5-NOK
5-NOK qo'llanmasi
Qo‘llash ko‘rsatmalari
- Nitroksolinga sezgir mikroorganizmlar chaqirgan siydik chiqarish yo'llarining o'tkir, surunkali va qaytalanuvchi infektsiyalarini davolash: — pielonefrit; — tsistit; — uretrit; — epididimit; — infektsiyalangan prostata bezi adenomasi yoki kartsinomasi. Buyrak va siydik-tanosil yo'llaridagi jarrohlik aralashuvlarida, shuningdek diagnostik va davolash manipulyatsiyalarida (kateterizatsiya, tsistoskopiya) operatsiyadan keyingi davrda infektsion asoratlarning oldini olish. Siydik yo'llari qaytalanuvchi infektsiyalarining oldini olish.
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
- — katarakta; — og‘ir darajadagi buyrak yetishmovchiligi (KK 20 ml/daq dan kam); — og‘ir jigar yetishmovchiligi; — 3 yoshgacha bo‘lgan bolalar; — homiladorlik; — laktatsiya davri (ko‘krak suti bilan boqish); — nitroksolinga yoki preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik; — xinolinlarga yuqori sezuvchanlik.
Farmakokinetikasi
Farmakologik ta'siri
Nojo'ya ta'sirlar
- Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: ko'ngil aynishi, qusish (ovqat vaqtida preparat qabul qilish bilan oldini olish mumkin), jigar transaminazalari faolligining oshishi. MNT va periferik asab tizimi tomonidan: ataksiya, bosh og'rig'i, paresteziyalar, polinevropatiya. Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: taxikardiya. Allergik reaktsiyalar: teri toshmasi. Boshqalar: trombotsitopeniya, qon zardobida siydik kislotasi darajasining oshishi.
Dozirovkasi
- 50 mg
Dozani oshirib yuborilishi
Dori shaklining ta'rifi
- Zarg'aldoq rangli qobiq bilan qoplangan tabletkalar, dumaloq, ikki tomonlama qavariq, yaltiroq
Maxsus saqlash sharoitlari
Nitroksolinni gidroksixinolinlar yoki ularning hosilalarini saqlovchi preparatlar bilan bir vaqtda tayinlamaslik kerak.
Preparat buyrak funksiyasi buzilgan bemorlarda qo'llanilganda nitroksolinning mumkin bo'lgan kumulyatsiyasi tufayli shifokor nazorati zarur.
Jigar va buyrak funksiyasini qo'shimcha tekshirmasdan 4 haftadan ortiq davolash kurslarini tayinlamaslik kerak.
Nitroksolin bilan davolash fonida siydik jadal sariq-qizil rangga bo'yaladi.
Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Avtomobilni yoki mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri haqida ma'lumotlar yo'q.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Nojo'ya samaralari
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: ko'ngil aynishi, qusish (preparatni ovqat vaqtida qabul qilish orqali oldini olish mumkin), jigar transaminazalari faolligining oshishi.
MNS va periferik asab tizimi tomonidan: ataksiya, bosh og'rig'i, paresteziyalar, polinevropatiya.
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: taxikardiya.
Allergik reaksiyalar: teri toshmasi.
Boshqalar: trombotsitopeniya, qon zardobida siydik kislotasi darajasining oshishi.
5-NOK barcha rasmlari













