Fluimutsilning aptekalardagi narxlari
FLUIMUSIL tabletkalari 600mg N10
|
|
59 ta dorixonada bor
|
|
|
|
FLUIMUSIL vishillovchi tabletkalari 600mg N10
|
|
1 ta dorixonada bor
|
|
|
Yetkazib berish xizmati haqida ma'lumot:
Yetkazib berish xizmatlarini taklif qiluvchi dorixonalar katalogda "yetkazib berish" belgisi bilan ajratilgan.
Shu tarzda belgilangan dorixona bilan telefon orqali aloqaga chiqing va buyurtmaning narxi va yetkazib berish muddatini aniqlashtirib oling.
Odatda, dorixona buyurtmani 1 soat ichida yuboradi.
Fluimutsil ko'rsatmalar
Laktatsiya davrida preparatni buyurishning zarurati bo‘lgan holda emizishni to‘xtatish kerak.
va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:
faol madda: 600 mg atsetiltsistein;
yordamchi moddalar: 680 mg limon kislotasi, 500 mg natriy gidrokarbonati, 20 mg aspartam, 100 mg limon aromatizatori.
Chiqarilish shakli
Vishillovchi tabletkalar 600 mg.
2 yoki 10 tabletkadan laminatsiyalangan alyumin folьga [poliamid – alyuminiy – polietilen/polietilen - alyuminiy] kontur uyali o‘ramda (blister).
1 yoki 2 blisterdan (10 tabletkadan) yoki 5 yoki 10 blisterdan (2 tabletkadan) tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.
Bokalsimon xujayralar tomonidan qovushqoqligi kamroq sialomutsinlarning sekretsiyasini oshiradi, bronxlarning shilliq qavatining epitelial xujayralariga bakteriyalarning adgeziyasini pasaytiradi. Bronxlarning mukoz xujayralarini rag‘batlantiradi, ularning sekreti fibrinni eritadi. LOR-a'zolarining yallig‘lanishli kasalliklarida hosil bo‘luvchi sekretga xam o‘xshash ta'sir ko‘rsatadi. Elektrofil oksidlovchi toksinlarni neytrallash qobiliyatiga ega SH-guruhi bilan bog‘liq bo‘lgan antioksidant ta'sir ko‘rsatadi. Atsetiltsistein xujayralarning ichiga yengil kiradi,
L-tsisteingacha atsetilsizlanadi, undan xujayra ichki glyutation sintezlanadi. Glyutation – yuqori reaktiv tripeptid, endogen va ekzogen erkin radikallarni va toksinlarni tutib oluvchi kuchli antioksidant, sitoprotektor. Atsetiltsistein xujayralarning oksidlovchi-qaytariluvchi jarayonlarida ishtirok etuvchi xujayra ichki glyutationning kamayib ketishini oldini oladi va sintezini oshishiga yordam beradi, shunday qilib zararli moddalarning detoksikatsiyasiga yordam beradi. Paratsetamol bilan zaharlanishda atsetiltsisteinning antidoti sifatidagi ta'siri shu bilan tushuntiriladi.
Alьfa1-antitripsinni (elastazaning ingibitori), faol fagotsitlarning miyeloperoksidazasi tomonidan ishlab chiqariladigan oksidlovchi – HOCI ning faolsizlantiruvchi ta'siridan himoya qiladi. Shuningdek yallig‘lanishga qarshi ta'sirga ega (o‘pka to‘qimasida yallig‘lanishni rivojlanishiga javobgar bo‘lgan erkin radikallar va faol kislorod saqlovchi moddalarning hosil bo‘lishini susaytirishi hisobiga).
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati 3 yil. O‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati tugagandan keyin qo‘llanilmasin.
Tabletkalar suvda eritilganidan keyin olingan preparat eritmasi biroz tovlanuvchi, limon aromatizatorining hidi va mazasiga ega bo‘lishi kerak.
Simptomlari: Quyidagi simptomlar: ko‘ngil aynishi, qusish va diareya kuzatilishi mumkin.
Davolash: Konkret antidoti yo‘q, davolash simptomatik hisoblanadi.
Chiqarish shakllari
Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?
Savol qoldirish

































