AMOKSISILLIN tabletkalari 250mg N20

AMOKSISILLIN tabletkalari 250mg N20 qo'llanmasi
Farmakokinetikasi
Preparat me'da-ichak traktidan deyarli to'liq (93%) so'riladi, ovqat qabul qilish so'rilishga ta'sir qilmaydi, me'daning kislotali muhitida parchalanmaydi. Qon plazmasidagi eng yuqori kontsentratsiyaga qabul qilingandan taxminan 1-2 soat o'tgach erishiladi. Preparatning taxminan 17% qon plazmasi oqsillari bilan bog'lanadi. To'qimalarga, organizmning biologik suyuqliklariga (orqa miya suyuqligidan tashqari) yaxshi kirib boradi. Yo'ldosh to'sig'i orqali o'tadi va ko'krak suti bilan ajralib chiqadi. Jigar funktsiyasi normal bo'lganda safroda yuqori kontsentratsiya hosil bo'ladi, bu qondagi kontsentratsiyadan 2-4 baravar yuqori. Katta qismi buyraklar orqali asosan naychali ekskretsiya yo'li bilan, taxminan 50% o'zgarmagan holda chiqariladi. Yarim chiqarilish davri (Т1/2) 1-2 soat, u jigar funktsiyasi buzilganda o'zgarmaydi, ammo buyrak funktsiyasi buzilganda (kreatinin klirensi (KK) 15ml/daq ga teng yoki undan kam) uzayadi va anuriyada o'rtacha 8,5 soatga yetadi (5-15 soat).
Farmakologik ta'siri
Yarim sintetik penitsillinlar guruhiga kiruvchi keng ta'sir doirasiga ega antibiotik. Bakteritsid ta'sir ko'rsatadi, hujayra qobig'i sintezini susaytiradi.
Grammusbat (gemolitik va nogemolitik Streptococcus spp., beta-laktamaza (penitsillinaza) ishlab chiqarmaydigan Staphylococcus spp., Clostridium spp., Bacillus anthracis, Corynebacterium diphtheriae, Enterococcus spp.) va grammanfiy mikroorganizmlarga (Haemophilus influenzae, Bordetella pertussis, Proteus mirabilis, Brucella spp., Neisseria gonorrhoeae va Neisseria meningitidis, Salmonella spp., Shigella spp., Esherichia coli, Borrelia burgorfery, Helicobacter pylori) nisbatan faol.
Beta-laktamaza (penitsillinaza) ishlab chiqaruvchi mikroorganizmlar, Pseudomonas, indol-musbat Proteus, Serratia, Enterobacter ga nisbatan faol emas.
Nojo'ya samaralari
Allergik reaksiyalar: eritema, eshakemi, rinit, kon'yunktivit; kam hollarda - isitma, bo'g'imlarda og'riq, eozinofiliya; juda kam hollarda - anafilaktik shok, Kvinke shishi.
Shuningdek ovqat hazm qilish traktining buzilishlari paydo bo'lishi mumkin: ko'ngil aynishi, qusish, diareya, anus sohasida qichishish, juda kam hollarda soxtamembranoz va gemorragik kolitlar.
Kam hollarda interstitsial nefrit rivojlanishi mumkin, juda kam hollarda - agranulotsitoz, trombotsitopeniya.
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
- penitsillinlarga, tsefalosporinlarga yuqori sezuvchanlik;
- og'ir jigar yetishmovchiligi;
- amoksitsillinga sezgir bo'lmagan mikroorganizmlar, ayniqsa psevdomonadalar va stafilokokklar chaqirgan infektsion kasalliklar;
- anamnezda allergiya, bronxial astma, pichan tumovi yoki eshakemi;
- infektsion mononukleoz, limfoleykoz;
- homiladorlik va laktatsiya.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Bakteriostatik antibiotiklar (tetratsiklinlar, xloramfenikol, makrolidlar) bilan bir vaqtda qo'llanilganda o'zaro antagonizm, aminoglikozid va sefalosporin antibiotiklari bilan esa mikroblarga qarshi samaradorlikda sinergizm kuzatiladi. Allopurinol bir vaqtda qo'llanilganda allergik teri reaksiyalari chastotasi oshmaydi.
Preparat steroid homiladorlikka qarshi vositalar ta'sirini kamaytiradi va penitsillinlar va sefalosporinlar bilan kesishgan sensibilizatsiyaga ega.
Probenetsid, fenilbutazon, oksifenbutazon, asetilsalitsil kislotasi, sulfinpirazon preparatning plazmadagi konsentratsiyasini va uning T1/2 ini oshiradi. Antatsidlar preparat so'rilishini kamaytiradi.
Dozirovkasi
Ichga, ovqatdan oldin yoki keyin. Kattalar va 10 yoshdan katta bolalarga (tana vazni 40 kg dan ortiq), odatda, 1,0-1,5 g sutkalik dozada tayinlanadi.
5 yoshdan 10 yoshgacha bo'lgan bolalarda sutkalik doza odatda 0,75 g ni, 2 yoshdan 5 yoshgacha - 0,375 g ni, 2 yoshdan kichik bo'lganlarda - 20 mg/kg vaznga tashkil qiladi.
Sutkalik doza 2-3 qabulga bo'linadi. Infektsion kasallikning og'ir kechishida dozani ikki baravar oshirish mumkin.
Preparat bilan davolash kamida 5-7 kun davom etishi kerak, ammo surunkali bronxit zo'rayishida odatda faqat yiringli balg'am ajralish davrida tayinlanadi. Beta-gemolitik streptokokk chaqirgan infektsiyalarda asoratlarning oldini olish uchun preparatni kamida 10 kun qo'llash kerak.
Preparatni qabul qilishni kasallik alomatlari yo'qolgandan keyin 48 soat davomida davom ettirish kerak.
O'tkir gonoreyada 3 g bir qabulda 1 g probenetsid bilan birgalikda tayinlanadi. Ayollarni davolashda ko'rsatilgan dozani takrorlash tavsiya etiladi.
Jigar funktsiyasi pasayganda preparat dozasi o'zgartirilmaydi. Gemodializdan keyin dializlangan miqdorni to'ldirish kerak.
Buyrak funktsiyasi buzilgan bemorlarda KK 10 ml/daq dan past bo'lganda preparat dozasini 15-50% ga kamaytiradilar yoki qabullar orasidagi intervalni 24 soatgacha oshiradilar. KK 10-30 ml/daq bo'lganda preparat 500 mg dozada 12 soat oraliq bilan tayinlanadi. Siydik chiqarish traktining asoratlanmagan infektsiyalarida har bir yuborishga 3 g dan ikki marta 10-12 soat oraliq bilan tayinlanadi.
Hajm/og'irlik
AMOKSISILLIN tabletkalari 250mg N20 o'xshash dorilari



Amoksitsillin boshqa chiqarish shakllari


AMOKSISILLIN tabletkalari 250mg N20 analoglari










AMOKSISILLIN tabletkalari 250mg N20 narxlari va Toshkentdagi dorixonalardagi mavjudligi
{
"data": {
"id": 62979,
"stores_apteka_id": 325098,
"slug": "amoksitsillin-tabletki-250-mg-n20",
"stores_apteka_slug": "amoksitsillin-tab-250mg-n20",
"name": "AMOKSISILLIN tabletkalari 250mg N20",
"brand_name": "AMOKSISILLIN",
"image": "uploads/iblock/d2e/d2ebe995f98a5400570455f691f602a0.webp",
"atx_code": "J01CA04",
"drug_form_id": 1,
"over_the_counter": false,
"prescription_type": "prescription",
"availability": "available",
"reviews_count": 0,
"reviews_rating": 0,
"has_pickup": true,
"has_delivery": false,
"manufacturer": null,
"manufacturer_plain": "PROMOMED RUS,OOO proizvedeno Bioximik, AO",
"representative": null,
"representative_plain": null,
"distributor": null,
"distributor_plain": null,
"is_manufacturer_advertiser": false,
"is_representative_advertiser": false,
"is_dietary_supplement": false,
"is_medical_device": false,
"category": {
"id": 480,
"slug": "antibiotiki",
"name": "Antibiotiklar",
"external_link_title": null,
"external_link": null
},
"drug_group": {
"id": 8077,
"slug": "amoksitsillin",
"name": "Amoksitsillin"
},
"is_purchasable": true,
"country": {
"id": 20,
"slug": "rossiya",
"name": "Rossiya Federatsiyasi"
},
"active_ingredients": [
{
"id": 6321,
"slug": "amoksitsillin",
"name": "Amoksisillin"
}
],
"tags": []
}
}









