Apteka.uz
SavatKirish

Fagobakt

Fagobakt chiqarilish shakllari

Fagobakt og'iz suyuqligi 20ml N4
Fagobakt og'iz suyuqligi 20ml N4
O'zbekiston
- Fagobakt qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Fagobaktning tarkibi
- Fagobakt ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Fagobakt narxi Toshkent dorixonalarida

Fagobakt haqida qo'llanma

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

Preparatni xar qanday komponentiga o'ta yukori sezuvchanlikda qo'llash mumkin emas

Tarkibi

faol moddalar: salmonellezni qo'zg'atuvchi - S. typhimurium; S. newport; S. enteritidis; S. moscow; S. paratyphi B; S. agama; va S. java ga qarshi faol fagolizatlarning steril tozalangan filtrati. Faglar titri 1x106 KHQB/ml dan kam emas.                                        yordamchi moddalar: xinozol – 0,0001 g/ml yoki suyuk fag xajmining 0,01% miqdorida (konservant). Kukun tarkibida steril quruq sut bor.

Farmakologik ta'siri

FAGOBAKT - immunobiologik preparat. Salmonellezni ko'zg'atuvchilari - S. typhimurium; S. newport; S. enteritidis; S. moscow; S. paratyphi B; S. agama; i S. java ning shtammlariga nisbatan spesifik bakterisid ta'sirga ega bulgan dori preparatidir.    Bakteriofag, S. typhimurium; S. newport; S. enteritidis; S. moscow; S. paratyphi B; S. agama; va S. java bakteriyalarning spesefik lizis qiladi. Fag zarralari sezuvchan bakteriyalarni membranalariga birikib oladi, xujayra ichiga kiradi va uning resurslari xisobiga ko'payadi.  Buning natijasida xujayralarni nobud bulishi va boshqa sezuvchan bakteriyalarni zaxarlash xususiyatiga ega bo'lgan etuk virulent fag zarralarini ajralib chiqishi yuz beradi. Salmonellez bakteriofagi boshqa bakteriyalarga ta'sir qilmaydi, xususan tabiiy mikroflorani izdan chiqarmaydi.

Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi

 Shifokorni qaroriga ko'ra Fagobakt-polivalent salmonellyoz bakteriofagini xomiladorlik davrida qo'llash mumkin.

Maxsus ko‘rsatmalari

 

Bakteriofag bilan davolashni iloji boricha erta boshlash kerak. Preparatni qo'llashdan oldin chayqatish kerak.  
Xira preparatni ishlatish mumkin emas! Preparat atrof muhitdagi bakteriyalar rivojlanishi mumkin bo'lgan ozuqa muhitini saqlaydi. Shu sababli, flakon ochilganda, preparat olinganda va saqlanganda quyidagi qoidalarga rioya qilish kerak: - qo'llarni yaxshilab yuvish kerak; - flakon qalpoqchasini ochishdan oldin unga spirt eritmasi bilan ishlov berish kerak;                                                                                                                                                    - Qalpoqchani tiqinni olmasdan ochish kerak; - ochilgan flakondagi preparatni steril shpris yordamida (tiqinni teshish orqali) olish kerak; - Agar flakonni ochishda qalpoqcha bilan birga tiqin ham chiqqan bo'lsa, flakonni ochiq qoldirish mumkin emas;                                                                                                                                - Ochilgan flakonni sovutgichda saqlash kerak. Ochilgan flakondagi preparatni ochish va saqlash qoidalariga rioya qilinganda, saqlash jarayonida xralashmagan bulsa yaroqlilik muddati davomida ishlatish mumkin.
                                                                            

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Preparatni har qanday guruh dori vositalari bilan birga qo'llash mumkin.

Qo‘llash usuli va dozirovkasi

  Fag bilan samarali davolash usulini muxim sharti, kasallik tarqatuvchini shu fagga sezuvchanligini aniqlash. ( kasaldan ajratib olingan kasallik tarqatuvchi bakteriyani shu fagga sezuvchanligini aniqlash). Kasallikni boshlang'ich davrida fagni qo'llash, yuqori samara beradi. Preparat ichga qabul qilish va rektal yuborish uchun muljallangan. Davolash uchun preparat, ovqatdan 1 soat oldin, kuniga 3 maxal qabul qilinadi. Davomiyligi, kasallikni birinchi kunidan boshlab 7-10 kun. Sust namoyon bulgan kolit sindromi bilan xarakterlanadigan salmonellyozda va kasallikni tuzalish davrida, fagni yoshga bog'liq miqdorini ikki martta ichga qabul qilishni, ichak bushalganidan sung, rektal xo'qna ko'rinishida fagni yoshga ko'ra belgilangan bir marttalik miqdorini yuborish bilan birga qo'shib qullash tavsiya etiladi preparatni tavsiya qilinadigan dozalari: 

Yoshi

Per os (og'iz orqali)

Per rectum (rektal-xuqna)

1.

6 oygacha

5 ml dan 2 - 3 martta kuniga, 7-10 kun davomida

10 ml bir martta kuniga, 7-10 kun davomida

2.

6 oydan - 1 yoshgacha

10-15 ml dan 2 - 3 martta kuniga,7-10 kun davomida

20 ml bir martta kuniga, 7-10 kun davomida

3.

1 yoshdan - 3 yoshgacha

15-20 ml dan 2 - 3 martta kuniga, 7-10 kun davomida

20-30 ml bir martta kuniga, 7-10 kun davomida

4.

3 yoshdan -8 yoshgacha

20-30 ml dan yoki 1-2 tadan kapsula 2 - 3 martta kuniga, 7-10 kun davomida

30-40 ml bir martta kuniga, 7-10 kun davomida

5

8 yosh va kattalar

30-40 ml dan yoki 2-3 tadan kapsula 2-3 martta kuniga, 7-10 kun davomida

50-60 ml bir martta kuniga 7-10 kun davomida

    FAGOBAKT - salmonellez bakteriofagini qo'llash davrida, kasallikni davolashda tavsiya etilgan boshqa dori vositalari man qilinmaydi.   

Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli

20 ml dan 4 ta flakon, 100 ml dan 1 ta flakon yoki 4; 8 va 10 ta kapsulali blisterdan bittadan yoki 10 ta kapsulali 2 ta blister, davlat va rus tillaridagi tibbietda qo'llanilishga doir yo'riqnomasi bilan birga qarton qutida.

Nojo'ya samaralari

Preparat zaxarli emas. Biron bir nojo'ya ko'rinishlar aniqlanmagan.

Ta'rifi

och sariq rangdan - och qo'ng'ir ranggacha bulgan tiniq suyuqlik, 20 ml dan 4 flakon, 100 ml 1 ta flakon yoki turli intensivlikdagi och ko'ng'ir rangli kukun -.300 g dan oq rangli, №0 qattiq jelatin kapsulalarda

Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Fagobakt preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing
Manbalar ro‘yxati:

Fagobakt haqida savollar

Fagobakt haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil