Apteka.uz
SavatKirish

FLORА LАYF sashe N10

Mahsulot haqida tafsilotlar
Kategoriya:Dori vositalari
Vakil:Farmalife
Barcha FLORА LАYF dorilari
Mavjud emas
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 0 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov
Biologik aktiv qo'shimcha (BAQ). Ushbu mahsulot dori vositasi emas

FLORА LАYF sashe N10 haqida qo'llanma

Saqlash shartlari

Quruq, yorugʼlikdan himoyalangan, +2°C dan +25°C gacha yuqori boʼlmagan haroratda, nisbiy namligi 70% gacha boʼlgan, bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.

Tarkibi

Tarkibi (xar 1 kapsulada / xar 1 sashe paketida):
Faol moddalar: probiotik shtammlarining liofilik quritilgan massasi:
Bacillus subtilis — 1×10¹0 KXKB va ortiqroq
Bifidobacterium bakteriyalar guruxi — 1×1010 KXKB va ortiqroq
Lactobacillus bakteriyalar guruxi — 1×1010 KXKB va ortiqroq
Enterococcus faecium — 1×10¹⁰ KXKB va ortiqroq
Yordamchi moddalar: kraxmal.

Farmakologik ta'siri

FLORА LАYF ichak mikroflorasidagi asosiy foydali bakteriyalar balansini yaxshilovchi majmuaviy preparat boʼlib, ichak mikroflorasini qisqa muddatda normallashtirib, oshqozon-ichak trakti faoliyatini yaxshilaydi, tabiiy immunitetni tiklaydi.
FLORА LАYF tarkibidagi probiotik shtammlari patogen mikroblarni siqib chiqarib, ichaklardagi ovqat hazm qilinishi va ozuqa moddalarini soʼrilish jarayonlarini normallashtirishga olib keladi, bu esa butun oshqozon-ichak trakti ish faoliyatini yaxshilab, tabiiy immunitetni mustaxkamlaydi.
FLORА LАYF patogen va shartli patogen bakteriyalarning koʼpayishini toʼxtatishi, ovqat hazm qilish, fermentatsiyalangan laktiozaning taʼsirini taʼminlaydigan, laktioza fermentatsiyasi tufayli ichak rN muhitini nordon tomonga siljishi bilan belgilanadi.
Ushbu foydali bakteriyalar, shuningdek, V, K, С vitaminlari sintezda ishtirok etib, organizmning salbiy ekologik omillarga chidamliligini oshiradi, safro kislotasi va safro pigmentlari metabolizmida ishtirok etadi.

Nojo'ya samaralari

Tavsiya etilgan dozalarda qabul qilinganda nojoʼya taʼsirlar kuzatilmagan.

Maxsus ko‘rsatmalari

Laktoza yetishmovchiligi bor bemorlarda ehtiyotkorlik bilan qoʼllash tavsiya etiladi.

Qo'llanilishi

Quyidagilarda ichak mikroflorasini normallashtirish uchun tavsiya etiladi:
-oʼtkir ichak infektsiyalarida;
-turli xil disbakteriozlarda;
-diareyalarda;
-antibiotikoterapiya vaqtida yoki undan keyin;
-ovqatdan zaxarlanish holatlari bilan bogʼliq diareyalarda;
-allergik kasalliklarni kompleks davolash tarkibida.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

Preparat komponentlariga shaxsiy oʼzlashtira olmaslik.

Dozirovkasi

Kapsula – ichga qabul qilinadi, ovqatlanishdan soʼng, bir stakan suv bilan ichilishi lozim.
Sashe paket – tarkibini qoshiqqa toʼkib va oz miqdorda suyuqlik bilan aralashtirib (sui yoki qaynatilgan suv) ichga qabul qilinishi lozim. (sashe paket tarkibini xarorati 400dan yuqori boʼlmagan suyuqlikda eritilsin)
- Tugʼilgandan 6 oygacha boʼlgan bolalar: 1/2 sashe paket kuniga 1 mahal, emizish vaqtida, ona suti yoki bolalar qoʼshimcha ozuqasi bilan aralashtirib.
- 6 oylikdan 2 yoshgacha bolalar: 1 sashe paket kuniga 1 mahal.
- 2 yoshdan 7 yoshgacha bolalar: 1 sashe paket kuniga 2 mahal.
- Kattalar va 7 yoshdan katta bolalar: 1 sashe paket yoki 1 kapsula kuniga 3–4 mahal.

Davolash kursi:
1–3 hafta.
Davolash kursini qaytarish mumkin, mutaxassis maslahati tavsiya etiladi.

Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. FLORА LАYF sashe N10 preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing

FLORА LАYF sashe N10 haqida savollar

FLORА LАYF sashe N10 haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Ishlab chiqaruvchining dorilari

Narxi
1 700 so'm dan
Kamfor yog'i
Kamfor yog'i
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
TORIMED PHARM OOO
•52 ta dorixonada bor
Narxi
4 800 so'm dan
Narxi
45 000 so'm dan
KALENDULI SVETKI 1g N25
Retseptsiz
KALENDULI SVETKI 1g N25
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
ZAMONA RANO
•15 ta dorixonada bor
Narxi
12 800 so'm dan
Gelmintosan
Gelmintosan
•59 ta dorixonada bor
Narxi
20 800 so'm dan
Narxi
133 800 so'm dan

Ko‘rilgan mahsulotlar

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil