Apteka.uz
SavatKirish

Nitroksolin

Nitroksolin chiqarilish shakllari

NITROKSOLIN tabletkalari 50mg N50
Retseptli
NITROKSOLIN tabletkalari 50mg N50
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Tatximfarmpreparati, AO
•128 ta dorixonada bor
Narxi
20 000 so'm dan
NITROKSOLIN tabletkalari 50mg N50
Retseptli
NITROKSOLIN tabletkalari 50mg N50
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Irbitskiy XFZ,OAO
•128 ta dorixonada bor
Narxi
20 000 so'm dan
- Nitroksolin qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Nitroksolinning tarkibi
- Nitroksolin ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Nitroksolin narxi Toshkent dorixonalarida

Nitroksolin qo'llanmasi

Ishlab chiqarilish joyi
Rossiya Federatsiyasi
Faol modda

Qo‘llash ko‘rsatmalari

  • Nitroksolinga sezgir mikroorganizmlar chaqirgan asosan siydik-tanosil yo'llarining infektsion-yallig'lanish kasalliklari (sh.j. pielonefrit, tsistit, uretrit, epididimit; infektsiyalangan prostata bezi adenomasi yoki kartsinomasi va b.). Diagnostik va davolash manipulyatsiyalarida (kateterizatsiya, tsistoskopiya), buyrak va siydik-tanosil yo'llaridagi jarrohlik aralashuvlarida operatsiyadan keyingi davrda infektsion asoratlarning oldini olish.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

  • Oligo- yoki anuriya bilan kechuvchi buyrak funksiyasi buzilishlari; og‘ir jigar kasalliklari; glyukoza-6-fosfatdegidrogenaza tanqisligi; 3 yoshgacha bo‘lgan bolalar (qattiq bo‘linmaydigan dori shaklini hisobga olgan holda), katarakta, nevrit, polinevrit, homiladorlik (III trimestr), laktatsiya davri. Xinolin qatori preparatlariga yuqori sezuvchanlik.

Tarkibi

  • har bir tabletka saqlaydi: Faol moddalar: 50 mg nitroksolin Yordamchi moddalar: laktoza (sut qandi), kartoshka kraxmali, kolloid kremniy dioksidi (aerosil), talk, kaltsiy stearati, polisorbat-80 (tvin-80) – 100 mg massali tabletka (qobiqsiz) olinguncha yetarli miqdor; qand (saxaroza), magniy gidroksikarbonat, povidon (tibbiy quyi molekulyar polivinilpirrolidon), kolloid kremniy dioksidi (aerosil), talk, titan dioksidi, tropeolin O, azorubin (farmatsevtik maqsadlar uchun kislotali qizil 2S), asalari mumi – 200 mg massali qobiqli tabletka olinguncha. nitroksolin 0,05 nitroksolin 0,05 g; Yordamchi moddalar: laktoza, aerosil, talk, kaltsiy stearati, kartoshka kraxmali

Farmakokinetikasi

Ichga qabul qilingandan so‘ng MIYdan yuqori darajada absorbtsiya qilinadi. Buyraklar orqali o‘zgarmagan holda chiqariladi. Siydikda nitroksolinning yuqori konsentratsiyalari aniqlanadi.

Farmakologik ta'siri

Mikroblarga qarshi vosita, 8-oksixinolin hosilasi. Ta'sir mexanizmi bakterial DNK sintezini tanlab ingibitsiya qilish bilan bog'liq. Nitroksolin grammusbat bakteriyalar: Staphylococcus spp. (shu jumladan Staphylococcus aureus), Streptococcus spp. (shu jumladan beta-gemolitik streptokokklar, Streptococcus pneumoniae, Enterococcus faecalis), Corynebacterium diphtheriae, Bacillus subtilis; grammanfiy bakteriyalar: Neisseria gonorrhoeae, Escherichia coli, Proteus spp., Klebsiella spp., Salmonella spp., Shigella spp., Enterobacter spp. ga nisbatan faol. Nitroksolin shuningdek Mycobacterium tuberculosis, Trichomonas vaginalis, zamburug'larning ba'zi turlari (Candida spp., dermatofitlar, mog'orlar, chuqur mikozlarning ba'zi qo'zg'atuvchilari) ga nisbatan faol.

Nojo'ya ta'sirlar

  • Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: ko'ngil aynishi, qusish, ishtaha yo'qolishi; yakka hollarda - jigar funktsiyasining buzilishi. Allergik reaktsiyalar: teri toshmasi, qichishish. MNT va periferik asab tizimi tomonidan: yakka hollarda - ataksiya, bosh og'rig'i, paresteziyalar, polinevropatiya; uzoq muddat qo'llanilganda ko'ruv nervi nevriti rivojlanishi holati tasvirlangan. Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: yakka hollarda - taxikardiya.

Dori shaklining ta'rifi

  • Qobiq bilan qoplangan tabletkalar Och-zarg'aldoq yoki zarg'aldoq rangli qobiq bilan qoplangan tabletkalar, dumaloq, ikki tomonlama qavariq. Siniqda uchta qatlam ko'rinadi: ichki – sariqdan kulrang-sariq ranggacha, biroz yashil tusga yo'l qo'yiladi; o'rta – oq rangli va tashqi – och-zarg'aldoqdan zarg'aldoq ranggacha. qobiq bilan qoplangan tabletkalar Qobiq bilan qoplangan tabletkalar

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Nitroksolinning boshqa guruh dori preparatlari bilan klinik ahamiyatli o‘zaro ta’siri ta’riflanmagan

Umumiy ma'lumot

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

NITROKSOLIN

NITROXOLINE

 

Preparatning savdo nomi: Nitroksolin

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): nitroksolin

Dori shakli: qobiq bilan qoplangan tabletka.

Tarkibi:

1 tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: nitroksolin – 50 mg;

yordamchi moddalar: laktoza monogidrati, kartoshka kraxmali, talk, magniy stearati, suvsiz kolloid kremniy dioksidi, oq qand, povidon 25, titan dioksidi (Ye 171), jelatin, og‘ir magniy karbonati, polietilenglikol 6000 (makrogol 6000), sariq shafaq FCF (Ye 110).

Ta‘rifi: qobiq bilan qoplangan, sariq-to‘q sariqdan to‘q sariq rangligacha bo‘lgan, ikki tomonlama qavariq yuzali tabletkalar. Sindirib lupa ostida ko‘rilganida ikkita uzluksiz qavat bilan o‘ralgan yadrosi ko‘rinadi.

Farmakoterapevtik guruhi: Antibakterial vositalar. Nitroksolin.

ATX kodi: J01XX07

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Nitroksolin – xelat birikmalar hosil qilish mexanizmi bo‘yicha ta‘sir etuvchi sintetik uroantiseptikdir. U mikroorganizmlarning fermentlaridagi metall ionlarini bog‘lab, ferment funksiyasini bloklaydi, shunday qilib, ushbu fermentlarni spesifik substratlar bilan bog‘lanishini bartaraf etadi. Bu bakteriostatik, bakterisid va fungisid samaraga olib keladi. Siydikda kam ingibisiya qiluvchi konsentrasiyalarda nitroksolin ham o‘zining dastlabki holatida, ham glyukuronid shaklida uropatogen bakteriya bo‘lgan Escherichia coli ni siydik-jinsiy yo‘llarining epiteliysida fiksasiyasini susaytiradi.

Nitroksolin grammusbat, grammanfiy bakteriyalarning keng doirasiga va zamburug‘larga nisbatan samaralidir. Uning antibakterial va zamburug‘larga qarshi faollik doirasi siydik chiqarish yo‘llarining infeksiyasini chaqiruvchi ko‘pchilik mikroorganizmlarga taalluqli.

Nitroksolinga sezgir mikroorganizmlarga Escherichia coli, Ureaplasma ureafyticum, Mycoplasma hominis, Candida spp., Torulopsis spp. kiradi.

Nitroksolinga qisman sezgir mikroorganizmlarga Proteus spp., Staphylococcus spp. kiradi.

Nitroksolinga sezgir bo‘lmagan mikroorganizmlarga Pseudomonas spp., Providencia spp., Klebsiella spp., Enterobacter spp., Serratia spp., anaerob bakteriyalar kiradi.

Nitroksolinga shuningdek streptokokklar, Corynebacterium diphteriae, Enterococcus spp., Salmonella spp., Shigella spp., Neisseria gonorrhoeae va Hemophilias influenzae larning sezgirligi aniqlangan.

 

Farmakokinetikasi

Nitroksolin peroral qo‘llanganidan keyin me‘da-ichak yo‘llaridan tez va deyarli to‘liq (90%) so‘riladi. Bir martalik peroral 200 mg dozadan keyin o‘rtacha cho‘qqi konsentrasiyasiga 1,5-2 soatdan keyin erishiladi va u 4-4,7 mg/l ni tashkil qiladi. Qon zardobidan yarim chiqarilish davri taxminan 2 soatni tashkil qiladi. Nitroksolin ichga qabul qilinganidan keyin kon‘yugasiya bo‘lgan va kon‘yugasiya bo‘lmagan nitroksolinning siydikdagi yuqori konsentrasiyalariga erishiladi. Nitroksolin jigarda metabolizmga uchraydi, u yerda u glyukuron va sulfat kislotasi bilan birikadi. Nitroksolin glyukuronidi ko‘rinishida asosan siydik bilan (55-60%) va kam miqdorda safro bilan chiqariladi. Faqat 5% kon‘yugasiya bo‘lmagan faol shaklda siydik bilan chiqariladi.

Qo‘llanilishi

Nitroksolinga sezgir grammusbat va grammanfiy mikroorganizmlar va zamburug‘lar tomonidan chaqirilgan siydik chiqarish yo‘llarining o‘tkir, surunkali va qaytalanuvchi infeksiyalari.

Siydik chiqarish yo‘llarining qaytalanuvchi infeksiyalarini profilaktikasi uchun qo‘llaniladi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Kattalar: tavsiya qilingan sutkalik doza – 400-800 mg ni tashkil etadi, 4 marta qabul qilishga bo‘linadi. O‘rtacha sutkalik doza 400 mg ni (2 tabletkadan sutkada 4 marta ovqatdan oldin) tashkil qiladi. Og‘ir kasalliklarda sutkalik dozani 800 mg gacha (4 tabletkadan sutkada 4 marta) oshirish mumkin.

Kattalar uchun maksimal sutkalik doza 800 mg ni tashkil etadi.

Bolalar 3 yoshdan boshlab: tavsiya qilingan sutkalik doza 200-400 mg ni tashkil qiladi (1-2 tabletkadan sutkada 4 marta ovqatdan oldin).

Davolash muddatini shifokor kasallikning og‘irligi va kechishiga qarab belgilaydi.

Surunkali infeksiyalarda preparat ikki xaftalik tanaffus bilan 2 hafta davomidagi takroriy kurslar bilan buyuriladi (davolash kursi bir necha oy davom etishi mumkin).

Buyrak funksiyasini buzilishi

O‘rtacha buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi sekundiga 0,33 ml dan ortiq) bo‘lgan pasientlarda odatdagi dozani ikki marta kamaytirish kerak.

Jigar funksiyasini buzilishi

Jigar funksiyasini buzilishlarida odatdagi doza ikki marta kamaytirish kerak.

Keksa yoshdagi pasientlar

Dozaga tuzatish kiritish kerak emas.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan: yakka hollarda dispeptik ko‘rinishlar (ko‘ngil aynishi, qusish, ishtahani yo‘qolishi) bo‘lishi mumkin, ularni preparatni ovqatlanish vaqtida qo‘llash bilan bartaraf qilish mumkin.

Jigar va o‘t chiqarish yo‘llari tomonidan: transaminazalar faolligini pasayishi, jigar funksiyasini buzilishi.

Immun tizimi tomonidan: preparatni qo‘llash to‘xtatilganidan keyin tezda o‘tib ketuvchi teri toshmalari, qichishish bo‘lishi mumkin; juda kam hollarda – trombositopeniyani rivojlanishi bilan kechuvchi allergik reaksiyalar.

Nerv tizimi tomonidan: kam hollarda – bosh og‘rig‘i, ataksiya, paresteziyalar, polineyropatiya.

Buyrak tomonidan: qon plazmasida siydik kislotasi miqdorini kamayishi.

Nitroksolin buyrak orqali chiqarilishi tufayli, siydik to‘q sariq rangga bo‘yaladi.

Boshqalar: umumiy holsizlik, taxikardiya.

Preparat allergik reaksiyalarni, shu jumladan astmani qo‘zg‘atishi mumkin bo‘lgan sariq shafaq FCF (Ye110) bo‘yovchisini saqlaydi. Ayniqsa bu asetilsalisil kislotasiga yuqori sezuvchan pasientlarga taalluqlidir.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Nitroksolinga yoki preparatning har qanday komponentiga, shuningdek xinolinlarga yuqori sezuvchanlik; og‘ir jigar yoki buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi sekundiga 0,33 ml dan kam)da qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Nitroksollinni gidroksixinolinlar va uning hosilalarini saqlovchi preparatlar bilan qo‘llash mumkin emas.

Magniy saqlovchi antasidlar bilan bir vaqtda qo‘llanganida Nitroksolinni so‘rilishi sekinlashadi.

Nitroksolin nalidiks kislotasining samaradorligini pasaytiradi.

Tetrasiklin guruhi preparatlari bilan birga qo‘llanganida har bir preparatning samarasini qo‘shilishi kuzatiladi.

Nistatin va levorin bilan qo‘llanganida ta‘sirini potensiyalanishi kuzatiladi.

Nitroksolinning salbiy neyrotrop samarani qo‘shilishidan saqlanish uchun nitrofuranlar bilan birga qo‘llash mumkin emas.

Maxsus ko‘rsatmalar

Nitroksolinni to‘planishi mumkinligi tufayli preparat buyraklar funksiyasini buzilishlari bo‘lgan pasientlarga ehtiyotkorlik bilan buyuriladi. Preparat og‘ir jigar va buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi sekundiga 0,33 ml dan past) va kataraktasi bo‘lgan pasientlarga ehtiyotkorlik bilan va o‘ta zarur holatlarda buyuriladi. Gidroksixinolinning galogen hosilalari bilan yuqori dozalarda takror va uzoq muddat davolashda periferik nevrit va ko‘ruv nervining nevritini rivojlanishi hollari ta‘riflangan. Nitroksolin xinolinning nitrohosilasi hisoblanadi va unda bunday nojo‘ya ko‘rinishlar kuzatilmagan, ammo nitroksolin bilan davolashda ehtiyotkorlikka rioya qilish tavsiya etiladi – bunday pasientlar shifokorning sinchkov nazorati ostida bo‘lishlari kerak. Davolash qo‘shimcha tibbiy tekshiruvisiz 4 haftadan oshmasligi kerak.

Preparat laktoza saqlaydi, shuning uchun galaktozani o‘zlashtiraolmaslikning kam uchraydigan nasliy shakllari, laktaza yetishmovchiligi yoki glyukoza-galaktozani malabsorbsiyasi sindromi bo‘lgan pasientlarda preparatni qo‘llash mumkin emas.

Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi

Homiladorlik va emizish davrida preparatni qo‘llash xavfsizligi va samaradorligi aniqlanmagan, shuning uchun nitroksolinni bu davrlarda buyurish mumkin emas.

Bolalar

3 yoshgacha bo‘lgan bolalarda preparatni qobiq bilan qoplangan tabletkalar shaklida qo‘llash tavsiya qilinmaydi.

Avtotransportni yoki boshqa mexanizmlarni boshqarishda reaksiya tezligiga ta‘sir qilish xususiyati.

Preparatni avtotransportni boshqarishda yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaksiya tezligiga salbiy ta‘siri to‘g‘risida ma‘lumotlar yo‘q.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Nitroksolinning dozasini oshirib yuborilishi to‘g‘risida ma‘lumotlar yo‘q. Davolash simptomatik.

Chiqarilish shakli

10 tabletkadan blisterlarda; 5 blisterdan karton qutida.

 

 

Saqlash sharoiti

Original o‘ramida, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

4 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:
Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Nitroksolin preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing

Nitroksolin narxlari

Dorixonalar
Manzil
Ish vaqti
Sotib olish
D5
Olmazor tumani, Sag'bon ko'ch., 246 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-18:00
25 900 so'm
Bron qilish
Target Farm №9
Mirzo Ulug'bek tumani, Sayram ko'ch., 2 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-22:00
26 000 so'm
Bron qilish
Target Farm №3
Yashnobod tumani, Oltin tepa ko'ch., 7 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-22:00
26 000 so'm
Bron qilish
Target Farm №6
Olmazor tumani, Farobiy ko'ch., 28/6 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-22:00
26 000 so'm
Bron qilish

Nitroksolin barcha rasmlari

Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar

Nitroksolin haqida savollar

Nitroksolin haqida fikr-mulohazalar

Reyting 4.0, 1 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil