GENTAMISIN maz

GENTAMISIN maz qo'llanmasi
Farmakokinetikasi
m/i yuborilgandan so'ng inyeksiya joyidan tez so'riladi. Cmax m/i yuborilgandan 30-60 daqiqa o'tgach erishiladi. Plazma oqsillari bilan bog'lanishi past (0-10%). Hujayradan tashqari suyuqlikda, organizmning barcha to'qimalarida taqsimlanadi. Platsenta to'sig'i orqali o'tadi. Metabolizmga uchramaydi. T
Farmakologik ta'siri
Keng ta'sir doirasiga ega aminoglikozidlar guruhiga mansub antibiotik. Bakteritsid ta'sir ko'rsatadi. Bakteriyalar hujayra membranasidan faol o'tib, bakterial ribosomalarning 30S subbirligi bilan qaytmas bog'lanadi va shu tariqa qo'zg'atuvchi oqsil sintezini susaytiradi.
Aerob grammanfiy bakteriyalar: Escherichia coli, Shigella spp., Salmonella spp., Enterobacter spp., Klebsiella spp., Serratia spp., Proteus spp., Pseudomonas aeruginosa, Acinetobacter spp. ga nisbatan yuqori faol.
Shuningdek, aerob grammusbat kokklar: Staphylococcus spp. (shu jumladan penitsillinlar va boshqa antibiotiklarga chidamli), Streptococcus spp. ning ba'zi shtammlariga nisbatan faol.
Gentamitsinga Neisseria meningitidis, Treponema pallidum, Streptococcus spp. ning ba'zi shtammlari, anaerob bakteriyalar chidamli.
Nojo'ya samaralari
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: ko'ngil aynishi, qusish, jigar transaminazalari faolligining oshishi, giperbilirubinemiya.
Qon yaratish tizimi tomonidan: anemiya, leykopeniya, granulotsitopeniya, trombotsitopeniya.
Siydik chiqarish tizimi tomonidan: oliguriya, proteinuriya, mikrogematuriya, buyrak yetishmovchiligi.
MNT va periferik asab tizimi tomonidan: bosh og'rig'i, uyquchanlik, nerv-mushak o'tkazuvchanligining buzilishi, eshitishning pasayishi, vestibulyar buzilishlar, qaytmas karlik.
Allergik reaksiyalar: teri toshmasi, qichishish, eshakemi, isitma; kamdan-kam hollarda - Kvinke shishi.
Maxsus saqlash sharoitlari
Gentamitsinni parkinsonizm, miasteniya, buyrak funksiyasi buzilishlarida ehtiyotkorlik bilan qo'llaydilar. Gentamitsin qo'llanilganda buyrak, eshitish va vestibulyar apparatlar funksiyalarini nazorat qilish kerak.
Gentamitsin terining katta yuzalarida uzoq vaqt davomida sirtqi qo'llanilganda rezorbtiv ta'sir ehtimolini hisobga olish kerak, ayniqsa surunkali buyrak yetishmovchiligi bo'lgan bemorlarda.
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
Gentamitsinga va aminoglikozidlar guruhidagi boshqa antibiotiklarga yuqori sezuvchanlik, eshitish nervi nevriti, og‘ir buyrak funksiyasi buzilishlari, uremiya, homiladorlik, laktatsiya (emizish davri).
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Aminoglikozidlar, vankomitsin, sefalosporinlar, etakrin kislotasi bilan bir vaqtda qo'llanilganda oto- va nefrotoksik ta'sir kuchayishi mumkin.
Indometatsin bilan bir vaqtda qo'llanilganda gentamitsin klirensining pasayishi, uning qon plazmasidagi kontsentratsiyasining oshishi qayd etiladi, bunda toksik ta'sir rivojlanish xavfi ortadi.
Ingalyatsion narkoz uchun vositalar, opioid analgetiklar bilan bir vaqtda qo'llanilganda nerv-mushak blokadasi rivojlanish xavfi ortadi, apnoe rivojlanishigacha.
Gentamitsin va "halkali" diuretiklar (furosemid, etakrin kislotasi) bir vaqtda qo'llanilganda qonda gentamitsin kontsentratsiyasi oshadi, shu munosabat bilan toksik nojo'ya reaktsiyalar rivojlanish xavfi ortadi.
Dozirovkasi
GENTAMISIN maz o'xshash dorilari



Gentamitsin boshqa chiqarish shakllari





GENTAMISIN maz analoglari


{
"data": {
"id": 56213,
"stores_apteka_id": null,
"slug": "gentamitsin-maz",
"stores_apteka_slug": null,
"name": "GENTAMISIN maz",
"brand_name": "GENTAMISIN",
"image": "uploads/iblock/e25/e25c5da8af53c8b7424c4ebbdc00f894.webp",
"atx_code": "D06AX07",
"drug_form_id": 12,
"over_the_counter": false,
"prescription_type": "unknown",
"availability": "not_available",
"reviews_count": 0,
"reviews_rating": 0,
"has_pickup": false,
"has_delivery": false,
"manufacturer": null,
"manufacturer_plain": "Sintez, OAO",
"representative": null,
"representative_plain": null,
"distributor": null,
"distributor_plain": null,
"is_manufacturer_advertiser": false,
"is_representative_advertiser": false,
"is_dietary_supplement": false,
"is_medical_device": false,
"category": {
"id": 479,
"slug": "dermatologicheskie",
"name": "Dermatologik",
"external_link_title": "",
"external_link": ""
},
"drug_group": {
"id": 7315,
"slug": "gentamitsin",
"name": "Gentamitsin"
},
"is_purchasable": false,
"country": {
"id": 20,
"slug": "rossiya",
"name": "Rossiya Federatsiyasi"
},
"active_ingredients": [
{
"id": 5813,
"slug": "gentamitsin",
"name": "Gentamisin"
}
],
"tags": []
}
}






