Ташкент
logo
SavatKirish

ANGAL sprey so vkusom mentola, 30ml

Retseptsiz
Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Sloveniya
Ishlab chiqaruvchi:Sandoz Pharmaceuticals d.d.
ATX kodi:R02A
Barcha ANGAL dorilari
51 ta dorixonada bor
Narxi 36 000 so'm dan
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 51 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

ANGAL sprey so vkusom mentola, 30ml o'xshash dorilari

TONZIPRET tomchilar 50ml
Retseptsiz
TONZIPRET tomchilar 50ml
Germaniya
Ishlab chiqaruvchi:
Bionorica SE
Narxi
70 000 so'm dan
STREPSILS S VITAMINOM S tabletkalari so vkusom apelsina N24
Retseptsiz
STREPSILS S VITAMINOM S tabletkalari so vkusom apelsina N24
Buyuk Britaniya
Ishlab chiqaruvchi:
Rekitt Benkizer Xelsker Interneshnl Ltd
Narxi
31 000 so'm dan

ANGAL sprey so vkusom mentola, 30ml qo'llanmasi

Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Saqlash shartlari

Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin. 25°C dan yuqori bo‘lmagan xaroratda saqlansin.

Tarkibi

Bir ml eritma 2 mg xlorgeksidin diglyukonati va 0,5 mg lidokain gidroxloridi saqlaydi.

Purkagich tugmasiga bir bosishda ajralib chiqadigan doza (0,085 ml), 0,17 mg xlorgeksidin diglyukonati va 0,04 mg lidokain gidroxloridi saqlaydi.

Yordamchi moddalar: limon xushbo‘yi, glitserin (Ye422), propilenglikol (Ye1520), sukraloza (Ye955), limon kislotasi monogidrati (Ye330), etanol (29,7% hajm), tozalangan suv.

Bu preparat 29,7% hajm etanol (spirt) saqlaydi. Kattalar va 12 yoshdan oshgan o‘smirlar uchun maksimal bir martalik doza 104,46 mg gacha etanol (2,64 ml pivo yoki 1,10 ml vinoga ekvivalent) saqlaydi. 5 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun maksimal bir martalik doza 62,68 mg etanol (1,58 ml pivo yoki 0,66 ml vinoga ekvivalent) saqlaydi.

Preparat alkogolizmi bo‘lgan shaxslarga zarar qiladi.

Homiladorlar va emizikli ayollar, bolalar, shuningdek yuqori xavf guruhi patsiyentlari, xususan jigar kasalliklari yoki tutqanog‘i bo‘lgan patsiyentlarda qo‘llanganida etanolning (spirtning) miqdori hisobga olinishi kerak.

Angal Limon spreyi propilenglikol saqlaydi, u alkogol chaqiradiganga o‘xshash simptomlar chaqirishi mumkin.

Dori shakli

30 ml dan eritma mexanik purkagich va purkatish uchun uchlik bilan ta’minlangan, buraluvchi qopqoqli jigarrang shisha flakonda. Bir flakondan ilova-varaqa bilan qutida.

Nojo'ya samaralari

Barcha dori vositalari kabi Angal Limon ham, garchi ular hammada paydo bo‘lmasa-da, nojo‘ya samaralar chaqirishi mumkin.

Quyida sanab o‘tilgan xar qanday simptomlar paydo bo‘lganida, preparatni qo‘llashni darhol to‘xtating va shoshilinch shifokorga yoki yaqindagi tibbiy muassasaga murojaat qiling:

• qo‘llar, oyoqlar, to‘piqlar, yuz, lablar, og‘iz yoki tomoqni shishi, bu yutish yoki nafasni buzilishini chaqirishi mumkin;

• butun tana bo‘ylab toshma;

• eshakemi;

• xushdan ketish.

Bu juda jiddiy nojo‘ya samaralar, ular preparatga og‘ir allergik reaksiyalar haqida dalolat beradi. Bunday hollarda shoshilinch tibbiy yordam kerak bo‘ladi.

Boshqa nojo‘ya samaralari

Tez-tez (10 patsiyentlarda 1 dan ko‘p bo‘lmaganida uchraydi): ko‘ngil aynishi, qusish, qorin og‘rig‘i, teri allergik reaksiyalari.

Kam hollarda (1000 patsiyentlarda 1 dan ko‘p bo‘lmaganida uchraydi): preparat bilan kontaktdan keyin qichishuvchi toshma, terida qichishuvchi tugunli toshma, til yoki tomoqni shishi, nafasni qiyinlashishi, qorin og‘rig‘i, diareya, arterial bosimni keskin tushishi oqibatidagi bosh aylanishi kabi simptomlar bilan og‘ir allergik reaksiyalar.

Tez-tezligi noma’lum (mavjud ma’lumotlar bo‘yicha baholash mumkin emas): uyquchanlik, oriyentatsiyani buzilishi, ongni chalkashishi (shu jumladan nutqni chalkashishi), bosh aylanishi, tremor, psixoz, asabiylik, sanchilish, uvishish, tirishishlar, xushdan ketish, koma, quloqlarda shovqin, qo‘zg‘alish (shu jumladan xarakat bezovtaligi bilan og‘ir qo‘zg‘alish), xursand-qo‘zg‘algan xolat (eyforiya), ko‘rishni buzilishi (ko‘rishni noaniqligi, ko‘zlarda ikkilanish), yutishni qiyinlashishi, o‘tkinchi ta’mni buzilishdari va tilda achishish xissi, og‘izda yaralar yoki toshma, mushak tortilishlari yoki qaltirashi (tremor), og‘izda issiqlik yoki sovuqlik tuyg‘usi, quyosh nurlari ta’siriga terining sezuvchanligini oshishi (sekinlashgan turi) yoki terida boshqa reaksiyalar, lixenoid reaksiya, yanada qiyinlashgan va tezlashgan va terini ko‘karishiga olib keluvchi nafasni qiyinlashishi, tez va yuzaki nafas, nafasni birdan to‘xtashi, kuchsizlik va kuch va quvvatni yo‘qligi xissi, bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, charchoqlik, nafasni qiyinlashishi va terini ko‘karishi bilan namoyon bo‘luvchi qondagi o‘zgarishlar.

Butun og‘iz bo‘shlig‘iga sepish bilan xlorgeksidinni davomli va uzluksiz qo‘llashda, tishlarni vaqtinchalik qorayishi paydo bo‘lishi mumkin. Tishlarni bunday qorayishini bartaraf qilish mumkin. Hozirgi vaqtgacha preparat tomoq sohasiga mahalliy qo‘llanganda tishlarni qorayishi haqida xabarlar tushmagan.

Bolalar

Bolalarda nojo‘ya samaralarini rivojlanish tez-tezligi va og‘irligi, kattalardagidek bo‘lishi kutiladi.

Agar Sizda biron-bir nojo‘ya samaralari paydo bo‘lsa, shifokor yoki farmatsevt bilan maslahatlashing. Shuningdek, agar Sizda bu ilova-varaqada keltirilmagan nojo‘ya samaralari paydo bo‘lsa, shifokor yoki farmatsevt bilan maslahatlashing.

Qo'llanilishi

ANGAL LIMON spreyi ikki tomonlama (mikroblarga qarshi va mahalliy og‘riqsizlantiruvchi) ta’sirga ega, chunki ikki faol modda saqlaydi: xlorgeksidin va lidokain.

Shuning uchun preparat tomoqdagi yallig‘lanish simptomlarini yumshatadi, og‘ir bakterial infeksiyalar rivojlanishi xavfini kamaytiradi, yutishdagi og‘riqni va tomoqni ta’sirlanishini kamaytiradi.

Angal Limon spreyi qand (saxaroza) saqlamaydi, shuning uchun uni xatto qandli diabetda xam qo‘llash mumkin.


Angal Limon spreyi quyidagilarda mahalliy qo‘llanadi:

• og‘iz bo‘shlig‘i (stomatit, gingivit) va tomoq (faringit) shilliq qavatining yallig‘lanishini davolash;

• og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatining yallig‘lanishida og‘riqni yengillashtirish;

• tomoqning yallig‘lanish simptomlarini (yutishdagi og‘riq, ta’sirlanish) yengillashtirish.

Angal Limon spreyi kattalar, o‘smirlar va 5 yoshdan oshgan bolalarda qo‘llash uchun ko‘rsatilgan. 

Agar 3-4 kun davomida simptomlar kuchaysa yoki yaxshilanish kuzatilmasa, shifokorga murojaat qilish kerak.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

Preparatni quyidagilarda qo‘llamang:

• ushbu preparatning faol yoki yordamchi moddalariga yoki lidokainga o‘xshash boshqa mahalliy anestetiklarga allergiya bo‘lganida;

• 5 yoshdan kichik bolalarni davolash uchun;

• alkogolga qaramlikda.


Maxsus ko‘rsatmalar va ehtiyotkorlik choralari

Preparatni qo‘llash oldidan quyidagi hollarda shifokor yoki farmatsevt bilan maslahatlashing:

• tananing yuqori hararati, yutishni qiyinlashishi bilan tomoqda kuchli og‘riq bo‘lganida;

• yurak yetishmovchiligida;

• jigar faoliyatini buzilishida;

• yurak ritmini buzilishlarini davolash uchun preparatlar qabul qilinganida;

• allergik reaksiyalarga moyillikda.

Spreyni ko‘z sohasiga purkatishdan saqlaning. Ko‘zga tasodifan tushganida ularni oqar suvda qovoqlar ochiqligida 15 minut davomida yuving.

Sprey qo‘llanganidan keyin ovqat va ichimliklarni qabul qilishdan saqlanish kerak, shuningdek tishlarni tozalamaslik kerak.

Preparat ko‘pincha tish pastalari tarkibiga kiradigan ayrim moddalar bilan nomutanosib. Shuning uchun tish pastasini ishlatish va bu preparatni qo‘llash orasida kamida 30 minut o‘tishi kerak.


Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Agar Siz biron-bir preparatlarni qabul qilayotgan, yaqinda qabul qilgan yoki qabul qilishingiz mumkin bo‘lsa, bu haqida shifokorga yoki farmatsevtga xabar bering.

Angal Limon spreyini quyidagilarda qo‘llamang:

 xolinesteraza fermentini susaytiruvchi preparatlar (neostigmin, distigmin, piridostigmin) va miasteniya gravisni (mushak kuchsizligi bilan namoyon bo‘luvchi autoimmun kasallik) davolash uchun boshqa preparatlar bilan bir vaqtda qo‘llash;

 tomoqdagi yallig‘lanishni kamaytirish uchun boshqa dori preparatlari (antiseptiklar) bilan. Bu Angal pastilkalariga taalluqli, ular sprey saqlovchi xuddi shu moddalarni saqlaydi. Angal spreyi va pastilkalari birga qo‘llanilganda, sutkalik doza oshirilmasligi kerak (shuningdek “Angal Limon spreyi qanday qo‘llanadi” ga qarang);

 og‘ir metallarni saqlovchi boshqa dezinfeksiyalovchi eritmalar bilan birga.


Ovqat va ichimliklar bilan qabul qilish

Spreyni bevosita ovqatlanish oldidan yoki ovqat qabul qilish vaqtida qo‘llamang.

Ta'rifi

Og‘iz bo‘shlig‘i uchun sprey, eritma.

Tiniq, rangsiz, limon va etanol hidli, limon mazali eritma.

 

Dozirovkasi

Kattalar va 12 yoshdan oshgan o‘smirlar: purkagich tugmasiga 3-5 ketma-ket bosiladi; sutkada 6 martadan 10 martagacha takrorlansin.

Kattalar uchun maksimal doza quyidagini tashkil qiladi:

• bir martalik: 0,85 mg xlorgeksidin dipropionati va 0,21 mg lidokain gidroxloridi;

• sutkalik: 8,5 mg xlorgeksidin dipropionati va 2,1 mg lidokain gidroxloridi.

Spreyni Angal pastilkalari bilan birga qo‘llash mumkin, lekin sutkalik dozani oshirish mumkin emas. Kattalar preparatning ikkala shaklini maksimal sutkada 10 marta qo‘shishlari mumkin. Masalan: agar Siz bir pastilka qabul qilgan bo‘lsangiz, Siz Angal Limon spreyini shu kuni yana 9 marta ishlatishingiz mumkin. Agar Siz 2 pastilka qabul qilgan bo‘lsangiz, Siz Angal® Limon spreyini shu kuni yana 8 marta ishlatishingiz mumkin va x.k.

5 yoshdan katta bolalar: purkagich tugmasiga 2-3 ketma-ket bosiladi; sutkada 3 martadan 5 martagacha takrorlansin.

Bolalarda sprey va Angal pastilkalari birga qo‘llashga yo‘l qo‘yilmaydi.


Qo‘llash usuli

Og‘iz bo‘shlig‘i va tomoqda mahalliy qo‘llash uchun.

Har bir qo‘llashdan keyin purkashni bloklash uchun purkagich naychasini pastga buring.

Agar ma’lum vaqtda Angal Limon spreyini ishlatish rejalashtirilmasa, quyidagi tarzda purkatish uchlikni tozalash tavsiya etiladi:

1. Flakon tubini yuqoriga qilib to‘nkaring va purkagich tugmasiga adapterda qolgan eritma yo‘qotilmagunicha (eritma boshqa purkalmaydi) bosing.

2. Purkash uchun teshikdan purkagich naychasini chiqarib oling va uni bir necha minutga iliq suvli idishga solib qo‘ying

3. Purkagich naychasini suvdan oling va quriting.

4. Purkashni bloklash uchun purkagich naychasini, u pastga qaragan xolatda qilib biriktiring.


Qo‘llash davomiyligi

Spreyni uzluksiz 3-4 kundan ortiq yoki juda tez-tez qo‘llamang.

Preparatni faqat tomoq yallig‘lanishi chaqirgan og‘riq va ta’sirlanishni yaxshilanishi yuz bermagunicha ishlating.

Simptomlar kuchayganida yoki 3-4 kun davomida yaxshilanish kuzatilmaganida shifokorga murojaat qilish kerak.

Dozani oshirib yuborilishi

Preparatning dozasi oshirib yuborilganida darhol shifokorga yoki farmatsevtga murojaat qiling. 

Bu dori preparati og‘iz bo‘shlig‘iga mahalliy qo‘llanishiga qaramasdan, xatoga yo‘l qo‘yib yoki ehtiyotsizlik bo‘yicha ortiqcha dozalarda preparatni ichga qabul qilishning ehtimoli bor. Bu ayniqsa bolalarga taalluqli.

Ortiqcha dozalar (sutkada 1 flakondan ko‘p sprey) qo‘llanganidan keyin yutishni buzilishi paydo bo‘lishi mumkin (yutish refleksining nazoratini susaytiradi).

Dozani oshirib yuborilishining birinchi belgilari bosh og‘rig‘i, gallyutsinatsiyalar, bosh aylanishi, uyquchanlik, qo‘zg‘alish, quloqlarda shovqin, terida noxush tuyg‘ular (masalan, qitiqlanish yoki sanchilish), nutqni buzilishi, eshitishni buzilishi, og‘iz sohasida uvishishi, atsidoz (uning simptomlari nafasni tezlashishi, ongni chalkashishi, charchoqlik hisoblanadi), ko‘z soqqalarini nazorat qilinmaydigan ritmik xarakatlari, mushak tortilishlari, psixozlar kabi markaziy nerv tizimi tomonidan buzilishlar ko‘rinishida namoyon bo‘ladi.

Dozani oshirib yuborilishi yurak-qon tomir tizimiga ta’sir qilishi mumkin: birdan arterial bosimni tushib ketishi, yurak ritmini sekinlashishi, yurak ritmini buzilishi va birdan yurakni to‘xtashi.

Shuningdek me’da-ichak yo‘llari tomonidan nojo‘ya reaksiyalar (qusish, qizilo‘ngach, me’da va (yoki) o‘n ikki barmoq ichak yaralari, xursand-qo‘zg‘algan kayfiyat (eyforiya), ko‘rishni noaniqligi, ta’m sezishni yo‘qolishi (bir necha soat davom etuvchi) va jigar fermentlari miqdorini oshishi (faqat qon tahlili bo‘yicha aniqlanadi) paydo bo‘lishi mumkin.


Qo‘llashni o‘tkazib yuborilishi

Unutilgan dozaning o‘rnini to‘ldirish uchun dozani ikki marta qo‘llamang.

Bu preparatni qo‘llash bo‘yicha savollar paydo bo‘lganida, shifokor yoki farmatsevt bilan maslahatlashing.

Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi

Homiladorlik vaqtida, homiladorlik borligiga gumon bo‘lganida, uni rejalashtirishda yoki emizish davrida preparatni qo‘llashdan oldin shifokor yoki farmatsevt bilan maslahatlashing.

Homiladorlik vaqtida yoki emizish davrida, shifokor preparatni buyurmagandan tashqari hollarda, Angal Limonni qo‘llamang.

Preparat shuningdek xomiladorlik va emizishda salbiy ta’sir qilishi mumkin, chunki u spirt saqlaydi.

Ehtiyot choralari

Transportni boshqarish va texnika bilan ishlash qobiliyatiga ta’siri

Tekshirilmagan. Preparat transportni boshqarish va texnika bilan ishlash qobiliyatiga ta’sir qilmaydi yoki o‘ta kuchsiz ta’sir qiladi.

ANGAL sprey so vkusom mentola, 30ml boshqa chiqarish shakllari

ANGAL sprey so vkusom mentola, 30ml analoglari

LIDOKAIN ASEPT sprey 50ml 10%
LIDOKAIN ASEPT sprey 50ml 10%
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Biogen NPS OAO
KATEDJEL S LIDOKAINOM gel 12,5g N25
Retseptli
KATEDJEL S LIDOKAINOM gel 12,5g N25
Avstriya
Ishlab chiqaruvchi:
Pharmazeutisshe Fabris Montavit Ges.m.b.H.
PAFESAN sprey so vkusom mentola 30ml 2mg/0,5mg
Retseptsiz
PAFESAN sprey so vkusom mentola 30ml 2mg/0,5mg
Turkiya
Vakil:
Dr.Sertus
Ishlab chiqaruvchi:
World Medicine Ophthalmics Ilaҫlari Ltd. Şti.
PAFESAN sprey so vkusom limona 30ml 2mg/0,5mg
Retseptsiz
PAFESAN sprey so vkusom limona 30ml 2mg/0,5mg
Turkiya
Vakil:
Dr.Sertus
Ishlab chiqaruvchi:
World Medicine Ophthalmics Ilaҫlari Ltd. Şti.
KATEDJEL S LIDOKAINOM gel 12,5g N5
Retseptli
KATEDJEL S LIDOKAINOM gel 12,5g N5
Avstriya
Ishlab chiqaruvchi:
Pharmazeutisshe Fabris Montavit Ges.m.b.H.
PAFESAN tabletkalari so vkusom mentola 5mg/1mg N20
Retseptsiz
PAFESAN tabletkalari so vkusom mentola 5mg/1mg N20
Turkiya
Vakil:
Dr.Sertus
Ishlab chiqaruvchi:
World Medicine Ophthalmics Ilaҫlari Ltd. Şti.
PAFESAN tabletkalari so vkusom limona 5mg/1mg N20
Retseptsiz
PAFESAN tabletkalari so vkusom limona 5mg/1mg N20
Turkiya
Vakil:
Dr.Sertus
Ishlab chiqaruvchi:
World Medicine Ophthalmics Ilaҫlari Ltd. Şti.
Narxi
42 000 so'm dan

ANGAL sprey so vkusom mentola, 30ml savollari

ANGAL sprey so vkusom mentola, 30ml fikr-mulohazalari

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil