Apteka.uz
SavatKirish

Festal

Festal chiqarilish shakllari

FESTAL tabletkalari N20
FESTAL tabletkalari N20
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Lactose (India) Limited
•111 ta dorixonada bor
Narxi
48 000 so'm dan
- Festal qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Festalning tarkibi
- Festal ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Festal narxi Toshkent dorixonalarida

Festal haqida qo'llanma

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik, oʼtkir pankreatit, surunkali pankreatitning zoʼrayishi, jigar yetishmovchiligi, jigar komasi yoki koma oldi holati, gepatit, giperbilirubinemiya, mexanik sariqlik, oʼt-tosh kasalligi, oʼt pufagining empiemasi, ichak tutilishi, diareyaga moyillik, 3 yoshgacha boʼlgan bolalar (ushbu dori shakli uchun).
Ehtiyotkorlik bilan: mukovistsidoz, homiladorlik.

Farmakologik ta'siri

Preparat pankreatin hisobiga meʼda osti bezining tashqi sekretor funktsiyasining yetishmovchiligini va safro komponenti hisobiga jigarning safro ajratish funktsiyasining yetishmovchiligini toʼldiradi. Festal proteolitik, amilolitik va lipolitik taʼsir koʼrsatadi. Pankreatinning tarkibiga kiruvchi fermentlar: amilaza, lipaza va proteaza uglevodlar, yogʼlar va oqsillarning hazm boʼlishini yengillashtiradi, bu ularni ingichka ichakda toʼliqroq soʼrilishiga yordam beradi. Bu borada Festal boshqa ferment preparatlaridan deyarli farq qilmaydi. Festalda oʼt kislotalarini borligi surunkali pankreatitga tez-tez olib keluvchi biliar yetishmovchilikni toʼgʼrilash uchun preparatga qoʼshimcha imkoniyatlarni beradi. Safro ekstrakti oʼt haydovchi taʼsir qiladi, yogʼlar va yogʼda eruvchi А, Ye va K vitaminlarining soʼrilishini yengillashtiradi, meʼda osti bezi tomonidan lipazani ajralishiga yordam beradi. Gemitsellyuloza fermenti oʼsimlik kletchatkalarini parchalanishiga yordam beradi, shuningdek ovqat hazm qilish jarayonlarini yaxshilaydi, ichakda gaz hosil boʼlishini kamaytiradi.

Dozani oshirib yuborilishi

Dozani oshirib yuborilishini simptomlari – giperurikemiya, giperurikuriya. Dozani oshirib yuborilishi simptomlari paydo boʼlganida – preparatni bekor qilish va simptomatik davolashni oʼtkazish kerak.

Maxsus ko‘rsatmalari

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati oʼtgach qoʼllanilmasin.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Festal® preparati bilan bir vaqtda qoʼllanganida PАSK (p-aminosalitsil kislotasi), sulьfanilamidlar, antibiotiklarning soʼrilishi kuchayadi.
Pankreatinni uzoq muddat qabul qilish temir preparatlarining soʼrilishini pasaytirishi mumkin. 
Kalьtsiy karbonati va/yoki magniy gidroksidini saqlovchi antatsid vositalarni bir vaqtda qoʼllash, pankreatinning taʼsirini kamaytirishi mumkin. 
Simetidin pankreatinning taʼsirini kuchaytirishi mumkin.
Pankreatin akarbozaning taʼsirini pasaytirishi mumkin, shuning uchun Festal® preparati va akarbozani bir vaqtda qoʼllash mumkin emas. 
Pankreatin folat kislotasining soʼrilishini kamaytirishi mumkin.

Qo‘llash usuli va dozirovkasi

Ichga buyuriladi.
Preparat ichga, chaynamasdan, ovqat vaqtida yoki ovqatdan soʼng darhol, koʼp boʼlmagan miqdordagi suyuqlik bilan birga qabul qilinadi. 
1-2 ichakda eruvchi qobiq bilan qoplangan tabletkalardan sutkada 3 marta buyuriladi. Yuqoriroq dozalari faqat shifokor tomonidan buyuriladi. Bolalarda dozani va dozalash tartibini shifokor belgilaydi. Davolashning davomiyligi bir necha kundan (parhezning oʼzgarishi natijasida ovqat hazm qilish jarayoni buzilganida) bir necha oy yoki yilgacha (zarurati boʼlganida doimiy oʼrnini bosuvchi davolash) oʼzgarishi mumkin. Rentgenologik va ulьtratovush tekshiruvlaridan oldin: 2 ichakda eruvchi qobiq bilan qoplangan tabletkalardan sutkada 2-3 marta tekshirishdan 2-3 kun oldin.

Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Festal preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing
Manbalar ro‘yxati:

Festal narxlari

Dorixonalar
Manzil
Ish vaqti
Sotib olish
Vaksina Med №5
Yashnobod tumani, Birlashgan ko'ch., 53 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-00:00
50 000 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №31
Shayxontoxur tumani, Ko'kcha Darboza ko'ch., 7 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:30-23:30
50 000 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №29
Yashnobod tumani, Birlashgan ko'ch., 6 kirish, 9 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:30-23:30
50 000 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №25
Chilonzor tumani, Qizil Sharq ko'ch., 24 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:30-23:30
50 000 so'm
Bron qilish

Festal haqida savollar

Festal haqida fikr-mulohazalar

Reyting 5.0, 5 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil