Ташкент
logo
SavatKirish
Bosh sahifa  / Dori vositalari  / Antibiotiklar  / AMOKSIKLAV 2X tabletkalari 1000mg N14

AMOKSIKLAV 2X tabletkalari 1000mg N14

Retseptli
Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Sloveniya
Kategoriya:Antibiotiklar
Ishlab chiqaruvchi:Lek d.d.
ATX kodi:J01CR02
Barcha Amoksiklav dorilari
107 ta dorixonada bor
Narxi 74 000 so'm dan
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 107 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

AMOKSIKLAV 2X tabletkalari 1000mg N14 o'xshash dorilari

AMOKSIKLAV 2X tabletkalari 1000mg N14 qo'llanmasi

Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli

Plyonka bilan qoplangan planshetlar.

TAVSIF

Oq yoki oppoq rangli, oval, ikki qavariq, qirrasi qirrali, plyonka bilan qoplangan, bir tomoni qirrali va “875/125”, ikkinchi tomonida “AMC” yozuvi bor tabletkalar. Teshik tabletkani yutish qulayligi uchun sindirish va teng dozalarga bo'linmaslik uchun mo'ljallangan.

Tarkibi:

Faol moddalar: amoksitsillin va klavulan kislotasi.

Har bir tabletkada 875 mg amoksitsillin trihidrat va 125 mg klavulan kislotasi kaliy tuzi (7:1 nisbatda) mavjud.

Yordamchi moddalar

Yadro: kolloid suvsiz kremniy dioksidi, krospovidon, natriy kroskarmelloza, magniy stearati, mikrokristalin tsellyuloza; qobiq: gidroksipropil tsellyuloza, etil tsellyuloza, polisorbat 80, trietil sitrat, talk, titan dioksidi E171.


Chiqarilish shakli
10 (2x5) yoki 14 (2x7) tabletkadan blisterlar (alyuminiy/alyuminiy folga) qutida.

Farmakodinamikasi

Amoksitsillin bakteriyalar hujayra devorining integral tarkibiy moddasi – peptidoglikan biosintezi jarayonida bir yoki undan ortiq fermentlarni (ko‘pincha penitsillin-bog‘lovchi oqsillar deb nomlanadi) ingibitsiyalaydigan yarim sintetik penitsillin (beta-laktam antibiotik) hisoblanadi. Peptidoglikan sintezining ingibitsiyalanishi hujayra devori mustahkamligining yo‘qotilishiga olib keladi, bu odatda hujayrani lizisi va nobud bo‘lishiga olib keladi. 
Amoksitsillin rezistent bakteriyalar tomonidan sintezlanadigan beta-laktamazlar ta’siri ostida parchalanadi, shuning uchun ushbu fermentlarni ishlab chiqaradigan mikroorganizmlarga nisbatan faol emas. Klavulan kislotasi tuzilishi jihatidan penitsillinlarga o‘xshash beta-laktam hisoblanadi. U ayrim beta-laktamazlarni bosadi va amoksitsillin inaktivatsiyasi oldini oladi. Klavulan kislotasi alohida o‘zi klinik foydali antibakterial ta’sir ko‘rsatmaydi.
Minimal bosuvchi konsentratsiyadan yuqori konsentratsiyani saqlash vaqti (T> MBK) amoksitsillin samaradorligining asosiy aniqlovchisi hisoblanadi.
Mikroorganizmlarning ayrim turlari uchun rezistentlikni tarqalishi geografik va vaqt bog‘liqligi bilan xarakterlanadi, shu sababli davolashni boshlashdan oldin, ayniqsa og‘ir infeksiyalarda antibiotikka chidamlilik bo‘yicha mahalliy ma’lumotlarni olish maqsadga muvofiqdir.
Ayrim xollarda antibiotiklarga rezistentlik xususidagi mahalliy ko‘rsatkichlar hech bo‘lmaganda ba’zi turdagi infeksiyalarda, preparatning foydasi shubha ostida bo‘lgan hollarda, yordam uchun tegishli mutaxassislarga murojaat qilish kerak. 
Odatdagi sezuvchan turlari
Gram-musbat aeroblar: Enterococcus faecalis, Gardnerella vaginalis, Staphylococcus aureus (metitsillin-sezuvchan shtammlar)*, koagulaza-manfiy stafilokokklar (metitsillin-sezuvchan), Streptococcus agalactiae, Streptococcus pneumoniae1, Streptococcus pyogenes va boshqa beta-gemolitik streptokokklar, viridans streptokokklar guruhi.
Gram-manfiy aeroblar: Capnocytophaga spp., Eikenella corrodens, Haemophilus influenzae2, Moraxella catarrhalis, Pasteurella multocida.
Anaeroblar: Bacteroides fragilis, Fusobacterium nucleatum, Prevotella spp.
Orttirilgan rezistentlik kuchayishi ehtimoliga ega turlari
Grammusbat aeroblar: Enterococcus faecium#.
Grammanfiy aeroblar: Escherichia coli, Klebsiella oxytoca, Klebsiella pneumoniae, Proteus mirabilis, Proteus vulgaris.
Tabiiy rezistentlikka ega turlari
Grammanfiy aeroblar: Acinetobacter spp., Citrobacter freundii, Enterobacter spp., Legionella pneumophila, Morganela morganii, Providencia spp., Pseudomonas spp., Serratia spp., Stenotrophomonas maltophilia.
Boshqa mikroorganizmlar: Chlamydophila pneumoniae, Clamydophila psittaci, Coxiella burnetti, Mycoplasma pneumoniae.
# Orttirilgan rezistentlik mexanizmi yo‘qligida tabiiy oraliq sezuvchanlik.
* Barcha metitsillin-rezistentli stafilokokklar amoksitsillin/ klavulan kislotasiga rezistentli hisoblanadi.
1 Ushbu preparat penitsillinga rezistentli Streptococcus pneumoniae tomonidan chaqirilgan infeksiyalarni davolash uchun qo‘llash mumkin emas.
2 Yevropa Ittifoqining ayrim mamlakatlarida 10% dan yuqori tez-tezlikda uchraydigan, sezuvchanligi past shtammlari aniqlangan.

Farmakokinetikasi

Amoksitsillin va klavulan kislotasi pH fiziologik darajada suv eritmasida to‘liq parchalanadi. Dori vositasining har ikki tarkibiy moddasi ichga qabul qilingandan so‘ng tez va yaxshi so‘riladi, bunda ularning biokiraolishi taxminan 70% ga yetadi. Har ikki tarkibiy moddaning plazmadagi konsentratsiyalari ko‘rsatkichlari bir xil bo‘lib, eng yuqori konsentratsiya (Tmax)ga erishish vaqti har ikki modda uchun taxminan bir soatni tashkil etadi.

Sog‘lom ko‘ngillilar guruhi 875 mg/125 mg tabletkalari ko‘rinishida majmuaviy preparatni och qoringa kuniga ikki marta qabul qilganlarida, zardobda maksimal konsentratsiyalar (Smax) amoksitsillin uchun 11,64±2,78 mkg/ml ni va klavulanat kislotasi uchun 2,18±0,99 mkg/ml ni tashkil qilgan, zardobda maksimal konsentratsiyalarga erishish vaqti (Tmax) amoksitsillin uchun 1,5 soatni (diapazon 1,0-2,5) va klavulanat kislotasi uchun 1,25 soatni (diapazon 1,0-2,0) tashkil qilgan, yarim chiqarilish davri - T1/2 ning o‘rtacha ko‘rsatkichlari amoksitsillin uchun 1,19±0,21 soatni va klavulanat kislotasi uchun 0,96±0,12 soatni tashkil qildi.

Plazmadagi klavulan kislotasi umumiy tarkibining taxminan 25% va amoksitsillin umumiy tarkibining taxminan 18% oqsillar bilan bog‘langan holatda bo‘ladi. 

Ichga yuborilgandan so‘ng amoksitsillin va klavulan kislotasi o‘t pufagida, qorin devorlari to‘qimalarida, terida, yog‘ to‘qimalarida, mushak to‘qimalarida, sinovial va peritoneal suyuqliklarda, safro va yiringda aniqlanadi. Amoksitsillin faqat oz darajada orqa miya suyuqligiga singib kiradi.

Amoksitsillin va klavulan kislotasi ona sutida (klavulan kislotasi – juda oz miqdorida) aniqlanadi. Har ikki modda yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tadi. 

Amoksitsillinni asosiy chiqarilish yo‘li buyraklar orqali bo‘lsa, ayni paytda klavulanat kislotasi organizmdan buyrak va buyrakdan tashqari mexanizmlar yordamida chiqariladi. 

Yoshi

Uch oylikdan ikki yoshgacha bo‘lgan bolalar, kattaroq yoshdagi bolalar va kattalarda amoksitsillinning yarim chiqarilish davri bir xil. Keksa yoshdagi shaxslarda buyrak faoliyatini pasayishi mumkinligini nazarda tutib, preparatning dozasini ehtiyotkorlik bilan tanlanadi va zarurat tug‘ilganida buyrak faoliyatini muntazam tekshirib turiladi.

Buyrak funksiyasini buzilishi

Amoksitsillin va klavulan kislotasi umumiy plazma klirensi buyrak funksiyalari pasayishiga mutanosib ravishda pasayadi. Klirens pasayishi amoksitsillinda klavulan kislotasiga nisbatan ko‘proq ifodalangan. Buyrak funksiyalari buzilganda dozalar klavulan kislotasining bir xil darajalarini ta’minlashda amoksitsillinning haddan tashqari to‘planib qolishiga yo‘l qo‘yilmaydigan tarzda tanlab olinadi (“Dozalar va qo‘llash usuli” bo‘limiga qarang).

Jigar funksiyasini buzilishi

Jigar yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarga preparat ehtiyotkorlik bilan buyuriladi va jigar faoliyatini muntazam nazorat qilinadi.

 

Nojo'ya samaralari

Noxush samaralarni rivojlanish tez-tezligini tasniflash uchun quyidagi mezonlardan foydalanilgan: juda tez-tez (≥1/10), tez-tez (≥1/100 dan <1/10 gacha), tez-tez emas (≥1/1000 dan <1/100 gacha), kam xollarda (≥1/10000 dan <1/1000 gacha), juda kam xollarda (<1/10000), tez-tezligi noma’lum (ma’lum bo‘lgan ma’lumotlar bo‘yicha baholash mumkin emas). 

Preparat qabul qilinganida eng ko‘p kuzatiladigan nojo‘ya nojo‘ya reaksiyalari: diareya, ko‘ngil aynishi va qusish. 

Infeksion va parazitar kasalliklar: 

Tez-tez: teri va shilliq qavatlar kandidozi.

Tez-tezligi noma’lum: sezgir bo‘lmagan mikroorganizmlarni haddan tashqari ko‘payishi.

Qon va limfatik tizim tomonidan buzilishlar: 

Kam hollarda: qaytuvchan leykopeniya (shu jumladan neytropeniya), trombotsitopeniya. 

Tez-tezligi noma’lum: qaytuvchan agranulotsitoz, gemolitik anemiya, qon ketish vaqti va protrombin vaqtini uzayishi. 

Immun tizim tomonidan buzilishlar. 

Tez-tezligi noma’lum: angionevrotik shish, anafilaksiya, zardob kasalligiga o‘xshash sindrom, allergik vaskulit.

Nerv tizimi tomonidan buzilishlar: 

Tez-tez emas: bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i. 

Tez-tezligi noma’lum: qaytuvchan giperreaktivlik, tirishishlar, aseptik meningit. 

Me’da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar: 

Juda tez-tez: diareya; 

Tez-tez: ko‘ngil aynishi (ko‘pincha bu yuqori dozalarni ichga qabul qilish bilan bog‘liq; me’da-ichak yo‘llari tomonidan reaksiyalarni, preparatni ovqatni qabul qilishni boshida qabul qilib minimumga yetkazish mumkin), qusish. 

Tez-tez emas: ovqat hazm qilishni buzilishi.

Tez-tezligi noma’lum: antibiotiklarni qo‘llanishi bilan assotsiatsiyalangan kolit (shu jumladan, soxta membranoz kolit va gemorragik kolit, “Maxsus ko‘rsatmalar”ga qarang), “qora tukli” til. 

Jigar va o‘t chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar 

Tez-tez emas: AST va/yoki ALT darajalarini oshishi (o‘rtacha oshishi beta-laktam sinfi antibiotiklari bilan davolangan patsiyentlarda kuzatilgan, biroq bu kuzatishlarning ahamiyati noma’lum); 

Tez-tezligi noma’lum: gepatit, xolestatik sariqlik (bu noxush ko‘rinishlar boshqa penitsillinlar va sefalosporinlarni qo‘llash fonida kuzatilgan, “Maxsus ko‘rsatmalar va extiyotkorlik choralari”ga qarang); 

Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan buzilishlar 

Har qanday teri allergik reaksiyalari rivojlanganida davolashni to‘xtatish kerak 

Tez-tez emas: teri toshmalari, qichishish, eshakemi. 

Kam xollarda: ko‘p shaklli eritema. 

Tez-tezligi noma’lum: Stivens-Djonson sindromi, toksik epidermal nekroliz, bullyoz eksfoliativ dermatit, o‘tkir tarqoq ekzantematoz pustulyoz, eozinofiliya va tizimli simptomlar (DRESS-sindromi) bilan birga kechadigan dori vositalariga reaksiya.

Buyrak va siydik chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar: 

Tez-tezligi noma’lum: interstitsial nefrit, kristalluriya.

Maxsus saqlash sharoitlari

Antibakterial vositalarni tegishli qo‘llash bo‘yicha rasmiy tavsiyalarni hisobga olish kerak.

Preparat bilan davolashni boshlashdan oldin penitsillinlar, sefalosporinlar yoki boshqa beta-laktam preparatlariga o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalarini borligi yuzasidan anamnezni sinchkovlik bilan yig‘ish kerak. 

Penitsillinlar bilan davolash fonida jiddiy va ba’zida o‘limga olib keluvchi yuqori sezuvchanlik reaksiyalari (anafilaktoid reaksiyalar va og‘ir noxush teri reaksiyalari) kuzatilgan. Ular ko‘proq anamnezida atopiyasi va penitsillinlarga yuqori sezuvchanlik reaksiyalari bo‘lgan patsiyentlarda rivojlanadi. Allergik reaksiyalar rivojlanganida Amoksiklav bilan davolashni to‘xtatish va boshqa muvofiq keluvchi antibakterial preparatlar buyurilishi kerak. 

Amoksitsillinga infeksiya qo‘zg‘atuvchilarning sezuvchanligi isbotlangan hollarda rasmiy qo‘llanmalarga muvofiq Amoksiklavdan amoksitsillinga o‘tishni ko‘rib chiqish kerak. 

Taxmin qilingan qo‘zg‘atuvchilar klavulan kislotasining susaytiradigan ta’siriga sezuvchan beta-laktamazlar bilan bavosita ifodalanmagan beta-laktam dori vositalariga pasaygan sezuvchanlikka yoki rezistentlikka ega bo‘lish yuqori xavfi mavjud bo‘lgan taqdirda, mazkur dori vositasi qo‘llanish uchun yaroqsiz hisoblanadi.

Ushbu dori shakli S.pneumoniae ning penitsillinga chidamli shtammlari chaqirgan infeksiyalarni davolash uchun qo‘llamaslik kerak. 

Buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan yoki preparatning yuqori dozalari bilan davolanayotgan patsiyentlarda tirishishlar rivojlanishi mumkin (“Nojo‘ya ta’sirlari” ga qarang). 

Infeksion mononukleozga gumon qilingan hollarda, Amoksiklav bilan davolashga yo‘l qo‘ymaslik kerak, chunki kasallanish vaqtida amoksitsillin qo‘llangandan so‘ng qizamiqqa o‘xshash toshmalarni paydo bo‘lishi kuzatilgan. 

Amoksitsillin bilan davolash vaqtida allopurinolni bir vaqtda qo‘llanishi terida allergik reaksiyalarni rivojlanish ehtimolini potensial oshiradi. 

Amoksiklavni uzoq vaqt qo‘llash ba’zan sezuvchan bo‘lmagan mikroorganizmlarni haddan tashqari rivojlanishiga olib kelishi mumkin. 

Davolashni boshlanishida pustulali infeksion tarqoq eritemani isitma bilan rivojlanishi o‘tkir tarqoq ekzantematoz pustulyozning potensial simptomi hisoblanadi. Bunday reaksiya Amoksiklav bilan davolashni to‘xtatishni talab qiladi va keyinchalik amoksitsillinni yuborishga qarshi ko‘rsatma hisoblanadi. 

Jigar yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda preparat bilan davolash ehtiyotkorlik bilan o‘tkazilishi kerak. Jigar tomonidan kuzatiladigan noxush ko‘rinishlar asosan erkaklar va keksa yoshdagi patsiyentlarda kuzatilgan va uzoq muddatli davolash bilan potensial bog‘liq bo‘lgan. Bu noxush ko‘rinishlar bolalarda juda kam hollarda kuzatilgan. Barcha guruh patsiyentlarda belgilar va simptomlar odatda davolash vaqtida yoki davolashdan so‘ng qisqa muddatda kuzatiladi, biroq ayrim hollarda ular davolash to‘xtatilganidan so‘ng bir necha hafta davomida namoyon bo‘lmaydi. Odatda ular qaytuvchan xarakterga ega. Jigar tomonidan og‘ir noxush ko‘rinishlar rivojlanishi mumkin, juda kam hollarda o‘lim hollari kuzatilgan. Ular deyarli hamisha jiddiy asosiy kasalliklari bo‘lgan yoki jigarni shikastlash qobiliyatiga ega yondosh dori preparatlarni qabul qilgan patsiyentlar orasida kuzatilgan.

Antibiotik bilan bog‘liq kolit holatlari to‘g‘risida deyarli barcha antibakterial dori vositalari qabul qilinganda xabar berilgan; o‘z og‘irligi bo‘yicha u yengil turidan hayot uchun tahdid soladigan turigacha o‘zgarib turishi mumkin.

Shuning uchun, bu tashxisni antibiotiklar bilan davolash vaqtida yoki har qanday davolash kursi tugaganidan so‘ng diareya bo‘lgan patsiyentlarda bo‘lishiga taxmin qilish muhimdir.

Antibiotiklarni qo‘llanishi bilan bog‘liq kolit rivojlanganda Amoksiklav bilan davolashni zudlik bilan to‘xtatish kerak; shifokorning maslahati olinadi va tegishli davolash choralari buyuriladi. Ushbu vaziyatlarda ichak peristaltikasini susaytiruvchi vositalarni qabul qilish mumkin emas. 

Uzoq muddat davolash vaqtida turli a’zolar tizimini, shu jumladan, buyraklar, jigar va qon yaratish a’zolari faoliyatini vaqti-vaqti bilan baholash tavsiya qilinadi. 

Antikoagulyantlarni bir vaqtda qabul qilinganda qon ivishi ko‘rsatkichlarini tegishli nazorat qilish shart (protrombin vaqtini uzayishi mumkin). Antikoagulyatsiyaning istalgan darajasiga erishish uchun peroral antikoagulyantlarning dozalariga tuzatish kiritish talab qilinishi mumkin.

Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda, yetishmovchilik darajasiga muvofiq ravishda preparatning dozasiga tuzatish kiritish kerak (“Qo‘llash usuli va dozalari”ga qarang). 

Diurezi pasaygan patsiyentlarda kam hollarda, asosan parenteral davolash fonida kristalluriya (siydikda tuzlarni kristalluriyasi) kuzatilgan.

Amoksitsillinning yuqori dozalari bilan davolash vaqtida amoksitsillinni qo‘llanishi bilan bog‘liq kristalluriyani rivojlanish ehtimolini pasaytirish maqsadida yetarli miqdorda suyuqlik ichish va diurezni nazorat qilish tavsiya qilingan. Qovug‘iga kateter o‘rnatilgan patsiyentlarda uning o‘tkazuvchanligini muntazam ravishda nazorat qilish kerak. 

Amoksitsillin bilan davolanish vaqtida glyukozaning siydikdagi darajasini baholash zarurati tug‘ilganda, glyukozooksidaza bilan o‘tkazilgan fermentativ usullardan foydalanish kerak, chunki fermentativ bo‘lmagan usullar ba’zan soxta musbat natijalarni berishi mumkin. 

Amoksiklavda klavulanat kislotasini bo‘lishi IgG va albuminni eritrotsitlarning membranalari bilan nospetsifik bog‘lanishini chaqirishi mumkin, bu Kumbs sinamasining soxta musbat natijalariga sabab bo‘lishi mumkin. 

Preparatni qabul qilgan patsiyentlarda Aspergillus ni aniqlashda immunoferment analiz (IFA) sinamalarida musbat natijalar kuzatilgan, keyinchalik patsiyentlarda Aspergillus chaqirgan infeksiyani yo‘qligi aniqlangan.

Aspergillus ni aniqlash uchun IFA sinamalari doirasida aspergilyoz bo‘lmagan polisaxaridlar va polifuranozlar bilan kesishgan reaksiyalar kuzatilgan.

Amoksiklav bilan davolanayotgan patsiyentlarda musbat natijalar ehtiyotkorlik bilan tahlil qilinishi va boshqa diagnostika usullari bilan tasdiqlanishi kerak.

 

Qo'llanilishi

Amoksiklav kattalar va bolalarda quyidagi infektsiyalarni davolash uchun ko'rsatiladi:
• o'tkir bakterial sinusit (yaxshi tashxis qo'yilgan);
• o'tkir otitis media;
• surunkali bronxitning kuchayishi (to'g'ri tashxis qo'yilgan);
• jamiyatdan kelib chiqqan pnevmoniya;
• sistit;
• pielonefrit;
• teri va yumshoq to'qimalarning infektsiyalari, xususan teri osti to'qimalarining yallig'lanishi (flegmona), hayvonlarning chaqishi natijasida paydo bo'lgan yaralar, flegmonaning tarqalishi bilan og'ir tish xo'ppozi;
• suyaklar va bo'g'imlarning infektsiyalari, xususan, osteomielit

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

Preparatning faol yoki yordamchi moddalariga, shuningdek har qanday penitsillinlarga yuqori sezuvchanlik.

Anamnezda boshqa beta-laktam preparatlariga (masalan, sefalosporinlar, karbapenemlar yoki monobaktamlar) yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari (masalan, anafilaksi) bo'lsa.

Amoksitsillin / klavulan kislotasini qo'llash natijasida sariqlik yoki jigar faoliyatining anormallik tarixi.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Oral antikoagulyantlar 
Amoksitsillinning davolash kursi fonida atsenokumarol yoki varfarin bilan samarani bir maromda saqlab turuvchi davolanayotgan patsiyentlarda xalqaro me’yorlashtirilgan nisbatni (XMN) oshish hollari ta’riflangan. Preparatlarni bir vaqtda buyurish zarurati tug‘ilganda, davolashni boshlash vaqtida va amoksitsillin bilan davolash to‘xtatilganidan keyin protrombin vaqti yoki XMN sinchkovlab nazorat qilinadi. Oral antikoagulyantlarning dozalariga tuzatish kiritish talab qilinishi mumkin. 
Metotreksat 
Penitsillinlar metotreksatning chiqarilishini pasaytirishi mumkin, bu toksikni kuchayishiga olib kelishi mumkin. 
Probenetsid 
Probenetsidni bir vaqtda qo‘llash tavsiya etilmaydi. U buyrak kanalchalarida amoksitsillinni sekretsiyasini pasaytiradi. Probenetsidni Amoksiklav bilan bir vaqtda qo‘llash qonda amoksitsillinning darajasini oshishiga (ammo klavulanat kislotasini emas) va ularni uzoq vaqt ushlanib qolishiga olib kelishi mumkin.
Mikofenolat mofetil
Mikofenolat mofetil qabul qilayotgan patsiyentlarda amoksitsillin va klavulanat kislotasining peroral preparatini qo‘llash boshlanganidan keyin mikofenolat mofetilning navbatdagi dozasini qabul qilishdan oldin faol metabolit – mikofenol kislotasining (MFK) konsentratsiyasini taxminan 50% ga kamayishi kuzatilgan. Navbatdagi dozadan oldin MFK ning konsentratsiyasini bunday o‘zgarishi MFK ning umumiy ekspozitsiyasini o‘zgarishidan dalolat bermasligi mumkin. Shuning uchun transplantat disfunksiyasining klinik belgilari bo‘lmaganida mikofenolat mofetilning dozani o‘zgartirish zarurati yo‘q. Shunga qaramasdan, bunday majmuaviy davolash vaqtida va antibiotikoterapiya tugaganidan keyin bir qancha vaqt sinchkovlik bilan tibbiy kuzatuv zarur.

Ta'rifi

Oq yoki deyarli oq rangli, oval, chetlari kesilgan ikki yoqlama qavariq, bir tomonida o‘yiq va «875/125» o‘yib yozilgan, boshqa tomonida «AMS» o‘yib yozilgan, plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar. O‘yiq tabletkani yutishga oson bo‘lishi uchun sindirishga tavsiya etilgan, dozani teng miqdorda bo‘lish uchun emas.

Dozirovkasi

Dozalar amoksitsillin/klavulanat kislotasining miqdorini ko‘rsatadi. 
Alohida infeksiyalarni davolash uchun dozani tanlashda quyidagi omillarni hisobga olish kerak: 
• taxmin qilingan qo‘zg‘atuvchilar va ularni antibakterial preparatlarga sezuvchanligi; 
• infeksiyaning og‘irligi va lokalizatsiyasi; 
• patsiyentning yoshi, og‘irligi va buyraklar faoliyati, quyida ko‘rsatilgani kabi omillarni hisobga olish kerak. 
Preparatning boshqa dori shakllarini (masalan, amoksitsillinning yuqoriroq dozalari va/yoki amoksitsillin/klavulanat kislotasining boshqacha nisbati) qo‘llash mumkinligi zaruratga qarab ko‘rib chiqiladi. 
Kattalar va tana vazni ≥40 kg bo‘lgan bolalar ushbu preparatni quyida keltirilgan tavsiyalarga muvofiq sutkada ikki marta qabul qilinganda 1750 mg amoksitsillin/250 mg klavulanat kislotasiga teng bo‘lgan umumiy sutkalik dozani qabul qiladilar, preparatni sutkada uch marta qabul qilganlarida esa - 2625 mg amoksitsillin/375 mg klavulanat kislotasini qabul qiladilar. Tana vazni 40 kg dan kam bo‘lgan bolalar esa, ushbu preparatni quyida keltirilgan tavsiyalarga muvofiq qabul qilinganda 1000-2800 mg amoksitsillin/143-400 mg klavulanat kislotasiga teng bo‘lgan umumiy sutkalik dozani qabul qiladilar. 
Davolash davomiyligi preparatning dozasini qayta ko‘rib chiqmasdan 14 kundan oshmasligi kerak (“Maxsus ko‘rsatmalar” bo‘limidagi uzoq muddatli davolash haqidagi ma’lumotga qarang).
Kattalar va tana vazni 40 kg va undan katta bolalar 
Tavsiya qilingan dozalar:
• standart doza (barcha ko‘rsatmalar uchun) – bir tabletkadan sutkada ikki marta;
• yuqoriroq doza: bir tabletkadan sutkada uch marta buyuriladi.
Tana vazni 40 kg kam bo‘lgan bolalar 
40 kg dan kam tana vazniga ega bo‘lgan bolalar Amoksiklav tabletkalarini faqat shifokor tavsiyasi bo‘yicha qabul qilishlari mumkin.
Tavsiya qilingan dozalar:
• sutkada 25 mg/3,6 mg/kg dan 45 mg/6,4 mg/kg gacha dozalarda, ikki marta qabul qilishga buyuriladi.
• ayrim infeksiyalarni davolashda (masalan, o‘rta otitda, sinusitda va quyi nafas yo‘llarining infeksiyalarida) ikki marta qabul qilishga bo‘lingan holda sutkada 70 mg/10 mg/kg gacha dozalarni qabul qilish mumkin.
Keksa yoshdagi bemorlar 
Dozaga tuzatish kiritish talab qilinmaydi. 
Buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan patsiyentlar 
Kreatinin klirensi ko‘rsatkichlari minutiga 30 ml dan yuqori bo‘lgan patsiyentlarga dozaga tuzatish kiritish talab qilinmaydi. 
Kreatinin klirensi (KK) ko‘rsatkichlari minutiga 30 ml dan yuqori bo‘lgan patsiyentlarga dozaga tuzatish kiritish talab qilinmaydi. 
Jigar faoliyatini buzilishi bo‘lgan patsiyentlar 
Ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. Jigar faoliyatini muntazam nazorat qilish kerak. 
(“Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar” va “Maxsus ko‘rsatmalar” ga qarang).

Dozani oshirib yuborilishi

Ehtimol, oshqozon-ichak belgilarining rivojlanishi, shuningdek, suv va elektrolitlar muvozanatining buzilishi. Amoksitsillin bilan bog'liq bo'lgan kristalluriya, ba'zida buyrak etishmovchiligiga olib keladigan holatlar mavjud.

Amoksitsillin asosan katta dozalarni tomir ichiga yuborishdan keyin siydik kateterlarida cho'kadi. Kateterlarning o'tkazuvchanligini muntazam ravishda kuzatib borish kerak.

Gastrointestinal simptomlar uchun suyuqlik va elektrolitlar muvozanatini tiklash bilan birga simptomatik davolash o'tkazilishi mumkin.

Buyrak funktsiyasi buzilgan bemorlarda va preparatning yuqori dozalarini olgan bemorlarda konvulsiyalar rivojlanishi mumkin.

Amoksitsillin va klavulan kislotasi gemodializ orqali tanadan chiqarilishi mumkin.

Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi

Homiladorlik davrida preparatni qo‘llash yuzasidan cheklangan ma’lumotlar tug‘ma nuqsonlar rivojlanish havfi oshganini qayd etmaganlar. Homila pardalarini muddatidan oldin yorilishi qayd qilingan ayollar ishtirokidagi yagona tadqiqot doirasida amoksitsillin/klavulanat kislotasi bilan profilaktik davolash yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda nekrotik enterokolitning yuqori xavfi bilan potensial bog‘liqlik aniqlanmagan. Agar shifokor homiladorlik davrida preparatni qo‘llashni zarur deb hisoblamasa, uni qo‘llashdan saqlanish kerak. 

Har ikkala faol moddasi ko‘krak sutiga ajraladi.

Emizikli bolalarda diareya va shilliq qavatlarni zamburug‘li infeksiyalari rivojlanishi mumkin, bu emizishni to‘xtatishni talab qilishi mumkin. Emizish davrida shifokor tomonidan foyda/xavf nisbatini baholangandan so‘ngina preparat bilan davolash mumkin.

AMOKSIKLAV 2X tabletkalari 1000mg N14 analoglari

BETAKLAV 0,5+0,125 tabletkalari N14
BETAKLAV 0,5+0,125 tabletkalari N14
Hindiston/Sloveniya
Ishlab chiqaruvchi:
Mikro Labs Limited/KRKA, d.d., Novo mesto AO
BETAKLAV 0,875+0,125 tabletkalari N14
BETAKLAV 0,875+0,125 tabletkalari N14
Hindiston/Sloveniya
Ishlab chiqaruvchi:
Mikro Labs Limited/KRKA, d.d., Novo mesto AO

AMOKSIKLAV 2X tabletkalari 1000mg N14 savollari

AMOKSIKLAV 2X tabletkalari 1000mg N14 fikr-mulohazalari

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil