Ташкент
logo
SavatKirish

Gidrokortizon

Gidrokortizon chiqarish shakllari

GIDROKORTIZON maz 10g 1%
GIDROKORTIZON maz 10g 1%
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Nijfarm, AO
•18 ta dorixonada bor
Narxi
9 500 so'm dan
GIDROKORTIZON maz 3g 0,5%
Retseptli
GIDROKORTIZON maz 3g 0,5%
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Tatximfarmpreparati, AO
•121 ta dorixonada bor
Narxi
4 941 so'm dan
GIDROKORTIZON maz 10g 1%
Retseptli
GIDROKORTIZON maz 10g 1%
Armaniston
Ishlab chiqaruvchi:
Arpimed, OOO
•18 ta dorixonada bor
Narxi
9 500 so'm dan
GIDROKORTIZON maz 3g 0,5%
Retseptli
GIDROKORTIZON maz 3g 0,5%
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Tatximfarmpreparati, AO
•121 ta dorixonada bor
Narxi
4 941 so'm dan
GIDROKORTIZON maz 3g 0,5%
Retseptli
GIDROKORTIZON maz 3g 0,5%
Polsha
Ishlab chiqaruvchi:
Valeant, OOO, Rossiya proizvedeno: Pharmaceutical Works Jelfa S.A.
•121 ta dorixonada bor
Narxi
4 941 so'm dan
GIDROKORTIZONA ASETAT suspenziya 2ml 2,5% N10
Retseptli
GIDROKORTIZONA ASETAT suspenziya 2ml 2,5% N10
Ukraina
Ishlab chiqaruvchi:
Farmak, PAO
•59 ta dorixonada bor
Narxi
33 300 so'm dan
GIDROKORTIZON maz 10g 1%
Retseptli
GIDROKORTIZON maz 10g 1%
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Belmedpreparati RUP
•18 ta dorixonada bor
Narxi
9 500 so'm dan
GIDROKORTIZON maz 5g 0,5%
Retseptli
GIDROKORTIZON maz 5g 0,5%
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Tatximfarmpreparati, AO
•1 ta dorixonada bor
Narxi
6 000 so'm dan
- Gidrokortizon qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Gidrokortizonning tarkibi
- Gidrokortizon ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Gidrokortizon narxi Toshkent dorixonalarida

Gidrokortizon qo'llanmasi

Ishlab chiqarilish joyi
O'zbekiston,
Ruminiya,
Polsha,
Xitoy,
Ukraina,
Rossiya Federatsiyasi,
Vengriya,
Germaniya,
Armaniston
Nimaga qarshi
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Qo‘llash ko‘rsatmalari
  • endokrin kasalliklar: buyrak usti bezi po'stlog'i o'tkir yetishmovchiligi, buyrak usti bezi po'stlog'i tug'ma giperplaziyasi, o'tkir osti tireoidit, tireotoksik kriz; standart terapiyaga rezistent shok; anafilaktik shok; bosh miya shishi (bosh miya o'smasida, kalla-miya travmasida, neyrojarrohlik aralashuvida, miyaga qon quyilishida, entsefalitda, meningitda, nur shikastlanishida); astmatik status; og'ir bronxospazm (bronxial astma, surunkali obstruktiv bronxit zo'rayishi); og'ir allergik reaktsiyalar; revmatik kasalliklar; biriktiruvchi to'qima tizimli kasalliklari; o'tkir og'ir dermatozlar; xavfli kasalliklar: katta yoshdagi bemorlarda leykoz va limfomani palliativ davolash; bolalarda o'tkir leykemiya; xavfli o'smalardan aziyat chekuvchi bemorlarda giperkaltsiemiya. qon kasalliklari: o'tkir gemolitik anemiyalar, agranulotsitoz, kattalarda idiopatik trombotsitopenik purpura; og'ir infektsion kasalliklar (antibiotiklar bilan birga); Bo'g'im ichiga
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
  • — infeksiyalangan bo‘g‘im — Itsenko-Kushing sindromi; — tromb hosil bo‘lishiga moyillik; — homiladorlikning I trimestri; — o‘ziga xos davolashsiz tizimli infeksiya; — Axill payi kasalliklari; — preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik. Bo‘g‘im ichiga yuborish quyidagi hollarda mumkin emas: — o‘tkazilgan artroplastika; — patologik qonash (endogen yoki antikoagulyantlar chaqirgan); — suyaklarning bo‘g‘im ichiga sinishi; — infeksion (septik) artrit va periartrikulyar infeksiya (shu jumladan anamnezda); — umumiy yuqumli kasallik; — yaqqol bo‘g‘im oldi osteoporozi; — sinovitsiz osteoartroz (sh.n. "quruq" bo‘g‘im); — beqaror bo‘g‘im; — bo‘g‘imni hosil qiluvchi suyak epifizlarining aseptik nekrozi; — yaqqol suyak destruksiyasi va bo‘g‘im deformatsiyasi (bo‘g‘im tirqishining sezilarli torayishi, ankiloz).
Tarkibi
  • 1 g gidrokortizon atsetati 5 mg Yordamchi moddalar: nipagin (metilparagidroksibenzoat yoki metilparaben), vazelin. 1 g gidrokortizon atsetati 25 mg Yordamchi moddalar: oq vazelin, suyuq parafin, lanolin. 1 g gidrokortizon atsetati 5 mg Yordamchi moddalar: nipagin (metilparagidroksibenzoat yoki metilparaben), vazelin. 1 g saqlaydi: Faol modda: gidrokortizon atsetati 1,0 g Yordamchi moddalar: tibbiy vazelin, suvsiz lanolin, pentol, stearin kislotasi, nipagin (metilparagidroksibenzoat), nipazol (propilparagidroksibenzoat), tozalangan suv 1 ml faol modda - gidrokortizon atsetati - 0,025 g saqlaydi; yordamchi moddalar: propilenglikol - 0,2 ml, sorbit - 0,02 g, quyi molekulyar polivinilpirrolidon - 0,01 g, natriy xlorid - 0,0014 g, benzin spirti - 0,015 ml, in'ektsiya uchun suv - 1 ml gacha. 1 ml faol modda - gidrokortizon atsetati - 0,025 g saqlaydi; yordamchi moddalar: propilenglikol - 0,2 ml, sorbit - 0,02 g, quyi molekulyar polivinilpirrolidon - 0,01 g, natriy xlorid - 0,0014 g, benzin spirti - 0,015 ml, in'ektsiya uchun suv - 1 ml gacha. 10 mg gidrokortizon atsetati va yordamchi moddalar (vazelin, suvsiz lanolin, pentol, stearin kislotasi, nipagin, nipazol, tozalangan suv). Faol modda: gidrokortizon atsetati - 0,5 g. Yordamchi moddalar: metilparagidroksibenzoat (nipagin), vazelin, suvsiz lanolin. gidrokortizon atsetati – 1,0 g. Yordamchi moddalar: tibbiy vazelin, lanolin (suvsiz lanolin), pentaeritritil dioleat (pentol), stearin kislotasi, metilparagidroksibenzoat (nipagin yoki metilparaben), propilparagidroksibenzoat (nipazol yoki propilparaben), tozalangan suv. gidrokortizon atsetati 25 mg Yordamchi moddalar: oq vazelin, suyuq parafin, lanolin. gidrokortizon atsetati 10 mg gidrokortizon atsetati 10 mg Yordamchi moddalar: oq vazelin, suyuq parafin, lanolin. gidrokortizon atsetati 25 mg/ml lidokain gidroxloridi 5 mg/ml Yordamchi moddalar: propilparagidroksibenzoat, metilparagidroksibenzoat, natriy xlorid, natriy fosfat, natriy digidrofosfat, povidon, polisorbat 80, N,N-dimetilatsetamid, in'ektsiya uchun suv. gidrokortizon atsetati 5 mg Yordamchi moddalar: nipagin (metilparagidroksibenzoat yoki metilparaben), vazelin. gidrokortizon atsetati - 0,5 g; Yordamchi moddalar: metilparagidroksibenzoat (metilparaben) — 0,2 g, vazelin — 100 g gacha. gidrokortizon atsetati-1,0 g, yordamchi moddalar (vazelin, suvsiz lanolin, pentol, nipagin, nipazol, stearin kislotasi, tozalangan suv) - 100 g gacha
Farmakokinetikasi
Gidrokortizon shox parda orqali ko‘z ichi suyuqligiga yomon o‘tadi; epidermis va shilliq qavat epiteliysiga kiradi, tizimli qon oqimiga biroz so‘rilishi va tizimli ta'sir ko‘rsatishi mumkin. Bevosita epidermis va shilliq qavat epiteliysida metabolizmga uchraydi, keyinchalik uning oz miqdori absorbtsiyadan so‘ng umumiy qon oqimiga tushadi va jigarda metabolizmga uchraydi. Qonda 80% transkortin bilan va 10% albuminlar bilan bog‘lanadi. Gidrokortizon metabolitlari buyraklar va ichak orqali chiqariladi.
Farmakologik ta'siri
Gidrokortizon tabiiy kelib chiqishga ega glyukokortikosteroidlar guruhiga kiradi. Yallig'lanishga qarshi, allergiyaga qarshi va immunodepressiv ta'sir ko'rsatadi, beta-adrenoreseptorlarning endogen katexolaminlarga sezgirligini oshiradi. O'ziga xos sitoplazmatik retseptorlar (glyukokortikosteroidlar (GKS) uchun retseptorlar barcha to'qimalarda mavjud, ayniqsa jigarda ko'p) bilan o'zaro ta'sir qilib, oqsillar (shu jumladan hujayralardagi hayotiy muhim jarayonlarni tartibga soluvchi fermentlar) hosil bo'lishini induktsiya qiluvchi kompleks hosil qiladi. Oqsil almashinuvi: plazmada globulinlar miqdorini kamaytiradi, jigar va buyraklarda albuminlar sintezini oshiradi (albumin/globulin koeffitsientini oshirib), mushak to'qimasida oqsil sintezini kamaytiradi va katabolizmini kuchaytiradi. Lipid almashinuvi: oliy yog' kislotalari va triglitseridlar sintezini oshiradi, yog'ni qayta taqsimlaydi (yog' to'planishi asosan elka kamari, yuz, qorin sohasida sodir bo'ladi), giperxolesterinemiya rivojlanishiga olib keladi. Uglevod almashinuvi: oshqozon-ichak traktidan uglevodlarning so'rilishini oshiradi; glyukoza-6-fosfataza faolligini oshiradi (glyukozaning jigardan qonga o'tishini oshirish); fosfoenolpiruvatkarboksilaza faolligini va aminotransferazalar sintezini oshiradi (glyukoneogenez faollashuvi); giperglikemiya rivojlanishiga yordam beradi. Suv-elektrolit almashinuvi: organizmda Na+ va suvni ushlab turadi, K+ chiqarilishini rag'batlantiradi (mineralokortikoid faollik), oshqozon-ichak traktidan Ca2+ so'rilishini kamaytiradi, suyaklardan kaltsiyni "yuvib chiqarilishini" va uning buyrak ekskretsiyasi oshishini keltirib chiqaradi, suyak to'qimasi minerallashuvini pasaytiradi. Yallig'lanishga qarshi samara eozinofillar va semiz hujayralardan yallig'lanish mediatorlari ajralib chiqishining bostirilishi; lipokortinlar hosil bo'lishining induktsiyasi va gialuron kislotasi ishlab chiqaruvchi semiz hujayralar sonining kamayishi; kapillyarlar o'tkazuvchanligining kamayishi; hujayra membranalari (ayniqsa lizosomal) va organellalar membranalarining barqarorlashuvi bilan bog'liq. Yallig'lanish jarayonining barcha bosqichlariga ta'sir qiladi: araxidon kislotasi darajasida prostaglandinlar (Pg) sintezini ingibitsiya qiladi (lipokortin fosfolipaza A2 ni bostiradi, araxidon kislotasi liberatsiyasini bostiradi va yallig'lanish, allergiya va boshqa jarayonlarga yordam beruvchi endoperoksidlar, leykotrienlar biosintezini ingibitsiya qiladi), "yallig'lanishga qarshi sitokinlar" (interleykin 1, o'sma nekrozi omili alfa va b.) sintezini bostiradi; hujayra membranasining turli shikastlovchi omillar ta'siriga chidamliligini oshiradi. Immunodepressiv samara limfoid to'qima involyutsiyasi chaqirilishi, limfotsitlar (ayniqsa T-limfotsitlar) proliferatsiyasining bostirilishi, B-hujayralar migratsiyasining va T- va B-limfotsitlar o'zaro ta'sirining bostirilishi, limfotsitlar va makrofaglardan sitokinlar (interleykin-1, 2; gamma-interferon) ajralib chiqishining tormozlanishi va antitelolar hosil bo'lishining kamayishi bilan bog'liq. Allergiyaga qarshi samara allergiya mediatorlari sintezi va sekretsiyasining kamayishi, sensibilizatsiyalangan semiz hujayralar va bazofillardan gistamin va boshqa biologik faol moddalar ajralib chiqishining tormozlanishi, aylanib yuruvchi bazofillar, T- va B-limfotsitlar, semiz hujayralar sonining kamayishi, limfoid va biriktiruvchi to'qima rivojlanishining bostirilishi, effektor hujayralarning allergiya mediatorlariga sezgirligining pasayishi, antitelolar hosil bo'lishining bostirilishi, organizm immun javobining o'zgarishi natijasida rivojlanadi. Nafas yo'llarining obstruktiv kasalliklarida ta'sir asosan yallig'lanish jarayonlarini tormozlash, shilliq qavatlar shishining oldini olish yoki ifodalanishini kamaytirish, bronxlar epiteliysining shilliq osti qavati eozinofil infiltratsiyasini va bronxlar shilliq qavatida aylanib yuruvchi immun komplekslar to'planishini kamaytirish, shuningdek shilliq qavatning eroziyalanishi va deskvamatsiyasini tormozlashga asoslangan. Kichik va o'rta kalibrli bronxlarning beta-adrenoreseptorlarining endogen katexolaminlar va ekzogen simpatomimetiklarga sezgirligini oshiradi, shilliq qovushqoqligini uning mahsuloti kamayishi hisobiga pasaytiradi. AKTG sintezi va sekretsiyasini va ikkilamchi - endogen GKS sintezini bostiradi. Yallig'lanish jarayonida biriktiruvchi to'qima reaktsiyalarini tormozlaydi va chandiq to'qimasi hosil bo'lish ehtimolini kamaytiradi.
Nojo'ya ta'sirlar
  • Nojo'ya ta'sirlarning rivojlanish tez-tezligi va yaqqolligi qo'llash davomiyligi, ishlatiladigan doza miqdori va gidrokortizon tayinlashning tsirkad ritmiga rioya qilish imkoniyatiga bog'liq. Endokrin tizimi tomonidan: glyukozaga tolerantlikning pasayishi, steroid qandli diabet yoki latent qandli diabet manifestatsiyasi, buyrak usti bezi funktsiyasining susayishi, Itsenko-Kushing sindromi (oyusimon yuz, gipofizar turdagi semirish, gipertrixoz, arterial qon bosimining oshishi, dismenoreya, amenoreya, mushak kuchsizligi, striyalar), bolalarda jinsiy rivojlanishning kechikishi. Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: ko'ngil aynishi, qusish, pankreatit, oshqozon va o'n ikki barmoqli ichakning steroid yarasi, eroziv ezofagit, oshqozon-ichak qon ketishlari, oshqozon-ichak trakti devorining perforatsiyasi, ishtahaning oshishi yoki pasayishi, ovqat hazm qilishning buzilishi, meteorizm, hiqichoq. Kamdan-kam hollarda - "jigar” transaminazalari va ishqoriy fosfataza faolligining oshishi. Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: aritmiyalar, bradikardiya (yurak to'xtashigacha); yurak yetishmovchiligi rivojlanishi (moyilligi bo'lgan bemorlarda) yoki ifodalanganligining kuchayishi, elektrokardiogrammada gipokaliemiyaga xos o'zgarishlar, arterial qon bosimining oshishi, giperkoagulyatsiya, trombozlar. O'tkir va o'tkir osti miokard infarkti bo'lgan bemorlarda - nekroz o'chog'ining tarqalishi, chandiq to'qimasi shakllanishining sekinlashishi, bu yurak mushagining yorilishiga olib kelishi mumkin. Asab tizimi tomonidan: deliriy, dezorientatsiya, eyforiya, gallyutsinatsiyalar, maniakal-depressiv psixoz, depressiya, paranoyya, bosh miya ichki bosimining oshishi, asabiylik yoki bezovtalik, uyqusizlik, bosh aylanishi, vertigo, miyacha soxta o'smasi, bosh og'rig'i, tirishishlar. Sezgi a'zolari tomonidan: orqa subkapsulyar katarakta, ko'ruv nervining shikastlanishi mumkin bo'lgan ko'z ichki bosimining oshishi, ko'zning ikkilamchi bakterial, zamburug'li yoki virusli infektsiyalari rivojlanishiga moyillik, shox pardaning trofik o'zgarishlari, ekzoftalm, to'satdan ko'rishni yo'qotish (bosh, bo'yin, burun chig'anoqlari, bosh terisi sohasiga parenteral yuborilganda preparat kristallarining ko'z tomirlarida to'planishi mumkin). Moddalar almashinuvi tomonidan: kaltsiy ajralishining kuchayishi, gipokaltsiemiya, tana vaznining oshishi, manfiy azot balansi (oqsil parchalanishining kuchayishi), ko'p terlash. Mineralokortikoid faollik bilan bog'liq - suyuqlik va natriy tutilishi (periferik shishlar), gipernatriemiya, gipokaliemik sindrom (gipokaliemiya, aritmiya, mialgiya yoki mushak spazmi, g'ayrioddiy holsizlik va charchoq). Tayanch-harakat aparati tomonidan: bolalarda o'sish va suyaklanish jarayonlarining sekinlashishi (epifizar o'sish zonalarining muddatidan oldin yopilishi), osteoporoz (juda kamdan-kam hollarda - suyaklarning patologik sinishi, yelka va son suyagi boshchasining aseptik nekrozi), mushak paylarining uzilishi, steroid miopatiya, mushak massasining kamayishi (atrofiya); bo'g'im ichiga yuborilganda - bo'g'imda og'riqning kuchayishi. Teri qoplamalari va shilliq qavatlar tomonidan: yaralarning bitishi sekinlashishi, petexiyalar, ekximozlar, terining ingichkalashishi, giper- yoki gipopigmentatsiya, husnbuzarlar, striyalar, piodermiya va kandidozlar rivojlanishiga moyillik. Allergik reaktsiyalar: teri toshmasi, qichishish, anafilaktik shok. Boshqalar: infektsiyalarning rivojlanishi yoki kuchayishi (bu nojo'ya ta'sirning paydo bo'lishiga birga qo'llaniladigan immunodepressantlar va emlash yordam beradi), leykotsituriya, "bekor qilish" sindromi.
Dozirovkasi
  • 0,5 % 1 % 1% 2,5% 25 mg + 5 mg/ml 25 mg/ml 25mg+5mg/ml 5 mg/g
Dozani oshirib yuborilishi
Dozani oshirib yuborish juda kam hollarda kuzatiladi. Belgilari: mahalliy nojo‘ya ta’sirlar paydo bo‘lishi mumkin. Preparat bekor qilinganda doza oshib ketish belgilari mustaqil ravishda o‘tib ketadi.
Dori shaklining ta'rifi
  • Preparat 2 daqiqa davomida chayqatilgandan so'ng oq yoki sarg'ish tusli oq rangli, o'ziga xos hidli suspenziyani tashkil qiladi, u turganda cho'kadi. sarg'ish tusli oq yoki och-sariq rangli maz Oq rangli maz, sarg'ishdan yashil yoki kulrang ranggacha bo'lgan tuslar bo'lishi mumkin. ko'z mazi Ko'z mazi 0.5% oq, sarg'ish tusli oq yoki sariq rangli. Ko'z mazi 0.5% oq, sarg'ish tusli oq yoki sariq rangli. Ko'z mazi 0.5% oq, sarg'ish tusli oq rangli Ko'z mazi 1% sarg'ish tusli oq, gomogen, suspenzion. Ko'z mazi 2,5% sarg'ish tusli oq, gomogen, suspenzion. sirtga qo'llash uchun maz Sirtga qo'llash uchun 1% li maz Inyeksiya uchun suspenziya oq yoki deyarli oq rangli, o'ziga xos hidli.
Maxsus saqlash sharoitlari

Konservant sifatida tarkibiga fenol kiradi.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Gidrokortizonni quyidagilar bilan bir vaqtda tayinlash: «jigar» mikrosomal fermentlari induktorlari (fenobarbital, rifampitsin, fenitoin, teofillin, rifampitsin, efedrin) bilan — uning konsentratsiyasi pasayishiga olib keladi; diuretiklar (ayniqsa «tiazid» va karboangidraza ingibitorlari) va amfoteritsin V bilan — organizmdan K+ chiqarilishini kuchayishiga va yurak yetishmovchiligi rivojlanish xavfi oshishiga olib kelishi mumkin; natriy saqlovchi preparatlar bilan — shishlar rivojlanishi va arterial bosim oshishiga; yurak glikozidlari bilan — ularning o‘zlashtirilishi yomonlashadi va qorinchalar ekstrasistoliyasi rivojlanish ehtimoli ortadi (chaqiriladigan gipokaliemiya tufayli); bilvosita antikoagulyantlar bilan — ularning ta’sirini susaytiradi (kamroq hollarda kuchaytiradi) (dozani to‘g‘irlash talab etiladi); antikoagulyantlar va trombolitiklar bilan — oshqozon-ichak traktidagi yaralardan qon ketishlar rivojlanish xavfi ortadi; etanol va nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar (NYQV) bilan — oshqozon-ichak traktida eroziv-yarali shikastlanishlar yuzaga kelish va qon ketish rivojlanishi xavfi kuchayadi (artritlarni davolashda NYQV bilan kombinatsiyada terapevtik samara jamlanishi tufayli glukokortikosteroidlar dozasini kamaytirish mumkin); paratsetamol bilan — gepatotoksiklik rivojlanish xavfi ortadi (jigar fermentlari va paratsetamolning toksik metaboliti hosil bo‘lishi induksiyasi); asetilsalitsil kislotasi bilan — uning chiqarilishini tezlashtiradi va qondagi konsentratsiyasini kamaytiradi (gidrokortizon bekor qilinganda qonda salitsilatlar darajasi oshadi va nojo‘ya hodisalar rivojlanish xavfi ortadi); insulin va peroral gipoglikemik preparatlar, gipotenziv vositalar bilan — ularning samaradorligi kamayadi; D vitamini bilan — uning ichakda Sa2+ so‘rilishiga ta’siri pasayadi; somatotrop gormon bilan oxirgisining samaradorligini pasaytiradi, prazikvantel bilan esa — uning konsentratsiyasini; M-xolinoblokatorlar (shu jumladan antigistamin preparatlar va tritsiklik antidepressantlar) va nitratlar bilan — ko‘z ichki bosimi oshishiga yordam beradi; izoniazid va meksiletin bilan — ularning metabolizmini oshiradi (ayniqsa «sekin» atsetilatorlarda), bu ularning plazmadagi konsentratsiyalari pasayishiga olib keladi; Karboangidraza ingibitorlari va «halqali» diuretiklar osteoporoz rivojlanish xavfini oshirishi mumkin. Indometatsin gidrokortizonni albuminlar bilan bog‘lanishdan siqib chiqarib, uning nojo‘ya samaralari rivojlanish xavfini oshiradi. AKTG gidrokortizon ta’sirini kuchaytiradi. Ergokalsiferol va paratgormon gidrokortizon chaqiradigan osteopatiya rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi. Siklosporin va ketokonazol gidrokortizon metabolizmini sekinlashtirib, qator hollarda uning toksikligini oshirishi mumkin. Androgenlar va steroid anabolik preparatlarni gidrokortizon bilan bir vaqtda tayinlash periferik shishlar va girsutizm rivojlanishiga, husnbuzarlar paydo bo‘lishiga yordam beradi. Estrogenlar va peroral estrogen saqlovchi kontraseptivlar gidrokortizon klirensini pasaytiradi, bu uning ta’siri yaqqolligi kuchayishi bilan kechishi mumkin. Mitotan va buyrak usti bezi po‘stlog‘i funksiyasining boshqa ingibitorlari gidrokortizon dozasini oshirish zaruratini keltirib chiqarishi mumkin. Tirik virusli vaksinalar bilan bir vaqtda va boshqa turdagi immunizatsiyalar fonida qo‘llanilganda viruslar faollashuvi va infeksiyalar rivojlanish xavfini oshiradi. Antipsixotik vositalar (neyroleptiklar) va azatioprin gidrokortizon tayinlanganda katarakta rivojlanish xavfini oshiradi. Antitireoid preparatlar bilan bir vaqtda qo‘llanilganda gidrokortizon klirensi pasayadi, tireoid gormonlar bilan esa — oshadi.
Umumiy ma'lumot

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

GIDROKORTIZON

HYDROCORTISON

 

Preparatning savdo nomi: Gidrokortizon

Ta‘sir etuvchi modda(XPN): gidrokortizon

Dori shakli: ko‘z surtmasi

Tarkibi

1 g surtma quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: gidrokortizon asetati – 5,0 mg.

yordamchi moddalar: metilparagidroksibenzoati (nipagin), vazelin, suvsiz lanolin.

Ta‘rifi: oq rangli surtma, sarg‘ishdan to ko‘kimtir tusli yoki kulrang rangligacha bo‘lishi mumkin.

Farmakoterapevtik guruhi: kortikosteroidlar.

ATX kodi: S01BA02.

 

Farmakologik hususiyatlari

Farmakodinamikasi

Glyukokortikosteroid vosita bo‘lib, yallig‘lanishga qarshi va allergiyaga qarshi ta‘sir ko‘rsatadi. Yallig‘lanishli hujayra infiltratlarini kamaytiradi, yallig‘lanish sohasiga leykositlar va limfositlarning migrasiyasini pasaytiradi. Hujayra va subhujayra, shu jumladan, lizosomal membranalarni va semiz hujayralarning membranalarini barqarorlashtiradi. Hujayra yuzasida immunoglobulinlarni reseptorlar bilan bog‘lanishini kamaytiradi va limfositlardan sitokinlarning (interleykinlar va interferon) sintezini yoki ajralib chiqarilishini tormozlaydi. Ekssudativ reaksiyani kamaytiradi, kapillyarlarning o‘tkazuvchanligini pasayishiga yordam beradi. Erta immunologik javobning yaqqolligini kamaytiradi. Antimetabolik ta‘sir ko‘rsatadi va biriktiruvchi to‘qima va chandiqlanish rivojlanishini tormozlaydi.

Farmakokinetikasi

Gidrokortizon shox parda orqali ko‘z ichi suyuqligiga yomon kiradi; epidermis va shilliq qavatning epiteliysiga kiradi, tizimli qon oqimiga ahamiyatsiz darajada so‘rilishi va tizimli ta‘sir ko‘rsatishi mumkin. Epidermisda va shilliq qavatning epiteliysida bevosita metabolizmga uchraydi, keyinchalik esa so‘rilgandan so‘ng uning ahamiyatsiz miqdori umumiy qon oqimiga tushadi va jigarda metabolizmga uchraydi. Qonda 80% transkortin bilan va 10% albumin bilan bog‘lanadi. Gidrokortizonning metabolitlari buyraklar va ichak orqali chiqariladi.

Qo‘llanilishi

  • ko‘zni va qovoqlarning allergik kasalliklari (qovoqlar dermatiti, blefarit, kon‘yunktivit va keratokon‘yunktivit, uveit);
  • shox parda epiteliyining butunligini buzilishi bo‘lmaganida ko‘zning oldingi qismini yallig‘lanish kasalliklari (blefarit, kon‘yunktivit va keratokon‘yunktivit, surunkali uveit);
  • shox pardani kimyoviy, radiasion yoki termik, shuningdek yod jismlarni tushishi oqibatidagi shikastlanishi;
  • shox pardaning tiniqligini tiklanishi va keratitlar, kimyoviy yoki termik kuyishlardan so‘ng revaskulyarizasiyaga (tomirli neoangiogenez) to‘sqinlik qilish (shox pardaning nuqsonlarini to‘liq epitelizasiyasidan so‘ng);
  • ko‘zning ayrim bakterial infeksiyalarida muvofiq antibakterial davolanish bilan birgalikda yallig‘lanishga qarshi vosita sifatida. Neomisin sulfati va polimiksin bilan majmuada qo‘llash mumkin. Agar muvofiq majmuaviy davolash buyurilgan bo‘lsa, sulfat bilan yoki neomisin sulfati, polimiksin V sulfati va basitrasin rux bilan qo‘llash mumkin. Oftalmologik mikroblarga qarshi vositalar bilan majmuada qo‘llanilganda foyda va xavf nisbatini baholash lozim.

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Mahalliy qo‘llaniladi. Surtmaning 1-2 sm tizimchasi pastki qovoqning orqasiga kuniga 2-3 marta qo‘yiladi. Davolash kursi 1-2 hafta. Davolashning aniq davomiyligini shifokor davolashning samaradorligi, bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya samaralar va kasallikning klinik manzarasiga qarab belgilaydi.

Jarohatdan keyingi holatlarda – shox pardaning to‘liq epitelizasiyasidan so‘ng kuniga 1-2 marta qo‘llaniladi.

Surtmani aplikasiyasi vaqtida tyubikni terining yuzasiga yoki kon‘yunktivaga tegishidan saqlanish lozim.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Allergik reaksiyalar, achishish, oqsil pardani qon tomirlarini kengayishi, ko‘rishni qisqa muddatli noaniqligi.

Gidrokortizon saqlovchi shunga o‘xshash preparatlarni qo‘llash bilan bog‘liq bo‘lgan kontaktli dermatit, dermatokon‘yunktivit va qovoqlar ekzemasi kabi allergik reaksiyalarning rivojlanishi xaqida xabar berilgan.

Uzoq muddat 10 kundan ko‘proq qo‘llanganida kuzatilishi mumkin: ko‘z ichki bosimini oshishi, o‘z navbatida ko‘z nervini shikastlanishi bilan steroid glaukomani rivojlanishi va ko‘rish maydonini buzilishi (shuning uchun glyukokortikosteroidlar 10 kundan ko‘proq qo‘llanganida ko‘z ichi bosimini muntazam o‘lchash kerak), orqa subkapsulyar katarakta hosil bo‘lishi, jarohatlarni bitishi jarayonini sekinlashishi (shox pardani yupqalashishini chaqiradigan kasalliklarda teshilishi) mumkin.

Ikkilamchi bakterial infeksiya organizmning ximoya reaksiyasini bostirilishi oqibati sifatida rivojlanishi mumkin. O‘tkir yiringli kasalliklarda glyukokortikosteroidlar niqoblashi yoki mavjud infeksion jarayonni kuchaytirishi mumkin.

Shox pardani zamburug‘li shikastlanishi glyukokortikosteroidlar uzoq muddat qo‘llanganida ayniqsa, tez-tez rivojlanish tendensiyasiga ega. Glyukokortikosteroidlar bilan uzoq muddat davolashdan so‘ng shox pardada bitmaydigan yaralarni paydo bo‘lishi zamburug‘li invaziyaning rivojlanganidan dalolat berishi mumkin.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Gidrokortizonga, boshqa kortikosteroidlarga yoki preparatning har qanday boshqa komponentlariga o‘ta yuqori sezuvchanlik; ko‘zlarning yiringli, virusli (masalan, oddiy gerpes virusi, suv chechak virusi va boshqalar chaqirgan epitelial keratit), tuberkulyozli, zamburug‘li kasalliklari, glaukoma, traxoma, vaksinasiya davri, ko‘z pardalarining butunligini buzilishi, bolalar (18 yoshgacha) qo‘llash mumkin emas.

Ehtiyotkorlik bilan

Homiladorlik, emizish davri.

 

 

Dorilarning  o‘zaro tasiri

Preparat uzoq muddat qo‘llanganida tizimli qon oqimiga so‘rilishi mumkinligi oqibatida, gidrokortizon plazmada insulin, peroral gipoglikemik, gipotenziv dori vositalari, antikoagulyantlar, salisilatlarning konsentrasiyasi va prazikvantelning samaradorligini pasaytirishi mumkin.

Gidrokortizonning nojo‘ya samaralarini rivojlanish xavfini oshiradilar: androgenlar, estrogenlar, peroral kontraseptivlar, anabolik steroidlar (girsutizm, xusnbuzar toshmasi); antipsixotik dori vositalari, karbutamid, azatioprin (katarakta); xolinoblokatorlar, antigistamin dori vositalari, trisiklik antidepressantlar, nitratlar (glaukoma); diuretiklar (gipokaliemiya).

Yurak glikozidlari bilan qo‘llanganida digitalis intoksikasiyasi rivojlanishi mumkin.

Qo‘rg‘oshin va kumush preparatlari bilan bir vaqtda qo‘llash o‘zaro faolsizlanishiga olib keladi.

Maxsus ko‘rsatmalar

Davolash muddatini uzaytirish mumkin emas.

Tashhisi qo‘yilmagan ko‘zlarni qizarishida mahalliy qo‘llash uchun kortikosteroidlarni buyurish  mumkin emas, chunki dori vositasini noto‘g‘ri qo‘llash ko‘rlikka olib kelishi mumkin.

Ko‘zning ichki bosimini oshishi xavfi, kataraktani yoki  ikkilamchi infeksiyani rivojlanishini bartaraf etish uchun muntazam nazoratni o‘tkazmasdan  turib, kortikosteroidlar bilan davolashni takrorlash yoki uzaytirish mumkin emas. Metilparagidroksibenzoat saqlaydi, bu allergik reaksiyalarning (sekinlashgan ta‘siri) kelib chiqishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Davolash vaqtida kontakt linzalarini taqish tavsiya qilinmaydi.

Boshqa ko‘z preparatlarini bir vaqtda qo‘llaganda, ularni qo‘llash va surtmani surtish orasidagi intervali 15 minutdan kam vaqtni tashkil qilishi kerak.

Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi

Homiladorlik va lavtasiya davrida Gidrokortizonni qo‘llashning xavfsizligi va samaradorligi bo‘yicha tekshirishlar o‘tkazilmagan.

Glyukokortikosteroidlar mahalliy qo‘llanganida ko‘krak sutiga o‘tish haqida aniq ma‘lumotlar yo‘q, biroq havf to‘liq istisno qilinishi mumkin emas. Homiladorlik va laktasiya davrida Gidrokortizon faqat kutilayotgan davolash samarasi homila yoki bola uchun potensial xavfdan yuqori bo‘lganda qo‘llanishi mumkin. Bunday hollarda qo‘llashni davomiyligi 7-10 oshmasligi kerak.

Transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘siri

Preparatni qo‘llanilishi bilan darhol ko‘rish o‘tkirligining qisqa muddatli buzilishi kelib chiqishi mumkin, bu ruhiy va jismoniy reaksiyalarni sekinlashishiga olib keladi. Shuning uchun mexanizmlar bilan ishlash va avtotransportni boshqarishdan oldin preparatni qo‘llash tavsiya etilmaydi.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Dozani oshirib yuborilishi juda kam hollarda kuzatiladi.

Simptomlari: mahalliy nojo‘ya samaralari rivojlanishi mumkin.

Preparat bekor qilinganida dozani oshirib yuborilishini ko‘rinishlari mustaqil o‘tib ketadi.

 

 

Chiqarilish shakli

 0,5% li ko‘z surtmasi. 3 g va 5 g dan alyumin tubada. Har bir tuba qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga qutiga joylanadi.

 

Saqlash sharoiti

50S dan 200S gacha bo‘lgan haroratda.

 

Yaroqlilik muddati

2 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha beriladi.

Ulashish:
Nojo'ya samaralari

Allergik reaksiyalar. Uzoq vaqt qo‘llanilganda va/yoki terining katta yuzalariga surtilganda - teri atrofiyasi, teleangiektaziyalar, striyalar, "steroid" husnbuzarlar, GKSga xos bo‘lgan tizimli samaralar.

Gidrokortizon narxlari

Dorixonalar
Manzil
Ish vaqti
Sotib olmoq

Gidrokortizon barcha rasmlari

Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar

Gidrokortizon haqida savollar

Gidrokortizon haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil