PERSEN NOCH kapsulalar N20

PERSEN NOCH kapsulalar N20 o'xshash dorilari


PERSEN NOCH kapsulalar N20 qo'llanmasi
Allergik reaksiyalar (giperemiya, teri toshmasi, periferik shishlar, allergik dermatit),
bronxospazm, uzoq muddat qo‘llanilganda - qabziyat bo‘lishi mumkin.
GERK bo‘lgan bemorlarda simptomlarning yomonlashishi mumkin. Agar preparatni qo‘llash vaqtida simptomlar saqlanib qolsa yoki og‘irlashsa, shifokor bilan maslahatlashish kerak. Preparatni 1,5-2 oydan ortiq uzluksiz qo‘llash mumkin emas
Transport vositalarini, mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Preparat bilan davolash davrida diqqatni yuqori jamlash va psixomotor reaksiyalar tezligini talab qiluvchi potensial xavfli faoliyat turlarini bajarishda (transport vositalarini boshqarish, harakatlanuvchi mexanizmlar bilan ishlash, dispetcher, operator ishi) ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
•preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik;
•laktaza yetishmovchiligi, laktoza o‘zlashtira olmaslik, glyukoza-galaktoza malabsorbsiyasi;
•saxaraza/izomaltaza yetishmovchiligi, fruktozani o‘zlashtira olmaslik;
•arterial gipotenziya;
•xolangit, o‘t-tosh kasalligi va o‘t chiqarish yo‘llarining boshqa kasalliklari;
•homiladorlik;
•emizish davri;
•12 yoshgacha bo‘lgan bolalar.
Ehtiyotkorlik bilan: gastroezofageal reflyuks kasalligi (GERK) bo‘lgan pasientlar.
Boshqa preparatlar bilan o'zaro ta'siri:
Preparat uxlatuvchi vositalar va markaziy asab tizimini susaytiruvchi boshqa dori preparatlari, gipotenziv preparatlar (xususan, markaziy ta'sirga ega), og'riqsizlantiruvchi vositalar ta'sirini kuchaytiradi, bu dozalarni to'g'irlashni talab qiladi.






