×
×
  • FTORURASIL LENS inyeksiya uchun eritma 50ml 250mg/5ml N10

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

FTORURASIL LENS inyeksiya uchun eritma 50ml 250mg/5ml N10

Kategoriya:
- O'smaga qarshi
Ishlab chiqarilish joyi:
- Rossiya
Qadoqda soni:
- 10
Ishlab chiqaruvchi:
- ООО «ЛЭНС-Фарм»
ATX kodi:
- L01BC02
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

405 000 s`om dan
ANASTROZOL NAPROD tabletkalari 1mg N28 Naprod Life Sciences Pvt. Ltd Hindiston
BIKATERO 50 tabletkalari 50mg N30 Hetero Labs Limited Hindiston
FTORAFUR kapsulalar 400mg N100 Гриндекс, АО Latviya
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
FTORURASIL LENS inyeksiya uchun eritma 50ml 250mg/5ml N10 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

5-FTORURASIL EBEVE®

5-FLUOROURACIL-EBEWE

 

Preparatning savdo nomi: 5-Ftorurasil Ebeve®

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): ftorurasil

Dori shakli: infuziya uchun eritma tayyorlash uchun konsentrat.

Tarkibi:

Infuziya uchun eritma tayyorlash uchun 1 ml konsentrat quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: 50 mg ftorurasil;

yordamchi moddalar: natriy gidroksidi, in‘eksiya uchun suv.

Ta‘rifi: rangsiz yoki sarg‘ish rangli, yot zarrachalarsiz tiniq eritma.

Farmakoterapevtik xususiyatlari: o‘smalarga qarshi vositalar, antimetabolitlar, pirimidinlar analoglari.

ATX kodi: L01BC02

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Ftorurasil antimetabolit hisoblanadi, pirimidin antagonisti bo‘lgani tufayli DNK sinteziga qarshilik qiladi, hujayralar bo‘linishini ingibisiya qiladi. Boshlang‘ich ko‘rinishida ftorurasil o‘smalarga qarshi faollikka ega emas, u organizmda fermentlar ta‘sirida fosforlangan shakllari: 5-ftoruridin va 5-ftordezoksiuridinga aylanganda faollikka ega bo‘ladi.

Farmakokinetikasi

Ftorurasil vena orqali yuborilgandan keyin butun organizm bo‘yicha taqsimlanadi va ko‘proq suyak ko‘migi, ichak shilliq qavatida va o‘sma to‘qimasida aniqlanadi. Ftorurasil gematoensefalik to‘siqdan o‘tadi. Biokiraolishligi 0-80% ni tashkil etadi. Taqsimlanish hajmi tana vaznining 0,12 l/kg ga teng. Ftorurasil urasil metabolizmga o‘xshash jigarda metabolik o‘zgarishlarga uchraydi. Ftorurasil fermentlar ta‘sirida metabolik o‘zgarishlarga uchraydi. Ftorurasil fermentlar ta‘sirida tezda faol metabolit-digidro-5-ftorurasilga aylanadi, uning yarim parchalanish davri ftorurasilnikidan ancha yuqori. Bundan tashqari parchalanishning toksik bo‘lmagan mahsulotlari uglerod ikki oksidi va mochevina hosil bo‘ladi. Ftorurasil yarim chiqarilish davri yuborilgan dozaga bog‘liq bo‘lib, 8-22 minutga teng. Chiqib ketish asosan o‘pka orqali uglerod ikki oksidi ko‘rinishida amalga oshadi. Kam miqdorda buyrak orqali o‘zgarmagan holda chiqariladi. Buyrak klirensi minutiga 170-180 ml orasida. Buyrak faoliyati pasaygan shaxslarda modda sekinroq chiqib ketadi.

Qo‘llanilishi

5-Ftorurasil Ebeve tarqalgan kolorektal raki, tarqalgan me‘da osti bez raki, tarqalgan va (yoki) metastatik sut bezining raki, bosh va bo‘yinning tarqalgan xavfli o‘smalari, tarqalgan me‘da raki, tarqalgan bachadon bo‘yni rakini monoterapiyasida yoki majmuaviy davolashda qo‘llaniladi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Davolash shifoxona sharoitida, ximioterapiya o‘tkazish tajribasiga ega bo‘lgan shifokor nazorati ostida olib borilishi kerak. 5-Ftorurasil mono- yoki majmuaviy davolashda qo‘llaniladi. Dozalash tartibi va qo‘llash usuli ancha farq qilishi mumkin bo‘lganligi tufayli, quyidagi tavsiyalar faqat tanishish xarakteriga ega. Aniq dozani tanlayotgan vaqtda konkret kasallikni davolashda samaradorligini tasdiqlagan davolash protokollariga amal qilish kerak.

Har kuni qo‘llashda boshlang‘ich davolash:

Vena ichiga infuziya: tana vazniga 15 mg/kg (600 mg/m2) sutkalik dozani nojo‘ya samaralar paydo bo‘lguncha 4 soat davomida yuboriladi.

Vena ichiga in‘eksiya: tana vazniga 12 mg/kg (480 mg/m2) dozani sekin amalga oshiriladigan vena orqali in‘eksiya (2-3 minut) ko‘rinishida har kuni 3 kun davomida yuboriladi, toksiklik belgilari paydo bo‘lsa, tana vazniga 6 mg/kg (240 mg/m2) dozada 5, 7 va 9 kunlari yuborish mumkin.

Har haftada qo‘llanilganda boshlang‘ich davolash: 15 mg/kg (600 mg/m2) dozani vena ichiga sekin haftada bir marta yuboriladi.

Samarani bir maromda saqlab turuvchi davolash: Remissiyaga erishilgandan keyin yoki nojo‘ya samaralar yo‘qolgandan keyin va qayta tekshirishda leykositlar soni 3000 dan 4000/mkl, trombositlar 80000 dan 100 000/mkl gacha oshganda 5-10 mg/kg (200-400 mg/m2) dozada haftada bir marta vena ichiga yuboriladi.

Maksimal sutkalik doza 1,0 g dan oshmasligi kerak.

Keltirilgan dozalar pasientning normal tana vazniga mo‘ljallangan. Semirish, shish yoki assitda dozani takroran hisoblab chiqish kerak.

Davolash davomiyligi karsinoma tipi va kasallik kechishiga bog‘liq.

Ftorurasilni, nojo‘ya samaralari profili shunga o‘xshash sitostatiklar yoki nur bilan davolash bilan majmuada qo‘llanganda, muvofiq ravishda dozani kamaytirish kerak.

Ftorurasil to‘xtovsiz davom etadigan 24 soatli infuziya yo‘li orqali yuborilishi mumkin.

Quyida sanab ko‘rsatilgan holatlar: kaxeksiya, o‘tkazilgan jiddiy jarroxlik aralashuvi, mielosupressiya (leykositlar <4000/mkl, trombositlar < 100 000/mkl), jigar yoki buyrak faoliyatining buzilishi bo‘lganda dozani 1/3 yoki ½ ga kamaytirish tavsiya etiladi.

Buyrak va jigar faoliyatini buzilishi bo‘lgan pasientlar

Ftorurasilni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak, zarurat bo‘lganda dozani kamaytirish kerak.

Keksa pasientlar (65 yoshdan katta)

Dozaga tuzatish kiritish talab qilinmaydi, lekin bunday pasientlar holatini sinchiklab nazorat qilib turish tavsiya etiladi.

Bolalar va o‘smirlar

Bu toifadagi pasientlarda qo‘llashning samaradorligi va xavfsizligi to‘g‘risidagi ma‘lumotlar yetarli emas.

Preparat suyultirilgandan keyin vena ichiga in‘eksiya yoki infuziya uchun qo‘llaniladi. Yuborishdan oldin infuziya uchun eritma tayyorlash uchun konsentrat natriy xloridining fiziologik eritmasi yoki glyukozaning 5% li eritmasi bilan suyultiriladi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Nojo‘ya samaralar tez-tezligi quyidagicha tasniflangan: juda tez-tez (≥1/10), tez-tez (≥1/100 dan 1/10), tez-tez emas (≥1/1000 <1/100 gacha), tez emas (≥1/1000 dan <10/100 gacha), kam hollarda (≥1/10000 dan <1/1000 gacha) juda kam hollarda (<1/10000), tez-tezligi noma‘lum (bor ma‘lumotlarga ko‘ra baholab bo‘lmaydi).

Qon va limfatik tizim tomonidan buzilishlar

Juda tez-tez: mielosupressiya (dozani chegaralaydigan nojo‘ya samaralaridan biri), neytropeniya va trombositopeniya (engildan tortib to og‘ir darajagacha), leykopeniya, agranulositoz, anemiya, burundan qon ketishi va pansitopeniya.

Leykopeniya preparatni qo‘llagandan keyin 9-14 yaqqolroq rivojlangan. Odatda 30 kundan keyin leykositlar soni normallashadi. Mielosupressiya darajasi yuborish usuli (vena ichiga oqim bilan in‘eksiya yoki vena ichiga uzluksiz infuziya) va dozaga bog‘liq. Neytropeniya odatdagi dozada vena ichiga oqim bilan in‘eksiya orqali xar bir davolash siklidan keyin kuzatiladi (neytrofillar sonini maksimal darajada kamayishi davolashning 9 dan 14-20 kunigacha; odatda normallanishi 30 kundan boshlanadi).

Immun tizimi tomonidan buzilishlar:

Juda tez-tez: infeksiya rivojlanishi tez-tezligi oshishi bilan kechuvchi immunosupressiya.

Kam hollarda: anafilaktik shokgacha bo‘lgan tarqalgan allergik reaksiyalar bo‘lishi mumkin.

Endokrin tizimi tomonidan buzilishlar:

Tez-tezligi noma‘lum: gipertireozning klinik belgilarisiz va zardobda erkin T4 va TTG oshmasdan umumiy tiroksin T4 va umumiy triyodtirokin (T3) miqdorining ko‘payishi.

Moddalar almashinuvi va oziqlanish buzilishlari:

Juda tez-tez: giperurikemiya

Nerv tizimi tomonidan buzilishlar:

Tez-tez emas: nistagm, bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, parkinsonizm belgilari, kortikosignal belgilar, eyforiya, uyquchanlik.

Juda kam xollarda: ataksiya, nutqni buzilishlari, ongni chalkashishi, orientasiyani buzilishlari, miasteniya, afaziya simptomlari bilan kechadigan (leyko) ensefalopatiya, ftorurasilning yuqori dozalari yuborilgandan keyin yoki DPD yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda tirishishlar yoki koma.

Ko‘rish a‘zolari tomonidan buzilishlari:

Tez-tez emas: ko‘p ko‘z yoshi oqishi, ko‘rishning noaniqligi, ko‘z motorikasini buzilishlari, ko‘rish nervini yallig‘lanishi, diplopiya, ko‘rish o‘tkirligini pasayishi, yorug‘likdan qo‘rqish, kon‘yunktivit, ektropiya chandiqlari bilan bog‘liq blefarit, ko‘z yoshi bezlari fibrozi.

Yurak tomonidan buzilishlari:

Juda tez-tez: ishemiyaga xarakterli EKG dagi o‘zgarishlar

Tez-tez: anginoz pektoralgiya.

Tez-tez emas: aritmiya, miokard infarkti, miokard ishemiyasi, miokardit, yurak yetishmovchiligi, dilyatasion kardiomiopatiya va kardiogen shok.

Juda kam hollarda: yurak yetishmovchiligi natijasida yurak to‘xtab qolishi va to‘satdan o‘lim.

Kardiotoksik nojo‘ya samaralar birinchi sikldan yuborish vaqtida yoki yuborilgandan keyin bir necha soatdan keyin rivojlanadi.

Ilgari yurak ishemik kasalligi yoki kardiomiopatiyasi bo‘lgan pasientlarda kardiotoksik nojo‘ya samaralar  rivojlanishi xavfi yuqori.

Qon tomirlari tomonidan buzilishlar:

Tez-tez emas: gipotenziya

Kam hollarda: serebral, ichak va periferik ishemiyasi, Reyno sindromi, tromboemboliya, tromboflebit.

Nafas a‘zolari, ko‘krak qafasi va ko‘ks oralig‘i tomonidan buzilishlar:

Juda tez-tez: bronxospazm

Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar:

Juda tez-tez: shilliq qavatlarni yallig‘lanishi (stomatit, faringit, eozofagit, proktit, anoreksiya, seroz diareya, ko‘ngil aynishi va qusish kabi me‘da-ichak yo‘llari tomonidan samaralar (hayot uchun potensial xavfli).

Tez-tez emas: suvsizlanish, sepsis, me‘da-ichak yo‘llarida yaralar va qon ketishlari, yaraning avj olishi.

Me‘da-ichak yo‘llarida tomonidan rivojlangan nojo‘ya samaralar darajasi (AQSH dagi rakni tekshiruvchi Milliy Institutning toksiklikni baholash umumiy mezonlari bo‘yicha I-IV) dozaga va yuborish usuliga bog‘liq. Uzluksiz vena ichiga infuziyada yuborilganda dozani cheklaydigan mielosupressiyaga qaraganda stomatit rivojlanishiga ko‘proq kutish mumkin.

Jigar va o‘t chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar:

Tez-tez emas: jigar hujayralarini shikastlanishlari.

Juda kam hollarda: jigar nekrozi (ba‘zida o‘limga olib keluvchi), o‘t sklerozi, xolesistit.

Teri va teri osti yog‘ klechatkasi tomonidan buzilishlar:

Juda tez-tez: soch to‘kilishi, yara bitishini sekinlashishi, “panja-tovon” sindromi, belgilari: oyoq va qo‘l kaftida qizarish, og‘riq, shish va teri po‘st tashlashi.

Tez-tez emas: ekzantemalar, terida o‘zgarishlar (terini qurishi, eroziya/yorilishlar, eritema, qichishish, makulopapulez toshmalar), dermatit, eshakemi, yorug‘likni sezish, teri giperpigmentasiyasi va ko‘ndalang targ‘il giperpigmentasiya yoki vena o‘tadigan joylarda depigmentasiya, tirnoqda o‘zgarishlar (masalan, diffuz yuzaki ko‘k pigmentasiya, giperpigmentasiya, onixodistrofiya, tirnoq o‘rnida og‘riq va qalinlashishi, paronixiya) va onixolizis.

Qizarish, shish, og‘riq va teri po‘stloq tashlashlari bilan namoyon bo‘ladigan oyoq va qo‘l kafti sindromi uzluksiz vena ichiga infuziyada juda tez-tez, vena ichiga oqim bilan in‘eksiyada esa tez-tez rivojlanadi.

Reproduktiv tizim va sut bezi tomonidan buzilishlar:

Tez-tez emas: spermatogenez va ovulyasiya buzilishlari

Umumiy o‘zgarishlar va yuborilgan joydagi buzilishlar:

Juda tez-tez: holsizlanish, umumiy asteniya, yuqori toliqish va motivasiyani pasayishi, isitma.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan xolatlar

  • Ftorurasilga yoki preparatning har qanday biron-bir yordamchi moddasiga bo‘lgan yuqori sezuvchanlik;
  • mielosupressiya;
  • qon ko‘rsatkichlarining normadan jiddiy og‘ishlari;
  • qon ketishlari;
  • og‘ir jigar va (yoki) buyrak disfunksiyasi;
  • o‘tkir, og‘ir infeksiyalar (o‘rab oluvchi temiratki, suvchechak);
  • stomatit;
  • og‘iz bo‘shlig‘i va me‘da-ichak yo‘llari yaralari;
  • soxtamembranoz enterokolit;
  • umumiy og‘ir holat;
  • homiladorlik va emizish davrida qo‘llash mumkin emas.

Ftorurasilni brivudin, sorivudin va ularning analoglari bilan birga qo‘llash mumkin emas, chunki ular ftorurasilni parchalaydigan digidropirimidindegidrogenaza (DPD) ning eng kuchli ingibitori hisoblanadi.

DPD yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda ftorurasilning odatdagi dozalari nojo‘ya samaralar kuchayishiga turtki beradi. Jiddiy noma‘lum samaralar kelib chiqqanda DPD faolligining monitoringi o‘tkazish mumkin. DPD yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda ftorurasilni qo‘llash mumkin emas.

Ftorurasil bilan davolashdan oldin va davolanish vaqti quyidagi tekshirishlar va tashxis analizlarini o‘tkazish tavsiya etiladi:

  • shilliq qavatlardagi o‘zgarishlarni aniqlash maqsadida xar kuni og‘iz bo‘shlig‘i va halqumni ko‘rib turish;
  • davolash boshlanishida har 2-3 kunda va ftorurasilni xar bir yuborishdan oldin leykositlar formulasi va trombositlar sonini aniqlash bilan birga qonning kengaygan tahlili;
  • muntazam ravishda suv-elektrolit muvozanati;
  • muntazam ravishda jigar sinamalari ko‘rsatkichlari;
  • siydik kislotasini aniqlash;
  • qon qoldiqlariga nisbatan axlat tahlili.

Ftorurasilni peroral antikoagulyantlar bilan qo‘llaganda protrombin indeksining sinchiklab monitoringini amalga oshirib turish kerak.

Ftorurasil kardiotoksiklik chaqirishi mumkin. Davolash vaqti ko‘kragida og‘riq paydo bo‘lgan yoki anamnezida yurak kasalligi bo‘lgan pasientlarda ftorurasilni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.

Kichik chanoq sohasida yuqori doza radiasiyasi ta‘sir etgan, alkillovchi preparatlar qabul qilgan, suyak va jigarga keng metastazalari bo‘lgan, kaxeksiya holatidagi pasientlarga buyurilganda ehtiyot bo‘lish kerak.

Metotreksat bilan majmuada bo‘lganda optimal samaraga erishish uchun metotreksat ftorurasildan 24 soat oldin yuboriladi (aksincha emas!).

DPD fermenti ftorurasil parchalanishda katta rol o‘ynaydi. Borivudin yoki sorivudin kabi nukleozid analoglari plazma tarkibida ftorurasil va boshqa ftorpiramidinlar konsentrasiyasining keskin oshib ketishiga olib kelib, toksiklikni oshirishi mumkin. Shuning uchun ftorurasil va brivudin, sorivudin va ularning analoglarini qo‘llash orasidagi vaqt kamida 4 haftaga teng bo‘lishi kerak. Zarurati bo‘lganda 5-ftorpiramidinlar bilan davolashni boshlashdan oldin DPD faolligini aniqlash kerak.

Ftorurasil qabul qilgan pasientlarga behosdan brivudin yuborilganda, ftorurasil toksikligini kamaytirishga qaratilgan samarali choralar qo‘llanilishi kerak. Zudlik bilan shifoxonaga yotish tavsiya etiladi. Tizimli infeksiyalar va suvsizlanishni oldini oladigan barcha choralar amalga oshirilishi kerak. DPD yetishmovchiligi yoki DPD ning faolligi past pasientlarda ftorurasil bilan davolanayotgan vaqtda jiddiy va uzoq davom etadigan nojo‘ya ta‘sirlar kelib chiqishi xavfi katta. Shuning uchun boshlang‘ich davrda DPD darajasini aniqlash maqsadga muvofiq. DPD yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarga ftorurasil yuborilmaydi.

Anafilaktik reaksiya kelib chiqishi mumkin bo‘lganligi uchun ftorurasilni yuborishdan oldin ehtiyotkorlikka rioya qilish va oldini olish choralarini qo‘llash kerak.

Ftorurasil mutagenlikni namoyon qilishi mumkin. Erkaklar ftorurasil bilan davolanayotganda va kamida keyingi 6 oy davomida kontrasepsiyaning ishonarli usullari uchun qo‘llashlari kerak. Ftorurasil bilan davolanish natijasida qaytarib bo‘lmaydigan bepushtlik rivojlanishi mumkin bo‘lganligi tufayli pasientlar davolanishni boshlashdan oldin sperma konservasiyasi mumkinligi bo‘yicha maslahat olishlari kerak. Tug‘ruq yoshdagi ayollar kontrasepsiyaning ishonarli usullarini qo‘llashlari kerak. Davolangandan keyin genetik maslahat olish tavsiya etiladi.

Ftorurasil bilan birga fenitoin qabul qilayotgan pasientlar plazmada fenitoin miqdori oshishini aniqlash uchun muntazam tekshirishda bo‘lishlari kerak.

Ichak devorlari shikastlanganda simptomatik davolash talab qilinadi, og‘irlik darajasiga qarab, masalan, organizmda suyuqlik zahiralarini to‘ldirish.

Yengil diareyani diareyaga qarshi vositalar bilan to‘xtatish mumkin, lekin o‘rta og‘ir diareyalarda ularni qo‘llash yetarli bo‘lmasligi mumkin.

Ftorurasil bilan davolanayotganda tirik vaksinalar bilan emlash mumkin emas.

Polimelit vaksinasi bilan kontaktni butunlay yo‘q qilish kerak. Quyidagi simptomlar mavjud bo‘lganda davolanishni zudlik bilan to‘xtatish kerak: me‘da-ichak yo‘llaridagi reaksiyalar (stomatit, shilliq qavat yallig‘lanishi, og‘ir diareya, og‘ir darajadan qusish, yaralar, qon ketishlar), leykositlar < 3000/mkl, trombositlar, <80 000/mkl, MNT tomonidan nojo‘ya reaksiyalar (shu jumladan ataksiya va tremor) yurak tomonidan reaksiyalar. Davolash nojo‘ya reaksiyalar yo‘qolgandan keyin va pasientning umumiy ahvoli yaxshilangandan so‘ng davom ettirilishi mumkin.

Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan og‘ir toksiklik, kardiotoksiklik va nevrologik toksiklik bo‘lsa davolashni davom ettirish tavsiya etilmaydi.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Quyida keltirilgan ma‘lumotlar yaqinda qo‘llanilgan dori vositalariga ham tegishli.

Pasient jismoniy holatini og‘irlashtiradigan yoki mieloid faoliyatga salbiy ta‘sir etadigan (masalan boshqa sitostatiklarni qo‘llash) barcha davolash choralari ftorurasilning toksikligini kuchaytirishi mumkin.

Ftorurasil nur bilan davolashda uning teriga toksikligini kuchaytirishi mumkin.

DPD fermenti ftorurasil parchalanishda katta rol o‘ynaydi. Brivudin yoki sorivudin kabi nukleozid analoglari plazma tarkibida ftorurasil va boshqa ftorpiramidinlar konsentrasiyasining keskin oshib ketishiga olib kelishi va natijada toksiklikni oshirishi mumkin.

Shuning uchun ftorurasil va brivudin, sorvudin va ularning analoglarini qo‘llash orasidagi vaqt kamida 4 haftaga teng bo‘lishi kerak. Zarurati bo‘lganda 5-ftorpiramidlar bilan davolashni boshlashdan oldin DPD fermenti faolligini aniqlash kerak.

Kalsiy folinati ftorurasil samarasini kuchaytiradi. Ushbu o‘zaro ta‘sir oqibatida jiddiy, bir qator holatlarda o‘limga olib keluvchi diareya, ayniqsa ftorurasilni tana maydoniga hisoblanganda 600 mg/m2 dozada vena ichiga oqim bilan, haftada bir marta kalsiy folinati bilan birga yuborilganda yuzaga chiqishi mumkin.

Simetidin, metronidazol, allopurinol va interferonlar plazmada ftorurasil darajasinini oshirishi mumkin. Bunda ftorurasilning toksikligi oshishi mumkin.

Tiazidli diuretiklarni siklofosfamid, metotreksat yoki ftorurasil bilan birga qabul qilayotgan ayollarda granulositlar soni kamayishi mumkin.

Ftorurasil va varfarinni bir vaqtda qo‘llash protrombin vaqtining uzayishiga olib kelishi mumkin. Ba‘zi bir holatlarda varfarinni ftorurasil bilan (aloxida yoki levamizol bilan majmuada) qabul qilgan pasientlarda protrombin indeksining pasayishi kuzatilgan.

Ftorurasil va levamizol bilan davolanayotganda ko‘pincha gepatotoksik samaralar (ishqoriy fosfataza, transaminazalar yoki bilirubin darajasining oshishi) kuzatiladi.

Siklofosfamid, metotraksat, ftorurasil yoki tamoksifen bilan majmuaviy davolanayotgan sut bez karsinomasi bo‘lgan pasientlarda tromboembolik asorat rivojlanishi xavfi oshadi.

Vinorelbin va ftorurasil folat kislotasini birga qo‘llanganda o‘limga olib keluvchi og‘ir mukozit rivojlanishi mumkin.

Ftorurasilni aminofenazon, fenilbutazon va sulfonamid bilan birga va keyinchalik qo‘llash mumkin emas.

Xlordiazopoksid, disulfiram, grizeofulvin va izoniazid ftorurasil faolligini oshirishi mumkin.

Ftorurasilni mintomisin bilan birga uzoq vaqt qo‘llanganda gemolitik uremik sindrom paydo bo‘lishi kuzatilgan. Ftorurasilni ximoterapiya olib boriladigan boshqa preparatlar (mitomisin S yoki sisplatin) bilan birga qo‘llanganda juda kam holatlarda ishemik insult xolatlari to‘g‘risida xabarlar berilgan.

Siydikda bilirubin va 5-gidroksiindolsirka kislotasi miqdorini aniqlanganda haqiqatdan yuqori va soxta ijobiy natijalar bo‘lishi mumkin.

Ftorurasilni fenitoin bilan qo‘llanganda fenitoin bilan intoksikasiya simptomlari paydo bo‘lishiga olib keluvchi fenitoin darajasi oshishiga olib kelishi mumkin.

Umumiy muloxazalar

Sitostatiklar grippga qarshi vakinasiyadan keyin antitelalar shakllanishini pasaytirishi mumkin.

Sitostatiklarni qo‘llash tirik vaksina yuborilgandan keyin infeksiya rivojlanishi xavfi bilan bog‘liq.

 

Nomutanosibligi

Infuziya uchun eritma tayyorlash uchun konsentrat faqat natriy xloridining 0,9% li eritmasi yoki glyukozaning 5% li eritmasi bilan suyultirish mumkin. Ftorurasilni boshqa infuziya uchun eritmadagi moddalar bilan aralashtirish mumkin emas.

Ftorurasilning quyidagi preparatlar bilan nomutanosibligi to‘g‘risida xabarlar berilgan: sisplatin, sitarabin, diazepam, doksorubisin, droperidol, filgrastim, galliy nitrati, leykovorin, metotreksat, metoklopromid, morfin, ondasetoron, parenteral yuboriladigan oziqlantiruvchi moddalar eritmasi, vinorelbin.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Ftorurasil bilan ishlanganda sitostatiklar uchun umumiy ustun turuvchi prinsiplarga amal qilish kerak. Himoyaviy qo‘lqoplar, yuz uchun niqob kiyish va iloji bo‘lsa, shu maqsad uchun ajratilgan alohida honada ishlash kerak. Teri va shilliq qavatlar bilan kontaktdan saqlanish kerak. Agar kontakt bo‘lsa, teri (shilliq qavatlar)ni yaxshilab sovunli suv bilan yuvib tashlash kerak. Agar ko‘zga tushsa, uni ko‘p miqdordagi suv bilan yuvib tashlash, tezda shifokorga murojaat qilish kerak. Homilador xodimlarning ftorurasil bilan ishlash man qilingan.

Fertillik, homiladorlik va emizish davri

Homiladorlik. Ftorurasilni homiladorlikda qo‘llash mumkin emas. Tug‘ruq tug‘ish yoshidagi ayollar kontrasepsiyaning ishonarli usullarini qo‘llashlari kerak. Agar davolash vaqtida homiladorlik yuzaga kelsa, genetik maslahatlashuv markazida maslaxatlashish kerak.

Hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqot ftorurasilning teratogen toksikligi aniqlangan.

Emizish. Ftorurasil emizish davrda qo‘llash mumkin emas. Agar shu davrda preparatni yuborish zarur bo‘lib qolsa, emizishni to‘xtatish kerak.

Fertillik. Ftorurasil genotoksiklik namoyon qilish mumkin. Erkaklar, ftorurasil bilan davolanayotganda va kamida keyingi 6 oy davomida kontrasepsiyaning ishonchli usullarini qo‘llashlari kerak. Ftorurasil bilan davolanish oqibatida qaytarib bo‘lmaydigan bepushtlik rivojlanishi mumkin bo‘lgani uchun, davolanishni  boshlashdan oldin sperma konservasiyasi masalasi bo‘yicha maslaxatxonaga murojaat qilish tavsiya etiladi.

Transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘siri

Ftorurasil ko‘ngil aynishi va qusishni chaqirishi mumkin va shu orqali bilvosita xaydash va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatini buzilishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun ftorurasil bilan davolanayotganda transport vositalarini xaydash va mexanizmlar bilan ishlash tavsiya etilmaydi.

Dozani oshirib yuborilishi

Intoksikasiya simptomlari

Dozani oshirib yuborilishi belgilari va simptomlariga ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, og‘ir mukozit, me‘da-ichak yo‘llarida yaralar va qon ketishlari, mielosupressiya (trombositopeniya, leykopeniya, agranulositoz) kiradi.

O‘tkir intoksikasiyada ruhiy reaksiyalar, uyquchanlik, sedativ dori vositasining samarasi oshib ketishi, alkogol chaqirgan toksiklikning oshishi kuzatiladi.

Sedativ preparat qabul qilish kerak bo‘lganida shifokor nazorati ostida kichik dozada diazepam (masalan 5 mg dan boshlab) qabul qilish mumkin.

Surunkali intoksikasiyaga to kritik darajadagi agranulositoz va trombositopeniyagacha bo‘lgan mielosupressiya, me‘da-ichak yo‘llarida yaralar va qon ketishlari, diareya, soch to‘kilishi xarakterlidir.

 

 

Intoksikasiyani davolash

Spesifik antidoti yo‘q. Intoksikasiya simptomlari rivojlanganda ftorurasil yuborishni zudlik bilan to‘xtatish kerak. Simptomatik davolashni boshlash kerak.

Rivojlangan mielosupressiyani shifoxonada davolash kerak va unga (zarurati bo‘lganda) yetishmayotgan qon komponentlarini to‘ldirish va bakteriyaga qarshi davolash kiradi. Pasientni aseptik palataga o‘tkazish kerak bo‘lib qolishi mumkin.

Doza oshirib yuborilganda qon yaratish faoliyatini kamida 4 hafta davomida nazorat qilib borish kerak.

Chiqarilish shakli

5 va 10 ml dan rangsiz shisha (1 sinf) li ampulalar.

5, 10, 20 va 100 ml dan alyuminli o‘rovchi ostidagi rezina tiqin bilan berkitilgan, teflon himoya qopqoq bilan yopilgan, jigarrang rangli shisha (1 sinf) flakonlar.

1 flakon x 250 mg/5 ml

1 flakon x 500 mg/10 ml

1 flakon x 1000 mg/20 ml

1 flakon x 5000 mg/100 ml

5 ampula x 250 mg/5 ml

5 ampula x 500 mg/10 ml

Saqlash sharoiti

Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Izox: past harorat ta‘sirida cho‘kma paydo bo‘lgan bo‘lsa eritmani ishlatishdan oldin kuchli chayqatib turib, 60oS gacha qizdiriladi, keyin xona haroratigacha sovutiladi. Faqat cho‘kma bo‘lmagan tiniq eritma qo‘llanilsin.

Foydalanmagan preparat yoki chiqindilar mahalliy talablar asosida utilizasiya qilinishi.

Faqat bir marta qo‘llash uchun.

Yaroqlilik muddati

2 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

FTORURASIL LENS inyeksiya uchun eritma 50ml 250mg/5ml N10 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
FTORURASIL LENS inyeksiya uchun eritma 50ml 250mg/5ml N10 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
FTORURASIL LENS inyeksiya uchun eritma 50ml 250mg/5ml N10 dori vositasi ООО «ЛЭНС-Фарм» tomonidan Rossiya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
FTORURASIL LENS inyeksiya uchun eritma 50ml 250mg/5ml N10 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
FTORURASIL LENS inyeksiya uchun eritma 50ml 250mg/5ml N10 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Ishlab chiqaruvchining dorilari
FTORURASIL LENS inyeksiya uchun eritma 50ml 1000mg/20ml N25
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: ООО «ЛЭНС-Фарм»
FTORURASIL LENS inyeksiya uchun eritma 50ml 1000mg/20ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: ООО «ЛЭНС-Фарм»
Другие формы препарата
5 FTORURASIL EBEVE konsentrat 500mg 50mg/ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Avstriya
  • Ishlab chiqaruvchi: Ebewe Pharma Ges.m.b.H. Nfg. KG
5 FTORURASIL EBEVE konsentrat 250mg 50mg/ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Avstriya
  • Ishlab chiqaruvchi: Ebewe Pharma Ges.m.b.H. Nfg. KG
5 FTORURASIL EBEVE konsentrat 1000mg 50mg/ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Avstriya
  • Ishlab chiqaruvchi: Ebewe Pharma Ges.m.b.H. Nfg. KG
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9