FESTAL tabletkalari N20













ovqat hazm qiluvchi ferment vosita.
FESTAL tabletkalari N20 haqida qo'llanma
Saqlash shartlari
25°C dan yuqori boʼlmagan haroratda saqlansin.
Sotish shartlari
Retseptsiz.
Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli
Tarkibi:
Yadroning tarkibi
faol moddalar: pankreatin – 192 mg (amilaza – 4500 FIP TB, lipaza – 6000 FIP TB, proteaza – 300 FIP TB) ga ekvivalent; gemitsellyulaza – 50 mg; safro komponentlari –25 mg;
yordamchi moddalar: natriy xloridi.
Qobigʼining tarkibi
yordamchi moddalar: sellatsefat (tsellyuloza atsetatftalati), etilvanilin, kanakunjut moyi, saxaroza, metilparagidroksibenzoat (metilparaben), propilparagidroksibenzoat (propilparaben), jelatin, suyuq dekstroza (suyuq glyukoza), talьk, kaltsiy karbonati, akatsiya kamedi, glitserol (glitserin), makrogol (polietilenglikol 6000), titan dioksidi.
Chiqarilish shakli
Ichakda eruvchi qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
10 ichakda eruvchi qobiq bilan qoplangan tabletkalardan alyumin striplarda. 2 stripdan qoʼllash boʼyicha yoʼriqnomasi bilan birga karton qutida.
Farmakoterapevtik guruh
ovqat hazm qiluvchi ferment vosita.
Farmakologik ta'siri
Preparat pankreatin hisobiga meʼda osti bezining tashqi sekretor funktsiyasining yetishmovchiligini va safro komponenti hisobiga jigarning safro ajratish funktsiyasining yetishmovchiligini toʼldiradi. Festal proteolitik, amilolitik va lipolitik taʼsir koʼrsatadi. Pankreatinning tarkibiga kiruvchi fermentlar: amilaza, lipaza va proteaza uglevodlar, yogʼlar va oqsillarning hazm boʼlishini yengillashtiradi, bu ularni ingichka ichakda toʼliqroq soʼrilishiga yordam beradi. Bu borada Festal boshqa ferment preparatlaridan deyarli farq qilmaydi. Festalda oʼt kislotalarini borligi surunkali pankreatitga tez-tez olib keluvchi biliar yetishmovchilikni toʼgʼrilash uchun preparatga qoʼshimcha imkoniyatlarni beradi. Safro ekstrakti oʼt haydovchi taʼsir qiladi, yogʼlar va yogʼda eruvchi А, Ye va K vitaminlarining soʼrilishini yengillashtiradi, meʼda osti bezi tomonidan lipazani ajralishiga yordam beradi. Gemitsellyuloza fermenti oʼsimlik kletchatkalarini parchalanishiga yordam beradi, shuningdek ovqat hazm qilish jarayonlarini yaxshilaydi, ichakda gaz hosil boʼlishini kamaytiradi.
Dori shakli
Ichakda eruvchi qobiq bilan qoplangan tabletkalar
Nojo'ya samaralari
Аllergik reaktsiyalar (teri qoplamlari giperemiyasi, aksirish, koʼz yoshini oqishi), anafilaktik reaktsiyalar, jumladan eshakemi, angionevrotik shish.
Koʼngil aynishi, diareya, qorinda ogʼriq (shu jumladan, ichak sanchigʼi), qusish; ogʼiz boʼshligʼi shilliq qavatining taʼsirlanishi (shu jumladan, bolalarda).
Yuqori dozalarda uzoq muddat qoʼllanganida giperurikemiya, giperurikozuriya boʼlishi mumkin.
Bolalarda (katta dozalarda qoʼllanganida) perianal taʼsirlanish rivojlanish mumkin.
Mukovistsidozi boʼlgan bolalarda (ayniqsa yuqori dozalarda qoʼllanganda) ileus va qabziyat rivojlanishi mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalari
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati oʼtgach qoʼllanilmasin.
Qo'llanilishi
Klinik jihatdan ovqat hazm boʼlishni buzilishi, meteorizm, qabziyatga moyillik bilan namoyon boʼluvchi turli patologik holatlar natijasida biliar yetishmovchilik bilan birga surunkali pankreatitda meʼda osti bezining tashqi sekretor funktsiyasining yetishmovchiligini majmuaviy davolash tarkibida:
• jigarning diffuz kasalliklari, jigarning alkogolli va toksik shikastlanishlari, jigar sirrozi;
• oʼt kislotalarini koʼp yoʼqotilishi (xoletsistoektomiyadan keyingi patsientlarda);
• oʼt chiqarish yoʼllarining diskineziyasi, disbakteriozlar, malьabsorbtsiyada kuzatiluvchi oʼt kislotalarining sirkulyatsiyasini buzilishi;
• meʼda-ichak yoʼllarining surunkali kasalliklarida: surunkali gastrit, surunkali duodenit, surunkali xoletsistitda oʼt hosil boʼlishi va oʼt ajralishi jarayonlarining neyrogumoral boshqaruvini buzilishi.
Meʼda-ichak yoʼllarining faoliyati normal boʼlgan patsientlarda ovqat isteʼmol qilishni xatoliklarida, shuningdek chaynash faoliyati buzilganida, davomli majburiy immobilizatsiyada, kam harakatli hayot tarzida ovqat hazm qilishni yaxshilash uchun qoʼllanadi. Qorin boʼshligʼi aʼzolarini rentgenologik va ulьtratovush tekshiruviga tayyorlashda qoʼllanadi.
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik, oʼtkir pankreatit, surunkali pankreatitning zoʼrayishi, jigar yetishmovchiligi, jigar komasi yoki koma oldi holati, gepatit, giperbilirubinemiya, mexanik sariqlik, oʼt-tosh kasalligi, oʼt pufagining empiemasi, ichak tutilishi, diareyaga moyillik, 3 yoshgacha boʼlgan bolalar (ushbu dori shakli uchun).
Ehtiyotkorlik bilan: mukovistsidoz, homiladorlik.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Festal® preparati bilan bir vaqtda qoʼllanganida PАSK (p-aminosalitsil kislotasi), sulьfanilamidlar, antibiotiklarning soʼrilishi kuchayadi.
Pankreatinni uzoq muddat qabul qilish temir preparatlarining soʼrilishini pasaytirishi mumkin.
Kalьtsiy karbonati va/yoki magniy gidroksidini saqlovchi antatsid vositalarni bir vaqtda qoʼllash, pankreatinning taʼsirini kamaytirishi mumkin.
Simetidin pankreatinning taʼsirini kuchaytirishi mumkin.
Pankreatin akarbozaning taʼsirini pasaytirishi mumkin, shuning uchun Festal® preparati va akarbozani bir vaqtda qoʼllash mumkin emas.
Pankreatin folat kislotasining soʼrilishini kamaytirishi mumkin.
Ta'rifi
oq, yaltiroq, kuchsiz vanilin hidli, dumaloq ichakda eruvchi qobiq bilan qoplangan tabletkalar
Dozirovkasi
Ichga buyuriladi.
Preparat ichga, chaynamasdan, ovqat vaqtida yoki ovqatdan soʼng darhol, koʼp boʼlmagan miqdordagi suyuqlik bilan birga qabul qilinadi.
1-2 ichakda eruvchi qobiq bilan qoplangan tabletkalardan sutkada 3 marta buyuriladi. Yuqoriroq dozalari faqat shifokor tomonidan buyuriladi. Bolalarda dozani va dozalash tartibini shifokor belgilaydi. Davolashning davomiyligi bir necha kundan (parhezning oʼzgarishi natijasida ovqat hazm qilish jarayoni buzilganida) bir necha oy yoki yilgacha (zarurati boʼlganida doimiy oʼrnini bosuvchi davolash) oʼzgarishi mumkin. Rentgenologik va ulьtratovush tekshiruvlaridan oldin: 2 ichakda eruvchi qobiq bilan qoplangan tabletkalardan sutkada 2-3 marta tekshirishdan 2-3 kun oldin.
Dozani oshirib yuborilishi
Dozani oshirib yuborilishini simptomlari – giperurikemiya, giperurikuriya. Dozani oshirib yuborilishi simptomlari paydo boʼlganida – preparatni bekor qilish va simptomatik davolashni oʼtkazish kerak.
Hajm/og'irlik
Yaroqlilik muddati (oy)
3 yil.
