Lineks bolalar uchun
Lineks bolalar uchun chiqarilish shakllari
Lineks bolalar uchun haqida qo'llanma
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
Preparatning ta’sir etuvchi yoki yordamchi moddalariga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.
Tarkibi
1,5 g kukun saqlovchi bitta sashe quyidagilarni saqlaydi:
Faol modda: Bifidobacterium animalis subsp. lactis (BB-12) tirik liofilizatsiya qilingan sut kislotali bakteriyalarni 109 koloniya hosil qiluvchi birlik.
Yordamchi modda: maltodekstrin (bolada ovqat hazm qilish uchun neytral, inert yordamchi modda).
Farmakokinetikasi
Bifidobacterium animalis subsp. lactis bifidobakteriyalari me’da-ichak yo‘llarida mahalliy ta’sir ko‘rsatadi; ichga qabul qilingandan keyin so‘rilishi kuzatilmaydi. Shuning uchun klassik farmakokinetik tadqiqotlarni qo‘llab bo‘lmaydi. Bifidobacterium animalis subsp. lactis ning me’da kislotasi va safroga chidamliligi shtammlarni me’da va o‘n ikki barmoq ichak orqali o‘tganda ko‘p miqdorda yashab qolish imkonini beradi. Shtamm ichak shillig‘iga adgeziya qilish qobiliyatiga ega. MIY da joylashuvchi boshqa mikroorganizmlar kabi Bifidobacterium animalis subsp. lactis peristaltika va defekatsiya jarayonida asta-sekin chiqariladi. Xavfsizlik bo‘yicha klinik oldi ma’lumotlari
Bifidobacterium animalis subsp. lactis bifidobakteriyalarga umumqabul qilingan xavfsiz vositalari statusi berilgan (GRAS).
Xavfsizlik farmakologiyasi, takroriy dozalar toksikligi, genotoksiklik va kanserogen potensiali bo‘yicha standart tadqiqotlarda olingan klinik oldi ma’lumotlari odam uchun xavfni aniqlamagan. Reproduktiv toksiklik bo‘yicha ma’lumotlar yo‘q.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi
Lineks dlya detey faqat bolalar uchun mo‘ljallangan.
Homiladorlik vaqtida Bifidobacterium animalis subsp. lactis saqlovchi preparatlarni qabul qilganda noxush samaralar haqida xabar berilmagan. Homiladorlik va emizish davridagi diareyani davolashni shifokor kuzatuvi ostida olib borish kerak.
Dozani oshirib yuborilishi
Dozani oshirib yuborilishi haqida xabar berilmagan.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Boshqa bakteriyalar kabi bifidobakteriyalar antibiotiklarga sezgir. Shuning uchun ЛИНЕКС ДЛЯ ДЕТЕЙ ni antibiotik qabul qilgandan keyin kamida 3 soatdan keyin qabul qilish tavsiya etiladi.
Qo‘llash usuli va dozirovkasi
Emizikli bolalar va 2 yoshgacha bo‘lgan bolalar: bitta sashe kuniga bir marta, ovqatlanish vaqtida buyuriladi.
2 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar: bitta sashe kuniga bir yoki ikki marta (ertalab va kechqurun), ovqatlanish vaqtida buyuriladi.
Sashe ichidagisi suv, sharbat, sut yoki bolalar ozuqasi bilan aralashtiriladi.
Issiq ichimliklar bilan aralashtirilmasin!
LINЕKS DLYA DЕTЕY ni simptomlar saqlanguncha qabul qilish mumkin.
- 1. Dori vositalari va tibbiy buyumlar Davlat reestri (O‘zbekiston Respublikasi)
- 2. Ishlab chiqaruvchining rasmiy yo‘riqnomasi
- 3. Anatomik-terapevtik-kimyoviy tasnif (ATX)













