Apteka.uz
SavatKirish

GIOKSIZON maz 15g

Retseptli
Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:O'zbekiston
Kategoriya:Dermatologik
Ishlab chiqaruvchi:Merrymed Farm, OOO
ATX kodi:D07CA01
Barcha Gioksizon dorilari
Mavjud emas
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 0 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

GIOKSIZON maz 15g haqida qo'llanma

Farmakologik ta'siri

Majmuaviy preparat, preparat tarkibiga kiruvchi komponentlarning yig‘indi ta’siri natijasida terining yallig‘lanish reaksiyalari, ayniqsa bakterial infeksiya bilan asoratlangan allergik kelib chiqishga ega bo‘lgan reaksiyalar rivojlanishini susaytiradi. Oksitetratsiklin — tetratsiklinlar guruhiga mansub antibiotik, bakteriostatik ta’sir ko‘rsatadi. Grammusbat va grammanfiy bakteriyalar, Rickettsia spp., Treponema spp., Chlamydia spp., Mycoplasma spp. ga nisbatan faol. Gidrokortizon — glyukokortikosteroid, yallig‘lanishga qarshi, allergiyaga qarshi, antiekssudativ va qichishishga qarshi samaralar ko‘rsatadi. Fagotsitozni tormozlaydi; fosfolipaza A2 faolligini susaytirish va hujayra qobiqlari fosfolipidlaridan araxidon kislotasi ajralib chiqishini kamaytirish yo‘li bilan prostaglandinlar va leykotrienlar sintezini kamaytiradi. Yallig‘lanish jarayonini chaqiruvchi interleykinlar va boshqa sitokinlar ozod bo‘lishini susaytiradi; gistamin ozod bo‘lishini va mahalliy allergik reaksiyalar yuzaga kelishini tormozlaydi. Terida oqsillar sintezini va kollagen to‘planishini pasaytiradi, biriktiruvchi to‘qima rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi, proliferativ jarayonlarni susaytiradi.

Nojo'ya samaralari

Kamdan-kam hollarda bo'lishi mumkin - allergik reaksiyalar, terining ta'sirlanishi, qichishish, toshma.

Uzoq muddat qo'llanilganda va/yoki katta yuzalarga surtilganda - GKS tizimli nojo'ya ta'sirlari.

Yuz terisida qo'llanilganda - teleangiektaziyalar, og'iz sohasida teri osti kletchatkasi atrofiyasi bo'lishi mumkin.

Maxsus ko‘rsatmalari

Glyukokortikosteroidlar (GKS) bilan davolash vaqtida chechakka qarshi emlash va boshqa turdagi immunizatsiyani rejalashtirish mumkin emas (GKS ning immunodepressiv ta'siri tufayli).
Bolalarda preparatni keng yuzalarga va okklyuzion bog'lamlar ostiga surtishdan saqlanish kerak.
Preparatni yuz terisida qo'llash zarurati bo'lganda, so'rilishning kuchayishi va nojo'ya ta'sir paydo bo'lishi ehtimoli tufayli davolash qisqa muddatli bo'lishi kerak.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

- Yuqori sezuvchanlik;
- teri sili;
- teri o'smalari, o'sma oldi holatlari, mikoz;
- terining virusli kasalliklari (gerpes, suvchechak);
- homiladorlik, laktatsiya davri (keng shikastlanish o'choqlarida qo'llanganda).

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta’sir yoki nomutanosiblik holatlari tasvirlanmagan.

Dozirovkasi

Mahalliy, sirtqi.
Maz 0,5-1 g miqdorda terining zararlangan joylariga kuniga 1-3 marta yoki steril doka bog'lam ostiga yupqa qatlam qilib surtiladi.
Davolash davomiyligi individual.

Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. GIOKSIZON maz 15g preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing

GIOKSIZON maz 15g o'xshash dorilari

SINAFLAN maz 10g 0,025%
SINAFLAN maz 10g 0,025%
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Nijfarm-Stada CIS
Narxi
2 997 so'm dan
FENISTIL gel 30g N1
Retseptsiz
FENISTIL gel 30g N1
Shveytsariya
Ishlab chiqaruvchi:
GSK Konsyumer Xelsker S.A.
•86 ta dorixonada bor
Narxi
46 800 so'm dan
EKZODERIL® lak 5% 2,5 ml
Retseptsiz
EKZODERIL® lak 5% 2,5 ml
Sloveniya
Ishlab chiqaruvchi:
Vladeles registrasionnogo udostovereniya Sandoz Farmasyutikalz d. d., Verovshkova 57, 1000 Lyublyana, Sloveniya. Proizvoditel Lek Farmasyutikalz d. d., Verovshkova 57, 1526 Lyublyana, Sloveniya.
•3 ta dorixonada bor
Narxi
223 000 so'm dan
GERPEVIR maz 15g 2,5%
GERPEVIR maz 15g 2,5%
Ukraina
Vakil:
Arterium
Ishlab chiqaruvchi:
Kievmedpreparat, PAO
•2 ta dorixonada bor
Narxi
39 000 so'm dan

Gioksizon boshqa chiqarish shakllari

Narxi
4 595 so'm dan

GIOKSIZON maz 15g analoglari

Narxi
4 595 so'm dan

GIOKSIZON maz 15g haqida savollar

GIOKSIZON maz 15g haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil