Ташкент
logo
SavatKirish

FAVIPIRAVIR tabletkalari 200mg N10

Retseptli
Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Hindiston
Kategoriya:Virusga qarshi
Faol modda:Favipiravir
Ishlab chiqaruvchi:Optimus Pharma Private Limited
ATX kodi:J05AX27
Barcha FAVIPIRAVIR dorilari
Mavjud emas
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 0 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

FAVIPIRAVIR tabletkalari 200mg N10 qo'llanmasi

Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Tarkibi

faol modda: favipiravir 200 mg;

yordamchi moddalar: kremniy kolloid dioksidi (aerosil), krospovidon, povidon K-30,

kroskarmelloza natriy, mikrokristal tsellyuloza, magniy stearat

Tayyor qobiq: gidroksipropilmetilsellyuloza, titan dioksidi, temir oksidi sariq.

Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli

6 tabletkadan alyuminiy blisterda.

7 tadan blister tibbiyotda qo'llanish yo'riqnomasi bilan birgalikda karton qutiga joylangan.

Farmakologik ta'siri

Viruslarga karshi vosita. Gripp virusining A turi (shu jumladan, chuchka grippi, parranda grippi) va V turining laboratoriya shtammlariga karshi, shu jumladan, adamantan, rimantadin, oseltamivir, zanamivirga chidamli shtammlarga qarshi yarim maksimal samarali (Es50) 0,014-0,55 µg/ml kontsentrasiyada faol. Favipiravir xujayralarda metabolizmga uchraydi va metabolit riboziltrifosfat (favipiravir RTF) xosil bo'ladi, u esa gripp virusi replikasiyasida ishtirok etuvchi RNK-polimeraza fermentini tanlab ingibitsiya qiladi. Bunda preparat odamning α, β, γ DNK - polimerazalariga qarshi faol emas.

Farmakokinetikasi

Favipiravir me'da-ichak yullari (miy) dan oson so'riladi. Maksimal kontsentrasiyaga erishish vaqti – Tmax 1,5 soat. Plazma oqsillari bilan boglanishi taxminan 54% ni tashkil qiladi. Favipiravir asosan aldegidoksidaza tomonidan metabolizmga uchraydi va ksantinoksidaza tomonidan qisman metabolizmga uchrab, gidroksillangan shakllari xosil buladi. Xujayralarda favipiravir RTF gacha metabolizmga uchraydi. Odam qon plazmasi va siydikda boshka metabolitlardan, gidroksilatdan tashkari, glyukuronat kon'yugata xam kayd etilgan. Buyraklar orqali asosan gidroksilatning faol metabolita shaklida, oz miqdorda – uzgarmagan holda chikariladi. T1/2 – taxminan 5 soatni tashkil etadi. Siydik bilan ekskresiyasining kumulyativ koeffisienta (o'zgarmagan dori vositasi va gidroksillangan shakli) so'nggi marta qabul qilingandan keyingi 48 soat davomida mos ravishda 0,8% va 53,1% ni tashkil etgan.

Engil va o'rtacha darajadagi jigar etishmovchiligi (Chayld-Pyu tasnifi bo'yicha A va V sinfi) bo'lgan pasientlarda Smax va AUC ko'rsatkichlarini, sog'lom ko'ngillilardagi ko'rsatkichlarga nisbatan mos ravishda 1,5 va 1,8 marta oshishi kuzatilgan. Og'ir darajadagi jigar etishmovchiligi (Chayld-Pyu tasnifi bo'yicha S sinf) bo'lgan pasientlarda Smax va AUC ko'rsatkichlari mos ravishda 2,1 va 6,3 marta oshgan.

Favipiravirning qoldiq kontsentrasiyasi (Ctrough) urta darajadagi buyrak etishmovchiligi (kft < 60 ml/minut va >30 ml/minut) bo'lgan pasientlarda, buyrak funktsiyasi buzilmagan pasientlarga nisbatan 1,5 marta oshgan. Og'ir va terminal og'irlik darajasidagi buyrak etishmovchiligi (kft<30 ml/minut) bo'lgan pasientlarda favipiravir o'rganilmagan.

Nojo'ya samaralari

Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti (JSST) ma'lumotlariga ko'ra, nojo'ya ta'sirlar ularning uchrash tezligi bo'yicha kuyidagicha tasniflangan: juda tez-tez (>1/10); tez-tez (>1/100 dan <1/10 gacha); tez-tez emas (>1/1000 dan <1/100 gacha); kam xollarda (>1 / 10000 dan <1/1000 gacha); juda kam xollarda (<1/10000); noma'lum - mavjud bo'lgan ma'lumotlar bo'yicha uchrash tezligini aniqlash imkoniyati yo'q).

Qon yaratish va limfa tizimi tomonidan: tez-tez - neytrofillar va leykositlar sonini kamayishi; tez-tez emas - leykositoz, retikulositopeniya, monositoz.

Ko'rish a'zosi tomonidan: tez-tez emas - ko'rishni xiralashishi, ko'zlardagi og'riq.

Nerv tizimi tomonidan: tez-tez emas - bosh aylanishi, ta'm sezish buzilishi (disgevziya).

Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: tez-tez emas - yurak bulmachalari ekstrasistoliyasi.

Nafas olish tizimi, ko'krak qafasi va ko'ks oraligi a'zolari tomonidan: tez-tez emas - astma, og'iz-xalqumda ogrik, rinit, rinofaringit.

Me'da-ichak yo'li tomonidan: tez-tez - diareya (ich ketishi), tez-tez emas - ko'ngil aynishi, qusish, qorinda og'riq, qorinda diskomfort, o'n ikki barmoqli ichak yarasi, gemateziya, gastrit.

Teri va teri osti to'qimalari tomonidan: tez-tez - toshma; tez-tez emas - ekzema, qichishish, pigmentasiya;

Laboratoriya va uskunali ma'lumotlar: tez-tez - "jigar" transaminazalari, Y-GTP faolligining oshishi, qonda siydik kislotasi va trigliseridlar darajasini oshishi, tez-tez emas - ishqoriy fosfataza va bilirubin darajasini oshishi va qonda kaliyni kamayishi, siydikda glyukozani paydo bulishi.

Maxsus saqlash sharoitlari

Favipiravir Avantikaning tasdiqlangan dozasini qo'llab, uning samaradorligi va xavfsizligini o'rganish yuzasidan xech kanday klinik tadqiqotlar utkazilmagan. Tasdikdangan dozasi gripp virusli infektsiyasi bo'lgan pasientlarda plasebo-nazoratli klinik tadkikotning I / II fazasi natijalari, Yaponiyada va chet elda o'tkazilgan farmakokinetik tadkikotlarining ma'lumotlari asosida baxolangan.

Favipiravir Avantika preparatini qabul qilishdan oldin pasientga preparatning samaradorligi va uni qo'llash bilan bog'liq xavflar xakida (shu jumladan embrion va xomilaga ta'sirining xavfi) yozma ma'lumotni taqdim etish kerak va preparatni qo'llashga yozma roziligini olish kerak. Preparat mavsumiy virusli infektsion kasalliklarda qo'llanilmaslik kerak.

Garchi sabab-oqibat bog'likligi noma'lum bo'lsa-da, viruslarga qarshi vositalar, shu jumladan Favipiravir Avantika yuborilgandan keyin normaga to'g'ri kelmaydigan xulq kabi psixonevrotik simptomlar paydo bulishi xaqida ma'lumotlar berilgan.

Favipiravir Avantika bakterial infektsiyalarga qarshi samarasiz.

Keksa yoshdagi pasientlarda qo'llanishi. Keksa odamlarda ko'pincha fiziologik funktsiyalar pasayganligi sababli, Favipiravir Avantika extiyotkorlik bilan, ularning umumiy holatini nazorat qilgan holda qo'llanilishi lozim.

Bolalarda qo'llanishi. 18 yoshgacha bo'lgan usmirlar va bolalarda qo'llash mumkin emas.

Qo'llanilishi

Gripp virusi keltirib chiqargan infektsion-yallig'lanish kasalliklari (grippga qarshi boshqa vositalar samarasiz bo'lgan hollar) da qo'llaniladi.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

-favipiravirga va preparatning boshqa komponentlariga nisbatan yuqori sezuvchanlik;

-xomiladorlik va laktasiya davri.

-18 yoshgacha bo'lgan pasientlar;

-og'ir darajadagi buyrak etishmovchiligi va buyrak etishmovchiligining terminal bosqichi (kft <30 ml/min);

-ogir jigar etishmovchiligida (Chayld-Pyu tasnifi bo'yicha S sinfi) qo'llash mumkin emas.

Extiyotkorlik bilan

Anamnezida podagra va giperurikemiya bo'lgan pasientlarda (qondagi siydik kislotasini oshishi va simptomlarning zurayishi mumkin), keksa yoshdagi pasientlarda, engil va o'rtacha darajadagi jigar etishmovchiligi (Chayld-Pyu tasnifi bo'yicha A va V sinfi) bo'lgan pasientlarda, o'rta darajadagi buyrak etishmovchiligi (kft <60 ml/min va >30 ml/minut) bo'lgan pasientlarda extiyotkorlik bilan qo'llash kerak.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Favipiravir Avantika tsitoxrom R-450 (sur) tomonidan metabolizmga uchramaydi, asosan aldegidoksidaza (AO) tomonidan va qisman ksantinoksidaza (xo) tomonidan metabolizmga uchraydi. Preparat AO va CYP2C8 ni ingibitsiya qiladi, ammo CYP ni ingibitsiya qilmaydi.
Favipiravir Avantikani quyidagi preparatlar bilan bir vaqtda buyurilganda extiyotkorlik bilan qo'llash zarur:

Лекарственное средство

Признаки, симптомы, лечения

Механизм и факторы риска

Пиразинамид

Уровень мочевой кислоты в крови повышается. Когда вводили пиразинамид 1,5 г один раз в день и фавипиравир 1200 мг/400 мг два раза в день, уровень мочевой кислоты в крови составлял 11,6 мг/дл, когда пиразинамид вводили отдельно, и 13,9 мг/дл в комбинации с фавипиравиром.

Реабсорбция мочевой кислоты в почечных канальцах усиливается аддитивно

Репаглинид

Уровень репаглинида в крови может увеличиться, и могут возникнуть побочные реакции на репаглинид

Ингибирование CYP2C8 повышает уровень репаглинида в крови.

Теофиллин

Уровень Фавипиравир Авантикаа в крови может увеличиться, и могут возникнуть побочные реакции на препарат.

Взаимодействие с ХО может повысить уровень в крови Фавипиравир Авантикаа.

Фамцикловир Сулиндак

Эффективность этих препаратов может быть снижена.

Ингибирование АО

Фавипиравир Авантикаом может снизить уровень активных форм этих препаратов в крови.


Ta'rifi

Och-sariq rangdan sarik ranggacha bo'lgan, ikki tomoni kavarik va silliq, dumaloq shaklli, qobiq bilan koplangan tabletkalar.

Dozirovkasi

Favipiravir Avantika ovqat qabul qilishdan 30 minut oldin ichga, etarli mikdordagi suv bilan qabul qilinadi.

Gripp virusi tomonidan chakirilgan infektsion-yalliglanish kasalliklarida Favipiravir Avantika preparatining dozasi:

Суткалар

Препаратнинг дозаси

Қабул қилишлар сони

Суткалик доза

1-чи сутка

1600 мг дан (8 та таблетка)

Суткада 2 марта

3 200 мг

2-чидан 5-чи суткагача бўлган вақт

600 мг дан (3 та таблетка)

Суткада 2 марта

1 200 мг


Yangi koronavirus infektsiyasi (COVID-19) bo'lgan pasientlarni davolash bo'yicha favipiravir preparatini qo'llanilishi bo'yicha cheklangan klinik ma'lumotlar mavjud. Ushbu ma'lumotlar yangi ma'lumotlar kelib tushgani sayin to'ldirib boriladi.
Favipiravir Avantika shifokor kuzatuvi ostida qo'llanilishi lozim.
Yangi koronavirus infektsiyasi (COVID-19) bo'lgan pasientlarni davolash uchun Favipiravir Avantika preparatining dozasi:
Tana vazni 75 kg dan kam bo'lgan bemorlar uchun:

Суткалар

Препаратнинг дозаси

Қабул қилишлар сони

Суткалик доза

1-чи сутка

1600 мг дан (8 та таблетка)

Суткада 2 марта

3 200 мг

2-чидан 10-чи суткагача бўлган вақт

600 мг дан (3 та таблетка)

Суткада 2 марта

1 200 мг



Tana vazni 75 kg va undan ortiq bo'lgan bemorlar uchun:

Суткалар

Препаратнинг дозаси

Қабул қилишлар сони

Суткалик доза

1-чи сутка

1600 мг дан (8 та таблетка)

Суткада 2 марта

3 200 мг

2-чидан 10-чи суткагача бўлган вақт

600 мг дан (3 та таблетка)

Суткада 2 марта

1 200 мг


Davolash kursining umumiy davomiyligi 10 kunni tashkil qiladi yoki virus eliminasiyasi tasdiqlanguncha, oldinrok sodir bulsa (kamida 24 soat bo'lgan intervalda olingan PZR-tadqiqotining ketma-ket ikkita salbiy natijasi).


Dozani oshirib yuborilishi

Preparatga qarshi spesifik antidot yo'q. Doza oshirib yuborilgan xollarda me'dani yuvish utkaziladi va simptomatik davo o'tkaziladi. Gemodializ samarasiz.

Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi

Xomiladorlik paytida preparatni qo'llash mumkinligi to'g'risidagi FDA tasnifiga binoan Favipiravir Avantika homilaga ta'siri bo'yicha "S" toifaga kiradi.

Xayvonlarda utkazilgan tadkikotlar dori vositasining homilaga salbiy ta'sirini, ya'ni erta embrional ulim va teratogenlikni, shuningdek Favipiravir Avantikaning asosiy metaboliti - gidroksillangan shakli ko'krak suti da taqsimlanishini aniqlagan. Xayvonlarda o'tkazilgan tadkikotlar xomiladorlik vaqtida preparatning yuborilishi homilada nuksonlar rivojlanishi mumkinligini tushuntiradi. Preparat emizikli ayollarga tayinlanganda ularga xavflarni to'liq xajmda tushuntirish va preparatni qabul qilish davrida va tugagandan keyin 7 kun mobaynida emizishni to'xtatish kerakligi xakida batafsil ko'rsatma berish kerak. Xomilador ayollarda tegishli tarzdagi tadqiqotlar o'tkazilmagan, ammo tadqiqotlardan olingan ma'lumotlar shuni ko'rsatadiki, xomiladorlikda va laktasiya davrida preparatni qo'llash mumkin emas.

Xayvonlarda o'tkazilgan tadqiqotlarda kalamush (12 xafta) va yosh itlarda (7-8 oy) moyaklarida gistopatologik uzgarishlar va sichqonlarda (11 xafta) sperma anomaliyasi qayd etilgan. Tiklanish yoki tiklanishga moyillik bu tadqiqotlarda preparatni qabul qilish to'xtatilganda kuzatilgan. Ya'ni preparatni qabul qilish vaqtida erkak pasientlar barcha xavf omillarini nazarda tutishlari va jinsiy yaqinlik paytida kontratsepsiyaning eng samarali uslublarini qo'llashlari kerak. Preparatni qabul qilish vaqtida va qabul qilish tugaganidan keyin erkaklar prezervativ qo'llashlari, ayollar esa kontratseptiv choralarni qo'llashlari kerak: ayollar 1 oy davomida va erkaklar 3 oy davomida qo'llashlari kerak.

Tug'ishga layoqatli bo'lgan ayollarga (shu jumladan 2 yildan kam bo'lgan postmenopauzadagilarga) Favipiravir Avantika preparatini tayinlashda davolashdan oldin xomiladorlikni aniklovchi testni salbiy natijasi tasdiklanilishi zarur. Xomiladorlikni aniklovchi testning fakat salbiy natijasida davolash buyuriladi. Preparatni qabul qilish tugagandan keyin xomiladorlikni aniqlovchi testni qayta utkazish zarur.

FAVIPIRAVIR tabletkalari 200mg N10 boshqa chiqarish shakllari

FAVIPIRAVIR tabletkalari 200mg N40
Retseptli
FAVIPIRAVIR tabletkalari 200mg N40
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Optimus Pharma Private Limited
•1 ta dorixonada bor
Narxi
22 000 so'm dan

FAVIPIRAVIR tabletkalari 200mg N10 savollari

FAVIPIRAVIR tabletkalari 200mg N10 fikr-mulohazalari

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Ishlab chiqaruvchining dorilar

FAVIPIRAVIR tabletkalari 200mg N40
Retseptli
FAVIPIRAVIR tabletkalari 200mg N40
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Optimus Pharma Private Limited
•1 ta dorixonada bor
Narxi
22 000 so'm dan
FAVIPIRAVIR tabletkalari 200mg N10
Retseptli
FAVIPIRAVIR tabletkalari 200mg N10
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Optimus Pharma Private Limited

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil