin emas. Agar Amoksiklav aminoglikozidlar bilan birga buyurilsa, antibiotiklarni bitta shprisda, tomchilagichda yoki turli xil boshqa infuzion sistemalarda aralashtirish mumkin emas, chunki bu sharoitda aminoglikozidlarning faolligi yo‘qolishi ro‘y berishi mumkin.
Amoksiklavni barqarorligi glyukoza, dekstran yoki bikarbonatlarni saqlaydigan infuzion eritmalarda kamroq.
Boshqa dori vositalari bilan aralashtirilmasin.
Amoksisillinni aminoglikozidlarga nisbatan faolsizlantiruvchi ta‘siri sababli, ularni in vitro sharoitida aralashtirishdan saqlanish kerak.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Nojo‘ya samaralarni rivojlanish tez-tezligini tasniflash uchun quyidagi mezonlardan foydalanilgan:
Juda tez-tez (≥1/10),
Tez-tez (≥1/100 dan <1/10 gacha),
Tez-tez emas (≥1/1000 dan <1/100 gacha),
Kam hollarda (≥1/10000 dan <1/1000 gacha),
Juda kam hollarda (<1/10000),
Tez-tezligi noma‘lum (ma‘lum bo‘lgan ma‘lumotlar bo‘yicha baholash mumkin emas).
Eng ko‘p kuzatiladigan nojo‘ya reaksiyalarga diareya, ko‘ngil aynishi va qusish kiradi.
Infeksion va parazitar kasalliklar
Tez-tez: teri va shilliq qavatlar kandidozi;
Tez-tezligi noma‘lum: sezgir bo‘lmagan mikroorganizmlarni haddan tashqari ko‘payishi;
Qon va limfatik tizimi tomonidan buzilishlar:
Kam hollarda: qaytuvchan leykopeniya (shu jumladan neytropeniya), trombositopeniya;
Tez-tezligi noma‘lum: qaytuvchan agranulositoz, gemolitik anemiya, qon ketish vaqti va protrombin vaqtini uzayishi;
Immun tizim tomonidan buzilishlar:
Tez-tezligi noma‘lum: angionevrotik shish, anafilaksiya, zardob kasalligiga o‘xshash sindrom, o‘ta yuqori sezuvchanlik vaskuliti;
Nerv tizimi tomonidan buzilishlar:
Tez-tez emas: bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i;
Tez-tezligi noma‘lum: tirishishlar;
Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar:
Tez-tez: diareya;
Tez-tez emas: ko‘ngil aynishi, qusish, ovqatni hazm bo‘lmasligi;
Tez-tezligi noma‘lum: antibiotiklarni qo‘llanishi oqibatidagi qo‘zg‘atgan kolit (shu jumladan, soxtamembranoz kolit va gemorragik kolit, “Maxsus ko‘rsatmalar”ga qarang);
Jigar va o‘t chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar
Tez-tez emas: AST va ALT darajalarini oshishi (o‘rtacha oshishi beta-laktam antibiotiklarini qabul qilgan pasientlarda kuzatilgan, biroq bu kuzatishlarni qiymati noma‘lum);
Tez-tezligi noma‘lum: gepatit, xolestatik sariqlik (bu nojo‘ya ko‘rinishlar boshqa penisillinlar va sefalosporinlarni qo‘llash fonida kuzatilgan, “Maxsus ko‘rsatmalar”ga qarang);
Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan buzilishlar
Terida har qanday o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari rivojlanganida davolashni to‘xtatish kerak (“Maxsus ko‘rsatmalar va ehtiyotkorlik choralari”ga qarang);
Tez-tez emas: teri toshmalari, qichishishi, eshakemi;
Kam hollarda: ko‘p shaklli eritema;
Tez-tezligi noma‘lum: Stivens-Djonson sindromi, toksik epidermal nekroliz, bullyoz eksfoliativ dermatit, o‘tkir tarqoq ekzantematoz pustulez (O‘TEP) (“Maxsus ko‘rsatmalar”ga qarang);
Buyraklar va siydik chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar:
Tez-tezligi noma‘lum: interstisial nefrit, kristalluriya.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Preparatni faol moddalariga yoki har qanday penisillinlarga o‘ta yuqori sezuvchanlik.
- Boshqa beta-laktam preparatlariga (masalan, sefalosporinlar, karbapenemlar yoki monobaktamlarga) zudlik bilan kechuvchi (masalan, anafilaksiya) o‘ta yuqori sezuvchanlik og‘ir reaksiyalari.
- Sariqlik yoki anamnezida amoksisillin/klavulanat kislotasini qo‘llash fonidagi jigarni boshqa shikastlanishida qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Peroral antikoagulyantlar
Amoksisillin bilan davolash kursi fonida asenokumarol yoki varfarin bilan tutib turuvchi davolanayotgan pasientlarda xalqaro normallashtirilgan nisbatni oshish hollari ta‘riflangan. Bir vaqtda buyurish zarurati tug‘ilganda davolashni boshlash vaqtida va amoksisillin bekor qilinganida protrombin vaqti yoki xalqaro normallashtirilgan nisbatni sinchiklab monitoring qilish kerak. Bundan tashqari, peroral antikoagulyantlarning dozalariga tuzatish kiritish talab qilinishi mumkin.
Metotreksat
Penisillinlar metotreksatni ajralishini pasaytirishi mumkin, bu zaharlanishni kuchayishi bilan kechadi.
Probenesid
Probenesidni bir vaqtda qo‘llash tavsiya etilmaydi. Probenesid buyrak kanalchalarida amoksisillinni sekresiyasini pasaytiradi. Probenesidni Amoksiklav bilan bir vaqtda qo‘llash qonda amoksisillinning darajasini (ammo klavulanat kislotasini emas) va ularni uzoq vaqt ushlanib qolishiga olib kelishi mumkin.
Mikofenolat mofetili
Mikofenolat mofetili qabul qiluvchi pasientlarda amoksisillin va klavulanat kislotasi preparatini peroral qo‘llash boshlangandan so‘ng metofenil kislotalarini (MFK) faol metabolitlarini konsentrasiyasi taxminan 50% ga pasaygani mikofenolat mofetilini keyingi dozalarini qabul qilishdan oldin kuzatilgan. Bunday MFK konsentrasiyalarini navbatdagi dozalarni qabul qilishdan oldin o‘zgarishi MFK ning umumiy ekspozisiyasini o‘zgarishi haqida guvohlik bermaydi. Shu bilan bir qatorda, transplantat disfunksiyasini klinik belgilari bo‘lmaganda odatda mikofenolat mofetilni dozasini o‘zgatirishga zarurat yo‘q. Shunga qaramay, mana shunday majmuaviy davolash vaqtida va antibiotik bilan davolash tugagandan biroz vaqt o‘tgandan keyin sinchkov tibbiy kuzatuv olib borish kerak.
Maxsus ko‘rsatmalar
Amoksisillin/klavulanat kislotasi bilan davolashni boshlashdan oldin penisillinlar, sefalosporinlar yoki boshqa beta-laktam preparatlariga o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalarini borligi yuzasidan anamnezni sinchkovlik bilan yig‘ish kerak (“Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar” va “Nojo‘ya ta‘sirlari” ga qarang).
Penisillinlar bilan davolash fonida jiddiy va davriy o‘limga olib keluvchi o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari (anafilaktoid reaksiyalar) kuzatilgan. Ular ko‘proq anamnezida atopiyasi va penisillinlarga o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari bo‘lgan pasientlarda rivojlanadi. Allergik reaksiyalar rivojlanganida Amoksiklav bilan davolashni to‘xtatish va boshqa muvofiq keluvchi antibakterial preparatlarni buyurish kerak.
Amoksisillinga infeksiya qo‘zg‘atuvchilarni sezuvchanligi isbotlangan hollarda rasmiy qo‘llanmalarga muvofiq Amoksiklavdan amoksisillinga o‘tish variantini ko‘rib chiqish kerak.
Agar taxmin qilinayotgan qo‘zg‘atuvchilar klavulanat kislotasining ingibisiya qiluvchi ta‘siriga sezgir, beta-laktamazalar bilan bog‘liq bo‘lmagan, beta-laktam preparatlarga rezistentlik xavfi yuqori bo‘lsa, preparatning ushbu dori shakli qo‘llash uchun yaroqsizdir.
Qo‘llash ko‘rsatmalari
- Preparatga sezgir mikroorganizmlar chaqirgan infektsion-yallig'lanish kasalliklarini davolash: — nafas yo'llari yuqori bo'limlari va LOR-a'zolari infektsiyalari (sh.j. o'tkir va surunkali sinusit, o'tkir va surunkali o'rta otit, halqum orti xo'ppozi, tonzillit, faringit); — nafas yo'llari quyi bo'limlari infektsiyalari (sh.j. bakterial superinfektsiyali o'tkir bronxit, surunkali bronxit, pnevmoniya); — siydik chiqarish yo'llari infektsiyalari; — ginekologik infektsiyalar; — teri va yumshoq to'qimalar infektsiyalari, odam va hayvonlar tishlashini qo'shganda; — suyak va bo'g'imlar infektsiyalari; — qorin bo'shlig'i infektsiyalari, sh.j. o't yo'llari (xoletsistit, xolangit); — odontogen infektsiyalar; — jinsiy yo'l bilan yuqadigan infektsiyalar (gonoreya, shankroid); — jarrohlik aralashuvlaridan keyingi infektsiyalar profilaktikasi.
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
- — amoksitsillin yoki klavulan kislotasiga yuqori sezuvchanlik; — anamnezda amoksitsillin/klavulan kislotasi qabul qilish sababli kelib chiqqan xolestatik sariqlik yoki jigar funksiyasining buzilishi ko‘rsatilganligi. Sefalosporin qatori antibiotiklariga ma’lum yuqori sezuvchanligi bo‘lgan bemorlarga, anamnezda soxtamembranoz kolit, jigar yetishmovchiligi, buyrak funksiyasining og‘ir buzilishlarida preparat ehtiyotkorlik bilan tayinlanadi. Yuqumli mononukleoz va limfoleykoz bilan og‘rigan, ampitsillin qabul qilgan ko‘p sonli bemorlarda eritematoz toshma paydo bo‘lishi kuzatilganligi sababli, bunday bemorlar uchun ampitsillin guruhi antibiotiklarini qo‘llash tavsiya etilmaydi
Tarkibi
- amoksitsillin (natriy tuzi shaklida) 1 g klavulan kislotasi (kaliy tuzi shaklida) 200 mg amoksitsillin (natriy tuzi shaklida) 500 mg klavulan kislotasi (kaliy tuzi shaklida) 100 mg amoksitsillin trigidrati 1004.5 mg, bu amoksitsillin 875 mg miqdoriga mos keladi kaliy klavulanati 148.87 mg, bu klavulan kislotasi 125 mg miqdoriga mos keladi Yordamchi moddalar: tropik aralashma aromatizatori, shirin apelsin aromatizatori, aspartam, suvsiz kolloid kremniy dioksidi, temir (III) oksidi sariq (E172), talk, gidrogenlangan kanakunjut moyi, kremniy saqlovchi mikrokristall tsellyuloza amoksitsillin trigidrati 574 mg, bu amoksitsillin 500 mg miqdoriga mos keladi kaliy klavulanati 148.87 mg, bu klavulan kislotasi 125 mg miqdoriga mos keladi Yordamchi moddalar: tropik aralashma aromatizatori, shirin apelsin aromatizatori, aspartam, suvsiz kolloid kremniy dioksidi, temir (III) oksidi sariq (E172), talk, gidrogenlangan kanakunjut moyi, kremniy saqlovchi mikrokristall tsellyuloza Har 5 ml 400 mg+57mg/5 ml suspenziya saqlaydi: faol moddalar: amoksitsillin (trigidrat shaklida) faol moddaga qayta hisoblanganda - 400 mg; klavulan kislotasi (kaliy tuzi shaklida) faol moddaga qayta hisoblanganda - 57 mg; yordamchi moddalar: limon kislotasi (suvsiz) - 2,694 mg; natriy sitrat (suvsiz) - 8,335 mg; mikrokristall tsellyuloza va karmelloza natriy - 28,1 mg; ksantan yelimi - 10,0 mg; kolloid kremniy dioksidi - 16,667 mg; kremniy dioksidi - 0,217 g; yovvoyi olcha aromatizatori - 4,000 mg; limon aromatizatori - 4,000 mg; natriy saxarinat - 5,500 mg; mannitol 1250 mg gacha.
Farmakodinamikasi
Amoksitsillin yarim sintetik penitsillin (beta-laktam antibiotik) bo'lib, bakteriya hujayra devorining ajralmas qismi bo'lgan peptidoglikanning biosintezida bir yoki bir nechta fermentlarni (ko'pincha penitsillinni bog'lovchi oqsillar deb ataladi) inhibe qiladi. Peptidoglikan sintezini inhibe qilish hujayra devori kuchini yo'qotishiga olib keladi, bu odatda hujayra lizisiga va o'limga olib keladi.
Amoksitsillin chidamli bakteriyalar tomonidan ishlab chiqarilgan beta-laktamazalar tomonidan yo'q qilinadi.
Klavulan kislotasi tuzilish jihatidan penitsillinlarga o'xshash beta-laktamdir. Ba'zi beta-laktamazalarni inhibe qiladi va shu bilan amoksitsillinning inaktivatsiyasini oldini oladi. O'z-o'zidan klavulan kislotasi klinik jihatdan foydali antibakterial ta'sirga ega emas.
Konsentratsiyani minimal inhibitiv (T> MIC) dan yuqori ushlab turish vaqti amoksitsillin samaradorligining asosiy belgilovchisi sifatida tan olinadi.
Alohida turlarda qarshilikning tarqalishi geografik va vaqtinchalik jihatdan bog'liq va shuning uchun antibiotiklarga chidamlilik to'g'risida mahalliy ma'lumotlarni olish maqsadga muvofiqdir, ayniqsa og'ir infektsiyalar bo'lsa. Antibiotik qarshiligining mahalliy ko'rsatkichlari preparatning hech bo'lmaganda ayrim turdagi infektsiyalar uchun mosligiga shubha tug'diradigan hollarda, siz tegishli mutaxassislardan yordam so'rashingiz kerak.
Odatda sezgir turlar
Gram-musbat aeroblar: Enterococcus faecalis, Gardnerella vaginalis, Staphylococcus aureus (metitsillinga sezgir shtammlar), Streptococcus agalacticae, Streptococcus pneumoniae1, Streptococcus pyogenes va boshqa beta-gemolitik streptoccis streptoccis guruhi,
Gram-manfiy aeroblar: Actinobacillus actinomycetemcomitans, Capnocytophaga spp., Eikenella corrodens, Haemophilus influenzae2, Moraxella catarrhalis, Neisseria gonorrhoeae§, Pasteurella multocida
Anaeroblar: Bacteroides fragilis, Fusobacterium nucleatum, Prevotella spp.
Olingan qarshilik rivojlanishi mumkin bo'lgan turlar
Gram-musbat aeroblar: Enterococcus faecium $
Gram-manfiy aeroblar: ichak tayoqchasi, Klebsiella oxytoca, Klebsiella pneumoniae, Proteus mirabilis, Proteus vulgaris
Tabiiy qarshilikka ega turlar
Gram-manfiy aeroblar: Acinetobacter sp., Citrobacter freundii, Enterobacter sp., Legionella pneumophila, Morganela morganii, Providencia spp, Pseudomonas sp., Serratia sp., Stenotrophomonas maltophilia
Boshqa mikroorganizmlar: Chlamydia trachomatis, Chlamydophila pneumoniae, Clamydophila psittaci, Coxiella burnetti, Mycoplasma pneumoniae
$ Olingan qarshilik mexanizmi bo'lmaganda tabiiy oraliq sezuvchanlik.
£ Metitsillinga chidamli barcha stafilokokklar amoksitsillin/klavulan kislotasiga chidamli.
§ Amoksitsillinga beta-laktamaza bo'lmagan qarshilikka ega bo'lgan barcha shtammlar amoksitsillin/klavulan kislotasiga chidamli.
1 Streptococcus pneumonia ning penitsillinga chidamli shtammlari keltirib chiqaradigan infektsiyalarni ushbu preparat bilan davolash mumkin emas (qarang: "Qo'llash dozalari va usuli" va "Ehtiyot choralari").
2 Ba'zi Evropa Ittifoqi mamlakatlarida 10% dan yuqori chastotada yuzaga keladigan sezgirligi pasaygan shtammlar aniqlangan.
Farmakokinetikasi
Farmakologik ta'siri
Nojo'ya ta'sirlar
- Nojo'ya ta'sirlar ko'pchilik hollarda kuchsiz ifodalangan va o'tkinchi. Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: ishtaha yo'qolishi, ko'ngil aynishi, qusish, diareya; kamdan-kam hollarda - qorinda og'riq, jigar funktsiyasining buzilishi, jigar fermentlari (ALT yoki AST) faolligining oshishi; yakka hollarda - xolestatik sariqlik, gepatit, soxtamembranoz kolit. Allergik reaktsiyalar: qichishish, eshakemi, eritematoz toshma; kamdan-kam hollarda - ko'p shaklli ekssudativ eritema, angionevrotik shish, anafilaktik shok, allergik vaskulit; yakka hollarda - eksfoliativ dermatit, Stivens-Djonson sindromi, o'tkir tarqalgan ekzantematoz pustulyoz. Qon yaratish tizimi va limfa tizimi tomonidan: kamdan-kam hollarda - qaytuvchan leykopeniya (shu jumladan neytropeniya), trombotsitopeniya; juda kamdan-kam hollarda - gemolitik anemiya, protrombin vaqtining qaytuvchan uzayishi (antikoagulyantlar bilan birga qo'llanilganda), eozinofiliya, pantsitopeniya. Asab tizimi tomonidan: bosh aylanishi, bosh og'rig'i; juda kamdan-kam hollarda - tirishishlar (buyrak funktsiyasi buzilgan bemorlarda preparat yuqori dozalarda qabul qilinganda namoyon bo'lishi mumkin), giperfaollik, xavotir hissi, uyqusizlik. Siydik chiqarish tizimi tomonidan: juda kamdan-kam hollarda - interstitsial nefrit, kristalluriya. Boshqalar: kamdan-kam hollarda - superinfektsiya rivojlanishi (shu jumladan kandidoz).
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi
Homiladorlik paytida preparatni qo'llash bo'yicha cheklangan ma'lumotlar konjenital anomaliyalar xavfini oshirmaydi. Membrananing muddatidan oldin yorilishi bo'lgan ayollarda amoksitsillin/klavulan kislotasi bilan profilaktik davolash neonatal nekrotizan enterokolit xavfini oshirishi mumkin. Agar shifokor davolanishni zarur deb hisoblamasa, homiladorlik paytida preparatni qo'llashdan qochish kerak.
Ikkala faol modda ham ona suti bilan chiqariladi. Emizgan chaqaloqlarda diareya va shilliq qavatning qo'ziqorin infektsiyalari rivojlanishi mumkin, bu esa emizishni to'xtatishni talab qilishi mumkin. Sensibilizatsiyani rivojlanish imkoniyatini hisobga olish kerak. Emizishda preparat bilan davolash faqat davolovchi shifokor tomonidan foyda-xavf nisbati baholangandan keyin mumkin.
Jigar faoliyati buzilganida
Ehtiyotkorlik bilan qo‘llanishi kerak. Jigar funksiyasini muntazam ravishda nazorat qilib borish kerak
Dozirovkasi
- 1000 mg + 200 mg 1000 mg+200 mg 125 mg + 31,25 mg/5 ml 250 mg + 62,5 mg/5 ml 250 mg+125 mg 400 mg + 57 mg/5 ml 500 mg + 100 mg 500 mg + 125 mg 500 mg+125 mg 875 mg + 125 mg 875 mg+125 mg
Dozani oshirib yuborilishi
Dori shaklining ta'rifi
- Vena ichiga yuborish uchun eritma tayyorlash uchun kukun Vena ichiga yuborish uchun eritma tayyorlash uchun kukun oqdan sarg'ish-oq ranggacha. Vena ichiga yuborish uchun eritma tayyorlash uchun kukun oqdan sarg'ish-oq ranggacha. Ichish uchun suspenziya tayyorlash uchun kukun kukun: oqdan sarg'ish-oq ranggacha. suspenziya: deyarli oqdan sariq ranggacha bo'lgan gomogen suspenziya. Dispertsiyalanuvchi tabletkalar Parda qobiq bilan qoplangan tabletkalar Parda qobiq bilan qoplangan tabletkalar
Maxsus ko‘rsatmalari
Terapiya boshlanishidan oldin penitsillinlar, sefalosporinlar yoki boshqa beta-laktam preparatlariga yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari uchun to'liq anamnez olinadi ("Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar" va "Yon ta'sirlar" bo'limiga qarang).
Penitsillin bilan davolash paytida jiddiy va ba'zan o'limga olib keladigan yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari (shu jumladan anafilaktoid va og'ir teri nojo'ya reaktsiyalari) kuzatilgan. Ular penitsillinlarga yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari bo'lgan va atopiya tarixi bo'lgan bemorlarda rivojlanishi ehtimoli ko'proq. Allergiya reaktsiyasi bo'lsa, Amoksiklav terapiyasi to'xtatiladi va boshqa tegishli antibakterial preparatlar buyuriladi.
Yuqumli agentlarning amoksitsillinga sezgirligi tasdiqlangan hollarda, rasmiy ko'rsatmalarga muvofiq Amoksiklavdan amoksitsillinga o'tishni ko'rib chiqish kerak.
Preparatni chiqarishning ushbu shakli, agar shubha qilingan patogenlar klavulan kislotasining inhibitiv ta'siriga sezgir bo'lgan beta-laktamazalar vositachiligida bo'lmagan beta-laktam preparatlariga qarshilik ko'rsatish xavfi yuqori bo'lsa, foydalanish uchun mos emas.
T > MIC uchun maxsus ma'lumotlar mavjud emasligi va taqqoslanadigan formulalar uchun ma'lumotlar chegaralanganligi sababli, bu formula (qo'shimcha amoksitsillinsiz) penitsillinga chidamli S. pneumoniae infektsiyalarini davolash uchun mos kelmasligi mumkin.
Buyrak funktsiyasi buzilgan bemorlarda va yuqori dozali terapiya olgan bemorlarda soqchilik rivojlanishi mumkin.
Yuqumli mononuklyozga shubha qilingan taqdirda Amoksiklav bilan davolashdan qochish kerak, chunki bu kasallik fonida amoksitsillinni qo'llaganidan keyin qizamiqga o'xshash toshma paydo bo'lishi kuzatilgan.
Amoksitsillin bilan davolash paytida allopurinolni bir vaqtda qo'llash terining allergik reaktsiyalari ehtimolini oshiradi.
Preparatni uzoq muddat qo'llash sezgir bo'lmagan mikroorganizmlarning haddan tashqari ko'payishiga olib kelishi mumkin.
Terapiyaning boshida isitma bilan umumiy eritema rivojlanishi va pustulalarning paydo bo'lishi o'tkir umumiy ekzantematöz pustulozning potentsial alomatidir ("Yon ta'siri" ga qarang). Bunday reaktsiya Amoksiklav bilan davolashni to'xtatishni talab qiladi va amoksitsillinni keyingi qo'llashga qarshi ko'rsatma hisoblanadi.
Jigar etishmovchiligi bo'lgan bemorlarni davolash ehtiyotkorlik bilan amalga oshiriladi.
Jigardan nojo'ya ta'sirlar asosan erkaklar va keksa bemorlarda kuzatilgan va ular uzoq muddatli davolanish bilan bog'liq. Ushbu noxush hodisalar juda kamdan-kam hollarda bolalarda kuzatilgan. Bemorlarning barcha guruhlarida alomatlar va alomatlar odatda davolanish paytida yoki undan keyin qisqa vaqt ichida rivojlanadi, ammo ba'zi hollarda ular terapiya to'xtatilgandan keyin bir necha hafta o'tgach paydo bo'ladi. Ular odatda qayta tiklanadi. Jigardan jiddiy noxush hodisalar rivojlanishi mumkin, juda kamdan-kam hollarda o'limga olib keladi. Ular deyarli har doim jiddiy asosiy kasalliklari bo'lgan yoki jigarga ta'sir qilishi mumkin bo'lgan birgalikda dori-darmonlarni qabul qilgan bemorlarda kuzatilgan ("Yon ta'sirlar" bo'limiga qarang).
Deyarli barcha antibakterial dorilar, shu jumladan amoksitsillin bilan davolash paytida kuzatilgan antibiotiklar bilan bog'liq kolit holatlari og'irligi engildan hayot uchun xavfligacha farq qilishi mumkin ("Yon ta'sirlar" bo'limiga qarang). Antibiotik terapiyasining har qanday kursi paytida yoki undan keyin diareya bilan og'rigan bemorlarda ushbu tashxisni hisobga olish muhimdir. Agar antibiotiklar bilan bog'liq kolit rivojlansa, Amoksiklav terapiyasi darhol to'xtatiladi, shifokor bilan maslahatlashiladi va tegishli davolash amalga oshiriladi. Bunday holatda peristaltikani susaytiradigan dorilarni qo'llash kontrendikedir.
Uzoq muddatli terapiya paytida turli organ tizimlarining, shu jumladan buyraklar, jigar va gematopoezning funktsiyalarini vaqti-vaqti bilan baholash tavsiya etiladi.
Kamdan kam hollarda preparatni qo'llash fonida protrombin vaqtining uzayishi qayd etilgan. Bir vaqtning o'zida antikoagulyantlarni qabul qilishda koagulyatsiya parametrlarini to'g'ri kuzatish majburiydir. Antikoagulyantning istalgan darajasiga erishish uchun og'iz antikoagulyantlarining dozasini to'g'irlash talab qilinishi mumkin.
Buyrak etishmovchiligi bo'lgan bemorlarda dozani buzilish darajasiga qarab to'g'irlash majburiydir ("Qo'llash usuli va dozalari" bo'limiga qarang).
Diurez pasaygan bemorlarda kristalluriya kamdan-kam hollarda, asosan parenteral terapiya fonida kuzatilgan. Amoksitsillin bilan bog'liq kristalluriya ehtimolini kamaytirish uchun yuqori dozali amoksitsillin bilan davolash paytida etarli miqdorda suyuqlik iste'mol qilish tavsiya etiladi. Quviqqa kateter o'rnatilgan bemorlarda uning o'tkazuvchanligini muntazam ravishda kuzatib borish kerak.
Amoksitsillin bilan davolash paytida siydikdagi glyukoza darajasini baholash glyukoza oksidaza bilan fermentativ usullar yordamida amalga oshiriladi, chunki fermentativ bo'lmagan usullar ba'zida noto'g'ri ijobiy natijalar beradi.
Amoksiklavda klavulan kislotasining mavjudligi IgG va albuminning eritrotsitlar membranalari bilan o'ziga xos bo'lmagan bog'lanishiga olib kelishi mumkin, bu noto'g'ri ijobiy test natijalariga olib kelishi mumkin.Kumbs.
Preparatni qabul qilgan bemorlarda Aspergillus uchun ferment bilan bog'liq immunosorbent tahlilining (ELISA) noto'g'ri ijobiy natijalari holatlari kuzatilgan. Aspergillus bo'lmagan polisaxaridlar va polifuranozlar bilan o'zaro reaktsiyalar Aspergillus uchun Elishay testida qayd etilgan. Amoksiklavni qabul qilgan bemorlarda ijobiy test natijalari ehtiyotkorlik bilan talqin qilinishi va boshqa diagnostika usullari bilan tasdiqlanishi kerak.
Amoksiklav 1000 mg/200 mg inyeksiya uchun kukun tarkibida 1 mmol kaliy (39 mg) mavjud. Buyrak funktsiyasi pasaygan bemorlarda yoki nazorat ostida kaliyli dietada bo'lgan bemorlarda buni hisobga olish kerak.
Amoksiklav 500 mg/100 mg in'ektsiya uchun kukun 1 mmol dan kam kaliyni (39 mg dan kam) o'z ichiga oladi, ya'ni u asosan kaliysiz preparatdir.
Amoksiklav 1000 mg/200 mg tarkibida taxminan 2,7 mmol natriy (63 mg) va Amoksiklav 500 mg/100 mg tarkibida taxminan 1,4 mmol natriy (31,5 mg) mavjud. Bu nazorat ostida natriy dietasidagi bemorlarda e'tiborga olinishi kerak.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Qo‘llash usuli va dozirovkasi
Dozalar amoksitsillin/klavulan kislotasining tarkibini aks ettiradi, agar doza bitta komponentning tarkibiga mos kelishi ko'rsatilmagan bo'lsa.
Muayyan infektsiyalarni davolash uchun dozani tanlashda quyidagi omillar hisobga olinadi:
- shubhali patogenlar va ularning antibakterial preparatlarga mumkin bo'lgan sezuvchanligi;
- infektsiyaning og'irligi va lokalizatsiyasi;
- yosh, tana vazni va buyrak funktsiyasi, quyida ko'rsatilgan.
Preparatni chiqarishning ushbu shakli, quyidagi tavsiyalarga muvofiq foydalanilganda, amoksitsillinning 3000 mg va 600 mg klavulan kislotasining umumiy sutkalik dozasini ta'minlaydi. Agar sizga amoksitsillinning yuqori sutkalik dozasi kerak bo'lsa, klavulan kislotasining haddan tashqari yuqori sutkalik dozalarini kiritishning oldini olish uchun preparatning boshqa tomir ichiga yuborish usulini tanlash tavsiya etiladi.
Davolashning davomiyligi davolanishga javob bilan belgilanadi. Ba'zi infektsiyalar (masalan, osteomielit) uzoqroq davolanishni talab qiladi.
Davolashning davomiyligi qayta ko'rib chiqilmagan holda 14 kundan oshmasligi kerak ("Ehtiyot choralari" bo'limidagi uzoq muddatli terapiya haqida ma'lumotga qarang).
Amoksitsillin/klavulan kislotasini qabul qilishning tegishli chastotasi bo'yicha mahalliy ko'rsatmalarni hisobga olish kerak.
40 kg va undan ortiq og'irlikdagi kattalar va bolalar
"Qo'llash uchun ko'rsatmalar" bo'limida keltirilgan infektsiyalarni davolash: har 8 soatda 1000 mg / 200 mg.
Intraoperativ profilaktika
1 soatdan kam davom etadigan jarrohlik aralashuvlar uchun tavsiya etilgan dozalar behushlikni qo'llash paytida 1000 mg / 200 mg dan 2000 mg / 200 mg gacha (preparatning boshqa intravenöz formulalarini qo'llash orqali 2000 mg / 200 mg dozaga erishish mumkin). ).
1 soatdan ortiq davom etadigan jarrohlik aralashuvlar uchun tavsiya etilgan dozalar behushlik induktsiyasi paytida 1000 mg / 200 mg dan 2000 mg / 200 mg gacha, 24 soat ichida 1000 mg / 200 mg dozada maksimal uch marta. Intraoperativ infektsiyalarning aniq klinik belgilarini aniqlash operatsiyadan keyingi davrda vena ichiga yoki og'iz orqali antibiotik terapiyasining odatiy kursini talab qiladi.
Og'irligi 40 kg dan kam bo'lgan bolalar
Tavsiya etilgan dozalar
• Uch oylik va undan katta yoshdagi bolalar: har 8 soatda 25 mg/5 mg/kg.
• Uch oygacha bo'lgan yoki vazni 4 kg dan kam bo'lgan bolalar: har 12 soatda kg uchun 25 mg/5 mg.
Keksa bemorlar
Dozani sozlash talab qilinmaydi.
buyrak etishmovchiligi
Dozani sozlash amoksitsillinning tavsiya etilgan maksimal darajasiga asoslanadi.
Kreatinin klirensi (CC) 30 ml / min dan yuqori bo'lgan bemorlarda dozani sozlash talab etilmaydi.
40 kg va undan ortiq og'irlikdagi kattalar va bolalar
CC: 10-30 ml / min Boshlang'ich doza 1000 mg / 200 mg, keyin kuniga ikki marta 500 mg / 100 mg
CC: 10 ml / min dan kam Boshlang'ich doza 1000 mg / 200 mg, keyin har 24 soatda 500 mg / 100 mg
Gemodializ Boshlang'ich dozasi 1000 mg/200 mg, so'ngra har 24 soatda 500 mg/100 mg, shuningdek dializ seansi oxirida 500 mg/100 mg doza (zardobda amoksitsillin va klavulan kislotasi kontsentratsiyasining pasayishi tufayli)
Og'irligi 40 kg dan kam bo'lgan bolalar
CC: har 12 soatda 10-30 ml / min 25 mg / 5 mg / kg
CC: har 24 soatda 10 ml / min 25 mg / 5 mg dan kam
Gemodializ har 24 soatda 25 mg/5 mg/kg, shuningdek dializ seansi oxirida 12,5 mg/2,5 mg/kg doza (zardobdagi amoksitsillin va klavulan kislotasi kontsentratsiyasining pasayishi tufayli).
Jigar etishmovchiligi
Terapiya ehtiyotkorlik bilan amalga oshiriladi. Jigar faoliyatini muntazam ravishda kuzatib borish kerak ("Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar" va "Ehtiyot choralari" bo'limlariga qarang).
Qo'llash tartibi
Vena ichiga yuborish uchun.
Preparat tomir ichiga 3-4 daqiqa davomida to'g'ridan-to'g'ri tomir ichiga yoki tomizgich orqali sekin tomir ichiga yuboriladi yoki 30-40 daqiqa davomida infuziya shaklida qo'llaniladi. Preparat mushak ichiga yuborish uchun mo'ljallanmagan.
Uch oygacha bo'lgan bolalar uchun Amoxiclav faqat infuzion sifatida qo'llanilishi mumkin.
Amoksiklav bilan davolashni tomir ichiga yuborish bilan boshlash va mos keladigan og'iz orqali yuborish bilan yakunlanishi mumkin.
Vena ichiga yuborish uchun
Tarkibi in'ektsiya uchun suv bilan quyidagi hajmda suyultiriladi:
Amoxiclav 500 mg/100 mg uchun: 10 ml;
Amoksiklav 1000 mg/200 mg uchun: 20 ml.
Olingan eritma ochiq somon rangiga ega.
Eritmani vena ichiga yuborish uchun darhol, tayyorlangandan keyin 20 minut ichida ishlatish yoki suyultirish kerak. Administratsiya uchun faqat aniq yechim mos keladi.
Vena ichiga yuborish uchun
Amoksiklav 500 mg/100 mg suyultirilgan eritmasi (10 ml in'ektsiya uchun suvda) 50 ml infuzion muhitga, Amoksiklav 1000 mg/200 mg suyultirilgan eritmasi (in'ektsiya uchun 20 ml suvda) 100 ml infuzion muhitga qo'shiladi.
Suyultirilgan eritma ochiq somon rangiga ega.
Mos kelmaslik.Preparatni qon va uning hosilalari, oqsil gidrolizatlari yoki tomir ichiga yuboriladigan lipid emulsiyalari kabi boshqa oqsilli suyuqliklar bilan aralashtirib yubormaslik kerak. Agar Amoksiklav aminoglikozid bilan bir vaqtda buyurilsa, antibiotiklarni bir xil shpritsda, tomizgichda yoki boshqa infuzion tizimda aralashtirib yubormaslik kerak, chunki bunday sharoitlarda aminoglikozidlar yo'qolishi mumkin.
- 1. Dori vositalari va tibbiy buyumlar Davlat reestri (O‘zbekiston Respublikasi)
- 2. Ishlab chiqaruvchining rasmiy yo‘riqnomasi
- 3. Anatomik-terapevtik-kimyoviy tasnif (ATX)
























