Apteka.uz
SavatKirish
Bosh sahifa  / Dori vositalari  / Antibiotiklar  / GENTAMISINA SULFAT eritma 2ml 80mg/2ml N10

GENTAMISINA SULFAT eritma 2ml 80mg/2ml N10

Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Xitoy
Kategoriya:Antibiotiklar
Faol modda:Gentamisin
Ishlab chiqaruvchi:Hebei Tiancheng Pharmaceutical Co. Ltd
ATX kodi:J01GB03
Barcha Gentamitsin dorilari
Mavjud emas
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 0 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

GENTAMISINA SULFAT eritma 2ml 80mg/2ml N10 haqida qo'llanma

Farmakokinetikasi

Mushak ichiga yuborilgandan so'ng in'ektsiya joyidan tez so'riladi va maksimal kontsentratsiyaga 30-60 daqiqadan so'ng erishiladi. Plazma oqsillari bilan bog'lanishi past (0-10%). Hujayradan tashqari suyuqlikda, organizmning barcha to'qimalarida taqsimlanadi. Yo'ldosh orqali o'tadi. Metabolizmga uchramaydi va asosan buyraklar orqali chiqariladi (bunda siydikda yuqori kontsentratsiya hosil bo'ladi), oz miqdori safro bilan ajralib chiqadi. Yarim chiqarilish davri 2-4 soat.

Farmakologik ta'siri

Aminoglikozidlar guruhiga kiruvchi antibiotik. Bakteriya ribosomalarida oqsil sintezini susaytirish orqali bakteriostatik ta'sir ko'rsatadi. Grammanfiy aerob bakteriyalarga - ichak tayoqchasi, shigella, salmonella, enterobakteriyalar, klebsiella, protey, ko'k yiring tayoqchasiga nisbatan yuqori faollik namoyon qiladi. Preparat shuningdek grammusbat aerob kokklarga - stafilokokklarga (shu jumladan penitsillinga chidamli), streptokokklarning ba'zi shtammlariga nisbatan faol. Oqish treponema, meningokokklar, anaerob mikroorganizmlar preparatga chidamli.

Nojo'ya samaralari

Ko'ngil aynishi, qusish, qonda jigar transaminazalari va bilirubin kontsentratsiyasining oshishi; allergik reaksiyalar (teri toshmasi, qichishish, isitma); qon manzarasi o'zgarishi (anemiya, leykopeniya, granulotsitopeniya, trombotsitopeniya); bosh og'rig'i, uyquchanlik bo'lishi mumkin. Nefrotoksiklik: yengil simptomlardan (oliguriya, proteinuriya, mikrogematuriya) og'ir ko'rinishlargacha (buyrak yetishmovchiligi). Ototoksiklik: yengil ko'rinishlardan (eshitishning pasayishi, vestibulyar buzilishlar) og'ir buzilishlargacha (qaytmas karlik). Juda kam hollarda - nerv- mushak o'tkazuvchanligining buzilishi. Allergik reaksiyalar: teri toshmasi, qichishish, eshakemi, isitma, kamdan-kam hollarda – Kvinke shishi.

Maxsus ko‘rsatmalari

Parkinsonizm, miasteniya, buyrak funksiyasi buzilishlarida ehtiyotkorlik bilan qo'llaniladi. Davolash vaqtida buyrak, eshitish va vestibulyar apparatlar funksiyalarini nazorat qilish kerak. Laktatsiya davrida qo'llash zarurati bo'lganda emizishni to'xtatish kerak. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o'tgach ishlatilmasin.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

Preparatga va boshqa aminoglikozid antibiotiklarga yuqori sezuvchanlik, eshitish nervi nevriti, buyrak faoliyatining og'ir buzilishlari, uremiya, homiladorlik, laktatsiya (emizish).

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Bir vaqtda yoki davolash kursi tugashi bilan darhol mikroblarga qarshi va oto- va nefrotoksik ta'sir ko'rsatuvchi boshqa preparatlarni (antibiotiklar-aminoglikozidlar, vankomitsin, sefalosporinlar, etakrin kislotasi) buyurish mumkin emas. "Halqali" diuretiklar (furosemid, etakrin kislotasi), shuningdek indometatsin bilan bir vaqtda buyurilganda qonda gentamitsin konsentratsiyasi oshadi, shu munosabat bilan toksik nojo'ya reaksiyalar rivojlanish xavfi oshadi. Ingalyatsion narkoz uchun vositalar, opioid analgetiklar bilan bir vaqtda qo'llanilganda nerv-mushak blokadasi rivojlanishi, to apnoe rivojlanishigacha xavfi ortadi. Preparatni bir shpritsda boshqa dori vositalari bilan aralashtirish mumkin emas.

Dozirovkasi

Mushak orasiga va venaga qo'llaniladi. Doza infektsiyaning kechish og'irligi va lokalizatsiyasini, shuningdek qo'zg'atuvchining sezgirligini hisobga olgan holda individual belgilanadi. O'rtacha og'irlikdagi infektsiyalarda kattalar uchun preparatning sutkalik dozasi tana vazniga 3 mg/kg ni tashkil qiladi, yuborish chastotasi sutkasiga 2 marta. Og'ir infektsiyalarda sutkalik doza 5 mg/kg ni tashkil qiladi, yuborish chastotasi 3-4 marta; klinik yaxshilanishda dozani sutkasiga tana vazniga 3 mg/kg gacha kamaytiradilar. Davolash kursi - 14 kundan oshmasligi kerak. Siydik yo'llari infektsiyasi va buyrak funktsiyasi normal bo'lgan bemorlarga, zarurat bo'lganda, 7-10 kun davomida 120-160 mg dozada sutkasiga 1 marta tayinlanadi. Gonoreyada bir marta 240-280 mg tayinlanadi. Preparatni venaga infuziya qilish 1-2 soat davomida o'tkaziladi, preparat 100-200 ml 0,9% li natriy xlorid eritmasida yoki 0,5% li glyukoza eritmasida eritiladi. 2 yoshdan katta bolalar uchun doza sutkasiga 3-5 mg/kg ni tashkil qiladi; yuborish chastotasi - 3 marta. Chala tug'ilgan va yangi tug'ilgan chaqaloqlarga sutkalik dozada 5 mg/kg tayinlanadi, chastotasi - 2 marta; 2 yoshgacha bo'lgan bolalarga xuddi shunday doza sutkasiga 3 marta yuborish chastotasi bilan tayinlanadi. Kattalar va bolalar uchun maksimal sutkalik doza - 5 mg/kg. Buyrakning chiqarish funktsiyasi buzilgan bemorlarda kreatinin klirensi qiymatlariga qarab dozalash rejimini to'g'irlash talab etiladi.

Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. GENTAMISINA SULFAT eritma 2ml 80mg/2ml N10 preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing

GENTAMISINA SULFAT eritma 2ml 80mg/2ml N10 o'xshash dorilari

SEFTOKS poroshok 1000mg+500mg N1
SEFTOKS poroshok 1000mg+500mg N1
Hindiston
Vakil:
Farmalife
Ishlab chiqaruvchi:
Scott-Edil Advance Research Laboratories & Education Ltd
Narxi
47 800 so'm dan
M-GIL eritmasi 100 ml 5 mg / ml N1
M-GIL eritmasi 100 ml 5 mg / ml N1
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Avantika Medex Pvt. Ltd., Indiya proizvedeno: Realcade Lifescience Pvt. Ltd
•24 ta dorixonada bor
Narxi
30 000 so'm dan
SEF-OD poroshok 100mg/5ml 30ml N1
Retseptli
SEF-OD poroshok 100mg/5ml 30ml N1
Pokiston
Ishlab chiqaruvchi:
CCL Pharmaceuticals (Pvt) Ltd
•41 ta dorixonada bor
Narxi
71 300 so'm dan
XIKONSIL kapsulalar  250mg N16
Retseptli
XIKONSIL kapsulalar 250mg N16
Sloveniya
Vakil:
KRKA
Ishlab chiqaruvchi:
KRKA d.d.
•106 ta dorixonada bor
Narxi
8 000 so'm dan

Gentamitsin boshqa chiqarish shakllari

GENTAMISIN K inyeksiya uchun eritma 80mg/2ml N10
Retseptli
GENTAMISIN K inyeksiya uchun eritma 80mg/2ml N10
Sloveniya
Vakil:
KRKA
Ishlab chiqaruvchi:
Krka d.d.
•86 ta dorixonada bor
Narxi
64 900 so'm dan
Analoglar GENTAMISINA SULFAT eritma 2ml 80mg/2ml N10
Analoglari yo'q

GENTAMISINA SULFAT eritma 2ml 80mg/2ml N10 haqida savollar

GENTAMISINA SULFAT eritma 2ml 80mg/2ml N10 haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil