FLORА LАYF kapsulalar N10

FLORА LАYF kapsulalar N10 haqida qo'llanma
Saqlash shartlari
Quruq, yorugʼlikdan himoyalangan, +2°C dan +25°C gacha yuqori boʼlmagan haroratda, nisbiy namligi 70% gacha boʼlgan, bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Tarkibi
Tarkibi (xar 1 kapsulada / xar 1 sashe paketida):
Faol moddalar: probiotik shtammlarining liofilik quritilgan massasi:
Bacillus subtilis — 1×10¹0 KXKB va ortiqroq
Bifidobacterium bakteriyalar guruxi — 1×1010 KXKB va ortiqroq
Lactobacillus bakteriyalar guruxi — 1×1010 KXKB va ortiqroq
Enterococcus faecium — 1×10¹⁰ KXKB va ortiqroq
Yordamchi moddalar: kraxmal.
Farmakologik ta'siri
FLORА LАYF ichak mikroflorasidagi asosiy foydali bakteriyalar balansini yaxshilovchi majmuaviy preparat boʼlib, ichak mikroflorasini qisqa muddatda normallashtirib, oshqozon-ichak trakti faoliyatini yaxshilaydi, tabiiy immunitetni tiklaydi.
FLORА LАYF tarkibidagi probiotik shtammlari patogen mikroblarni siqib chiqarib, ichaklardagi ovqat hazm qilinishi va ozuqa moddalarini soʼrilish jarayonlarini normallashtirishga olib keladi, bu esa butun oshqozon-ichak trakti ish faoliyatini yaxshilab, tabiiy immunitetni mustaxkamlaydi.
FLORА LАYF patogen va shartli patogen bakteriyalarning koʼpayishini toʼxtatishi, ovqat hazm qilish, fermentatsiyalangan laktiozaning taʼsirini taʼminlaydigan, laktioza fermentatsiyasi tufayli ichak rN muhitini nordon tomonga siljishi bilan belgilanadi.
Ushbu foydali bakteriyalar, shuningdek, V, K, С vitaminlari sintezda ishtirok etib, organizmning salbiy ekologik omillarga chidamliligini oshiradi, safro kislotasi va safro pigmentlari metabolizmida ishtirok etadi.
Nojo'ya samaralari
Tavsiya etilgan dozalarda qabul qilinganda nojoʼya taʼsirlar kuzatilmagan.
Maxsus ko‘rsatmalari
Laktoza yetishmovchiligi bor bemorlarda ehtiyotkorlik bilan qoʼllash tavsiya etiladi.
Qo'llanilishi
Quyidagilarda ichak mikroflorasini normallashtirish uchun tavsiya etiladi:
-oʼtkir ichak infektsiyalarida;
-turli xil disbakteriozlarda;
-diareyalarda;
-antibiotikoterapiya vaqtida yoki undan keyin;
-ovqatdan zaxarlanish holatlari bilan bogʼliq diareyalarda;
-allergik kasalliklarni kompleks davolash tarkibida.
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
Preparat komponentlariga shaxsiy oʼzlashtira olmaslik.
Dozirovkasi
Kapsula – ichga qabul qilinadi, ovqatlanishdan soʼng, bir stakan suv bilan ichilishi lozim.
Sashe paket – tarkibini qoshiqqa toʼkib va oz miqdorda suyuqlik bilan aralashtirib (sui yoki qaynatilgan suv) ichga qabul qilinishi lozim. (sashe paket tarkibini xarorati 400dan yuqori boʼlmagan suyuqlikda eritilsin)
- Tugʼilgandan 6 oygacha boʼlgan bolalar: 1/2 sashe paket kuniga 1 mahal, emizish vaqtida, ona suti yoki bolalar qoʼshimcha ozuqasi bilan aralashtirib.
- 6 oylikdan 2 yoshgacha bolalar: 1 sashe paket kuniga 1 mahal.
- 2 yoshdan 7 yoshgacha bolalar: 1 sashe paket kuniga 2 mahal.
- Kattalar va 7 yoshdan katta bolalar: 1 sashe paket yoki 1 kapsula kuniga 3–4 mahal.
Davolash kursi:
1–3 hafta.
Davolash kursini qaytarish mumkin, mutaxassis maslahati tavsiya etiladi.
Yaroqlilik muddati (oy)
2 yil.








