Apteka.uz
SavatKirish

FESTAL tabletkalari N20

Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Hindiston
Farmakoterapevtik guruh:

ovqat hazm qiluvchi ferment vosita.

Ishlab chiqaruvchi:Lactose (India) Limited
Teglar:Qorin shishishidan, Oshqozon uchun
Vakil:Sanofi
ATX kodi:A09AA02
Barcha Festal dorilari
110 ta dorixonada bor
Narxi 20 000 so'm dan
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 110 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

FESTAL tabletkalari N20 haqida qo'llanma

Saqlash shartlari

25°C dan yuqori boʼlmagan haroratda saqlansin. 

Sotish shartlari

Retseptsiz.

Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli

Tarkibi: 
Yadroning tarkibi
faol moddalar: pankreatin – 192 mg (amilaza – 4500 FIP TB, lipaza – 6000 FIP TB, proteaza – 300 FIP TB) ga ekvivalent; gemitsellyulaza – 50 mg; safro komponentlari –25 mg;
yordamchi moddalar: natriy xloridi.
Qobigʼining tarkibi 
yordamchi moddalar: sellatsefat (tsellyuloza atsetatftalati), etilvanilin, kanakunjut moyi, saxaroza, metilparagidroksibenzoat (metilparaben), propilparagidroksibenzoat (propilparaben), jelatin, suyuq dekstroza (suyuq glyukoza), talьk, kaltsiy karbonati, akatsiya kamedi, glitserol (glitserin), makrogol (polietilenglikol 6000), titan dioksidi.

Chiqarilish shakli 
Ichakda eruvchi qobiq bilan qoplangan tabletkalar. 
10 ichakda eruvchi qobiq bilan qoplangan tabletkalardan alyumin striplarda. 2 stripdan qoʼllash boʼyicha yoʼriqnomasi bilan birga karton qutida.

Farmakoterapevtik guruh

ovqat hazm qiluvchi ferment vosita.

Farmakologik ta'siri

Preparat pankreatin hisobiga meʼda osti bezining tashqi sekretor funktsiyasining yetishmovchiligini va safro komponenti hisobiga jigarning safro ajratish funktsiyasining yetishmovchiligini toʼldiradi. Festal proteolitik, amilolitik va lipolitik taʼsir koʼrsatadi. Pankreatinning tarkibiga kiruvchi fermentlar: amilaza, lipaza va proteaza uglevodlar, yogʼlar va oqsillarning hazm boʼlishini yengillashtiradi, bu ularni ingichka ichakda toʼliqroq soʼrilishiga yordam beradi. Bu borada Festal boshqa ferment preparatlaridan deyarli farq qilmaydi. Festalda oʼt kislotalarini borligi surunkali pankreatitga tez-tez olib keluvchi biliar yetishmovchilikni toʼgʼrilash uchun preparatga qoʼshimcha imkoniyatlarni beradi. Safro ekstrakti oʼt haydovchi taʼsir qiladi, yogʼlar va yogʼda eruvchi А, Ye va K vitaminlarining soʼrilishini yengillashtiradi, meʼda osti bezi tomonidan lipazani ajralishiga yordam beradi. Gemitsellyuloza fermenti oʼsimlik kletchatkalarini parchalanishiga yordam beradi, shuningdek ovqat hazm qilish jarayonlarini yaxshilaydi, ichakda gaz hosil boʼlishini kamaytiradi.

Dori shakli

Ichakda eruvchi qobiq bilan qoplangan tabletkalar

Nojo'ya samaralari

Аllergik reaktsiyalar (teri qoplamlari giperemiyasi, aksirish, koʼz yoshini oqishi), anafilaktik reaktsiyalar, jumladan eshakemi, angionevrotik shish.
Koʼngil aynishi, diareya, qorinda ogʼriq (shu jumladan, ichak sanchigʼi), qusish; ogʼiz boʼshligʼi shilliq qavatining taʼsirlanishi (shu jumladan, bolalarda).
Yuqori dozalarda uzoq muddat qoʼllanganida giperurikemiya, giperurikozuriya boʼlishi mumkin. 
Bolalarda (katta dozalarda qoʼllanganida) perianal taʼsirlanish rivojlanish mumkin. 
Mukovistsidozi boʼlgan bolalarda (ayniqsa yuqori dozalarda qoʼllanganda) ileus va qabziyat rivojlanishi mumkin.

Maxsus ko‘rsatmalari

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati oʼtgach qoʼllanilmasin.

Qo'llanilishi

Klinik jihatdan ovqat hazm boʼlishni buzilishi, meteorizm, qabziyatga moyillik bilan namoyon boʼluvchi turli patologik holatlar natijasida biliar yetishmovchilik bilan birga surunkali pankreatitda meʼda osti bezining tashqi sekretor funktsiyasining yetishmovchiligini majmuaviy davolash tarkibida:
•    jigarning diffuz kasalliklari, jigarning alkogolli va toksik shikastlanishlari, jigar sirrozi;
•    oʼt kislotalarini koʼp yoʼqotilishi (xoletsistoektomiyadan keyingi patsientlarda);
•    oʼt chiqarish yoʼllarining diskineziyasi, disbakteriozlar, malьabsorbtsiyada kuzatiluvchi oʼt kislotalarining sirkulyatsiyasini buzilishi;
•    meʼda-ichak yoʼllarining surunkali kasalliklarida: surunkali gastrit, surunkali duodenit, surunkali xoletsistitda oʼt hosil boʼlishi va oʼt ajralishi jarayonlarining neyrogumoral boshqaruvini buzilishi.
Meʼda-ichak yoʼllarining faoliyati normal boʼlgan patsientlarda ovqat isteʼmol qilishni xatoliklarida, shuningdek chaynash faoliyati buzilganida, davomli majburiy immobilizatsiyada, kam harakatli hayot tarzida ovqat hazm qilishni yaxshilash uchun qoʼllanadi. Qorin boʼshligʼi aʼzolarini rentgenologik va ulьtratovush tekshiruviga tayyorlashda qoʼllanadi.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik, oʼtkir pankreatit, surunkali pankreatitning zoʼrayishi, jigar yetishmovchiligi, jigar komasi yoki koma oldi holati, gepatit, giperbilirubinemiya, mexanik sariqlik, oʼt-tosh kasalligi, oʼt pufagining empiemasi, ichak tutilishi, diareyaga moyillik, 3 yoshgacha boʼlgan bolalar (ushbu dori shakli uchun).
Ehtiyotkorlik bilan: mukovistsidoz, homiladorlik.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Festal® preparati bilan bir vaqtda qoʼllanganida PАSK (p-aminosalitsil kislotasi), sulьfanilamidlar, antibiotiklarning soʼrilishi kuchayadi.
Pankreatinni uzoq muddat qabul qilish temir preparatlarining soʼrilishini pasaytirishi mumkin. 
Kalьtsiy karbonati va/yoki magniy gidroksidini saqlovchi antatsid vositalarni bir vaqtda qoʼllash, pankreatinning taʼsirini kamaytirishi mumkin. 
Simetidin pankreatinning taʼsirini kuchaytirishi mumkin.
Pankreatin akarbozaning taʼsirini pasaytirishi mumkin, shuning uchun Festal® preparati va akarbozani bir vaqtda qoʼllash mumkin emas. 
Pankreatin folat kislotasining soʼrilishini kamaytirishi mumkin.

Ta'rifi

oq, yaltiroq, kuchsiz vanilin hidli, dumaloq ichakda eruvchi qobiq bilan qoplangan tabletkalar

Dozirovkasi

Ichga buyuriladi.
Preparat ichga, chaynamasdan, ovqat vaqtida yoki ovqatdan soʼng darhol, koʼp boʼlmagan miqdordagi suyuqlik bilan birga qabul qilinadi. 
1-2 ichakda eruvchi qobiq bilan qoplangan tabletkalardan sutkada 3 marta buyuriladi. Yuqoriroq dozalari faqat shifokor tomonidan buyuriladi. Bolalarda dozani va dozalash tartibini shifokor belgilaydi. Davolashning davomiyligi bir necha kundan (parhezning oʼzgarishi natijasida ovqat hazm qilish jarayoni buzilganida) bir necha oy yoki yilgacha (zarurati boʼlganida doimiy oʼrnini bosuvchi davolash) oʼzgarishi mumkin. Rentgenologik va ulьtratovush tekshiruvlaridan oldin: 2 ichakda eruvchi qobiq bilan qoplangan tabletkalardan sutkada 2-3 marta tekshirishdan 2-3 kun oldin.

Dozani oshirib yuborilishi

Dozani oshirib yuborilishini simptomlari – giperurikemiya, giperurikuriya. Dozani oshirib yuborilishi simptomlari paydo boʼlganida – preparatni bekor qilish va simptomatik davolashni oʼtkazish kerak.

Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. FESTAL tabletkalari N20 preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing

FESTAL tabletkalari N20 xususiyatlari

FESTAL tabletkalari N20 narxlari va Toshkentdagi dorixonalardagi mavjudligi

Vaksina Med №11
Yunusobod tumani, Yunusota ko'ch., 15 daha, uy 43
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-00:00
50 000 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №22
Chilonzor tumani, Kichik xalqa yo'li ko'ch., 41uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:30-23:30
50 000 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №10
Mirzo Ulug'bek tumani, Feruza ko'ch., 15 uy, 12-xonadon
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-23:30
50 000 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №8
Chilonzor tumani, Cho'ponota ko'ch., 1A uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-18:00
50 000 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №20
Mirzo Ulug'bek tumani, TTZ 2 daha, Gulsanam ko'ch., 12A uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-22:00
50 000 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №23
Mirzo Ulug'bek tumani, Feruza ko'ch., 1 uy, 36 xonadon
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:30-23:30
50 000 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №31
Shayxontoxur tumani, Ko'kcha Darboza ko'ch., 7 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:30-23:30
50 000 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №25
Chilonzor tumani, Qizil Sharq ko'ch., 24 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:30-23:30
50 000 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №29
Yashnobod tumani, Birlashgan ko'ch., 6 kirish, 9 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:30-23:30
50 000 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №26
Chilonzor tumani, Muqumiy ko'ch., 4 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:30-23:30
50 000 so'm
Bron qilish

FESTAL tabletkalari N20 haqida savollar

Kahramon
08.12.2020 22:13
Добрый день господа у меня вопрос подскажите пожалуйста этот лекарств халал ? потому что в составе есть E422 хотел бы узнать этот глицерин взять от животного или от растений

FESTAL tabletkalari N20 haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Ishlab chiqaruvchining dorilari

FESTAL tabletkalari N20
FESTAL tabletkalari N20
Hindiston
Vakil:
Sanofi
Ishlab chiqaruvchi:
Lactose (India) Limited
Narxi
20 000 so'm dan

Ko‘rilgan mahsulotlar

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil