Ташкент
logo
SavatKirish

Fagobakt og'iz suyuqligi 20ml N4

Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:O'zbekiston
Kategoriya:Dori vositalari
ATX kodi:V03
Barcha Fagobakt dorilari
Mavjud emas
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 0 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

Fagobakt og'iz suyuqligi 20ml N4 o'xshash dorilari

SUPRADIN KIDS IMMUNO pastilkalar jevatelnie N30
SUPRADIN KIDS IMMUNO pastilkalar jevatelnie N30
Germaniya
Vakil:
Bayer
Ishlab chiqaruvchi:
Bayer Consumer Care AG
•34 ta dorixonada bor
Narxi
80 000 so'm dan
JARDI tabletkalari 10mg N28
JARDI tabletkalari 10mg N28
Pokiston
Ishlab chiqaruvchi:
CCL Pharmaceuticals (Pvt.) Ltd

Fagobakt og'iz suyuqligi 20ml N4 qo'llanmasi

Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Tarkibi

faol moddalar: salmonellezni qo'zg'atuvchi - S. typhimurium; S. newport; S. enteritidis; S. moscow; S. paratyphi B; S. agama; va S. java ga qarshi faol fagolizatlarning steril tozalangan filtrati. Faglar titri 1x106 KHQB/ml dan kam emas.                                        yordamchi moddalar: xinozol – 0,0001 g/ml yoki suyuk fag xajmining 0,01% miqdorida (konservant). Kukun tarkibida steril quruq sut bor.

Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli

20 ml dan 4 ta flakon, 100 ml dan 1 ta flakon yoki 4; 8 va 10 ta kapsulali blisterdan bittadan yoki 10 ta kapsulali 2 ta blister, davlat va rus tillaridagi tibbietda qo'llanilishga doir yo'riqnomasi bilan birga qarton qutida.

Farmakologik ta'siri

FAGOBAKT - immunobiologik preparat. Salmonellezni ko'zg'atuvchilari - S. typhimurium; S. newport; S. enteritidis; S. moscow; S. paratyphi B; S. agama; i S. java ning shtammlariga nisbatan spesifik bakterisid ta'sirga ega bulgan dori preparatidir.    Bakteriofag, S. typhimurium; S. newport; S. enteritidis; S. moscow; S. paratyphi B; S. agama; va S. java bakteriyalarning spesefik lizis qiladi. Fag zarralari sezuvchan bakteriyalarni membranalariga birikib oladi, xujayra ichiga kiradi va uning resurslari xisobiga ko'payadi.  Buning natijasida xujayralarni nobud bulishi va boshqa sezuvchan bakteriyalarni zaxarlash xususiyatiga ega bo'lgan etuk virulent fag zarralarini ajralib chiqishi yuz beradi. Salmonellez bakteriofagi boshqa bakteriyalarga ta'sir qilmaydi, xususan tabiiy mikroflorani izdan chiqarmaydi.

Nojo'ya samaralari

Preparat zaxarli emas. Biron bir nojo'ya ko'rinishlar aniqlanmagan.

Maxsus saqlash sharoitlari

 

Bakteriofag bilan davolashni iloji boricha erta boshlash kerak. Preparatni qo'llashdan oldin chayqatish kerak.  
Xira preparatni ishlatish mumkin emas! Preparat atrof muhitdagi bakteriyalar rivojlanishi mumkin bo'lgan ozuqa muhitini saqlaydi. Shu sababli, flakon ochilganda, preparat olinganda va saqlanganda quyidagi qoidalarga rioya qilish kerak: - qo'llarni yaxshilab yuvish kerak; - flakon qalpoqchasini ochishdan oldin unga spirt eritmasi bilan ishlov berish kerak;                                                                                                                                                    - Qalpoqchani tiqinni olmasdan ochish kerak; - ochilgan flakondagi preparatni steril shpris yordamida (tiqinni teshish orqali) olish kerak; - Agar flakonni ochishda qalpoqcha bilan birga tiqin ham chiqqan bo'lsa, flakonni ochiq qoldirish mumkin emas;                                                                                                                                - Ochilgan flakonni sovutgichda saqlash kerak. Ochilgan flakondagi preparatni ochish va saqlash qoidalariga rioya qilinganda, saqlash jarayonida xralashmagan bulsa yaroqlilik muddati davomida ishlatish mumkin.
                                                                            

Qo'llanilishi

S. typhimurium; S. newport; S. enteritidis; S. moscow; S. paratyphi B; S. agama; va S. java qo'zg'atuvchilari bilan bog'liq bo'lgan salmonellyoz kasalliklarini davolashda va profilaktika qilishda qo'llaniladi. - o'tkir diareya (gastrit, gastroenterit, gastroenterokolit, enterit, enterokolit, kolit) va salmonellez tashxisi bo'lgan xamma yosh guruxi va yukori xavf guruxlardagi bemorlarni davolash;- rekonvalissentlarni (bakteriya tashuvchanlik) sanasiya kilish; -salmonellyozni profilaktika kilish uchun ko'llaniladi. Salmonellyoz bakteriofagi, kasallikni mavsumiy kupayish davrida – maktabgacha tarbiya muassasalaridagi yosh bolalar va ularni tarbiyachilariga, maktab o'quvchilari va yozgi oromgoxlarda dam oluchilarga profilaktika maqsadda qo'llaniladi. Qo'llashni samarali dasturi – xar kuni yoshga karab bir marttali davolash miqdorni qabul qilish kerak (davolash maqsadidagi dastur asosida).Qabul qilish davomiyligi epid axvolga bog'liq. 

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

Preparatni xar qanday komponentiga o'ta yukori sezuvchanlikda qo'llash mumkin emas

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Preparatni har qanday guruh dori vositalari bilan birga qo'llash mumkin.

Ta'rifi

och sariq rangdan - och qo'ng'ir ranggacha bulgan tiniq suyuqlik, 20 ml dan 4 flakon, 100 ml 1 ta flakon yoki turli intensivlikdagi och ko'ng'ir rangli kukun -.300 g dan oq rangli, №0 qattiq jelatin kapsulalarda

Dozirovkasi

  Fag bilan samarali davolash usulini muxim sharti, kasallik tarqatuvchini shu fagga sezuvchanligini aniqlash. ( kasaldan ajratib olingan kasallik tarqatuvchi bakteriyani shu fagga sezuvchanligini aniqlash). Kasallikni boshlang'ich davrida fagni qo'llash, yuqori samara beradi. Preparat ichga qabul qilish va rektal yuborish uchun muljallangan. Davolash uchun preparat, ovqatdan 1 soat oldin, kuniga 3 maxal qabul qilinadi. Davomiyligi, kasallikni birinchi kunidan boshlab 7-10 kun. Sust namoyon bulgan kolit sindromi bilan xarakterlanadigan salmonellyozda va kasallikni tuzalish davrida, fagni yoshga bog'liq miqdorini ikki martta ichga qabul qilishni, ichak bushalganidan sung, rektal xo'qna ko'rinishida fagni yoshga ko'ra belgilangan bir marttalik miqdorini yuborish bilan birga qo'shib qullash tavsiya etiladi preparatni tavsiya qilinadigan dozalari: 

Yoshi

Per os (og'iz orqali)

Per rectum (rektal-xuqna)

1.

6 oygacha

5 ml dan 2 - 3 martta kuniga, 7-10 kun davomida

10 ml bir martta kuniga, 7-10 kun davomida

2.

6 oydan - 1 yoshgacha

10-15 ml dan 2 - 3 martta kuniga,7-10 kun davomida

20 ml bir martta kuniga, 7-10 kun davomida

3.

1 yoshdan - 3 yoshgacha

15-20 ml dan 2 - 3 martta kuniga, 7-10 kun davomida

20-30 ml bir martta kuniga, 7-10 kun davomida

4.

3 yoshdan -8 yoshgacha

20-30 ml dan yoki 1-2 tadan kapsula 2 - 3 martta kuniga, 7-10 kun davomida

30-40 ml bir martta kuniga, 7-10 kun davomida

5

8 yosh va kattalar

30-40 ml dan yoki 2-3 tadan kapsula 2-3 martta kuniga, 7-10 kun davomida

50-60 ml bir martta kuniga 7-10 kun davomida

    FAGOBAKT - salmonellez bakteriofagini qo'llash davrida, kasallikni davolashda tavsiya etilgan boshqa dori vositalari man qilinmaydi.   

Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi

 Shifokorni qaroriga ko'ra Fagobakt-polivalent salmonellyoz bakteriofagini xomiladorlik davrida qo'llash mumkin.

Analoglar Fagobakt og'iz suyuqligi 20ml N4
Analoglari yo'q

Fagobakt og'iz suyuqligi 20ml N4 savollari

Fagobakt og'iz suyuqligi 20ml N4 fikr-mulohazalari

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil