O‘tkir tizimli intoksikatsiya
Simptomlari: Toksik reaktsiyalar, asosan, markaziy nerv va yurak qon-tomir tizimlari tomonidan namoyon bo‘ladi. Ular tasodifan tomir ichidan yuborish, ortiqcha dozalash yoki faqat yuqori vaskulyatsiyalangan to‘qimalar sohasida tez so‘rilish bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin bo‘lgan mahalliy anestetikning qondagi yuqori kontsentratsiyasi tufayli paydo bo‘ladi (“Maxsus ko‘rsatmalar” bo‘limiga qarang).
Amid turidagi barcha mahalliy anestetiklar uchun MNTning shikastlanish alomatlari o‘zaro o‘xshash bo‘lib, yurak qon-tomir tizimining shikastlanish alomatlari esa ham sifat jihatdan, ham son jihatdan farq qiladi.
Mahalliy anestetikning bexosdan tomir ichidan yuborilishi darhol (bir necha soniya-daqiqa davomida) tizimli toksik reaktsiyalarga olib kelishi mumkin. Ortiqcha dozalashda tizimli toksik alomatlari kechroq (preparat yuborilgandan so‘ng 15-60 daqiqadan keyin) namoyon bo‘ladi, chunki mahalliy anestetikning qon plazmasidagi kontsentratsiyasi sekin oshib boradi.
Markaziy nerv tizimi tomonidan: MNT tomonidan intoksikatsiya asta-sekin namoyon bo‘ladi. Intoksikatsiyaning dastlabki alomatlari, odatda, quyidagilardan iborat: bosh aylanishi, og‘iz atrofi paresteziyasi, tildan qolish, giperakuziya, quloqlarda shovqin va ko‘rish qobiliyati buzilishi. Dizartriya va miofastsikulyatsiya jiddiyroq alomatlari hisoblanib, generalizatsiyalangan tomir tortishishlar paydo bo‘lishidan oldin kelishi mumkin. Ushbu alomatlar patsiyentning nevrotik kasalliklari sifatida yanglish qabul qilinmasligi kerak. Ularning ortidan bir necha soniyadan bir necha daqiqagacha davom etadigan hushidan ketish va katta tomir tortishish xurujlari rivojlanishi mumkin. Yuqori mushak faolligi va ventilyatsiya yetarlicha emasligi (me'yoriy nafas olish jarayoni buzilishi) tufayli tomir tortishish vaqtida gipoksiya va giperkapniya tez rivojlanadi. Og‘ir holatlarda nafas olish to‘xtab qolishi mumkin. Birga kechadigan atsidoz mahalliy anestetiklarning toksikli ta'sirini kuchaytiradi.
Simptomatikaning bartaraf etilishi mahalliy anestetik metabolizmi va uning markaziy nerv tizimidan qayta taqsimlanishi hisobiga yuz beradi. Agar ortiqcha dozalanish haddan tashqari bo‘lmasa, tavsiflangan holatlar tez bartaraf bo‘ladi.
Yurak qon-tomir tizimi tomonidan:Yurak qon-tomir tizimi tomonidan buzilishlar, odatda, yanada og‘irroq intoksikatsiyadan dalolat beradi. Undan oldin, odatda, markaziy nerv tizimi shikastlanishi alomatlari yuz berib, agar patsiyent benzodiazepin yoki barbituratlar kabi preparatlar bilan bog‘liq narkozda yoki chuqur sedatsiyada bo‘lsa, ular o‘chirilib ketishi mumkin. Mahalliy anestetiklarning qon plazmasidagi yuqori kontsentratsiyasi oqibatida yurak zarbini kamayishi, arterial bosim pasayishi, atrioventrikulyar blokada(AV blokada), bradikardiya, qorinchalar aritmiyasi va yurak urishi to‘xtab qolishi kelib chiqishi mumkin.
Juda tez vena ichi in'ektsiyasidan so‘ng preparatning qon plazmasidagi kontsentratsiyasi yetarlicha yuqori bo‘lishi mumkin. Bunday holatda u koronar arteriyalarga tez yetib boradi va qon aylanish buzilishi simptomlari MNT shikastlanishi alomatlaridan oldin paydo bo‘ladi. Ushbu mexanizm miokard bartaraf qilinishi bilan bog‘liq bo‘lib, intoksikatsiyaning birinchi alomati bo‘lib xizmat qilishi mumkin.
Bolalarda umumiy anesteziya ostida blokadani amalga oshirishda puxta kuzatuv talab qilinishi tufayli intoksikatsiyaning erta alomatlarini aniqlash qiyin kechadi.
Davolash Spinal blokada paydo bo‘lganda adekvat ventilyatsiyani ta'minlash (nafas olish yo‘llari o‘tkazuvchanligini, kislorod uzatilishini ta'minlash, zarur hollarda, intubatsiya va sun'iy ventilyatsiyani o‘tkazish) kerak. Arterial bosim pasayganda va/yoki bradikardiyada inotrop ta'sirli vazopressor preparatini yuborish kerak.
O‘tkir tizimli intoksikatsiya simptomlari paydo bo‘lganda preparat yuborilishini darhol to‘xtatish kerak. Tegishli ventilyatsiya, oksigenatsiyani ta'minlash va qon aylanishini quvvatlash kerak.
Barcha holatlarda kislorod uzatilishini yo‘lga qo‘yish kerak, zarur hollarda, intubatsiya va nazorat qilinadigan ventilyatsiya (ayrim hollarda giperventilyatsiya) o‘tkaziladi. Tirishishlarda diazepam, bradikardiyada – atropin yuboriladi. Qon aylanish yetarli bo‘lmagan taqdirda vena ichigadobutamin yuboriladi, norepinefrin yuborilishi mumkin (0,05 mkg/kg/daqiqadan boshlab, zarur hollarda, doza har 10 daqiqada 0,05 mkg/kg/daqiqaga oshiriladi), og‘irroq holatlarda doza gemodinamika monitoringi natijalari bo‘yicha titrlanadi. Efedrin yuborilishi mumkin. Og‘ir yurak qon-tomir tizimi shikastlanishida reanimatsiya muolajalari bir necha soat davom etishi mumkin. Har qanday atsidoz bartaraf qilinishi kerak.
Bolalarda tizimli intoksikatsiyani bartaraf etishda preparat dozasi ularning yoshi va tana vazniga muvofiq tanlanishi kerak.