ENDOMASTIN
ENDOMASTIN chiqarilish shakllari
ENDOMASTIN haqida qo'llanma
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
Preparat tarkibiy kismlariga yuqori sezuvchanlik.
Farmakologik ta'siri
Indol – ayol jinsiy tizimining organlari va to‘qimalarida (sut bezlari, endometrium, miyometrium, bachadon bo‘yni, tuxumdonlar) giperplastik patologik jarayonlarning universal tuzatuvchisi. Tanadagi estrogenlar muvozanatini normallantiradi va ularning salbiy ogohlantiruvchi ta’sirini bostiradi, shuningdek, ko‘krak va bachadon to‘qimalarida patologik hujayralar o‘sishini faollashtiradigan boshqa (gormonga bog‘liq bo‘lmagan) mexanizmlarni bloklaydi. U g‘ayritabiiy darajada yuqori proliferativ faollikka ega bo‘lgan transformatsiyalangan hujayralarning selektiv o‘limiga sabab bo‘lish qobiliyatiga ega.
Epigallatning- faol moddalari reproduktiv tizimning giperplastik jarayonlariga bir nechta etiopatogenetik ta’sir ko‘rsatadi. Ular gormonal bo‘lmagan stimullardan kelib chiqqan ayol jinsiy tizimining organlari va to‘qimalarida patologik o‘sishni va hujayralar bo‘linishini bostiradi.Ular endometrium hujayralarining invaziv faolligini pasaytiradi, shuningdek, proliferativ faolligi oshgan hujayralarning selektiv o‘limiga (apoptoz) sabab bo‘ladi. Epigallat aniq anti-angiogen ta’sirga ega (yangi tomirlarning patologik o‘sishini bostiradi) va shu bilan neoplazmalarning o‘sishini oldini oladi.
Viteks agnus kastus- uzoq vaqtdan beri foydalanish tarixiga ega hisoblanadi.Tomir hujayralarining potologik proliferatsiyasini rivojlanmasligiga yordam beradi.Tana to‘qimalarida oksidlovchi stress darajasini pasaytiradi,yallig‘lanishni oldini oldini oladi.og‘riqni yengilashtiradi.
Dozani oshirib yuborilishi
Preparatni meyoridan ortik qabul qilinishi oqibatida paydo bo‘ladigan noxush xolatlar aniqlanmagan.
Qo‘llash usuli va dozirovkasi
Davolash kursining davomiyligi va preparat dozasi davolovchi shifokor tomonidan har bir bemor uchun induvidial ravishda belgilanadi.
Kattalarga 1 kapsuladan 2 maxal ovqat vaqtida ichish tavsiya qilinadi.
Zarurat tug’ilganda davolash kursi 1 oylik tanaffusdan so’ng qaytariladi.
- 1. Dori vositalari va tibbiy buyumlar Davlat reestri (O‘zbekiston Respublikasi)
- 2. Ishlab chiqaruvchining rasmiy yo‘riqnomasi
- 3. Anatomik-terapevtik-kimyoviy tasnif (ATX)













