Ташкент
logo
SavatKirish

ENDOMASTIN kapsulalar N60

Mahsulot haqida tafsilotlar
Kategoriya:Dori vositalari
Vakil:Damaar
Barcha ENDOMASTIN dorilari
54 ta dorixonada bor
Narxi 549 400 so'm dan
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 54 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov
Biologik aktiv qo'shimcha (BAQ). Ushbu mahsulot dori vositasi emas

ENDOMASTIN kapsulalar N60 qo'llanmasi

Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli
1 kapsula tarkibi:

Indol 3-korbinol – 300 mg, 

Epigallat -100 mg               

Vitex agnus-castus L.- 100 mg

Dori shakli: kapsulalar  № 60 flakonda


Farmakologik ta'siri

Indol – ayol jinsiy tizimining organlari va to‘qimalarida (sut bezlari, endometrium, miyometrium, bachadon bo‘yni, tuxumdonlar) giperplastik patologik jarayonlarning universal tuzatuvchisi. Tanadagi estrogenlar muvozanatini normallantiradi va ularning salbiy ogohlantiruvchi ta’sirini bostiradi, shuningdek, ko‘krak va bachadon to‘qimalarida patologik hujayralar o‘sishini faollashtiradigan boshqa (gormonga bog‘liq bo‘lmagan) mexanizmlarni bloklaydi. U g‘ayritabiiy darajada yuqori proliferativ faollikka ega bo‘lgan transformatsiyalangan hujayralarning selektiv o‘limiga sabab bo‘lish qobiliyatiga ega.

Epigallatning- faol moddalari reproduktiv tizimning giperplastik jarayonlariga bir nechta etiopatogenetik ta’sir ko‘rsatadi. Ular gormonal bo‘lmagan stimullardan kelib chiqqan ayol jinsiy tizimining organlari va to‘qimalarida patologik o‘sishni va hujayralar bo‘linishini bostiradi.Ular endometrium hujayralarining invaziv faolligini pasaytiradi, shuningdek, proliferativ faolligi oshgan hujayralarning selektiv o‘limiga (apoptoz) sabab bo‘ladi. Epigallat aniq anti-angiogen ta’sirga ega (yangi tomirlarning patologik o‘sishini bostiradi) va shu bilan neoplazmalarning o‘sishini oldini oladi.

Viteks agnus kastus- uzoq vaqtdan beri foydalanish tarixiga ega hisoblanadi.Tomir hujayralarining potologik proliferatsiyasini rivojlanmasligiga yordam beradi.Tana to‘qimalarida oksidlovchi stress darajasini pasaytiradi,yallig‘lanishni oldini oldini oladi.og‘riqni yengilashtiradi.

Nojo'ya samaralari

Odatda nojo‘ya ta’sir yuzaga kelmaydi,ko’pgina holatlarda preparatni yaxshi ta’siri kuzatilgan.
Preparatning bir yoki bir nechta tarkibiy qismlariga yakka tarzda uchraydigan yuqori sezuvchanlik holatlarida  allergik reaksiya kuzatiladi,bunday holda preparatni qo‘llash to’xtatiladi. 

Qo'llanilishi

Endomastin quyidagi kasalliklarni davolash uchun tavsiya etiladi:

- mastopatiya

- endometrioz

- adenomiyoz

- bachadon miomasi

- atipiyasiz endometriyal giperplaziya

-jarrohlik davolashdan keyin ushbu kasalliklarning qaytalanishining oldini olish

- ko‘krak bezi saratonining oldini olish

Endomastin operatsiyadan keyingi davrda endometrioid tuxumdon kistalarining takrorlanishiga aniq inhibitiv ta’sir ko‘rsatadi.
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

Preparat tarkibiy kismlariga yuqori sezuvchanlik.

Boshqa dorilar bilan mosligi

Boshqa dori vositalari bilan qo’llanilganda nojo‘ya ta’siri aniqlanmagan.

Dozirovkasi

Davolash kursining davomiyligi va preparat dozasi davolovchi shifokor tomonidan har bir bemor uchun induvidial ravishda belgilanadi.

Kattalarga 1 kapsuladan 2 maxal ovqat vaqtida ichish tavsiya qilinadi.

Zarurat tug’ilganda davolash kursi 1 oylik tanaffusdan so’ng qaytariladi.

Dozani oshirib yuborilishi

Preparatni meyoridan ortik qabul qilinishi oqibatida paydo bo‘ladigan noxush xolatlar aniqlanmagan.

ENDOMASTIN kapsulalar N60 savollari

ENDOMASTIN kapsulalar N60 fikr-mulohazalari

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil