Apteka.uz
SavatKirish

FLORА LАYF

FLORА LАYF chiqarilish shakllari

- FLORА LАYF qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- FLORА LАYFning tarkibi
- FLORА LАYF ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- FLORА LАYF narxi Toshkent dorixonalarida

FLORА LАYF haqida qo'llanma

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

Preparat komponentlariga shaxsiy oʼzlashtira olmaslik.

Tarkibi

Tarkibi (xar 1 kapsulada / xar 1 sashe paketida):
Faol moddalar: probiotik shtammlarining liofilik quritilgan massasi:
Bacillus subtilis — 1×10¹0 KXKB va ortiqroq
Bifidobacterium bakteriyalar guruxi — 1×1010 KXKB va ortiqroq
Lactobacillus bakteriyalar guruxi — 1×1010 KXKB va ortiqroq
Enterococcus faecium — 1×10¹⁰ KXKB va ortiqroq
Yordamchi moddalar: kraxmal.

Farmakologik ta'siri

FLORА LАYF ichak mikroflorasidagi asosiy foydali bakteriyalar balansini yaxshilovchi majmuaviy preparat boʼlib, ichak mikroflorasini qisqa muddatda normallashtirib, oshqozon-ichak trakti faoliyatini yaxshilaydi, tabiiy immunitetni tiklaydi.
FLORА LАYF tarkibidagi probiotik shtammlari patogen mikroblarni siqib chiqarib, ichaklardagi ovqat hazm qilinishi va ozuqa moddalarini soʼrilish jarayonlarini normallashtirishga olib keladi, bu esa butun oshqozon-ichak trakti ish faoliyatini yaxshilab, tabiiy immunitetni mustaxkamlaydi.
FLORА LАYF patogen va shartli patogen bakteriyalarning koʼpayishini toʼxtatishi, ovqat hazm qilish, fermentatsiyalangan laktiozaning taʼsirini taʼminlaydigan, laktioza fermentatsiyasi tufayli ichak rN muhitini nordon tomonga siljishi bilan belgilanadi.
Ushbu foydali bakteriyalar, shuningdek, V, K, С vitaminlari sintezda ishtirok etib, organizmning salbiy ekologik omillarga chidamliligini oshiradi, safro kislotasi va safro pigmentlari metabolizmida ishtirok etadi.

Maxsus ko‘rsatmalari

Laktoza yetishmovchiligi bor bemorlarda ehtiyotkorlik bilan qoʼllash tavsiya etiladi.

Qo‘llash usuli va dozirovkasi

Kapsula – ichga qabul qilinadi, ovqatlanishdan soʼng, bir stakan suv bilan ichilishi lozim.
Sashe paket – tarkibini qoshiqqa toʼkib va oz miqdorda suyuqlik bilan aralashtirib (sui yoki qaynatilgan suv) ichga qabul qilinishi lozim. (sashe paket tarkibini xarorati 400dan yuqori boʼlmagan suyuqlikda eritilsin)
- Tugʼilgandan 6 oygacha boʼlgan bolalar: 1/2 sashe paket kuniga 1 mahal, emizish vaqtida, ona suti yoki bolalar qoʼshimcha ozuqasi bilan aralashtirib.
- 6 oylikdan 2 yoshgacha bolalar: 1 sashe paket kuniga 1 mahal.
- 2 yoshdan 7 yoshgacha bolalar: 1 sashe paket kuniga 2 mahal.
- Kattalar va 7 yoshdan katta bolalar: 1 sashe paket yoki 1 kapsula kuniga 3–4 mahal.

Davolash kursi:
1–3 hafta.
Davolash kursini qaytarish mumkin, mutaxassis maslahati tavsiya etiladi.

Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. FLORА LАYF preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing
Manbalar ro‘yxati:

FLORА LАYF haqida savollar

FLORА LАYF haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil