Apteka.uz
SavatKirish

Gioksizon

Gioksizon chiqarilish shakllari

GIOKSIZON maz 10g
Retseptli
GIOKSIZON maz 10g
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
TORIMED PHARM OOO
•125 ta dorixonada bor
Narxi
5 000 so'm dan
GIOKSIZON AKRIXIN maz 10g 1%+3%
Retseptli
GIOKSIZON AKRIXIN maz 10g 1%+3%
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Akrixin, AO
•1 ta dorixonada bor
Narxi
5 200 so'm dan
- Gioksizon qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Gioksizonning tarkibi
- Gioksizon ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Gioksizon narxi Toshkent dorixonalarida

Gioksizon qo'llanmasi

Ishlab chiqaruvchi
Ishlab chiqarilish joyi
O'zbekiston,
Rossiya Federatsiyasi
Kategoriya
Nimaga qarshi

Qo‘llash ko‘rsatmalari

  • Kattalar va 8 yoshdan katta bolalarda: — infektsiyalangan bichilish; — follikulitlar; — furunkulez; — karbunkul; — impetigo; — saramas; — infektsiyalangan ekzemalar va yaralar; — eroziyalar; — chaqaloqlar eshakemi; — oddiy va allergik dermatit; — seboreya; — quyosh eritemasi; — multiform ekssudativ eritema; — hasharotlar chaqishi; — tashqi eshitish yo'lining allergik va yiringli kasalliklari; — boldirning varikoz yaralari; — kuyishlar, muzlashlar

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

  • — yuqori sezuvchanlik; — teri tuberkulyozi; — teri o‘smalari; — saraton oldi holatlari; — mikoz; — terining virusli kasalliklari (gerpes, suvchechak); — homiladorlik; — laktatsiya davri (katta sohalarda qo‘llanilganda).

Tarkibi

  • gidrokortizon atsetati 1 g, oksitetratsiklin gidroxloridi 3 g; yordamchi moddalar: nipagin (metilparagidroksibenzoat), vazelin moyi, vazelin. oksitetratsiklin gidroxloridi 30 mg gidrokortizon atsetati 10 mg

Farmakokinetikasi

Preparat sirtga qo‘llanilganda terapevtik dozalarda ta'sir etuvchi moddalarning transdermal so‘rilishi juda kam. Okklyuzion bog‘lovlarni qo‘llash gidrokortizon va oksitetratsiklinning transdermal so‘rilishini oshiradi, bu esa tizimli nojo‘ya ta'sirlar rivojlanish xavfining oshishiga olib kelishi mumkin.

Farmakologik ta'siri

Majmuaviy preparat, preparat tarkibiga kiruvchi komponentlarning yig'indi ta'siri natijasida terining yallig'lanish reaktsiyalari rivojlanishini, ayniqsa bakterial infektsiya bilan asoratlangan allergik kelib chiqishga ega bo'lganlarni bostiradi. Oksitetratsiklin - tetratsiklinlar guruhiga kiruvchi antibiotik, bakteriostatik ta'sir ko'rsatadi. Grammusbat va grammanfiy bakteriyalar, Rickettsia spp., Treponema spp., Chlamydia spp., Mycoplasma spp. ga nisbatan faol. Gidrokortizon - GKS (glyukokortikosteroid), yallig'lanishga qarshi, allergiyaga qarshi, antiekssudativ va qichishishga qarshi ta'sir ko'rsatadi. Fagotsitozni tormozlaydi. Fosfolipaza A2 faolligini bostirish hisobiga hujayra qobiqlari fosfolipidlaridan araxidon kislotasi hosil bo'lishini kamaytiradi. Yallig'lanishga qarshi ta'sirga ega bo'lgan interleykinlar va boshqa sitokinlarning ajralib chiqishini bostiradi; gistamin ajralib chiqishini va mahalliy allergik reaktsiyalar paydo bo'lishini tormozlaydi. Oqsillar sintezini va terida kollagen to'planishini kamaytiradi, biriktiruvchi to'qima rivojlanishiga to'sqinlik qiladi, proliferativ jarayonlarni susaytiradi. Aerozol shaklidagi preparat mazga nisbatan yuqoriroq so'rilish qobiliyatiga, shuningdek gaz to'qima almashinuvini qiyinlashtirmagan holda qurituvchi ta'sirga ega. Tez bug'lanish qo'shimcha og'riqsizlantiruvchi va sovutuvchi samarani keltirib chiqaradi.

Nojo'ya ta'sirlar

  • Terining ta'sirlanishi, qichishish, toshma; superinfektsiya, allergik reaktsiyalar. Yuz terisida qo'llanilganda: teleangioektaziyalar, og'iz sohasida teri osti kletchatkasi atrofiyasi. Uzoq muddat qo'llanilganda va/yoki katta yuzalarga surtilganda - glyukokortikosteroidlarga xos bo'lgan tizimli nojo'ya ta'sirlar.

Dozirovkasi

  • 1 % + 3 % 1% + 3 % 10 mg + 30 mg/g

Dozani oshirib yuborilishi

Belgilari: uzoq muddat va/yoki yuqori dozalarda qo‘llanilganda buyrak usti bezlari funksiyasining susayishi, ikkilamchi buyrak usti bezi yetishmovchiligi va giperkortitsizm belgilari, shu jumladan Itsenko-Kushing sindromi rivojlanishi mumkin. Oksitetratsiklin bilan yuqori dozalarda uzoq muddatli davolash sezgir bo‘lmagan mikrofloraning o‘sishiga olib kelishi mumkin. Davolash: preparatni bekor qilish. Tegishli simptomatik terapiya. Zarurat bo‘lganda - elektrolit buzilishlarini to‘g‘irlash.

Dori shaklining ta'rifi

  • Sirtga qo'llash uchun maz Sariq rangli maz Sariq rangli maz.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Preparatning boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta’siri aniqlanmagan.

Umumiy ma'lumot

GIOKSIZON

dori preparatini tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha

YO‘RIQNOMA

Preparatning savdo nomi

Gioksizon

XPN yoki guruhlash nomi

Gidrokortizon + Oksitetrasiklin

Dori shakli

sirtga va mahalliy qo‘llash uchun surtma

Ta‘rifi

Sariq rangli surtma.

Tarkibi

1 g surtma quyidagilarni saqlaydi:

ta‘sir etuvchi moddalar: gidrokortizon asetati – 10,0 mg, oksitetrasiklin gidroxloridi – 30,0 mg;

yordamchi moddalar: metilparagidroksibenzoat- 0,2 mg, vazelin – 1 g gacha.

Farmakoterapevtik guruhi

Mahalliy qo‘llash uchun glyukokortikosteriod + antibiotik-tetrasiklin.

ATX kodi: D07SA01.

Farmakologik xususiyatlari

Majmuaviy preparat, komponentlarining yig‘indi ta‘siri natijasida, ayniqsa allergik kelib chiqishga ega bo‘lgan, bakterial infeksiyalar bilan asoratlangan terini yallig‘lanish reaksiyalarini rivojlanishini susaytiradi. Oksitetrasiklin –  tetrasiklinlar guruhi antibiotigidir, bakteriostatik ta‘sir ko‘rsatadi. Grammusbat va grammanfiy bakteriyalar, Richettsia spp., Treponema spp., Chlamidia spp., Mycolplasma spp. larga nisbatan faol. Gidrokortizon – glyukokortikosteroid, yallig‘lanishga qarshi, allergiyaga qarshi, antiekssudativ va qichishishga qarshi samara ko‘rsatadi. Fagositozni tormozlaydi; fosfolipaza A2 faolligini susaytirishi va xujayra qobig‘i fosfolipidlaridan araxidon kislotasini ajralib chiqishini kamaytirish yo‘li bilan, leykotrienlar va prostaglandinlar sintezini kamaytiradi. Yallig‘lanish jarayonini chaqiruvchi interleykinlar va boshqa sitokinlarning ozod bo‘lishini susaytiradi; gistaminni ozod bo‘lishini va mahalliy allergik reaksiyalar paydo bo‘lishini tormozlaydi. Oqsillar sintezini va terida kollagen yig‘ilishini pasaytiradi, biriktiruvchi to‘qimani rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi, proliferativ jarayonlarni susaytiradi.

Qo‘llanilishi

Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarni dermatiti (pufakchali va eksfoliativ), infeksiyalangan qazg‘oqlanish, follikulitlar, furunkulyoz, karbunkul, impetigo, saramasli yallig‘lanish, infeksiyalangan ekzemalar va jarohatlar, eroziyalar; yangi tug‘ilgan chaqaloqlardagi eshakemi; oddiy va allergik dermatit, seboreya; «quyoshli» eritematoz toshmasi, ko‘p shaklli ekssudativ eritema; hashoratlarni chaqishi; tashqi eshituv yo‘lini allergik va yiringli kasalliklari; boldirni varikoz yaralari, kuyishlar, sovuq urishida qo‘llanadi.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

O‘ta yuqori sezuvchanlik, teri tuberkulyozi, teri o‘smasi, rak oldi holatlar, mikoz, terini virusli kasalliklari (gerpes, suvchechak); homiladorlik, laktasiya davri (shikastlanishning katta o‘choqlarida qo‘llanganida) qo‘llash mumkin emas.

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Mahalliy, sirtga buyuriladi.

0,5-1 g miqdordagi surtma terini shikastlangan joylariga yupqa qavat qilib kuniga 1-3 marta qo‘yiladi yoki steril doka bog‘lov ostiga qo‘yiladi.

Davolash davomiyligi shaxsiy ravishda belgilanadi.

Nojo‘ya ta‘siri

Kam hollarda – allergik reaksiyalar, terini qo‘zg‘alishi, qichishish, toshma kuzatilishi mumkin. Uzoq muddat qo‘llanganida va/yoki katta yuzalarga qo‘yilganida – glyukokortikoidlarning tizimli nojo‘ya samaralari bo‘lishi mumkin. Yuz terisida qo‘llanganida – teleangioektaziyalar, og‘iz sohasida teri osti kletchatkasini atrofiyasi kuzatilishi mumkin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Gioksizon surtma preparatining dozasini oshirib yuborilishi hollari haqida xabar berilmagan.

Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta‘siri

Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta‘siri yoki nomutanosibligi ta‘riflanmagan.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Glyukokortikosteroidlar (GKS) bilan davolanish vaqtida chechakka qarshi vaksinasiyani o‘tkazish va immunizasiyani boshqa turlarini rejalashtirish mumkin emas (GKS ni immunodepressiv samarasi tufayli). Bolalarda preparatni katta yuzalarga va okklyuzion bog‘lovlar ostiga qo‘yishdan saqlanish kerak. Preparatni yuz terisiga qo‘llashni zarurati bo‘lganida, yuqori so‘rilishi va nojo‘ya ta‘sirlarini paydo bo‘lishi mumkinligi tufayli, davolash qisqa bo‘lishi kerak.

 

Chiqarilish shakli

Mahalliy va sirtga qo‘llash uchun surtma.

10 g dan alyuminiy tubalarda. Har bir tuba preparatni qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

Saqlash sharoiti

25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

3 yil. Yaroqlilik muddati o‘tganidan so‘ng preparat ishlatilmasin.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:
Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Gioksizon preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing

Gioksizon narxlari

Dorixonalar
Manzil
Ish vaqti
Sotib olish
D5 №4
Shayxontoxur tumani, Samarqand Darvoza ko'ch., 1 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-18:00
5 100 so'm
Bron qilish
D5
Olmazor tumani, Sag'bon ko'ch., 246 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-18:00
5 100 so'm
Bron qilish
CITY PHARM Sergeli 41
Sergeli tumani, 8A mavze, 12 uy
24/7
5 500 so'm
Bron qilish
Target Farm №7
Mirzo Ulug'bek tumani, Buyuk ipak yo'li ko'ch., 299 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-22:00
5 500 so'm
Bron qilish

Gioksizon barcha rasmlari

Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar

Gioksizon haqida savollar

Gioksizon haqida fikr-mulohazalar

Reyting 5.0, 7 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil