logo
SavatKirish

Persen

Persen chiqarilish shakllari

PERSEN DEN tabletkalari N40
PERSEN DEN tabletkalari N40
Sloveniya
Ishlab chiqaruvchi:
Lek d.d.
•4 ta dorixonada bor
Narxi
355 000 so'm dan
PERSEN NOCH kapsulalar  N20
Retseptsiz
PERSEN NOCH kapsulalar N20
Sloveniya
Ishlab chiqaruvchi:
Lek d.d.
•4 ta dorixonada bor
Narxi
336 000 so'm dan
- Persen qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Persenning tarkibi
- Persen ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Persen narxi Toshkent dorixonalarida

Persen qo'llanmasi

Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Qo‘llash ko‘rsatmalari
  • Tinchlantiruvchi vosita sifatida: – yuqori asabiy qo'zg'aluvchanlikda; – uyqu buzilishlarida; – uyqusizlikda; – ta'sirchanlikda; – ichki zo'riqish hissida qo'llaniladi.
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
  • — arterial gipotenziya; — 3 yoshgacha bo‘lgan bolalar (qobiq bilan qoplangan tabletkalar uchun); — 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar (kapsulalar uchun); — preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik.
Tarkibi
  • Qobiq bilan qoplangan 1 tabletka saqlaydi: yadro tarkibi: faol moddalar: valeriana quruq ekstrakti - 50,000 mg; melissa quruq ekstrakti - 25,000 mg; yalpiz quruq ekstrakti - 25,000 mg; yordamchi moddalar: talk, magniy stearati, krospovidon, makkajo‘xori kraxmali, kolloid kremniy dioksidi, mikrokristall tsellyuloza, laktoza; qobiq tarkibi: gidroksipropiltsellyuloza (Hypromellose, Pharmacoat), talk, natriy-karboksimetiltsellyuloza, povidon, saxaroza, kolloid kremniy dioksidi, kaltsiy karbonat, titan dioksidi, bo‘yoqchi jigarrang 75, glitserin, mum E Hoechst (Capol 600). valeriana ildizpoyalari va ildizlari ekstrakti 125,00mg, dorivor melissa barglari quruq ekstrakti 25,00mg, yalpiz barglari ekstrakti 25,00mg; Yordamchi moddalar: magniy oksidi 6,0mg, laktoza monogidrati 85,5mg, magniy gidroksisilikat 8,1mg, magniy stearati 2,2mg, suvsiz kolloid kremniy dioksidi 3,2mg Bir kapsula tarkibi: ta'sir etuvchi moddalar: valeriana ildizpoyalari va ildizlari ekstrakti (quruq) - 125,000 mg; dorivor melissa barglari ekstrakti (quruq) - 25,000 mg; yalpiz barglari ekstrakti (quruq) - 25,000 mg; yordamchi moddalar: magniy oksidi - 6,000 mg; laktoza monogidrati -85,500 mg; magniy gidrosilikati - 8,100 mg; magniy stearati - 2,200 mg; suvsiz kolloid kremniy dioksidi - 3,200 mg; kapsula qobig‘i, titan dioksidi E171-1,3690%; temir oksidi qizil E172 0,7527 %; xinolin sariq E104 - 0,0153 %; quyosh botishi-sariq E110 (sunset yellow) - 0,0368 %; azorubin E122 - 0,0438 %; metilparagidroksibenzoat E128 -0,2945 %; propilparagidroksibenzoat E126 - 0,1241 %; jelatin - 97,3638 %. valeriana quruq ekstrakti 125 mg yalpiz quruq ekstrakti 25 mg melissa quruq ekstrakti 25 mg Yordamchi moddalar: laktoza, magniy oksidi, talk, kolloid kremniy dioksidi, magniy stearati, bo‘yoqchilar (zarg‘aldoq-sariq "quyosh botishi", titan dioksidi, temir oksidi (E172), xinolin sariq, azorubin), konservantlar (metilgidroksibenzoat, propilgidroksibenzoat). valeriana ekstraktlari 125 mg, yalpiz 25 mg, melissa 25 mg; boshqa ingredientlar: magniy oksidi, laktoza, talk, magniy stearati, kolloid kremniy dioksidi. Kapsula qobig‘i tarkibi: jelatin, konservantlar: metilparagidrobenzoat (E218), propilparagidroksibenzoat (E216), bo‘yoqchilar: titan dioksidi (E171), amarant (E123), tartrazin (E102), bo‘yoqchi sunset yellow (E110), temir oksidi (E172);
Farmakokinetikasi
Preparat ta'siri uning komponentlarining umumiy ta'siri natijasidir, shuning uchun kinetik kuzatuvlarni o‘tkazishning imkoni yo‘q; barcha komponentlarni birgalikda markerlar yoki biotadqiqotlar yordamida kuzatib bo‘lmaydi. Shu sababli preparat metabolitlarini aniqlashning imkoni yo‘q.
Farmakologik ta'siri
Persen - sedativ ta'sirga ega fitopreparat. Valeriana ildizpoyalari va ildizlari monoterpenlar, seksviterpenlar va kamroq uchuvchan valerian kislotalari, gamma-aminomoy kislotasi (GABA), glutamin va arginin saqlovchi efir moyini o'z ichiga oladi, yuqori asab qo'zg'aluvchanligida ishlatiladi, sedativ va spazmolitik ta'sir ko'rsatadi. Melissa barglari tinchlantiruvchi va spazmolitik ta'sir ko'rsatadi. Melissa barglarida mavjud bo'lgan faol ingredientlar efir moylari, geran, nerol va tsitrat moylari kabi monoterpen aldegidlari, flavonoidlar, glyukozidlar, monoterpenlar, taninlar (rozmarin kislotasi), triterpen kislotalari va achchiq substantsiyalardir. Yalpiz barglari OIT silliq mushaklariga spazmolitik ta'sir, shuningdek o't haydovchi va karminativ ta'sir ko'rsatadi. Yalpiz barglarida mavjud bo'lgan asosiy faol ingredientlarga mentolli efir moyi, flavonoidlar, fenol va triterpen kislotalari kiradi. Yalpiz barglari an'anaviy ravishda sedativ o'simlik yig'malari tarkibida valeriana ildizpoyasi va ildizlari bilan birga qo'llaniladi.
Nojo'ya ta'sirlar
  • Allergik reaktsiyalar (giperemiya, teri toshmasi, periferik shishlar, allergik dermatit), bronxospazm, uzoq muddat qo'llanilganda - qabziyat bo'lishi mumkin.
Dozani oshirib yuborilishi
Valeriana ildizpoyalari va ildizlarini 20 g (Persen Tun preparatining taxminan 39 kapsulasi) bir martalik qabul qilish charchoq hissi, oshqozonda spazmlar, ko‘krak qafasida siqilish hissi, bosh aylanishi, qo‘l titrashi, qorachiqlarning kengayishini keltirib chiqarishi mumkin, bu belgilar 24 soat ichida mustaqil ravishda yo‘qolishi mumkin. Doza oshib ketish belgilari kuzatilganda me’dani yuvish va shifokorga murojaat qilish maqsadga muvofiq.
Dori shaklining ta'rifi
  • Qizg'ish-jigarrang rangli kapsulalar; kapsula ichidagisi - granulalar yoki dog'lari bo'lgan jigarrang rangli zichlangan massa. kapsulalar kapsulalar №2 (korpus va qopqoqcha) qizg'ish-jigarrang rangli, kapsula ichidagisi - yashil-jigarrangdan jigarrang ranggacha bo'lgan, dog'lari bo'lgan granulalar yoki zichlangan massa. kapsulalar №2 (korpus va qopqoqcha) qizg'ish-jigarrang rangli, kapsula ichidagisi - yashil-jigarrangdan jigarrang ranggacha bo'lgan, dog'lari bo'lgan granulalar yoki zichlangan massa. Qizg'ish-jigarrang rangli kapsulalar; kapsula ichidagisi - granulalar yoki dog'lari bo'lgan jigarrang rangli zichlangan massa Qizg'ish-jigarrang rangli kapsulalar; kapsula ichidagisi - granulalar yoki dog'lari bo'lgan jigarrang rangli zichlangan massa. Dumaloq, ikki tomonlama qavariq, to'q-jigarrang qobiq bilan qoplangan tabletkalar. To'q-jigarrang rangli, dumaloq, ikki tomonlama qavariq, qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Boshqa preparatlar bilan o‘zaro ta’siri: Preparat uyqu vositalari va markaziy nerv tizimini susaytiruvchi boshqa dori preparatlari, gipotenziv preparatlar (xususan, markaziy ta’sirga ega), og‘riqsizlantiruvchi vositalar ta’sirini kuchaytiradi, bu dozalarni to‘g‘irlashni talab qiladi.
Umumiy ma'lumot

ILOVA-VARAQA: ISTE‘MOLCHILAR UCHUN MA‘LUMOT

 

Ushbu ilovani diqqat bilan o‘qib chiqing: u Siz uchun muhim ma‘lumotni saqlaydi.

Ushbu preparat shifokor reseptisiz beriladi. Biroq, optimal natijaga erishish uchun uni yo‘riqnomaga aniq rioya qilgan holda qabul qiling.

–      Ushbu ilova varaqani saqlang. Ehtimol, Siz uni yana bir bor o‘qib chiqishni istab qolarsiz.

–      Agar Sizda savollar paydo bo‘lsa, farmasevt bilan maslahatlashing.

–      Agar davolanishning 14 kunidan keyin simptomlar saqlansa yoki zo‘raysa, shifokorga murojaat qiling.

–      Jiddiy yoki ushbu yo‘riqnomada ta‘riflanmagan yangi nojo‘ya samaralar paydo bo‘lganida, iltimos, shifokor yoki farmasevtga murojaat eting.

Mazmuni:

  1. Persen Forte nima va u nima uchun qo‘llanadi
  2. Persen Forteni qabul qilishdan oldin nimalarni bilish kerak
  3. Persen Forteni qanday qabul qilish kerak
  4. Bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya samaralari
  5. Saqlash sharoiti

PERSEN® FORTE kapsulalar

(PERSEN® FORTE)

 

Tinchlantiradi

Dorivor valeriana (Valeriana officinalis L.)

Dorivor limon o‘ti (Melissa officinalis L.)

Qalampir yalpizi (Mentha piperita L.)

Persen Forte preparatining tarkibi

Faol moddalar:

– 87,5 mg valeriana ildizining quruq suvli-spirtli ekstrakti (Valeriana officinalis L., Valeriana radix extractum siccum)

– 17,5 mg dorivor limon o‘ti barglarining quruq ekstrakti (Melissa officinalis L., Melissa folium extractum siccum)

– 17,5 mg qalampir yalpizi barglarining quruq ekstrakti (Mentha piperita L., Mentha piperita folium extractum siccum)

Yordamchi moddalar: laktoza monogidrati, magniy oksidi, magniy stearati, talk, suvsiz kolloid kremniy dioksidi, jelatin, temir (III) oksidi (Ye 172), titan dioksidi (Ye 171), temir (II) oksidi (Ye 172).

Chiqarilish shakli: 20 kapsuladan karton qutida.

  1. PERSEN FORTE NIMA VA U NIMA UCHUN QO‘LLANADI

Persen Forte yumshoq tinchlantiruvchi ta‘sirga ega fitopreparatdir.

Valeriana ildizining ekstrakti tinchlantiruvchi samara ega. U nerv zo‘riqishi simptomlarini yengillashtiradi, uyqusizlik holatlarida esa – uyquga ketishga yordam beradi.

Limono‘ti barglarining ekstrakti preparatning tinchlantiruvchi ta‘sirini to‘ldiradi.

Qalampir yalpiz barglarining ekstrakti valeriana ildizining ekstraktlari bilan majmuada tinchlantiruvchi vosita sifatida ana‘naviy ishlatiladi.

Persen Forte nevrozlarni davolashning boshlang‘ich bosqichlarida, kuchliroq preparatlarni qo‘llash asoslanmagan hollarda ishlatiladi.

Persen Forteni vaqtinchalik yengil nerv zo‘riqishi simptomlarini yengillashtirish uchun (yuqori aqliy faollikda, bezovtalikda, qo‘zg‘aluvchanlikda kundalik tinchlantiruvchi vosita sifatida) va (yoki) uyquga ketish bilan bog‘liq vaqtinchalik qiyinchiliklar mavjud bo‘lganida qabul qilish tavsiya qilinadi.

 

  1. PERSEN FORTENI QABUL QILISHDAN OLDIN NIMALARNI BILISH KERAK

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan xolatlar:

Valeriana ildizlariga, dorivor limono‘tining barglariga, qalampir yalpiz barglariga, mentolga yoki preparatning har qanday yordamchi moddalariga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.

Maxsus ko‘rsatmalar va ehtiyotkorlik choralari

O‘t-tosh kasalligi va o‘t chiqarish yo‘llarining boshqa kasalliklari bo‘lgan pasientlar qalampir yalpiz barglari preparatlarini qo‘llaganda ehtiyotkorlikka rioya qilishlari kerak.

Gastroezofageal reflyuks kasalligi (jig‘ildon qaynashi) bo‘lgan pasientlar qalampir yalpiz barglari preparatlarini qo‘llashdan saqlanishlari kerak, chunki qo‘llash jig‘ildon qaynashini kuchaytirishi mumkin.

Bolalar

Persen Forte preparatini bolalarda qo‘llash tajribasi cheklanganligi tufayli, uni 12 yoshdan kichik bolalarda qo‘llash tavsiya etilmaydi.

 

Boshqa dori preparatlari bilan o‘zaro ta‘siri

Agar Siz biron bir dori preparatlarini, shu jumladan reseptsiz beriladigan dori vositalarini hozirgi vaqtda qabul qilayotgan, yaqinda qabul qilgan yoki qabul qilishni rejalashtirgan bo‘lsangiz, bu haqida davolovchi shifokorga yoki farmasevtga xabar bering.

Boshqa dori vositalari bilan farmakologik o‘zaro ta‘siri haqidagi ma‘lumotlar cheklangan. CYP2D6, CYP3A4/5, CYP1A2 va CYP2E1 izofermentlari ishtirokida metabolizmga uchraydigan preparatlar bilan klinik ahamiyatli o‘zaro ta‘siri aniqlanmagan.

Sintetik sedativ preparatlar bilan majmuaviy davolash tavsiya etilmaydi. Uni tibbiy ko‘rsatmalar bo‘lganida va shifokorning doimiy kuzatuvi ostida o‘tkaziladi. Agar Siz qanday preparatlar qo‘llayotganligingizni bilmasangiz, shifokor yoki farmasevtga murojaat eting.

 

Homiladorlik va emizish

Agar Siz homilador bo‘lsangiz, homiladorman deb gumon qilsangiz yoki homilador bo‘lishni rejalashtirgan bo‘lsangiz yoki emizayotgan bo‘lsangiz, ushbu dori preparatini qabul qilishdan oldin davolovchi shifokor yoki farmasevt bilan maslahatlashing.

Homiladorlik va emizish vaqtida preparatni qo‘llashning xavfsizligi aniqlanmagan, shuning uchun ehtiyotkorlik chorasi sifatida, Persen Forteni bu davrda qabul qilish tavsiya qilinmaydi.

Avtomobilni boshqarish va texnika bilan ishlash

Ushbu dori vositasini qo‘llash avtomobilni haydash va texnikani boshqarish qabiliyatiga salbiy ta‘sir ko‘rsatishi mumkin. Preparatning ta‘siri ostida avtomobilni boshqarish yoki texnik moslamalar bilan ishlash mumkin emas.

Preparatning ayrim ingredientlari to‘g‘risida ma‘lumot

Persen Forte kapsulalari laktoza saqlaydi. Ayrim qandlarni o‘zlashtiraolmaslik bo‘lganida ushbu dori preparatni qo‘llashdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.

  1. PERSEN FORTENI QANDAY QABUL QILISH KERAK

Kattalar va 12 yoshdan oshgan o‘smirlar:

Kuchli aqliy yuklamalarda, bezovtalikda yoki qo‘zg‘aluvchanlikda: 2 kapsuladan kuniga ikki marta qabul qilish kerak.

Uyqusizlikda: 2 kapsuladan uyqudan bir soat oldin qabul qilinadi.

Ichga qabul qilish uchun buyuriladi. Kapsulalar suv bilan birga yutiladi. Ovqat qabul qilishdan qat‘iy nazar qabul qilinadi.

Persen Fortening ta‘siri asta-sekin namoyon bo‘ladi. Optimal samarasini olish uchun kapsulalarni kamida 2 hafta davomida uzluksiz qabul qilish kerak.

Davolash davomiyligi cheklanmagan. Persen Forte preparati tavsiya etilgan dozalarda davomli qo‘llanganida qaramlik yoki bekor qilish sindromi paydo bo‘lmaydi.

Agar 14 kun davolashdan keyin simptomlar saqlansa yoki zo‘raysa, shifokor bilan maslahatlashish kerak.

Persen Forte preparati kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalar uchun mo‘ljallangan.

Dozani oshirib yuborilishi

Preparatning taxminan 20 g valeriana ildizlari (Persen Fortening taxminan 42 kapsulasiga ekvivalent) teng dozasini qabul qilish, toliqish, qorinda spazmlar, ko‘krak qafasida og‘irlik, bosh aylanishi, qo‘llarni qaltirashi va qorachiqni kengayishi o‘tkinchi simptomlarni chaqirishi mumkin. Bu simptomlar 24 soat davomida yo‘qoladi. Agar Siz Persen Fortening dozasini oshirib yuborgan bo‘lsangiz va ta‘riflangan simptomlar 24 soatdan ortiqroq saqlanib tursa, darhol shifokor bilan bog‘laning.

Shunga o‘xshash simptomlar paydo bo‘lganida samarani bir maromda tutib turuvchi davolash o‘tkaziladi.

Dorivor limono‘ti va qalampir yalpiz preparatlarining dozasini oshirib yuborish hollari ta‘riflanmagan.

Qabul qilishni o‘tkazib yuborish

Agar Siz kapsulani qabul qilishni unutgan bo‘lsangiz, uni iloji boricha tezroq qabul qiling. Agar keyingi dozani qabul qilish vaqti kelgan bo‘lsa, preparatni qabul qilishni odatdagi tartibiga rioya qiling.

O‘tkazib yuborilgan dozaning o‘rnini to‘ldirish uchun preparatning ikki marta dozasini qabul qilmang.

  1. BO‘LISHI MUMKIN BO‘LGAN NOJO‘YA SAMARALAR

Barcha dori preparatlari kabi, Persen Forte ham nojo‘ya samaralar chaqirishi mumkin, biroq ular barcha pasientlarda ham rivojlanavermaydi.

Tez-tezligi noma‘lum (mavjud ma‘lumotlar asosida aniqlab bo‘lmaydi):

  • o‘zini yomon his qilish (ko‘ngil aynishi);
  • qorin sohasida spazmlar.

Ushbu simptomlar valeriana ildizlari preparatlarini ichga qabul qilingandan keyin paydo bo‘lishi mumkin.

Qalampir yalpizni ichga qabul qilingandan keyin gastroezofageal reflyuks kasalligi (jig‘ildon qaynashi) simptomlarni kuchayishi mumkin.

Har qanday nojo‘ya samaralar paydo bo‘lganida, shifokor yoki farmasevtga murojaat eting. Bu shuningdek ushbu yo‘riqnomada ta‘riflanmagan nojo‘ya samaralarga ham taalluqli.

  1. SAQLASH SHAROITI

Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.

25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda, namlikdan himoyalangan joyda saqlansin.

Preparatni o‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin. Yaroqlilik muddatini tugashi ko‘rsatilgan oyning oxirgi kuniga  to‘g‘ri keladi.

Dori vositalarini kanalizasiyaga yoki maishiy chiqindilarga tashlash mumkin emas. Kerak bo‘lmagan dori vositalarini yo‘qotish tartibi to‘g‘risida farmasevtdan so‘rang. Bunday choralar atrof-muhitni himoya qilishga yordam beradi.

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz beriladi.

Ulashish:

Persen narxlari

Dorixonalar
Manzil
Ish vaqti
Sotib olmoq

Persen barcha rasmlari

Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar

Persen haqida savollar

Persen haqida fikr-mulohazalar

Reyting 4.7, 9 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil